Siyosat
Markaziy bank 20 ta bankni jarimaga tortadi va 17 tasini talablarga rioya qilmagani uchun ogohlantiradi
O‘zbekiston Markaziy banki 13 aprel kuni Bank nazorati qo‘mitasining mart oyida 29 ta masala ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilingani haqida ma’lum qildi.
Hisobotda qayd etilishicha, ro‘yxatga olish va litsenziyalash bilan bog‘liq 17 ta band, jumladan, kredit tashkilotlarining ta’sis nizomiga o‘zgartirishlar kiritish, ustav fondidagi ulushlarni sotib olishni ma’qullash, auditorlik malaka sertifikatlarini berish, nazorat va boshqaruv qo‘mitasi a’zolari hamda tijorat banklarining asosiy xodimlariga nomzodlarni ko‘rib chiqish.
Shuningdek, qo‘mita majlisida kredit tashkilotlarining moliyaviy sog‘lig‘i, jumladan, markaziy bank direktivalari va prudensial standartlarga rioya etilishi, banklar va nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari, moliyaviy xizmatlarni me’yoriy “sandbox” doirasida sinovdan o‘tkazish bilan bog‘liq 12 ta masala ko‘rib chiqildi.
Regulyator 17 ta bankni prudensial talablarga rioya qilmasa va o‘z faoliyatini qonuniy talablar asosida amalga oshirmasa, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan choralar va sanksiyalar haqida ogohlantirdi.
Shuningdek, tekshirishlar davomida aniqlangan qonunchilik talablariga rioya etmaslik va kamchiliklarni bartaraf etish uchun 20 ta bank, 89 ta mikromoliya tashkiloti va 79 ta lombardga jarima soldi.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Seulga keldi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Seul shahriga keldi.
Koreya Respublikasi Harbiy-havo kuchlarining Seuldagi aviabazasida oliy martabali mehmonlarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, artilleriya to‘plaridan salyut berildi.
O‘zbekiston Prezidentini Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.
Uch kunlik tashrif doirasida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar, Milliy Assambleya Spikeri Cho Chjon Shik, Bosh vazir Xan Son Suk, Koreyaning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari hamda ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbari O‘zbekiston – Koreya biznes forumining ochilishida nutq so‘zlaydi.
16 sentyabr kuni Prezident birinchi «Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi» sammitida ishtirok etadi.
Tashrifning siyosiy va iqtisodiy kun tartibidagi tadbirlar bilan bir vaqtda Koreya poytaxti va boshqa shaharlarida O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi.
Tashrif avvalida Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi.
Davlat rahbari yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, o‘qishi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.
Muloqot chog‘ida mamlakatimizda kechayotgan yangilanishlar, vatandoshlarimizning orzu-intilishlari hamda tashrif doirasida bo‘lajak tadbirlarning ahamiyati haqida fikr almashildi.
Prezident ularga ish va o‘qishida muvaffaqiyatlar tilab, Koreyada egallanayotgan zamonaviy bilim, ko‘nikma va tajriba kelgusida mamlakatimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Siyosat
O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga qilingan hujumlarni qoraladi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat yanada keskinlashayotgani, jumladan, Saudiya Arabistoni hududiga raketa va uchuvchisiz uchish apparatlari bilan hujumlar uyushtirilayotganidan chuqur xavotir bildirdi.
Vazirlik bayonotida tinch aholi, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi kuch ishlatish, shuningdek, mintaqa davlatlari xavfsizligi va xalqaro kema qatnoviga tahdid soluvchi har qanday harakatlar keskin qoralanishi ta’kidlangan.
O‘zbekiston tomoni xalqaro huquq normalariga, jumladan, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilish tamoyillariga qat’iy rioya etish zarurligini qayd etdi.
Shuningdek, mavjud kelishmovchiliklarni faqat siyosiy-diplomatik vositalar, muloqot va o‘zaro hurmat asosida hal etish lozimligi bildirildi.
O‘zbekiston BMT va mintaqa davlatlarining Yaqin Sharqda keskinlikni yumshatish, mojaroning yanada kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va barqaror tinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myonning taklifiga binoan 13-16 sentyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Davlatimiz rahbari Seul shahrida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar, Milliy Assambleya Spikeri Cho Chjon Shik, Bosh vazir Xan Son Suk, Koreyaning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
O‘zbekiston bilan Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va kengaytirish, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida kooperatsiyani chuqurlashtirish hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Prezidentimiz birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ham ishtirok etadi. Unda savdo, investitsiyalar, infratuzilma, raqamli transformatsiya, ilm-fan, texnologiyalar va boshqa ko‘plab sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha Seul deklaratsiyasi qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyan bilan muloqot o‘tkazdi: tafsilotlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-sentyabr kuni Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston – Armaniston munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Shu ma’noda, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish dolzarb ekani alohida qayd etildi.
Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqalarini bog‘laydigan logistika va transport yo‘laklarini rivojlantirish orqali o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.
Prezidentimiz mintaqaviy barqarorlik va izchil taraqqiyot uchun mustahkam asos bo‘ladigan Tinchlik shartnomasini tez fursatda imzolash borasidagi sa’y-harakatlarni yuksak baholadi.
Ikki va ko‘p tomonlama, shu jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Siyosat
Prezidentning Toshkent shahri bo‘yicha yig‘ilishi boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilish avvalida bugungi murakkab sharoitda har bir tuman va mahallaning mavjud imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, qo‘shimcha qiymat, investitsiya va yuqori daromadli ish o‘rinlarini ko‘paytirishga yangicha yondashish zarurligi ta’kidlandi.
Poytaxt tumanlarining har biri o‘z salohiyatidan kelib chiqib, aniq yo‘nalishlarga ixtisoslashishi lozimligi qayd etildi.
Xususan, Sergeli, Yangihayot va Bektemir tumanlarida Toshkentga kirib kelayotgan yuklarni saralash, qadoqlash, taqsimlash va yetkazib berishga ixtisoslashgan yirik logistika majmualarini tashkil etish uchun katta imkoniyat bor.
Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Yunusobod va Yakkasaroy tumanlarida zamonaviy biznes va moliyaviy markazlarni ko‘paytirish orqali 2 milliard dollarlik kapital bozorini shakllantirish hamda 20-25 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
Olmazor, Chilonzor va Uchtepada esa ta’lim, tibbiyot, savdo va servis sohalarida kamida 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish, 15-20 mingta ish o‘rni yaratish salohiyati mavjud.
Yig‘ilishda Toshkent shahrida investorlar bilan ishlash tizimi samaradorligi ham ko‘rib chiqildi.
Joriy yilda poytaxtning 12 ta tumani bo‘yicha 9 milliard dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan. Biroq ayrim hududlarda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun ishlarni yanada jadallashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Investorlarning masalalarini idorama-idora yurmasdan, bevosita joyida hal qilish uchun alohida ish tizimi joriy etilishi belgilandi. Respublika va shahar darajasidagi mas’ullar har hafta tumanlarga chiqib, tadbirkor va investorlar bilan uchrashib, ularning muammolarini tezkor hal qiladi.
Yuqori darajada yechim talab qiladigan masalalar bo‘yicha shu kunning o‘zida asoslangan takliflar tayyorlanib, Prezident Administratsiyasiga kiritiladi. Mazkur tartib yil oxiriga qadar alohida nazoratda ishlaydi.
Kelgusi yilda poytaxtga 10 milliard dollar investitsiya jalb qilish hamda 150-200 mingta yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
-
Jamiyat4 days ago
Hokim yordamchilarining 9 ta asosiy vazifasi belgilab berildi
-
Siyosat5 days ago
O‘zbekiston hukumati Suriyaga yangi elchisini jo‘natdi
-
Jamiyat4 days ago
O‘zbekistonning inklyuziv loyihasi Yevropa mukofoti finaliga chiqdi
-
Jamiyat3 days ago
2030 yilga qadar havoni ifloslantiruvchi moddalar miqdori 10,5 foizga kamaytiriladi
-
Jamiyat3 days ago
Asadjon Xodjayev Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
-
Jamiyat4 days ago
O‘zbekistonda raqamli valyuta to‘lov vositasi sifatida sinab ko‘riladi
-
Jamiyat5 days ago
Turkiyadagi o‘zbekistonlik kelin voqeasiga aniqlik kiritildi
-
Mahalliy4 days ago
«U yoqqa va orqaga» yoxud chirog‘i o‘chmaydigan uy
