Connect with us

Jamiyat

Agrar universitetda ayrim yo‘nalishlarda o‘qish 4 yildan 3 yilga tushiriladi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-fevral kuni qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirish va sohada ilm-fanni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari natijasida so‘nggi besh yilda 826,5 ming gektar yer qishloq xo‘jaligi foydalanishiga kiritildi. Shuning 409 ming gektari sug‘oriladigan yerlar hisobiga, 418 ming gektari esa lalmi va yaylov yerlarda yer osti suvlaridan foydalanish hamda kam suv talab qiladigan ekinlarni joylashtirish orqali o‘zlashtirildi.

2030-yilgacha yana 938 ming gektar yaylovlarni o‘zlashtirish va holatini yaxshilash rejalari taqdimot qilindi.

Xususan, 2026-2027-yillarda 620 ming gektar yaylov tiklanib, shuning 300 ming gektarida yaylov o‘simliklari ekiladi, 130 ming gektarida quduqlar o‘rnatiladi. Natijada 960 ming bosh mayda shoxli mol boqish, go‘sht va jun ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyati yaratiladi.

Yangi yerlarni o‘zlashtirishda har bir hudud bo‘yicha aniq investor va loyiha asosida ish tashkil qilish zarurligi qayd etildi.

Qishloq xo‘jaligida ilm-fanni yangi bosqichga olib chiqish uchun amaldagi institutsional infratuzilmani o‘zgartirish vaqti kelgani qayd etildi. Shu maqsadda sohadagi 22 ta ilmiy markaz, 260 ta laboratoriya hamda 2,5 mingdan ortiq olim va ilmiy xodimlarni yagona tuzilma – Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasiga birlashtirilishi belgilangan.

Taqdimotda biotexnologiya va molekulyar biologiya, gen injeneriyasi va gibrid urug‘chiligi, “aqlli” qishloq xo‘jaligi, kosmik va dron texnologiyalari, yerlar degradatsiyasi hamda sog‘lom tuproq, organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, veterinariya, raqamli qishloq xo‘jaligini akademiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilash taklif etildi.

Akademiya faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Qishloq xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Hozirda Toshkent davlat agrar universitetida 13,6 ming talaba tahsil olayotgani, biroq o‘quv jarayonining amaliyot bilan yetarlicha bog‘lanmagani sababli bitiruvchilarning atigi 55 foizi o‘z sohasida ishlayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan ta’lim, ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarishni uzviy bog‘laydigan tizim yaratish, mehnat bozori talabiga mos yetuk mutaxassislar tayyorlash vazifalari belgilandi.

Jumladan, kelgusida universitet talabalarining 6,8 ming nafari ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, korxonalar va agroklasterlarda, 2,6 mingdan ziyodi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi 22 ta ilmiy-tadqiqot institutida amaliyot o‘taydi.

Shuningdek, fermer hamda uning xodimlari farzandlarining test sinovlarida ballari qabul parametrlariga yetmaganda, miqdori kamaytirilgan to‘lov-kontrakt asosida universitetga qabul qilish, yettita ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish davomiyligini 4 yildan 3 yilga qisqartirish taklif etildi. Talabalarni traktorchi-mashinist guvohnomasi va agrodronlardan foydalanishga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

Taqdimotda Agrosanoatni rivojlantirish agentligining faoliyati ko‘rib chiqildi.

O‘tgan yilda 44 ming gektar samarasiz yerlarda intensiv va sanoatlashgan bog‘ hamda tokzorlar tashkil qilib, 37 ming ish o‘rni yaratildi.

Bu yerlarda tashkil etilgan bog‘ va tokzorlar 2027 yildan hosil berishni boshlab, yiliga 660 million dollar meva-sabzavot eksport qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Masalan, So‘xda 500 gektarda olma, malina va o‘rik, Termiz tumanida 164 gektarda o‘rik va shaftoli, Ohangaron tumanida 309 gektar, Bulung‘urda 550 gektar hamda Quvada 60 gektar yerda uzumning “Avatar” navi, Pop tumanidagi 504 gektarda esa shaftoli va olxo‘ri plantatsiyalari tashkil etildi.

Mazkur ishlarni davom ettirib, 2026 yilda 25,5 ming gektar mevali bog‘lar va 5 ming gektar uzumzorlar tashkil qilib, 48 ming doimiy hamda mavsumiy ish o‘rinlarini yaratish zarurligi qayd etildi.

Har yili mamlakatimizga 60 million dollarlik ko‘chatlar import qilinmoqda. Ushbu ko‘chatlarni Yevropa standartlari asosida o‘zimizda tayyorlash uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bu borada agentlik tomonidan 200 dan ortiq meva turlarining virusdan xoli, yuqori hosilli onalik navlari kolleksiyasi yaratilgan. Ushbu meva turlarini ko‘paytirish va barcha hududlarga yetkazib berish maqsadida Bektemir tumanida 50 gektar, Yuqori Chirchiq tumanida esa 75 gektarlik “in-vitro” laboratoriyalari va onalik ko‘chatxonalaridan iborat majmualar tashkil etilmoqda. Ushbu majmualarni yil yakunigacha ishga tushirib, yillik 27 million dona ko‘chat tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

Prezidentimiz taqdimotda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Turkiyaning Hatay viloyati delegatsiyasi Andijonda

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 29 yanvar kuni Turkiyaga rasmiy tashrifi doirasida Hatay viloyatining Arsuz tumanida «O‘zbekiston» turar-joy majmuasining ochilish marosimi o‘tkazilgan edi. Tashrif davomida Hatay aholisi vakillari Navro‘z bayramida O‘zbekistonga taklif etilib, Andijon-Samarqand-Buxoro-Xiva yo‘nalishi bo‘ylab sayohat tashkil etish taklifi bildirilgandi.

Joriy yilning 20 mart kuni Turkiyaning Hatay viloyati va tumani xokimlari boshchiligida jami 170 ga yaqin kishi Andijon xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S.Tadjiyev hamda Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari I.Ismanov tomonidan tantanali kutib olindi.

Tashrif dasturi doirasida mehmonlar Andijon shahrida hududning madaniyati, tarixi, va urf-odatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida «Bog‘i Bobur» madaniyat va istirohat bog‘i va «Registon» maydoniga tashriflari rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida Turkiyaning Hatay viloyati delegatsiyasi, shuningdek, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlariga tarif buyuradilar.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Bugun havo harorati 20 darajagacha ko‘tariladi

Published

on


Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15–20° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 18–20° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5–10° iliq bo‘ladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Chilonzorda Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi yopiladi

Published

on


Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar sabab Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi vaqtincha transport harakati uchun yopiladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Ma’lum qilinishicha, Chilonzor tumanidagi 24/7 Al-Xorazmiy yangi sayr va gastro turizm ko‘chasida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Xalq sayli” tadbiri tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan Al-Xorazmiy aylanma yo‘li qismidan 2-Qatortol ko‘chasigacha bo‘lgan hudud 20 mart kuni soat 15:00 dan 21 mart kuni soat 24:00 gacha transport harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Mutasaddilar haydovchilar va yo‘lovchilardan harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishni hamda muqobil yo‘llardan foydalanishni so‘ramoqda.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda bayram kunlari jamoat transporti uchun maxsus jadval joriy etildi

Published

on


Ramazon hayiti va Navro‘z bayramlari munosabati bilan Toshkent shahrida jamoat transporti harakati vaqtinchalik maxsus jadval asosida tashkil etildi.

Foto: Transport vazirligi

«Toshshahartransxizmat» AJ ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil 20–23 mart kunlari poytaxt avtobus yo‘nalishlari maxsus tartibda ishlaydi.

Jumladan, 20, 21 va 22 mart kunlari avtobuslar yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi. 23 mart kuni esa avtobuslar shanba kungi jadval bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, Ramazon hayiti kuni — 20 martda avtobuslar harakati ertalab soat 04:00 dan boshlangan.

Mazkur qaror fuqarolarga qulaylik yaratish, yo‘llarda tirbandliklarni kamaytirish hamda bayram kunlari xavfsiz va sifatli jamoat transporti xizmatini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Mutasaddilar bayram kunlari transport oqimi ortishini inobatga olgan holda, fuqarolarni shaxsiy avtomobildan ko‘ra jamoat transportidan foydalanishga chaqirmoqda.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Coca-Cola O‘zbekistonda Ramazon oyida bir qator xayriya tashabbuslarini amalga oshirdi

Published

on


Muqaddas Ramazon oyida O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasi “Made by – barcha yaxshiliklar o‘zimiz tomonimizdan yaratiladi” umumiy g‘oyasi ostida birlashgan bir qator keng ko‘lamli ijtimoiy tashabbuslarni o‘tkazdi. Tashabbuslar mahalliy hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash va bayramona muhit yaratishga qaratildi.

Tashabbus doirasida Coca-Cola mamlakatimizning to‘qqizta oliy o‘quv yurti bilan hamkorlikda talabalar uchun tadbirlar tashkil qildi. Maydonchalarda boshlovchilar va didjyeylar ishlashdi, talabalar esa estafeta, tanlovlar va shopperlarga rasm chizish bo‘yicha mahorat darslarida ishtirok etishdi. Shuningdek, “Besh Qozon” oshpazlari bilan hamkorlikda palov va turli taomlar tayyorlanib, talabalar hamda o‘qituvchilar bir dasturxon atrofida yig‘ilishdi.

Ramazon oyida mahalliy hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Toshkent shahrining oltita mahallasida xayriya iftorliklari tashkil etildi. Har bir mahallaga “Besh Qozon”ning afsonaviy oshpazlari taklif qilindi; ular tayyorlagan palov uzunligi 60 metrgacha yetadigan dasturxonlarning asosiy taomiga aylanib, oilalar, qo‘shnilar va do‘stlarni bir dasturxon atrofida birlashtirdi. Bunday xayriya iftorliklari O‘zbekistonning Samarqand, Nukus, Xiva, Jizzax, Andijon va Namangan kabi bir qator shaharlarida ham o‘tkazildi.

O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasi “Coca-Cola Ichimligi O‘zbekiston” hamda “ONA” jamoat fondi bilan hamkorlikda mamlakatning yetti shahri — Toshkent, Samarqand, Nukus, Xiva, Jizzax, Andijon va Namangandagi 1 000 ta ehtiyojmand oilaga yordam ko‘rsatdi. Oilalarga har biri 1 000 000 so‘mlik 1 000 ta oziq-ovqat vaucheri, shuningdek, Coca-Cola ichimliklari hamda The Coca-Cola Foundation ko‘magida amalga oshirilayotgan Coozin loyihasi ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan an’anaviy chak-chak taomi topshirildi.

“Ramazon oyida bir-birini qo‘llab-quvvatlash va g‘amxo‘rlikka muhtojlarga yordam berish ayniqsa muhim. Maqsadimiz — bu kunlarda juda ahamiyatli bo‘lgan mehr-oqibat, hamjihatlik va o‘zaro yordam muhitini yaratishga o‘z hissamizni qo‘shish. Eslatib o‘tmoqchimizki, yaxshilik o‘z qo‘llarimiz bilan yaratiladi — xuddi o‘zbek oshpazlari tayyorlagan palov va shu yerda, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Coca-Cola mahsulotlari kabi. Coca-Cola o‘zi faoliyat yuritayotgan jamiyatning bir qismi bo‘lishga intiladi: biz uchun nafaqat biznesni rivojlantirish, balki hamjamiyatlar hayoti sifatini yaxshilashga hissa qo‘shish ham muhimdir”, – deya ta’kidladi Nazi Aripjanova, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistondagi Coca-Cola kompaniyasining hukumat bilan aloqalar, kommunikatsiyalar va barqaror rivojlanish bo‘yicha direktori.

Tez orada biz bahor bayrami — Navro‘zni nishonlaymiz va Coca-Cola uni birgalikda kutib olishga taklif qiladi. 21–22 mart kunlari kompaniya Markaz-1 gastronomik ko‘chasida yarmarka uyushtiradi, shuningdek, “Navro‘z” bog‘ida, Tashkent City va Seoul Mun gastro-ko‘chasida bayram tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mehmonlarni musiqa, taomlar va oilaviy mashg‘ulotlarga boy ajoyib tadbir kutmoqda — yorqin taassurotlar kafolatlangan.

21 mart kuni: Namangandagi “Afsonalar vodiysi” va “Bobur” bog‘larida, Andijondagi “Navro‘z” savdo-ko‘ngilochar markazida hamda Samarqanddagi “Samarkand Silk Road” majmuasi hududida an’anaviy taomlar, osh va sumalak tortiladigan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

22 mart kuni: Gulbozor mahallasining sayyohlik ko‘chasida Navro‘z bayrami o‘tkaziladi: mehmonlarni sumalak, osh va ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar kutmoqda.

Reklama huquqi asosida



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.