Mahalliy
Asilbek Ashurov Chikago universitetining to‘liq grantini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik bo‘ldi
Prezident maktabi o‘quvchisi dunyo bo‘yicha 14-o‘rinda turadigan Chikago universitetiga 100 foizlik grant asosida qabul qilindi.
Asilbek Ashurov Guliston shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi. U AQShning nufuzli Chikago universitetiga 420 000 AQSh dollar miqdoridagi to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Shu tarzda Chikago universitetining to‘liq grantini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik o‘quvchi sifatida tarixga kirdi.
Chikago universiteti dunyodagi eng nufuzli oliygohlardan biri bo‘lib, xalqaro miqyosda o‘zining ilmiy tadqiqotlari, yuqori sifatli ta’limi va kuchli akademik an’analari bilan tanilgan.
QS «World University Rankings» va «Times Higher Education» kabi xalqaro reytinglarda Chikago universiteti doimiy ravishda eng yuqori o‘rinlarni egallab keladi. Hozirda ushbu universitet dunyo miqyosida 14-o‘rinda turadi.
Mahalliy
Mashhur bestseller o‘zbek tilida
Mario Pyuzoning nomi ko‘pchilikka, xususan, o‘zbek kitobxonlariga yaxshi tanish. U dunyo miqyosida mashhur «Cho‘qintirgan ota» romanining muallifi hisoblanadi.
Yaqinda ushbu muallifning «So‘nggi don» nomli kitobi nashrdan chiqdi. Unda aynan «Cho‘qintirgan ota» epopeyasidagi sulola haqida, ammo o‘ttiz yil keyingi kechmishlar xususida hikoya qilinadi.
Keksa don o‘z avlodiga qonunga itoatkor boylarning baxtli taqdirini baxshida etishni o‘ylagan edi. Biroq o‘ttiz yillik voqealar birdan qonli aks-sado berib, o‘zaro ziddiyatlar kelib chiqadi. Vaziyat qaltis tus oladi va buni faqat don bartaraf etishi mumkin. Lekin qay tarzda: qon to‘kibmi yoki tinch yo‘l bilanmi? Bu butun boshli xonadonning xuni, axir…
Sevgi-muhabbatning fojiali intihosi, dushmanlar nizosi, dahshatli muhoraba, qonli intiqom, pul va mol-dunyo vasvasasi uzoq yillik adovatga olib keladi. Bularning hammasiga esa o‘ylanmay qilingan mudhish xato sabab bo‘ladi.
Mahalliy
Dorilar jim o‘ldiradi yoxud «Elektron retsept» ortidagi haqiqat
Elektron retsept tizimi joriy qilinishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda katta bahs-munozaralar paydo bo‘ldi.
Ba’zi bemorlar surunkali kasalligi tufayli doimiy ravishda qabul qiladigan dorilari ham endilikda retsept asosida beriladigan dorilar ro‘yxatiga kiritilganidan norozi.
To‘g‘ri, biz dorini osongina qabul qilamiz. Ammo u noto‘g‘ri ichilsa — oshqozon, yurak, jigar, ichak va gormonlar tizimini asta sekin yemira boshlaydi.
21 yillik tajribaga ega farmatsevtika eksperti va endokrinolog Gavhar Muxiddinova bilan bo‘lgan intervyuda elektron retsept, antibiotiklar, gormonlar, insulin, disbakterioz va hatto anafilaktik shokgacha olib kelgan real holatlar haqida ochiq suhbatlashdik.
Gavhar Muxiddinovaning so‘zlariga ko‘ra, elektron retsept tizimi dorilarni nazorat qilish va noto‘g‘ri foydalanishni kamaytirish maqsadida joriy etildi.
«Bemor o‘zboshimchalik bilan dori ichsa, natija jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin,» — deydi u.
Shu jumladan:
Antibiotiklar oshqozon va ichak mikroflorasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Gormonal preparatlar va insulin noto‘g‘ri qabul qilinsa, qalqonsimon bez va umumiy gormon tizimiga zarar yetkazadi.
Disbakterioz va anemiya ko‘pincha noto‘g‘ri yoki ortiqcha dorilar oqibatida yuzaga keladi.
Ba’zi bemorlar esa o‘zboshimchalik bilan dori qabul qilish oqibatida anafilaktik shok holatiga duch kelgan.
Ekspert elektron retsept tizimini aynan shu xavfli dorilarni nazorat qilish uchun samarali vosita sifatida baholaydi.
Uning ta’kidlashicha, har bir dori muayyan vaziyat va bemor holatiga mos ravishda individual tanlanishi kerak.
Shuningdek, Gavhar Muxiddinova, qimmat dorilar har doim ham foyda beradimi yo‘qmi, uning analoglaridan farqi nimada ekanligini ham aniq tushuntirib berdi.
Elektron retsept tizimi ba’zi bemorlar tomonidan shikoyatlar va ayrim noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkin, ammo uning asosiy maqsadi — bemor xavfsizligini ta’minlash.
Bu suhbatni nafaqat bemorlar, balki, shifokorlar ham ko‘rishi tavsiya etiladi.
Mahalliy
Ekoshapaloq (hajviya)
Ekoshapaloq (hajviya)
Source link
Mahalliy
Bola kitob orqali o‘z muammosini anglaydi…
Bolangiz qalbidagi muammoni bilasizmi? Yaqinda bolalar bilan mutolaa uchrashuvida qiziq bir holatga duch keldim. Men bolalarga “Quvonch” kitobimni o‘qib berayotgan edim. Kitob yakunida bolalar birin-ketin syujet haqida aytib, “bu tushida bo‘lgan ekan”, “bola uxlayotgan ekan”, deb o‘z fikrlarini aytishni boshladi. Shunda bir qizaloq menga qarab, “bu uyqusizlik”, dedi. Undan bu gapni eshitdim-u, tushni adashib uyqusizlik deb yuborgandir, deb o‘yladim. Lekin u qiz ko‘zimga tik qarab, yana ikki marta baland ovozda “bu uyqusizlik” dedi.
Yoniga borib: — Shunday deb o‘ylayapsanmi, — deb so‘radim.
— Ha, men ko‘pincha kechasi uxlolmayman, kecha ham soat to‘rtgacha uxlolmay yotdim. Bu bolada ham shunday. U uxlolmay qiynalgan, — dedi.
Qizaloqdan bunday gapni eshitib g‘alati bo‘ldim, ammo hammani chetga surib bu qiz bilan alohida gaplashishga imkonim yo‘q edi, shunday bo‘lsa-da:
— Qiynalibsan-da ancha? Qo‘rqmadingmi, — deb so‘radim.
— Yo‘q, o‘rganib qolganman, — dedi u.
— Uyqusizlik menda ham bo‘ladi. Faqat men qiynalaman, sen esa kuchli ekansan, deb kulib qo‘ydim.
Keyin suratga tushayotganimizda u chopib kelib, yonimda turish uchun meni mahkam quchoqlab oldi…
Kitob shunday kuchga ega, u ba’zida bolaning ichidagi qo‘rquvlarni, tushunmayotgan holatlarini ham ochib beradi.
“Quvonch” kitobi uyqusizlik haqida bo‘lmasa-da bolaning qalbidagi kechinmalarini ochishga unday oldi. Bola uyqusizlik kabi tushunarsiz holati haqida suhbatlashishni istadi, aytib berishni istadi.
Bolalar o‘zidan o‘zi men uyqusizlik tufayli qiynalaman yoki qo‘rqaman, deyishi oson emas. Bunday anglashlar katta bo‘lganida namoyon bo‘lishni boshlaydi, shunda ham hammada emas. Lekin kitob qahramonini ko‘rish orqali o‘zini anglashi, hissiyotlari haqida gapirishni istashi, o‘zining holatini tushunishi mumkin.
Bolalar bilan birgalikda turli mavzularda kitob o‘qishga harakat qiling. Uning sirli qalb kechinmalarini bilib olasiz va vaqtida ko‘mak bera olasiz.
Bolalar kitobi — bolalar bilan mazmunli suhbat qurish uchun zo‘r imkoniyat bo‘la olishi kerak, deb ko‘p aytganman. Shu yerda eng muhimi, suhbat muallifni emas, bolani qiziqtiradigan mavzuda bo‘lishi kerak! Yaxshilik va halollik haqida gaplashish yaxshi, lekin bola qorong‘ida uxlolmay qiynalgan bo‘lsa, unga yaxshilikdan ko‘ra uyqusizlik haqida gaplashish ham ruhiyatiga, ham aqliga, ham ma’naviyatiga foydaliroqdir.
Dinara Mo‘minova, bolalar yozuvchisi
Mahalliy
O‘zbekiston Jahon banki indeksida o‘z o‘rnini 43 pog‘onaga yaxshiladi
Jahon bankining 2026-yilgi «Ayollar, biznes va qonun» indeksi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z o‘rnini 43 pog‘onaga yaxshilab, 100 balldan 82,1 ball bilan 190 ta davlat orasida 48-o‘rinni egalladi.
Xususan, ayollarning iqtisodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida O‘zbekiston top-5 davlat qatoriga kiritildi. Hisobotda amalga oshirilgan qator tizimli islohotlar ijobiy baholandi.
Jumladan, davlat xaridlari tizimida genderga yo‘naltirilgan qoidalar joriy etildi, qonunchilikka ayollar tadbirkorligini rag‘batlantiruvchi normalar kiritildi, shuningdek ijtimoiy himoya va mehnat sohasidagi ayrim cheklovlar qayta ko‘rib chiqildi.
Natijada mamlakatimiz indeksning «Erkinlik», «Oila», «Mehnatga haq to‘lash», «Bola parvarishi» hamda «Mulk va meros» indikatorlari bo‘yicha maksimal 100 ball to‘pladi. Shuningdek, «Mehnat» indikatorida ko‘rsatkichlar 50 balldan 91,75 ballga, «Pensiya» indikatorida esa 50 balldan 66,75 ballgacha oshdi.
Shu bilan birga, hisobotda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, mehnat bozori imkoniyatlarini kengaytirish, real ijtimoiy rag‘bat mexanizmlarini kuchaytirish, ta’lim hamda monitoring tizimlarini izchil takomillashtirish bo‘yicha islohotlarni davom ettirish tavsiya etildi.
-
Mahalliy5 days agoO‘zbekiston Jahon banki indeksida o‘z o‘rnini 43 pog‘onaga yaxshiladi
-
Siyosat3 days agoSaida Mirziyoyeva Toshkent transport tizimini modernizatsiya qilish boshlanganini maʼlum qildi
-
Iqtisodiyot5 days agoO‘zbekiston Afg‘onistonda temir va mis konlarini qidirishni boshladi
-
Iqtisodiyot4 days ago
Wolt servisi O‘zbekistonda faoliyatini to‘xtatmoqda
-
Siyosat5 days agoO‘zbekiston Afg‘onistondagi uchta neft va gaz konida geologik qidiruv ishlarini boshladi
-
Siyosat3 days agoShavkat Mirziyoyev Surkandaryo harbiy qismining havo hujumidan mudofaa tizimini ko‘zdan kechirdi
-
Siyosat5 days agoToshkent viloyatida soliqdan ozod qilish uchun 110 ming dollar talab qilgan bank xodimi hibsga olindi
-
Dunyodan5 days ago
Rossiya Pavel Durovga qarshi jinoiy ish ochdi. Ishbilarmon qat’iy javob berdi
