Connect with us

Iqtisodiyot

Deputatlar kapital bozori bo‘yicha yangi qonun qabul qildi

Published

on


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Kapital bozori to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qayd etilishicha, hujjat kapital bozorini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, uning ochiqligi va investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan. Shuningdek, zamonaviy moliyaviy vositalarni joriy etish hamda investorlar huquqlarini himoya qilish tizimini mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

Loyihada kapital bozorining huquqiy asoslarini takomillashtirish, ishtirokchilar uchun yanada qulay va ishonchli muhit yaratish hamda mahalliy va xorijiy sarmoyalarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Qonun loyihasi bilan kapital bozorida bir qator yangi moliyaviy vositalarni joriy etish taklif qilinmoqda. Ular qatorida sukuk, barqaror rivojlanish obligatsiyalari, qoplangan obligatsiyalar hamda sekyuritizatsiyalangan obligatsiyalar mavjud.

Shuningdek, korporativ boshqaruv sifatini oshirish va kompaniyalar tomonidan axborotni oshkor qilish bo‘yicha talablarni kuchaytirish nazarda tutilgan.

Hujjatda kapital bozori infratuzilmasini takomillashtirish, bozor ishtirokchilari faoliyati uchun zamonaviy huquqiy mexanizmlarni shakllantirish ham muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Qonun loyihasi qabul qilinishi natijasida moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy investitsiya vositalarini joriy etish va investorlar huquqlarini yanada ishonchli himoya qilishga erishish maqsad qilingan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Dollar kursi birdan 61 so‘mga ko‘tarildi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 29-iyuldan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 61,42 so‘mga oshib, 12 050,34 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 21,8 so‘mga oshdi va 13 685,57 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 004,06 so‘m bo‘ldi (+19,23).

Rossiya rubli 153,29 so‘m etib belgilandi (-0,2).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Bank depozitlari bir yilda 118 trln so‘mga ko‘paydi

Published

on


2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bank tizimining asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sishni namoyon qildi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, jami bank aktivlari 18 foizga oshib, 1 kvadrillion 5,8 trillion so‘mga yetdi. Shu davrda kredit qo‘yilmalari 12 foizga o‘sib, 642,8 trillion so‘mni tashkil etdi.

Bank tizimining jami kapitali ham ijobiy dinamikani saqlab qoldi. Hisobot davrida mazkur ko‘rsatkich 19 foizga o‘sib, 148,9 trillion so‘mga yetgan.

Eng yuqori o‘sish depozitlar hajmida qayd etildi. Bir yil ichida jami depozitlar qariyb 118 trillion so‘mga ko‘payib, 473,8 trillion so‘mga yetdi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 33 foizlik o‘sishni anglatadi.

Hisobotda bank tizimi ko‘rsatkichlari tarkibida xorijiy valyuta ulushining qisqargani ham qayd etildi. Jumladan, bank aktivlarida xorijiy valyuta ulushi bir yil oldingi 40 foizdan 35 foizga tushdi.

Kredit qo‘yilmalari tarkibida ushbu ko‘rsatkich 42 foizdan 39 foizga, depozitlar tarkibida esa 24 foizdan 19 foizgacha pasaygan.

2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, xorijiy valyutadagi bank aktivlari 348,9 trillion so‘mni, kredit qo‘yilmalari 252 trillion so‘mni, depozitlar esa 90,5 trillion so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank ushbu tendensiyani bank tizimida milliy valyuta rolining kuchayishi bilan izohlagan. Bu jarayon iqtisodiyotda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va milliy valyuta mavqeini mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etilgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Energetika vazirligi va uning quyi bo‘g‘inlari jiddiy tanqid ostiga olindi

Published

on


Barcha hududlarda deyarli bir xil tarmoq bo‘lgani bilan ayrim tumanlar yaxshi ishlayotgani, boshqalarida esa doim avariya sodir bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tildi. Bu talab nazorat va intizomning har xilligi bilan bog‘liq.

Energetika vazirligi va uning quyi bo‘g‘inlaridagi rahbarlarda ijro va mas’uliyat yetishmayotgani tanqid qilindi. Shu bois, odamlar ham, tadbirkorlar ham tizimga mas’ul rahbarlarning hozirgi ishidan mutlaqo norozi.

“Takror aytaman: tizimdagi har bir rahbarning qilayotgan ishi, eng avvalo, odamlarning hayotida, turmush tarzida sezilishi, tadbirkorlarning mushkulini oson qilishi kerak”,– dedi davlatimiz rahbari.

Har yili yoz va qishda o‘nlab podstansiyalarda avariya bo‘lib, yuzlab transformatorlar yonib ketmoqda. Iyun-iyul oylarining o‘zida 4 mingga yaqin avariya sodir bo‘lib, aholi va tadbirkorlar 8-10 soatgacha elektrsiz qolgan.

So‘nggi besh yilda Shirin shahri, Yangihayot, Yakkasaroy va Ohangaron tumanida elektr iste’moli 2 karradan ziyod oshgan. Biroq mas’ullar va hokimlar tarmoqlarning bunday yuklamani ko‘tara olmasligini oldindan hisobga olmagan.

Prezidentimiz har bir uzilish tadbirkorlar va iqtisodiyotga qancha zarar keltirgani hisoblab chiqilmaganini tanqid qildi. Hokimlar energiya iste’moli balansini aniq bilmagani uchun milliardlab mablag‘ havoga ketayotganini ko‘rsatib o‘tdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

QQSning «nol» stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati tasdiqlandi

Published

on


Adliya vazirligi Qo‘shilgan qiymat solig‘ining «nol» stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (bundan paxta va g‘alla mustasno) ro‘yxatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Prezidentning 2025 yil 4-sentyabrdagi Farmoniga asosan 2026 yil 1 yanvardan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (paxta va g‘alladan tashqari) realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining «nol» foizlik stavkasi qo‘llaniladi.

Shunga ko‘ra, QQSning «nol» stavkasi qo‘llaniladigan 516 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlarni yetishtirish uchun xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan QQS summasi qaytarib beriladi, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mazkur mablag‘lar 3 kun ichida avtomatlashtirilgan tartibda qaytariladi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston 5 oyda qariyb 22,5 mingta konditsioner eksport qildi

Published

on


2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatga 22 ming 443 dona konditsioner eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, eksportning umumiy qiymati 4,6 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 ming donaga yoki 5,1 foizga ko‘paygan.

Eng yirik eksport bozori Ozarbayjon bo‘lib, ushbu mamlakatga 7 ming 367 dona konditsioner yetkazib berilgan.

Keyingi o‘rinlarda Tojikiston 4 ming 775 dona va Turkiya 4 ming 640 dona bilan qayd etilgan. Shu tariqa ushbu uch mamlakat O‘zbekiston konditsionerlari eksportida yetakchilik qildi.

Shuningdek, Qirg‘iz Respublikasiga 2 ming 448 dona, Qozog‘istonga 1 ming 324 dona konditsioner eksport qilingan. Qolgan 1 ming 889 dona mahsulot boshqa davlatlarga jo‘natilgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.