Connect with us

Jamiyat

Avtoturargohlar xizmati bir yilda qariyb 13 foizga qimmatlagan – statistika

Published

on


Shaxsiy transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xizmatlari joriy yilning mart oyida 0,9 foiz (2025-yilning mos davriga nisbatan +7,0 foiz)ga, avtoturargohlar xizmati 0,7 foiz (2025-yil mart oyiga nisbatan +12,6 foiz)ga qimmatlashdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari orasida milliy valyutaning yevro va Shveysariya frankiga nisbatan mustahkamlangani tufayli narxlar va tariflar pasayishi kuzatildi.

Xususan, kuzatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha aviaparvozlar narxi o‘rtacha 4,1 foizga, uzoq masofaga  qatnovchi poyezdlar chiptalari esa 0,5 foizga arzonlashgani qayd etildi. Xalqaro avtobuslarda va shunga o‘xshash tashuvlarda yo‘lkira haqi 1,4 foizga, taksi xizmatlari 0,4 foizga, yuk tashish xizmatlari esa o‘rtacha 0,4 foizga oshgani qayd etildi.

Shuningdek, oy davomida benzin uchun o‘rtacha iste’mol narxlari darajasi 0,9 foiz (2025-yil mart oyiga nisbatan +9,2 foiz)ga pasaydi. Bunda, benzinning AI-92 markasi — 0,9 foizga, AI-95 markasi — 1,3 foizga, AI-98 va AI-100 markalari esa — 0,5 foizga arzonlashdi.

Propanning narxi oy davomida 3,2 foiz (2025-yil martiga nisbatan +9,6 foiz)ga arzonlashib, 1 litr uchun yuqori narx chegarasi 8 400 so‘mni tashkil etdi. 2026-yil mart oyida metan narxi fevral oyi darajasida kuzatildi, biroq 2025-yil martiga nisbatan 30,3 foizga yuqori darajada saqlanib qoldi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Qalbaki hujjatlar orqali 2 mlrd so‘m QQSni qaytarish sxemasi aniqlandi

Published

on


Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tezkor tadbir davomida qalbaki hujjatlar orqali budjetdan 2 mlrd so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) noqonuniy qaytarishga urinish holati fosh etildi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan Navoiy, Toshkent va Andijon viloyatlari kesimida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir nechta shaxslar ishtirokidagi jinoiy sxemaga chek qo‘yildi.

Aniqlanishicha, Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi MChJning muqaddam sudlangan xodimi Navoiy viloyatidagi xususiy korxona ish boshqaruvchisining ishonchiga kirib, 2025–2026 yillarda go‘yoki 20 mlrd so‘mlik tovar aylanmasi amalga oshirilgani haqida qalbaki hujjatlar tayyorlash orqali 2 mlrd so‘m QQSni qaytarib berishni va’da qilgan. U ushbu “xizmat” uchun 340 mln so‘m talab qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur noqonuniy sxemada uning sherigi — Andijon shahrida yashovchi yakka tartibdagi tadbirkor asosiy rolni bajargan. U tanish MChJ va Navoiy viloyatidagi xususiy korxona o‘rtasida soxta elektron shartnoma tuzib, go‘yoki 18 mlrd 670 mln so‘mlik qurilish-montaj ishlari, transport xizmatlari va qurilish materiallari yetkazib berilgani haqida 10 ta qalbaki elektron hisob-faktura rasmiylashtirgan.

Natijada ushbu soxta hujjatlar asosida 2 mlrd so‘m QQS mablag‘ini qaytarishga erishilgan.

Shundan so‘ng talab qilingan 340 mln so‘m pul mablag‘ini olish jarayonida jinoiy guruhning yana ikki a’zosi — muqaddam bir necha marotaba sudlangan shaxslar ishtirok etgan vaqtda ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Tergovga ko‘ra, ushbu mablag‘ jinoiy guruh a’zolari o‘rtasida taqsimlanishi rejalashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan to‘rt nafar fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, ushbu sxemada ishtirok etgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan soliq idoralari xodimlarini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ishlab chiqargan un mahsulotlarini birjaga chiqarmagan korxonalar jazolandi

Published

on


Raqobat qo‘mitasi tomonidan ichki bozorda bug‘doy mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirish yuzasidan o‘tkazilgan monitoringlar natijasida, qonunchilik buzilishi yuzasidan 29 ta sub’yekt birja savdolaridan chetlashtirildi.

Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan dastlabki monitoringlarga ko‘ra, ichki bozorda ishlab chiqarilishi lozim bo‘lgan un mahsulotini birjaga qo‘ymaslik holatlari kuzatildi.

Qayd etilishicha, amaldagi qonunchilikda bug‘doy va un mahsulotlari faqat birja savdolari orqali sotilishi belgilangan yuqori likvidli va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Qo‘mita tomonidan  2026-yil 3-apreldan boshlab davlat resursi bug‘doyidan ishlab chiqarilgan un mahsulotlarini birja savdolariga qayta savdo chiqarmagan yoki yetarli darajada bajarmagan 29 ta korxonalar belgilangan qonunchilik talablarini buzganligi sababli tegishli tartibda birja savdolaridan chetlashtirildi.

Shuningdek, joriy yil I-chorak yakunlari bo‘yicha davlat resursidan bug‘doy xarid qilingan unni birja savdolari orqali sotish tartibiga rioya etmagan 25 ta un ishlab chiqaruvchi korxonalarga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, tegishli ta’sir choralari qo‘llash yuzasidan qaror va ko‘rsatmalar qabul qilingan. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekiston va Afg‘oniston dori-darmon savdosini 500 mln dollarga yetkazmoqchi

Published

on


Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Qobul shahriga xizmat safari doirasida Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston farmatsevtika mahsulotlarining sifati va raqobatbardoshligi yuqori ekani, shu asosda ikki tomonlama farmatsevtika savdosini 500 mln AQSh dollariga yetkazish ustuvor maqsad sifatida belgilangan.

Mazkur maqsadga erishish uchun qo‘shma operativ ishchi guruh tashkil etish zarurligi ta’kidlanib, jumladan, Afg‘onistonda GDP (Good Distribution Practice) standartlari asosida hamkorlikni rivojlantirish hamda yirik distribyutorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi takliflar ilgari surildi.

Tomonlar texnik ishchi guruh tuzish, axborot almashuvini kuchaytirish hamda yaqin istiqbolda ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarni imzolash muhimligini alohida ta’kidladilar.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

1 kg palov tayyorlash O‘zbekiston hududlarida qanchaga tushadi?

Published

on


2026-yil mart oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 kilogramm palov tayyorlash qiymati hududlar kesimida turlicha shakllangan. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, narxlar 99 ming so‘mdan qariyb 120 ming so‘mgacha bo‘lgan oraliqda qayd etilgan.

Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida kuzatilib, 1 kg palov tayyorlash qiymati 119 ming 989 so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida ham yuqori narx saqlanib, 117 ming 627 so‘mga yetgan.

Shuningdek, eng past ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan bo‘lib, 99 ming 973 so‘mni tashkil qilgan. Jumladan, hududlar kesimida 1 kg palov tayyorlash quyidagicha narxlandi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 99 973 so‘m;
Andijon viloyati – 108 169 so‘m;
Buxoro viloyati – 110 836 so‘m;
Jizzax viloyati – 111 556 so‘m;
Qashqadaryo viloyati – 113 936 so‘m;
Navoiy viloyati – 112 911 so‘m;
Namangan viloyati – 110 958 so‘m;
Samarqand viloyati – 115 821 so‘m;
Surxondaryo viloyati – 113 661 so‘m;
Sirdaryo viloyati – 106 589 so‘m;
Toshkent viloyati – 115 026 so‘m;
Farg‘ona viloyati – 117 627 so‘m;
Xorazm viloyati – 109 457 so‘m;
Toshkent shahri – 119 989 so‘m.

Ma’lumot o‘rnida, 1 kg palov uchun o‘rtacha 0,3 litr yog‘, 700 gramm go‘sht, 1 kg guruch va sabzi, shuningdek piyoz, no‘xat va ziravorlar kerak bo‘ladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yetkazilgan zarar uchun to‘lanadigan kompensatsiyalarni soliqqa tortmaslik taklif qilinyapti

Published

on


Adliya vazirligi e’lon qilgan tegishli qonun loyihasida yer uchastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda mulkdorga to‘lab beriladigan kompensatsiyani «daromad» sifatida emas, balki majburiy tarzda olib qo‘yilgan mulkning evaziga berilgan qiymat deb baholash taklif qilinyapti.

Ma’lumki, hozirda mulkdorlarga to‘lanadigan mazkur kompensatsiya to‘lovlari uchun ham soliq hisoblanadi va bu buning natijasida mulkdor kompensatsiya to‘lovlarining bir qismini yo‘qotmoqda.

Ta’kidlanishicha, Hindiston hamda Ozarbayjon davlatlari qonunchiligida mulkdordan majburiy olib qo‘yilgan mol-mulklarga nisbatan to‘langan kompensatsiya to‘lovlariga daromad sifatida qaralamaydi va ular soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi.

Shu bois hamda mulkdorlarning moliyaviy barqarorligini saqlab qolish va soliq yukini kamaytirish maqsadida loyihada yuqoridagi tartib nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, ma’naviy zarar bo‘yicha kompensatsiya ham shaxsning sha’ni, qadr-qimmati, ruhiy holati yoki boshqa nomoddiy huquqlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zarar ta’sirini yumshatish va huquqiy tiklanishni ta’minlash uchun belgilanadi. Bu to‘lovning vazifasi shaxsni boyitish emas, balki adolatni tiklash, jabrlanuvchining huquqiy himoyasini kuchaytirishdan iborat.

Bu borada Ozarbayjon, Latviya, Estoniya hamda Ispaniya davlatlari qonunchiligida ma’naviy zararni kompensatsiya qilish bo‘yicha pullik to‘lovlar daromad sifatida qaralamaydi va ular soliq solish obekti hisoblanmaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda ma’naviy zarar bo‘yicha to‘lovlarning mazmunan daromad emasligini e’tirof etish va soliq yukini kamaytirish orqali fuqarolarning ijtimoiy himoyasini mustahkamlash maqsadida Soliq kodeksiga mazkur qo‘shimcha kiritilmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.