Iqtisodiyot
AESlarning “qaytishi” uranga talabni va bu sohaga investitsiya zaruratini oshirmoqda
Jahon miqyosida atom energetikasiga e’tibor yana kuchayib bormoqda, bu esa o‘z navbatida uran xomashyosiga bo‘lgan talabni oshiradi. Bu haqda “Navoiyuran” DK investitsiya bo‘yicha direktori Xudoyor Meliyev kompaniya saytiga joylangan maqolasida so‘z yuritgan.
Meliyev keltirib o‘tgan Jahon Atom Assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda atom reaktorlari tomonidan talab etilgan uran hajmi taxminan 67 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 2030 yilga borib mazkur ko‘rsatkich 28 foizga oshib, yiliga 86 ming tonnaga yaqinlashishi, 2040 yilga kelib esa 150 ming tonnadan oshishi prognoz qilinmoqda.
Reuters ma’lumotiga ko‘ra, jahonda atom energetika quvvatlarining umumiy hajmi ham jadal sur’atlarda o‘sishi kutilmoqda. Xususan, 2025 yil o‘rtasiga kelib taxminan 398 GWni tashkil etgan jahon atom energetika quvvati 2030 yilga qadar yana 13 foizga, 2040 yilga borib esa 87 foizga oshib, umumiy hisobda 746 GW darajasiga yetishi prognoz qilingan.
“Navoiyuran” rasmiysiga ko‘ra, so‘nggi yillarda bir qator davlatlar tomonidan atom energetikasini cheklash yoki bosqichma-bosqich tugatishga qaratilgan oldingi siyosatlar qayta ko‘rib chiqilib, uni energetika tarmog‘ining strategik va ajralmas qismi sifatida saqlab qolish, shuningdek, atom energetika quvvatlarini kengaytirishga qaratilgan davlat siyosati amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2023 yilda bo‘lib o‘tgan COP28 xalqaro ekologik konferensiyasi doirasida 31 ta davlat 2050 yilga qadar atom energetika quvvatlarini uch baravarga oshirish bo‘yicha rasmiy siyosiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan.
“Mazkur qarorlar atom energetikasini uzoq muddatli va barqaror rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, uran xomashyosiga bo‘lgan jahon talabining barqaror va izchil o‘sib borish tendensiyasini shakllantirishi kutilmoqda”, – deya yozadi Xudoyor Meliyev.
Uran bozorida talab va taklif muvozanati izdan chiqyapti
Muallifning yozishicha, uranga talab ortayotgan bir sharoitda bu xomashyoning taklifi yetarli emas.
Jahon Atom Assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda dunyo bo‘yicha uran konlaridan qazib olingan uran hajmi 58,2 ming tonna U₃O₈ (49,3 ming tonna toza uran)ni tashkil etgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich atom elektr stansiyalarining yillik yoqilg‘iga bo‘lgan umumiy ehtiyojining bor-yo‘g‘i 74 foizini ta’minlagan. Qolgan talab muqaddam shakllangan zaxiralar hisobidan qoplangan bo‘lib, jumladan elektr energetikasi kompaniyalarining strategik zaxiralari hisobidan foydalanilgan.
Keyingi yillarda bozor kon’yunkturasining nisbatan yaxshilanishi hisobiga global uran qazib chiqarish hajmlarida muayyan darajada tiklanish kuzatilgan. Xususan, 2022–2024 yillar davrida jahon miqyosida uran ishlab chiqarish hajmi taxminan 22 foizga oshib, 60,2 ming tonnadan ortiqni tashkil etgani qayd etilgan. Biroq, mazkur ijobiy dinamikaga qaramasdan, xalqaro tahlillarga ko‘ra, amalda ekspluatatsiya qilinayotgan uran konlarining katta qismi 2030 yillarga kelib o‘z resurs salohiyatini bosqichma-bosqich yo‘qotishi kutilmoqda.
Jahon Atom Assotsiatsiyasi baholashicha, 2030 yildan so‘ng hozir faoliyat yuritayotgan konlar hisobiga qazib olinadigan uran hajmi deyarli ikki baravarga qisqarishi mumkin.
“Mazkur holat o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda atom energetikasi obektlarini uzluksiz yoqilg‘i bilan ta’minlash masalasida jiddiy xavf-xatarlarni yuzaga keltiradi hamda yangi uran manbalarini izlash va o‘zlashtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni kechiktirmasdan amalga oshirish zarurligini taqozo etadi”, – deyiladi maqolada.
Ekspertlarga ko‘ra, uran konlarini geologik razvedka qilishdan boshlab ularni to‘liq sanoat ekspluatatsiyasiga chiqarishgacha bo‘lgan jarayon, odatda, 10–20 yilni talab etadi. Shu sabab kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xomashyo tanqisligining oldini olish maqsadida bugungi kundayoq yangi geologik-qidiruv ishlari va investitsiya loyihalarini tizimli ravishda va faol rivojlantirish zarur.
Uran narxi oshmoqda
“Navoiyuran” vakilining qayd etishicha, uran bozorida joriy vaziyat narx dinamikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Xususan, ko‘p yillar davomida nisbatan past darajada saqlanib kelgan uran narxlari so‘nggi ikki-uch yil mobaynida jahon bozorida keskin o‘sish tendensiyasini namoyon etmoqda. 2025 yil sentabr oyida spot bozorda uran konsentrati (U₃O₈) narxi har bir funti uchun 82,63 dollarga yetgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich so‘nggi o‘n yillikda qayd etilgan eng yuqori darajalardan biri hisoblanadi.
Xudoyor Meliyevga ko‘ra, uran narxlarining oshishiga qator obektiv omillar ta’sir ko‘rsatmoqda:
moliya bozorlarida ayrim investitsiya fondlari tomonidan tabiiy uranning katta hajmlarda xarid qilinishi;
jahonning eng yirik uran ishlab chiqaruvchisi hisoblangan Qozog‘iston Respublikasining “Qazatomprom” kompaniyasi tomonidan 2026 yil uchun rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmlarining ixtiyoriy ravishda qisqartirilishi;
Kanadada joylashgan McArthur River konida texnik sabablarga ko‘ra yuzaga kelgan kechikishlar natijasida ikkinchi yirik ishlab chiqaruvchi Cameco kompaniyasi tomonidan yillik ishlab chiqarish rejalarining pasaytirilishi shular jumlasidan.
“Yuqorida keltirilgan tahliliy ma’lumotlar va prognozlar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda xorijdagi uran resurslariga sarmoya kiritish hamda geologik razvedka ishlarini kuchaytirish milliy energiya xavfsizligini ta’minlash, shuningdek “Navoiyuran” davlat korxonasining uzoq muddatli va barqaror daromad manbalarini shakllantirishning ajralmas sharti hisoblanadi”, – deya xulosa qilgan “Navoiyuran”ning investitsiya bo‘yicha direktori Xudoyor Meliyev.
Iqtisodiyot
Oziq-ovqat ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 75,2 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 12 foizga oshgan. Hududlar kesimida eng yuqori natija Toshkent shahrida qayd etilgan — 13,9 trln so‘m.
Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati 10,7 trln so‘m va Samarqand viloyati 10,1 trln so‘m bilan joylashgan. Andijon va Farg‘ona viloyatlarining har birida 5,6 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Buxoro viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 4,7 trln so‘m, Qashqadaryoda 4,6 trln so‘m, Namanganda 4,5 trln so‘mni tashkil etgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida ko‘rsatkich bir xil — 3,2 trln so‘mdan. Xorazm viloyatida 2,4 trln so‘m, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarining har birida 2,3 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Jizzax viloyatida esa yirik korxonalar tomonidan 2,1 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilgan.
Iqtisodiyot
Prezident ishtirokida umumiy qiymati 50 trln so‘mlik loyihalar ishga tushirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda davlatimiz rahbari hududlardagi studiyalarga yig‘ilgan keng jamoatchilik vakillarini, ular orqali butun xalqimizni yaqinlashib kelayotgan ulug‘ bayram bilan tabrikladi.
Ortda qolgan o‘n yilda O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar yuz berdi. Tadbirkorlikka keng yo‘l ochilib, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, raqobatbardosh sanoat tarmoqlarini yaratish, chekka tuman va qishloqlar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ulkan ishlar bajarildi. Ta’lim, tibbiyot va madaniyat sohalariga e’tibor yangi bosqichga ko‘tarildi.
– So‘nggi o‘n yil mamlakatimiz tarixida yangi Uyg‘onish davri – Uchinchi Renessans poydevorini qurish bosqichi sifatida abadiy muhrlandi, – dedi Prezidentimiz.
Bu davrda iqtisodiyotimiz hajmi 2,5 barobardan ziyod oshdi. Iqtisodiyot tarmoqlariga 160 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, umumiy qiymati 76 milliard dollarlik 2 ming 163 ta yirik sanoat loyihasi ishga tushirildi, qariyb 6 million nafar aholi doimiy ish o‘rni bilan ta’minlandi.
Bugun yurtimizda dunyoning yetakchi kompaniyalari, yirik investorlari va xalqaro moliya institutlari ishtirokida ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Investitsiyalar ko‘payishi bilan sanoatimiz qiyofasi ham tubdan o‘zgarmoqda.
– Biz xomashyo eksport qilgan davlatdan uni chuqur qayta ishlash zanjiri asosida tayyor mahsulotni jahon bozoriga olib chiqadigan iqtisodiyotga o‘tyapmiz. Eng muhimi, yangi korxonalar bilan birga zamonaviy texnologiyalar, yangi kasblar va yuqori malakali ish o‘rinlari ham paydo bo‘lmoqda, – dedi davlatimiz rahbari.
Joriy yilning o‘zida 1,7 milliard dollarlik 56 ta yirik zamonaviy sanoat va servis obyekti ish boshladi, 8,8 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratildi.
Shuningdek, budjetdan ajratilgan 46 trillion so‘m hisobidan 385 ta maktab, 113 ta bog‘cha, 81 ta shifoxona, 7,5 ming kilometr yo‘l, 3,2 ming kilometr ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari qurildi, ta’mirlandi va rekonstruksiya qilindi.
Bugungi marosimda mamlakatimizning barcha hududlarida umumiy qiymati qariyb 50 trillion so‘m bo‘lgan 72 ta yirik sanoat va servis loyihasi hamda 91 ta ijtimoiy soha obyekti foydalanishga topshirildi. Ularning ochilishi Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa bo‘ldi.
Yangi loyihalar hisobiga 15 mingta ish o‘rni yaratiladi, budjetga yiliga qo‘shimcha 1 trillion so‘m tushum tushishi ta’minlanadi.
Investitsiya loyihalari energetika, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, metallurgiya, avtomobilsozlik, elektrotexnika, qurilish materiallari, tog‘-kon, to‘qimachilik va yengil sanoat kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan.
Jumladan, Sirdaryo viloyatida 1 ming 573 megavattli elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 200 megavattli shamol elektr stansiyasi va 100 megavattli energiya saqlash tizimi ishga tushirildi. Navoiy viloyatidagi yangi energetika loyihalari yiliga 657 million kilovatt-soat elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
Mazkur loyihalar orasida mamlakatimizning eksport salohiyatini sezilarli oshiradigan quvvatlar ham bor. Andijon, Namangan va Jizzax viloyatlarida ishga tushirilgan to‘qimachilik, trikotaj va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari millionlab dollarlik eksportni ta’minlaydi. Samarqand va Toshkent viloyatlarida barpo etilgan yangi metallurgiya korxonalari ham sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va import o‘rnini bosishga xizmat qiladi.
Prezidentimiz bugungi loyihalarni faqat investitsiya va eksport ko‘rsatkichlari bilan o‘lchash to‘g‘ri bo‘lmasligini ta’kidladi. Yangi o‘quv yili arafasida ijtimoiy sohada ham ko‘plab zamonaviy obyektlar foydalanishga topshirilmoqda. Ular orasida 36 ta bolalar bog‘chasi, 43 ta maktab, 7 ta oliy ta’lim muassasasi va 3 ta shifoxona bor.
Yangi Toshkent hududida jahon standartlari asosida 10 gektar maydonda barpo etilgan Yangi O‘zbekiston universitetining zamonaviy majmuasi shular jumlasidandir. Bu yerda 7 ming nafar talaba tahsil olishi uchun sharoit yaratilgan.
Oliy ta’lim muassasasida Garvard universiteti bilan hamkorlikda Rektorlar maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Oksford universiteti bilan birgalikda davlat xizmatchilarining malakasini oshirish bo‘yicha “Ta’lim xabi” tashkil etiladi. 1-oktyabrdan Sun’iy intellekt instituti ish boshlaydi.
Shuningdek, 30 ming kvadrat metr maydonga ega besh qavatli yangi Milliy kutubxona eng zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan. U bir vaqtning o‘zida 1,5 ming nafar kitobxonga xizmat ko‘rsata oladi. Bu yerda 28 dan ziyod o‘quv xonasi va zallar, turli sig‘imdagi konferensiya zallari tashkil etilgan, 200 mingdan ortiq kitob jamlangan.
Qarshi shahrida 400 milliard so‘mlik Iqtisodiyot va pedagogika universitetining zamonaviy bino va inshootlari barpo etildi. Bu yerda 3 ming nafar talaba tahsil oladi, 700 nafar aholi daromadli ish bilan ta’minlanadi.
Farg‘ona viloyatidagi yangi zamonaviy tibbiyot muassasasida esa yiliga 60 ming nafar bemorni davolash va 30 ming nafar ayolni skriningdan o‘tkazish imkoniyati yaratildi.
Davlatimiz rahbari yangi obyektlarni barpo etishda ishtirok etgan investor va tadbirkorlar mehnatini yuksak baholadi.
– Siz kiritayotgan har bir investitsiya O‘zbekiston kelajagining poydevorini mustahkamlaydi. Siz yaratayotgan har bir ish o‘rni oilalar farovonligiga xizmat qiladi. Siz ishlab chiqarayotgan har bir mahsulot mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yangi bosqichga olib chiqadi. Siz eksport qilayotgan har bir tovar O‘zbekistonning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshiradi, – dedi Prezidentimiz.
Ushbu loyihalarni barpo etishda fidoyilik ko‘rsatgan quruvchilar, muhandis va loyihachilar, tadbirkor va investorlarga minnatdorlik bildirildi.
Shundan so‘ng davlatimiz rahbari ramziy tugmani bosdi va 72 ta yirik investitsiya loyihasi hamda 91 ta ijtimoiy soha obyekti foydalanishga topshirildi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston kartoshkani asosan qaysi davlatlardan sotib oldi?
O‘zbekiston kartoshkani asosan qaysi davlatlardan sotib oldi?
Source link
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?
2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 19 trln so‘mlik kiyimlar ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Andijon viloyatida qayd etilgan — 7,1 trln so‘m. Bu ko‘rsatkich ikkinchi o‘rindagi Toshkent viloyati natijasidan 3 barobardan ko‘proq yuqori.
Toshkent viloyatida kiyim ishlab chiqarish hajmi 2,1 trln so‘m, Namanganda 1,8 trln so‘m, Toshkent shahrida esa 1,7 trln so‘mni tashkil etgan. Farg‘ona viloyatida ham 1,4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Samarqand viloyatida yirik korxonalar 1 trln so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqargan. Qashqadaryoda bu ko‘rsatkich 897,9 mlrd so‘m, Buxoroda 659,8 mlrd so‘m, Xorazmda 620,1 mlrd so‘m bo‘lgan.
Navoiy viloyatida kiyim ishlab chiqarish hajmi 578 mlrd so‘m, Sirdaryoda 324,7 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 307,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Bulardan tashqari, Surxondaryoda 227,1 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida esa 203 mlrd so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Iqtisodiyot
Dushanbadan dollar bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘ladi?
Dushanbadan dollar bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘ladi?
Source link
-
Siyosat5 days ago
Ўзбекистон ва Озарбайжон раҳбарлари Бухоронинг машҳур обидаларини зиёрат қилдилар (фото)
-
Siyosat4 days ago
«Milliy manfaatlarni himoya qilish dunyodan yopilish degani emas» — Sherzod Asadov
-
Iqtisodiyot5 days ago
O‘zbekiston kartoshkani asosan qaysi davlatlardan sotib oldi?
-
Iqtisodiyot3 days ago
Oziq-ovqat ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?
-
Sport5 days ago
Rossiyalik shaxmatchilar O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Olimpiadada qatnashmaydi
-
Iqtisodiyot4 days agoPrezident ishtirokida umumiy qiymati 50 trln so‘mlik loyihalar ishga tushirildi
-
Siyosat5 hours ago
Prezidentning Mustaqillik bayrami tabrigidan o‘rin olgan asosiy fikrlari
