Connect with us

Siyosat

O‘zbekiston merganlari yana oltin medalni qo‘lga kiritdi

Published

on


Turkiya Respublikasida 10–21-may kunlari o‘tkazilgan VI Xalqaro «Eng ilg‘or merganlar jamoasi» musobaqasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bellashuv Turkiyaning Isparta shahridagi «Kommandos» tog‘-o‘quv mashqlari markazida tashkil etildi. Unda 13 davlatdan 24 ta jamoa ishtirok etdi. O‘zbekiston, Turkiya, Turkmaniston, Pokiston, Kosovo, Ozarbayjon, Italiya va boshqa davlatlar harbiylari turli shartlar bo‘yicha kuch sinashdi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar yuqori murakkablikdagi sakkizta yo‘nalishda bahs olib bordi. Jumladan, «Jangovar otish», «Yuqori aniqlikda otish», «Tunda noma’lum masofaga o‘q otish» va «Havodagi vertolyotdan otish» kabi shartlar asosiy sinovlardan biri bo‘ldi.

O‘zbekistonlik merganlar hal qiluvchi bosqichda vazifalarni yuqori aniqlik va tezkorlik bilan bajarib, rekord natijalarni qayd etdi. Musobaqa natijalari jamoalarning yettita shart bo‘yicha to‘plagan ballari asosida saralandi. Eng kuchli o‘nta jamoa finalga yo‘llanma oldi.

Hal qiluvchi bahsda O‘zbekiston jamoasi murakkab vazifalarni belgilangan vaqtdan oldin bajardi. Bu esa harbiylarning professional tayyorgarligi va jangovar mahorati yuqori darajada ekanini namoyon qildi.

Qariyb o‘n kun davom etgan bellashuvlar yakunida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi xorijiy davlatlar armiyalari orasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, oltin medal bilan taqdirlandi.

Ta’kidlanishicha, musobaqa xalqaro harbiy tajriba almashish va jangovar ko‘nikmalarni oshirish uchun muhim maydon hisoblanadi.

O‘zbekiston jamoasi mazkur musobaqada beshinchi marotaba ishtirok etmoqda. Xususan, 2022–2023-yillarda jamoa ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2024-, 2025- va 2026-yillarda ketma-ket chempionlikni qo‘lga kiritdi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Siyosat

Markaziy Osiyo uchun yangi imkoniyatlar

Published

on


BMT Bosh Assambleyasi tomonidan “Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun mintaqaviy hamkorlik va iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish” to‘g‘risidagi rezolyutsiyaning qabul qilinishi mintaqa uchun muhim siyosiy voqea sifatida baholanmoqda. Mutaxassislar fikricha, mazkur hujjat Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi ishonchni yanada mustahkamlash, iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish va umumiy taraqqiyot maqsadlarini birgalikda amalga oshirishga xizmat qiladi.

BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl ushbu tashabbusni mintaqa xalqlari manfaatiga xizmat qiladigan muhim qadam deb atadi. Uning ta’kidlashicha, rezolyutsiya Markaziy Osiyo davlatlarining ko‘p tomonlama hamkorlikka sodiqligini yana bir bor namoyon qildi. Hujjatning 66 davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangani esa xalqaro hamjamiyatning mintaqaga bo‘lgan qiziqishi va ishonchi ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Rezolyutsiyada innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlash muhim vazifalar sifatida belgilangan. Shuningdek, transport, savdo, energetika va raqamli texnologiyalar sohasida qo‘shma loyihalarni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochilishi qayd etilmoqda.

Hujjatda Markaziy Osiyo davlatlari hamda xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi muvofiqlikni kuchaytirishga alohida urg‘u berilgan. Bu iqlim o‘zgarishi, suv resurslari, migratsiya va oziq-ovqat xavfsizligi kabi umumiy muammolarga birgalikda yechim topish imkoniyatini kengaytiradi.

Shu bilan birga, rezolyutsiya qo‘shnichilik va do‘stona munosabatlarni mustahkamlash orqali uzoq muddatli barqarorlik va farovonlikni ta’minlash muhimligini ta’kidlaydi. Kuzatuvchilar fikricha, so‘nggi yillarda mintaqa davlatlari o‘rtasida shakllanayotgan o‘zaro ishonch muhiti aynan shunday xalqaro tashabbuslar samarasini ko‘rsatmoqda.

Hujjatning yana bir muhim jihati — BMTning ixtisoslashgan agentliklari, jamg‘armalari va dasturlarini Markaziy Osiyo davlatlarining ustuvor yo‘nalishlari bilan uyg‘unlashtirishga chaqirishi hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy integratsiya va barqaror taraqqiyotga qaratilgan dasturlarni yanada samarali amalga oshirish imkonini berishi kutilmoqda.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Pokiston elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi

Published

on


O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokistonning mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashdi.

Foto: Telegram/baxtiyor_saidov

Xayrlashuv uchrashuvida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holatini ko‘rib chiqdilar va O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar. Muloqot chog‘ida o‘zaro savdo, sarmoyaviy aloqalar, ta’lim dasturlari va madaniy almashinuv kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Vazir Saidov ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirishga qoʻshgan faol hissasi uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida ham saʼy-harakatlarini davom ettirishini tiladi.

Ahmad Faruk 2023 yilning mart oyidan buyon Pokistonning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonasini boshqarib kelmoqda va u uch yillik muddatga xizmat qilmoqda.



Source link

Continue Reading

Siyosat

«Maydonning har bir qarichi uchun kurashing!» — Prezident futbolchilarga murojaat qildi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi. 

Yurtimizda sportga, xususan, futbolga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan sharoitlar mazkur yutuqlarga katta zamin bo‘ldi. 

So‘nggi yillarda joylarda 200 dan ziyod yirik sport inshootlari, 4 mingga yaqin xususiy sport klublari ish boshladi. 1,5 mingdan ortiq mahallaga sport maydonchalari qurib berildi. Poytaxtimizda zamonaviy Olimpiya shaharchasi barpo etildi, Yuqori Chirchiqda «Milliy futbol markazi» ishga tushirildi. Har bir viloyatda bittadan professional futbol akademiyasi va futbol maktablari tashkil qilindi. 

Bu ishlar hisobiga havaskor futbolchilar soni 5 millionga yetdi, futbol bilan muntazam shug‘ullanuvchilar 1 million 300 mingdan oshdi, professional futbolchilar 17 mingga yetdi. 

Eng asosiysi, futbolda korrupsiya va tanish-bilishchilik degan illatlarga barham berildi. Ochiq va shaffof tizim yaratildi. Bu eng iqtidorli yoshlarni, rostakam iste’dodlarni katta maydonga olib chiqdi.

«Biz uchun futbol nafaqat professional sport turi, balki yoshlar tarbiyasi, sog‘lom turmush, intizom va vatanparvarlik maktabi bo‘ladi. Endi yurtimizdagi har bir mahallaga futbol nafasi kirib boradi. Har bir bolaga o‘z mahallasida to‘p tepish, musobaqalarda qatnashish, o‘z iste’dodini ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi», – dedi Prezidentimiz.  

Buning uchun «Har bir mahalla – futbol maydoni» dasturi boshlanadi. Bu umummilliy harakatga aylanadi. 

Dastur doirasida «Mahalla ligasi» tashkil etilib, 12-17 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida mahalla futbol jamoalari tuziladi. Har yili havaskor futbolchilar ishtirokida «mahalla – tuman – viloyat – respublika» bosqichidan iborat musobaqalar o‘tkaziladi. 

Umuman,«Mahalla ligasi» eng yaxshi iqtidorlarni seleksiya qilishda professional klublar uchun tayyor baza bo‘ladi.

Bugun terma jamoamiz bilan katta tajriba va chempionlik xarakteriga ega Fabio Kannavaro boshchiligidagi murabbiylar shtabi ishlayotgani qayd etildi. 

2006 yilda Germaniyada o‘tkazilgan mundialda Kannavaro sardorlik qilgan Italiya terma jamoasi jahon chempioni bo‘lgan. O‘sha yili Kannavaro dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi deb e’tirof etilgan va futbol tarixida «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan kam sonli himoyachilardan biriga aylangan. 

Yangi murabbiy jismoniy tayyorgarlik va hujumchilar bilan ishlaydigan murabbiylarni, shifokor, nutritsiolog va oshpazlarni olib kelgani hamda xalqaro tajribaga ega yaxshi jamoani shakllantirgani ta’kidlandi. 

«Fursatdan foydalanib, Fabio Kannavaroni murabbiy sifatida mundialdagi birinchi ishtiroki bilan tabriklab, murabbiylar shtabiga yangi zafarlar tilayman», – dedi davlat rahbari.

«Endi futbolchilarga qarata aytmoqchiman: jahon chempionatida oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Sizlar Portugaliya, Kolumbiya, Kongo kabi terma jamoalar bilan o‘ynaysizlar. Xalqimiz har bir o‘yinda sizlardan g‘alaba kutishi tabiiy, albatta. 

Lekin bir narsani doimo yodda tuting: sizlar tarixni allaqachon yaratib bo‘ldingiz! Oldingizda turgan muhim uchrashuvlarda ortiqcha bosimsiz, hech kimdan hayiqmasdan, boringizni berib o‘ynang. Har bir to‘p, har bir vaziyat, maydonning har bir qarichi uchun oxirigacha kurashing! Mundialdagi barcha o‘yinlaringizda fan-klublar a’zolari, minglab futbol muxlislari, Amerikadagi vatandoshlarimiz ham stadiondan sizlarni qo‘llab-quvvatlab turadi. 

Maydondagi har bir harakatingizni 40 millionga yaqin xalqimiz ekran ortida katta hayajon bilan hayqirib kuzatadi, yuraklarni junbishga keltiradigan hissiyot oladi. Yodingizda bo‘lsin: el-yurtimiz sizlarga ishonadi, Prezident sizlarga ishonadi! Boringlar, mardonavor o‘ynanglar, Vatan sharafini munosib himoya qilinglar! G‘alaba va omad hamisha yor bo‘lsin!» – dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida.



Source link

Continue Reading

Siyosat

O‘zbekiston va BAA birgalikda umummilliy kitobxonlik harakatini yo‘lga qo‘yadi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 may kuni Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida vazir davlatimiz rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, mamlakat Bosh vaziri, Vitse-prezidenti va Dubay Amiri Shayx Muhammad Ol Maktum hamda Vitse-prezident Shayx Mansur Ol Nahayonning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, avvalo, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston – BAA do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib, ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik mustahkamlanayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlat xizmati mexanizmlarini takomillashtirishning 10 ta asosiy yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutuvchi qo‘shma «yo‘l xaritasi» izchil amalga oshirilmoqda. BAAning byurokratiyani qisqartirish sohasidagi ilg‘or tajribasi joriy etilmoqda. Tegishli dastur doirasida loyiha ofisi ishga tushirildi.

Hozirga qadar qamrovi bir milliondan oshgan «Besh million sun’iy intellekt yetakchilari» ta’lim dasturini amalga oshirish natijalari ham e’tirof etildi.

Bugun «Davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash» loyihasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tashabbus qamrovini, jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillarini jalb qilish hisobiga yanada kengaytirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Umummilliy kitobxonlik harakatini birgalikda yo‘lga qo‘yish rejalari ko‘rib chiqildi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va kamol toptirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish, qo‘shma taraqqiyot forumlarini o‘tkazish hamda O‘zbekiston rivojiga xizmat qiluvchi strategik va konseptual hujjatlarni tayyorlashni ilgari surish bo‘yicha kelishuvga erishildi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Prezident Mirziyoyev va Prezident Putin strategik sheriklik va qo‘shma sanoat loyihalarini muhokama qildi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilib, ikki tomonlama munosabatlarni izchil kengaytirish va kelgusidagi oliy darajadagi hamkorlikni muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbarlari oliy darajadagi avvalgi muzokaralarda erishilgan kelishuvlarga bevosita tayangan holda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash bilan bog‘liq muhim masalalarga e’tibor qaratdilar. Tomonlar hukumatning turli darajalarida yuqori samarali aloqalar davom etayotganidan mamnunlik bildirib, parlamentlararo almashinuvlar, ishbilarmonlar muloqoti, madaniy-gumanitar aloqalar faol rivojlanayotganini qayd etdilar.

Yil boshidan buyon ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 23 foizga oshgan iqtisodiy hamkorlik alohida surʼat koʻrsatdi. Ushbu barqaror o‘sish hozirda sanoat, energetika va transport kabi muhim tarmoqlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qo‘shma hamkorlik loyihalari bilan qo‘llab-quvvatlanmoqda, ularda ikki mamlakat mintaqalari ham muhim ishtirok etmoqda.

Telefon muloqoti yakunida Prezidentlar yaqin kelajakda rejalashtirilgan ikki tomonlama va koʻp tomonlama tadbirlar turkumi taqvimi va kun tartibini tasdiqladilar.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.