Connect with us

Iqtisodiyot

Andijon viloyati — kiyim-kechak ishlab chiqarishda mamlakatimizda yaqqol peshqadam

Published

on


2025-yilda O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 43,1 trln so‘mlik kiyim-kechak ishlab chiqarildi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 21,7 foizga oshgan.

E’tiborli tomoni, Andijon viloyati — kiyim-kechak ishlab chiqarishda mamlakatimizda yaqqol peshqadam (o‘tgan yili viloyatda 19,7 trln so‘m qiymatidagi mahsulot ishlab chiqarilgan).

Hududlar kesimida kiyim ishlab chiqarish hajmi:


Andijon viloyati — 19,7 trln so‘m
Namangan viloyati — 3,9 trln so‘m
Toshkent viloyati — 3,6 trln so‘m
Toshkent shahri — 2,9 trln so‘m
Farg‘ona viloyati — 2,8 trln so‘m
Navoiy viloyati — 2,1 trln so‘m
Qashqadaryo viloyati — 1,8 trln so‘m
Buxoro viloyati — 1,8 trln so‘m
Samarqand viloyati — 1,3 trln so‘m
Surxondaryo viloyati — 634,9 mlrd so‘m
Jizzax viloyati — 576,3 mlrd so‘m
Xorazm viloyati — 565,9 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Resp. — 560,3 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati — 442,2 mlrd so‘m.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Qaysi xizmat turlari eng tez o‘smoqda?

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 533,1 trln so‘mni tashkil etdi.

O‘sish sur’atlari eng yuqori xizmatlar — moliya, aloqa va axborotlashtirish hamda ta’lim sohalari.

Xizmatlar turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari quyidagicha:


moliyaviy xizmatlar — 124,9 foiz;
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 122,2 foiz;
ta’lim sohasidagi xizmatlar — 121,0 foiz;
ijara xizmatlari — 117,6 foiz;
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 117,5 foiz;
me’morchilik va muhandislik sohasidagi xizmatlar — 115,3 foiz;
sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 114,7 foiz;
yashash va ovqatlanish xizmatlari — 114,1 foiz;
savdo xizmatlari — 114,0 foiz;
transport xizmatlari — 113,3 foiz;
kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 113,0 foiz;
shaxsiy xizmatlar — 111,6 foiz;
boshqa xizmatlar — 115,8 foiz.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

XVJ O‘zbekistondagi valuta kursining “suzuvchi” rejimini tan oldi

Published

on


Valuta kursi shakllanishida Markaziy bank aralashuvining minimallashishi – iqtisodiyotning tashqi shoklarga chidamliligini oshiradi.

Xalqaro valuta jamg‘armasi O‘zbekistonning de-fakto valuta kursini “sekin o‘zgaruvchi” (crawl-like) rejimdan “suzuvchi” (floating) rejimga qayta tasnifladi.

Bu haqda XVJ missiyasining O‘zbekistonga 2026 yilgi tashrifi yakunlari bo‘yicha hisobotida ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, 2025 yil aprelidan boshlab valuta kursi moslashuvchanligi oshganidan kelib chiqib, O‘zbekistonning de-fakto valuta kursi 2025 yil 8 maydan e’tiboran “suzuvchi” rejimda deya e’tirof etilgan.

Xalqaro tashkilotga ko‘ra, iqtisodiyotning tashqi shoklarga chidamliligini oshirish, xalqaro zaxiralarni asrash, valuta risklarini sug‘urtalash (hedjirlash)ni rag‘batlantirish hamda inflyatsion targetlash rejimi samaradorligini ta’minlash maqsadida valuta kursining “suzuvchi” rejimini saqlab qolish tavsiya etiladi.

Shu maqsadda XVJning Pul-kredit va kapital bozorlari departamenti tomonidan valuta bozori faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha berilgan texnik ko‘mak tavsiyalarini amalga oshirish, jumladan, ixtiyoriy intervensiyalar ulushini kamaytirish uchun xavflarga asoslangan, aniq belgilab qo‘yilgan valuta intervensiyasi strategiyasini joriy etish tavsiya etilgan.

Ta’kidlanishicha, valuta bozori likvidligini chuqurlashtirish likvidlikni yanada samarali boshqarish imkonini beradi hamda sterilizatsiya xarajatlarini kamaytiradi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Tabiiy suv havzalari auksionga chiqariladi, davlat xarajatlarga sherik bo‘ladi

Published

on


Mamlakatimiz baliqchilik tarmog‘ini tizimli rivojlantirish, sohaga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida tub islohotlar bosqichi boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon bu boradagi huquqiy va iqtisodiy o‘zgarishlarning bosh omili bo‘ldi. Markaziy hujjatga muvofiq, 2026–2027-yillar mamlakatda baliqchilik sohasini rivojlantirishning ustuvor davri etib belgilandi.

Yangi strategiyaning bosh maqsadi aholini sifatli va arzon oqsil mahsuloti bilan ta’minlash hamda eksportni oshirishdir. Farmon bilan mamlakatda baliq yetishtirish hajmini 500 ming tonnaga, yuqori qiymatli sovuq suv baliqchiligini (forel, osyotr va boshqalar) esa 20 ming tonnaga yetkazish bo‘yicha qat’iy vazifa qo‘yildi.

Bu marralarga erishish uchun sohaga mutlaqo yangi boshqaruv tizimi kirib kelmoqda. Baliqchilikni rivojlantirish markazi hamda uni moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi maxsus jamg‘arma tashkil etiladi. Bu esa loyihalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va byurokratiyasiz moliyalashtirish imkonini beradi.

Sohadagi eng katta korrupsion xavflardan biri bo‘lgan suv havzalarining nohaq taqsimlanishiga chek qo‘yilmoqda. 2027-yildan boshlab barcha suv omborlari va tabiiy suv havzalari faqat va faqat ochiq elektron auksionlar orqali ijaraga beriladi. Bu har bir intiluvchan tadbirkor uchun teng imkoniyat, sog‘lom raqobat va xavfsiz investitsiya muhitini kafolatlaydi.

Yangi davrda davlat baliqchilarni shunchaki kuzatib turmaydi, balki ularning xarajatlariga sherik bo‘ladi. Endilikda tadbirkorlarga quyidagi yo‘nalishlar uchun subsidiyalar va kompensatsiyalar ajratilishi belgilandi:


Suv havzalariga o‘rnatiladigan quyosh panellari;
Aeratorlar va intensiv baliq yetishtirish uchun yopiq suv aylanish tizimlari;
Xorijdan keltiriladigan nasliy ona baliqlar importi;
Omuxta yem ishlab chiqarish uchun zamonaviy uskunalar.

Ushbu chora-tadbirlar baliq yetishtirish tannarxini kamida 25-30 foizga kamaytirish va yil davomida uzluksiz mahsulot olish imkonini beradi.

Baliqchilik endi shunchaki havzaga chovoq tashlash emas, bu yuqori texnologik ilm. Shu bois, soha vakillari uchun qisqa muddatli professional o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yiladi. Eng e’tiborlisi, jarayonga xorijiy yetakchi mutaxassislarni jalb etish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi.

Ushbu keng ko‘lamli islohotlar zanjiri baliqchilikni an’anaviy usullardan voz kechib, zamonaviy, raqobatbardosh va yuqori daromadli sanoatga aylantirishga qaratilgan. Natijada bozorda mahsulot ko‘payadi, narxlar barqarorlashadi va eng muhimi minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Investitsiya kiritish va sohada o‘z o‘rnini topishni istagan tadbirkorlar uchun ayni muddao, fursatni boy bermaslik kerak.

 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Neft mahsulotlari zaxiramiz 2−3 oy uchun yetarli – Energetika vazirligi

Published

on


O‘zbekistonda neft mahsulotlari zaxirasi 2-3 oy uchun yetarli. Bu haqda energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Umid Mamadaminov prezident Shavkat Mirziyoyev huzuridagi yig‘ilishdan so‘ng «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: Videodan kadr / O‘zbekiston 24

«Hozirgi geosiyosiy vaziyatda boshqa davlatlarda energetika xavfsizligiga ham tahdid qilinganini ko‘rib turibmiz. Shuning uchun neft mahsulotlarining faqatgina zaxirasini yaratish emas, bu mahsulotlarni ishlab chiqarish obektlarini rivojlantirish juda muhim», dedi u.

Uning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda O‘zbekistonda neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1,2 mln tonnadan oshgan. Bundan tashqari, xususiy tadbirkorlar yana 600−700 ming tonna mahsulot import qilmoqda. «Shu hisobdan neft mahsulotlariga bo‘lgan barcha ehtiyojimiz qoplanadi», dedi u.

Madaminovning aytishicha, yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va yoqilg‘i zaxiralarini tayyorlash masalalari ham ko‘rib chiqilgan.

«Kuz-qishga alohida reja qilib olganmiz. Yetarlicha zaxiralar yaratilgan va hozirgi ichki ishlab chiqarishimiz bor, shularni hisobga oladigan bo‘lsak, 100 ming tonnadan oshiq mahsulot o‘zimizda ishlab chiqariladi. Ya’ni ishontirib aytamanki, kelasi 2-3 oy uchun bizning zaxiramiz yetarli», dedi u.

Uning ta’kidlashicha, butun tizim tashkilotlari, hududlar va boshqa tarmoq vakillari bilan birgalikda kuz-qish betalofat o‘tkaziladi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston Gruziyadagi eng yirik chuqur dengiz portini barpo etish loyihasida ishtirok etishi mumkin

Published

on


3-4 iyul kunlari Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Gruziyadagi Anakliya, Poti va Batumi portlari, shuningdek Poti erkin sanoat zonasi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida O‘zbekistonning eksport-import operatsiyalarini Gruziya yo‘nalishi orqali kengaytirish hamda transport-logistika imkoniyatlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Anakliya portida O‘zbekistonning Gruziyadagi eng yirik chuqur dengiz portini barpo etish loyihasida ishtirok etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanishicha, loyiha yakunlangach, port barcha turdagi kemalarni qabul qila oladi va xalqaro transport yo‘laklarining muhim bo‘g‘iniga aylanadi. U, jumladan, Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston transport yo‘nalishi uchun ham strategik ahamiyat kasb etadi.

Poti portida O‘zbekiston eksport-import yuklari uchun ombor va terminal infratuzilmasini joylashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, Batumi portiga tashrif chog‘ida ham Qora dengiz orqali yuk tashuvlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Tashrif yakunlariga ko‘ra, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. Xususan, O‘zbekiston kompaniyalari ishtirokida konsorsium tashkil etish hamda tegishli hamkorlik bitimlarini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.