Connect with us

Sport

Messining vorisi, ulkan xorvat va «Real» tarbiyalanuvchisi. JChda kimlar kashfiyot bo‘lishi mumkin?

Published

on


Ulardan yozda yorqin o‘yinlar kutilmoqda.

Rayan, Braziliya


Yoshi: 19
Ampluasi: vinger
Klubi: «Bornmut»
2025/26 yillar mavsumidagi statistikasi: 15 o‘yin, 5 gol, 2 uzatma

Pentakampeonlar safida «Uembli» o‘yingohida inglizlarga qarshi o‘yinda terma jamoadagi ilk golini urgan Endrik ham bor. Ammo u ancha oldinroq tanilib bo‘lgandi, jamoadagi kutilmagan qahramon roliga esa uning 19 yoshli tengdoshi Rayan da’vogarlik qilmoqda. Shu yil qishida Yevropaga kelgan vinger terma jamoada hozircha faqat bir marta, aprel oyida Xorvatiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Rayan barcha futbolchilarga xos skillaridan tashqari dadilligi bilan maqtana oladi. Tezkor, keskin harakatlanadigan, yaxshi dribling va kuchli zarbaga ega bo‘lgan bu yosh futbolchi o‘yinda tashabbusni o‘z zimmasiga olishdan tortinmaydi. U yanvarda «Bornmut»ga kelib qo‘shilgach, «Vulverhempton» bilan o‘yinda debyut qildi va o‘sha o‘yindayoq Skottga golli uzatma berdi. Keyingi turda Andoni Iraola ushbu yangi futbolchini boshlang‘ich tarkibga kiritdi va u «Aston Villa» bilan o‘yinda ilk golini urdi. Bir hafta o‘tib «Everton» darvozasini ham ishg‘ol etdi. Mavsum yakunida esa u qatorasiga uchta o‘yinni golsiz tark etmadi.

Viktor Munyos, Ispaniya


Yoshi: 22
Ampluasi: yarimhimoyachi
Klubi: «Osasuna»
Statistikasi: 36 o‘yin, 7 gol, 5 uzatma

Katta klublar tarbiyalanuvchilari taqdiri –  ko‘p hollarda murakkab va og‘riqli mavzu. Bunday futbolchilarga hech kim ko‘p vaqt taqdim etmaydi va darhol natija ko‘rsatish talab etiladi. Ayniqsa barcha pozitsiyalari uchun katta transferlar amalga oshiriladigan «Real»dek klubda. Shuning uchun klubning ko‘pchilik tarbiyalanuvchilari baxtini boshqa joylardan izlashiga to‘g‘ri keladi. Vinisius Junior bilan bitta pozitsiyada o‘ynovchi 22 yoshli Munyos ham o‘tgan yil yozida 5 million yevro evaziga «Osasuna»ga sotilgandi va u o‘zi uchun to‘langan mablag‘ni to‘liq oqladi.

Ikkala qanotda yorqin va dadil o‘yin ko‘rsatib, mavsum davomida jamoa to‘purari Budimirni golli uzatmalar bilan ta’minlab kelgan ushbu yosh vinger Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuentening nazariga tushmasligi mumkin emasdi. Uning milliy jamoadagi debyuti ham ajoyib chiqdi: u mart oyida Serbiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida zaxiradan tushib, Ferran Torresning pasini golga aylantirdi, Misrga qarshi o‘yinda esa u tanaffusda Yamalni almashtirdi.

Bunday debyutdan keyin unga «Barselona»dan qiziqish mavjudligi haqida xabarlar tarqaldi, «Real»dagilar esa uni ortga qaytarish haqida o‘ylay boshlashdi. Madriddagilar ushbu iste’dodli tarbiyalanuvchisini azaliy raqibga berib yubormaslik uchun, kelishuvdagi tegishli bandni ishga tushirsa, transfer 8 million yevro evaziga amalga oshadi. Ushbu futbolchini o‘z safida ko‘rishni istayotgan «Aston Villa» va Gordon uchun o‘rinbosar qidirayotgan «Nyukasl»ga esa 40 million yevrolik narx belgilangan.

Yan Diomande, Kot-d’Ivuar


Yoshi: 19
Ampluasi: vinger
Klubi: «Leypsig»
Statistikasi: 34 o‘yin, 13 gol, 9 uzatma

Futbol bilan dastlab AQShda shug‘ullana boshlagan yosh afrikalikning karerasi tezlik bilan o‘sib bordi. 2025 yil qishida u La ligadan tushib ketgan «Leganes» bilan shartnoma imzolagandi va Ispaniyadagi o‘nta o‘yin «Leypsig» iste’dodli vinger uchun 20 million yevro to‘lab berishi uchun yetarli bo‘ldi. Hozirda «buqlar» jamoasi Diomande uchun 130 million yevro so‘ramoqda. Unga «Liverpul» va «PSJ» kabi badavlat klublar da’vogar.

Futbolchining o‘zi esa Germaniyada yana bir mavsum qolishni istamoqda – u yangi mavsumda jamoasi bilan Chempionlar ligasida ishtirok etadi. Ammo jahon chempionatidagi o‘yinlariga qarab, unga talabgorlar otni qamchilashi mumkin – hozirdanoq Diomande chempionatning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lish uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi. Kuchli driblingga ega, ikkala qanotda ham o‘ynay oladigan va istalgan nuqtadan darvozani ishg‘ol etishi mumkin bo‘lgan yosh vingerdan katta narsa kutilmoqda. Qolaversa, u terma jamoasi bilan qishda bo‘lib o‘tgan Afrika kubogida tajriba orttirgan, o‘shana ivuarliklardan chempionlik titulini himoya qilish talab etilgandi, ammo jamoa dramatik kechgan chorakfinal o‘yinida Misrga yutqazib qo‘ygandi (2:3). Diomande qit’a birinchiligi pley-offining birinchi o‘yinida burkino-fasoliklar darvozasini ishg‘ol etdi, umuman, terma jamoadagi ilk golini esa o‘tgan yilda, JCh saralash o‘yinlari vaqtida urgandi.

Yoan Manzambi, Shveytsariya


Yoshi: 20
Ampluasi: yarimhimoyachi
Klubi: «Frayburg»
Statistikasi: 47 o‘yin, 7 gol, 6 uzatma

Shveytsariyalik yarimhimoyachi – «Frayburg» akademiyasi mahsuli va yozgi transferlar vaqtida talash bo‘lishi kutilayotgan futbolchilardan biri. «Arsenal», «Real», «Chelsi», «PSJ», «MYu» va «Bavariya» kabi jamoalar ushbu havbekka da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. Bunday jamoalarning barchasiga butun maydon bo‘ylab mehnat qiladigan, uzoqdan kuchli va aniq zarba bera oladigan futbolchi kerak. Ammo yaqinda yosh futbolchi bilan shartnomani 2030 yilga qadar uzaytirgan nemislar klubi o‘z tarbiyalanuvchisi uchun 50 million yevrolik narx belgilab qo‘ygan, ammo muzokaralar jahon chempionatidan keyingina o‘tkaziladi. U vaqtga borib futbolchining bahosi yanada ko‘tarilishi mumkin.

Manzambi mavsum davomida kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlarda o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligini va muhim o‘yinlarda yo‘qolib qolmasligini namoyish etdi («Bavariya»ga 2 gol urgan). Yoan «Frayburg» Yevropa Ligasi finaliga chiqishida asosiy rollardan birini o‘ynadi (yarimfinalda «Braga» darvozasiga g‘alaba golini urdi). Terma jamoasida esa asosiy tarkib futbolchisi emasligiga qaramay, foydali harakatlar koeffitsiyenti bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich qayd etdi. U saralash bosqichida Shvetsiyaga qarshi ikki o‘yinda so‘nggi daqiqalarda maydonga tushib (mos ravishda 7 va 6 daqiqa o‘ynagan), bittadan gol urishga ulgurdi. Germaniya chempionati yakunlariga ko‘ra Manzambi uzoq masofadan gol urish bo‘yicha (3 ta) yarimhimoyachilar orasida eng yaxshi natijani qayd etdi, u shunday gollaridan birini aprel oyida Noyyer qo‘riqlayotgan darvoza to‘qqizligiga 25 metr masofadan zarba berish orqali urgandi.

Luka Vushkovich, Xorvatiya


Yoshi: 19
Ampluasi: himoyachi
Klubi: «Hamburg»
Statistikasi: 30 o‘yin, 6 gol

Xorvatiya – 2018 yilgi jahon chempionati vitse-chempioni, Qatardagi turnirda esa bronza medallari sohibi. Bundan tashqari, bolqonliklar jamoasida muntazam ravishda iste’dodli futbolchilar paydo bo‘ladi. «Shashkachilar»ning so‘nggi mundiallarda natija ko‘rsatgan Modrich, Perishich, Kovachich, Kramarich va Livakovich kabi futbolchilari katta ehtimol bilan so‘nggi mundialiga kelgan va yuqori natijalarga da’vo qilmayapti. Shu bilan birga, bu turnir ularning yonidagi yosh futbolchilar uchun tajriba orttirish vazifasini o‘taydi. Shunday yoshlardan biri «Komo» safidagi Baturin, ammo yarimhimoya chizig‘idagi kuchli raqobat unga o‘zini ko‘rsatish uchun kam imkon qoldiradi.

Lekin himoya chizig‘idagi Vushkovichda buning uchun imkoniyat yetarli. Transfer huquqi «Tottenhem»ga tegishli bo‘lgan va o‘tgan mavsumni ijara asosida Bundesligada, «Hamburg» safida o‘tkazgan futbolchi terma jamoa asosiy tarkibiga loyiq ekanini ko‘rsatdi. U o‘z amluasiga qaramay, Germaniya chempionati o‘yinlarida 6 ta gol urdi. Natijada 193 santimetr bo‘yga ega bo‘lgan Luka saralash turniri o‘yinlari vaqtida yoshlar jamoasidan asosiy jamoaga jalb etildi.

Bahorda Braziliya va Kolumbiyaga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinlarida to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Zlatko Dalich bu o‘yinlarda uch nafar markaziy himoyachidan iborat sxemani sinovdan o‘tkazdi, Vushkovich kolumbiyaliklarga qarshi o‘yinda milliy jamoadagi ilk golini nishonladi.

Niko Pas, Argentina


Yoshi: 21
Ampluasi: yarimhimoyachi
Klubi: «Komo»
Statistikasi: 40 o‘yin, 13 gol, 7 uzatma

Bu mavsumda Pas Italiyani nafaqat yorqin o‘yinlari bilan larzaga keltirgan, balki sensatsion ravishda Chempionlar ligasiga yo‘llanma olgan «Komo»ning asosiy futbolchisiga aylandi. Sesk Fabregas yosh futbolchilar uchun ajoyib o‘qituvchi ekani, ularning har biriga individual yondashishini namoyish etib, Nikoning qirralarini ochdi. Yosh argentinalik o‘z kumirlaridan birining maslahatlariga diqqat bilan quloq qoldi, u esa shogirdini qat’iy qolipga solmadi va ijod uchun erkinlik taqdim etdi.

Natijada Pas chiziqlar orasida ajoyib harakatlana oladigan, nozik uzatmalar uchun imkoniyat topadigan va kerakli pallani his qilib, vaqti kelganda o‘zi ham zarba berish nuqtasiga chiqadigan futbolchi bo‘lib yetishdi. Uning saralash bosqichida Boliviyaga qarshi o‘yinga to‘g‘ri kelgan debyuti ertaknamo kechdi: Niko maydonga tushganidan 13 daqiqa o‘tib o‘z kumiri bo‘lgan Messiga golli uzatma berdi. Bahorda esa yana bir diqqatga sazovor voqea ro‘y berdi – Mavritaniya bilan o‘yinda «Albiseleste» safida ilk golini nishonladi. Argentina termasi ustozi Lionel Skaloni Nikoga jahon birinchiligida ham o‘zini ko‘rsatishga imkon berishiga shubha yo‘q.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

Bahodir Jalolov IBF reytingida yuqoriladi

Published

on


Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) barcha vazn toifalari uchun sportchilarning reytingini yangiladi.

Unga ko‘ra, superog‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov 6 dan 4-o‘ringa ko‘tarildi.

Jalolov so‘nggi jangini 2026-yil 9-may kuni Agron Smakichiga qarshi o‘tkazib, texnik nokaut hisobiga g‘alaba qozongan va rekordini 17–0 (15 tasi nokaut)ga yetkazgandi.

Hozirda IBF kamari Filip Xrgovichda, reytingni esa Frank Sanches boshqarmoqda, keyingi o‘rinlarda: Entoni Joshua (3) va Jalolov (4-o‘rin).

Taniqli insayder Den Rafael tarqatgan xabarga ko‘ra, Jalolov navbatdagi jangini Daniel Dyubua — Fabio Uordli 2 jang kechasi doirasida Londonda mahalliy bokschi Solomon Dakres (10-1, 3 nokaut)ga qarshi o‘tkazadi. Jalolov (Top Rank) va Dakres (Queensberry) promouterlari kelishuvga erishgan deyiladi xabarda.

Superog‘ir vazn toifasidagi bokschilar reytingi (IBF, top-10):

1. Frank Sanches (Kuba)
2. O‘rin bo‘sh
3. Entoni Joshua (Buyuk Britaniya)
4. Bahodir Jalolov (O‘zbekiston)
5. Tayson Fyuri (Buyuk Britaniya)
6. Deontey Uaylder (SShA)
7. Mozes Itauma (Buyuk Britaniya)
8. Richard Riakpore (Buyuk Britaniya)
9. Kichik Richard Torres (AQSh)
10. Jastis Hani (Avstraliya).



Source link

Continue Reading

Sport

«Paxtakor», «Neftchi» va «Nasaf» qancha pul ishlaydi?

Published

on


«Paxtakor», «Neftchi» va «Nasaf» klublari 2026/2027-yilgi mavsumda Osiyo klublar musobaqalarida yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. «Paxtakor» va «Neftchi» OFK Chempionlar ligasi Elit (Elite) turnirida, «Nasaf» OFK Chempionlar ligasi 2 musobaqasida ishtirok etmoqda.

Jamoalarga turnirdagi ishtiroki, har bir g‘alabasi hamda keyingi bosqichlarga yo‘l olgani uchun OFK tomonidan yirik miqdorda mukofot pullari ajratiladi.

«Paxtakor» va «Neftchi» nufuzli Elit turnirning asosiy (liga) bosqichida qatnashgani uchun kafolatlangan 800 ming AQSh dollaridan qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, ushbu musobaqada jamoalar har bir g‘alaba uchun qo‘shimcha 100 ming dollar bonus ishlab olishlari mumkin. Klublarning umumiy daromadi ular qayd etadigan natijalar va g‘alabalar soniga qarab oshib boradi.

Musobaqaning pley-off bosqichida ham mukofot pullari sezilarli darajada yuqori. OFK Chempionlar ligasi Elit turnirida 1/8 finalga yo‘l olgan klubga 200 ming dollar, chorak final ishtirokchisiga 400 ming dollar, yarim finalga chiqqan jamoaga esa 600 ming dollar mukofot puli taqdim etiladi.

Musobaqa g‘olibi — turnir chempioni 10 million dollarlik bosh sovrinni qo‘lga kiritadi. Finalda mag‘lub bo‘lgan jamoaga 4 million dollar mukofot puli to‘lanadi. Bir so‘z bilan aytganda, «Paxtakor» va «Neftchi» musobaqada qancha uzoqqa borsa, shuncha ko‘p daromad oladi — bu mablag‘ bir necha million dollarga yetishi mumkin.

«Nasaf» OFK Chempionlar ligasi 2 turnirini guruh bosqichidan boshlaydi. Ushbu bosqichda qatnashgani uchun qarshiliklarga kafolatlangan 300 ming dollar mukofot puli ajratiladi. Bundan tashqari, guruhdagi har bir g‘alaba uchun 50 ming dollardan qo‘shimcha bonus to‘lanishi ko‘zda tutilgan.

OFK Chempionlar ligasi 2 turnirining pley-off bosqichida sovrinlar quyidagicha taqsimlanadi: 1/8 finalga chiqqan klub 80 ming dollar, chorak finalga yo‘l olgan jamoa 160 ming dollar, yarim final ishtirokchisi esa 240 ming dollar mukofot oladi.

Turnir g‘olibiga 2,5 million dollar, finalchiga 1 million dollar mukofot puli beriladi. Shunday qilib, «Nasaf» ham musobaqadagi muvaffaqiyatli natijalari evaziga boshlang‘ich 300 ming dollarni (bir necha) million dollargacha ko‘paytirish imkoniyatiga ega.



Source link

Continue Reading

Sport

«Paxtakor» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Published

on


«Paxtakor» klubi Elit Osiyo chempionlar ligasi asosiy bosqichini durang bilan boshladi.

Jiddada turnirning amaldagi g‘olibi «Al-Ahli» klubiga qarshi o‘ynagan paxtakorchilar 86-daqiqada hisobni ochishdi. Ammo asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda javob goli o‘tkazib yuborildi.

«Paxtakor» keyingi o‘yinni 12-oktyabrda Toshkentda Saudiya Arabistonining «Al-Qodisiya» klubiga qarshi o‘tkazadi.

Elit OChL. G‘arb mintaqasi. 1-tur

14-sentyabr, Jidda, «King Abdullah Sports City» stadioni

Al-Ahli – Paxtakor 1:1

Gollar: Firas al-Buraykan (90+3) — Flamarion (86)

Bosh hakam: Abdulla Jamaliy (Kuvayt)

Al-Ahli: Eduard Mendi, Ibrahima Diabi (Valentin Atangana 62), Galeno (Meshal Al-Mutayriy 53), Said Baattia, Ivan Toni (Firas Al-Buraykan 68), Mateus Martins, Merix Demiral (Muhammad Sulaymon 68), Saad Balobaid, Rayan Hamid, Solih Abu Alshamat, Naif Masud (Eduard Spersyan 46)

Paxtakor: Vladimir Nazarov, Zaid Tahsin (Murtazo Puraliganji 46), Dilshod Saitov, Ibrohim Ibragimov, Akmal Mozgovoy (Muhammadali Dilshodbekov 88), Dostonbek Hamdamov (Flamarion 68), Bashar Resan, Abdurauf Bo‘riyev, Ayman Husayn (Stiven Chinedu 69), Sherzod Nasrullayev (Hojiakbar Alijonov 78), Muhammadrasul Abdumajidov

Ogohlantirishlar: Ibrohim Ibragimov (63), Solih Abu Alshamat (64)

Eslatib o‘tamiz, kecha Elit Osiyo chempionlar ligasi 1-turida Farg‘onaning «Neftchi» klubi o‘z maydonida «Eyr Fors» ustidan 1:0 hisobida ustun kelgandi.



Source link

Continue Reading

Sport

Butunjahon shaxmat olimpiadasi mash’alasi O‘zbekistonga keltiriladi

Published

on


Hindistonda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi oldidan an’anaviy Mash’ala estafetasi marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi Vishvanatan Anand va Hindiston shaxmat federatsiyasi prezidenti Nitin Narang olimpiada mash’alasini o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarovga tantanali ravishda topshirdi.

Endilikda ramziy olov Samarqandda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga yetkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining boshlanishiga 2 kun qoldi.



Source link

Continue Reading

Sport

Gukesh — Sindarov matchida mukofot jamg‘armasi 2,5 million dollarni tashkil etadi

Published

on


FIDE 2026-yilgi jahon chempionligi uchun match reglamentini e’lon qildi. Unga ko‘ra, amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarovga qarshi shaxmat tojini himoya qiladi.

Match 22-noyabrdan 12-dekabrgacha Shveysariyaning Jeneva shahridagi Fondation Martin Bodmer majmuasida bo‘lib o‘tadi. Birinchi klassik partiya 24 noyabrda, so‘nggisi esa 11-dekabrda o‘ynaladi. Agar 14 partiyadan keyin hisob teng bo‘lsa, 12-dekabr kuni tay-breyk o‘tkaziladi.

Jahon chempionligi bahsi ko‘pi bilan 14 ta klassik partiyadan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘lib 7,5 ochko to‘plagan shaxmatchi chempionlikni qo‘lga kiritadi.

Gukesh va Sindarov match boshlangan paytda 20 yoshda bo‘ladi. Shu tariqa, bu jahon chempionati tarixidagi eng yosh ikki shaxmatchi o‘rtasidagi chempionlik bahsi bo‘ladi.

Javohir Sindarov jahon chempionligi uchun matchda ishtirok etish huquqini 2026-yilgi FIDE Nomzodlar turnirida g‘olib chiqib qo‘lga kiritdi. U musobaqada 14 imkoniyatdan 10 ochko to‘plab, birorta ham partiyada mag‘lub bo‘lmadi va turnir g‘olibligiga bir tur qolgandayoq erishdi.

Bundan oldin Sindarov 2025-yilgi FIDE Jahon kubogida ham g‘olib chiqqan edi. U mutlaq jahon chempioni unvoni uchun matchda ishtirok etadigan O‘zbekiston tarixidagi birinchi shaxmatchi bo‘ladi.

Gukesh esa 2024-yilda Singapurda Din Lijenni 7,5:6,5 hisobida mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘lgan. U o‘shanda 18 yoshida shaxmat tarixidagi eng yosh mutlaq jahon chempioniga aylangan.

Matchning umumiy mukofot jamg‘armasi 2,5 million dollarni tashkil etadi. Reglamentga ko‘ra, har bir g‘alaba uchun shaxmatchiga 200 ming dollardan beriladi, qolgan mablag‘ esa ikki ishtirokchi o‘rtasida taqsimlanadi.

Jahon chempionligi uchun bahs Fondation Martin Bodmer — jahon adabiyoti va insoniyat tarixiga oid noyob qo‘lyozmalar hamda hujjatlar saqlanadigan mashhur kutubxona-muzeyda o‘tkaziladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.