Connect with us

Jamiyat

Bir yilda 15 mingdan ziyod taksichi 100 mln so‘mdan ortiq daromad oldi

Published

on


2025 yil yakunlariga ko‘ra, yo‘lovchi tashish aylanmasi 9,6 trln so‘mdan oshdi. Bitta chek o‘rtacha 20 ming so‘mni tashkil etgan.

2025 yil yakunlariga ko‘ra, 224 ta taksi agregatori soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilindi, 479 mln marta yo‘lovchi tashish amalga oshirildi, deb xabar berdi Soliq qo‘mitasi.

Qayd qilinishicha, yo‘lovchi tashish aylanmasi 9,6 trln so‘mdan oshdi. Shundan 6,7 trln so‘m yoki 70,2 % – naqd to‘lovlar; 2,8 trln so‘m yoki 29,8% – naqdsiz to‘lovlar. Bitta chek o‘rtacha 20 ming so‘mni tashkil etgan.

Agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish bilan 574,6 ming o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar shug‘ullangan. Haydovchilarning yarmidan ko‘pi (59,1%) 30-50 yoshda – 339 681 kishi, 30 yoshgacha – 189 547 kishi (33%), 50 yoshdan kattalar – 45 398 kishi (7,9%). Agregatorlar orqali 4 726 nafar ayol faoliyat yuritmoqda.

O‘tgan yil davomida taksi xizmatini ko‘rsatgan 15,5 mingga yaqin haydovchi 100 mln so‘mdan ortiq daromad olgan;

Shuningdek:

– 50-100 mln so‘m – 36,9 ming haydovchi;

– 10-50 mln so‘m – 143,8 ming haydovchi;

– 5-10 mln so‘m – 71,8 ming haydovchi;

– 1-5 mln so‘m – 146,7 ming haydovchi;

– 1 mln so‘mgacha – 159,7 ming haydovchi.

Eng ko‘p foydalanilayotgan avtomobillar: Cobalt – 23,7%; Nexia – 20,7%; Lacetti – 16,9%. Elektromobillar 1,9% ni tashkil etadi.

Agregatorlar 2025 yilda 128,2 mlrd so‘m soliq shundan, 63,6 mlrd so‘m QQS to‘lagan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Qashqadaryoda tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi 9 ta avtomobilni urib ketdi

Published

on


YTH Shahrisabz tumanida sodir bo‘lgan. Howo yuk mashinasi o‘zi bilan bir qatorda harakatlanib ketayotgan mashinalarni urib yuborgan. Oqibatda yo‘l chetida ketayotgan piyoda jarohatlangan.

Shahrisabz tumanida bir necha mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Qashqadaryo viloyati YHXB hodisa haqida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH 3 iyul kuni soat 14:30 larda sodir bo‘lgan. Howo yuk mashinasi tormoz tizimida yuzaga kelgan nosozlik sababli o‘zi bilan bir qatorda harakatlanib ketayotgan jami 9 ta avtomobilni urib yuborgan.

Oqibatda 2 ta Lacetti, Tracker-2, Nexia-1, Nexia-3, Matiz, Damas, Spark  mashinalari o‘zaro to‘qnashgan. To‘qnashuvdan so‘ng Nexia-1 haydovchisi yo‘l chetidagi piyodani urib yuborgan.

Piyodaga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda viloyat YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda 15 ta avtomobil ishtirokida YTH ro‘y bergandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Transport sohasida xavf tahlili raqamlashtiriladi

Published

on


O‘zbekistonda avtomobil, temiryo‘l, suv, elektr transporti, metropoliten va yo‘l xo‘jaligi sohalarida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirish maqsadida «Xavfni tahlil qilish» elektron tizimi joriy etiladi. Yangi tartib tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida huquqbuzarlik xavfini avtomatlashtirilgan tarzda baholash imkonini beradi.

Adliya vazirligida avtomobil, temiryo‘l, suv, elektr transporti, metropoliten va yo‘l xo‘jaligi sohalarida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda «Xavfni tahlil qilish» elektron tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizomga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfi avtomatlashtirilgan tarzda baholanadi. Bunda davlat organlarining axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari, ommaviy axborot vositalari hamda boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.

Hujjatga muvofiq, xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik sub’yektlaridan qo‘shimcha hujjat yoki ma’lumotlar talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Xavf darajasi avtomobil transportida yo‘lovchi va yuk tashish nazorati, avtovokzal va avtostansiyalar faoliyati, suv, temiryo‘l, elektr transporti, metropoliten hamda yo‘l qurilishi obektlari bo‘yicha alohida mezonlar asosida baholanadi.

Tadbirkorlik sub’yektlari huquqbuzarlik xavfiga ko‘ra yuqori, o‘rta va past toifalarga ajratiladi. Yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiruvchi sub’yektlarda profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar qonunchilikka muvofiq tashkil etiladi. Past xavf toifasiga kiruvchi tadbirkorlik sub’yektlarida esa tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.

Shu bilan birga, elektron tizim tomonidan aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos hisoblanmasligi belgilangan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

“Malibu bolani 100 metrgacha sudrab ketgan” – Andijondagi mudhish hodisa tafsilotlari

Published

on


Andijon shahrida piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan buvi va uning ikki nabirasini katta tezlikda harakatlangan Malibu urib ketdi, ulardan ikkisi voqea joyida jon berdi. Qurbonlarning yaqinlariga ko‘ra, Malibu haydovchisi xuddi o‘zi kabi katta tezlikda harakatlangan BMW bilan poyga o‘ynab kelayotgan bo‘lgan. Fojiadan keyingina bu joyga svetofor o‘rnatilgan. Tafsilotlar – Kun.uz muxbiri reportajida.

25 iyun kuni Asaka tumanida yashovchi 49 yoshli Saodatxon Soliyeva nevaralari 4 yoshli Yusufjon Soliyev va 6 yoshli Muhammad Ismoil Soliyevni Andijon shahri Amir Temur shoxko‘chasida piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan paytda avtohalokatga uchradi.

Katta tezlikda harakatlangan Malibu urib ketishi oqibatida buvi va nevarasi Yusufjon voqea joyida halok bo‘ldi, Muhammad Ismoil jarrohlik amaliyotini o‘tab shifoxonada qolmoqda.


YTHda vafot etgan Saodatxon Soliyeva va uning nevarasi Yusufjon Soliyev

“Malibu haydovchisiga ham, BMW haydovchisiga ham chora ko‘rilsin”

Xondamir Soliyev, marhum bolaning otasi

— 25 iyun kuni 16:00 larda onam telefon qilib ishdan bo‘shagan-bo‘shamaganimni so‘radi. Hali ishda ekanimni aytganimda, o‘g‘illarimni bog‘chadan o‘zi borib olishlarini aytdi.

Soat 18:00 larda uyga keldim. Bolalarim odatda darvozani yugurib kelib ochishardi. O‘sha kuni uyda negadir hech kim yo‘q edi. Xavotirlanib onamga 10-15 marta telefon qildim, olmadi. Ko‘nglim g‘ash bo‘ldi; ro‘zador, issiqda hushidan ketib qolmadimikan deya turmush o‘rtog‘im bilan mashinaga o‘tirib bog‘cha yo‘nalishiga qarab ketdik.

Shaharga kiraverishda tumonat odam to‘plangan edi. Surishtirsam, ikki o‘g‘lim va onamni Malibu yuqori tezlikda kelib urib qochib ketgan ekan. 60 Z 511 ZZ raqamli Malibu 60 Y 017 KB raqamli BMW avtomashinasi bilan poyga o‘ynab kelayotgan bo‘lgan. 4 yoshli kichik o‘g‘lim Yusufjon bilan onam voqea joyida vafot etgan. To‘ng‘ich o‘g‘lim Muhammad Ismoil jarrohlik amaliyotini o‘tab, sog‘ qoldi.


Xondamir Soliyev, marhum Yusufjon Soliyevning otasi

Voqea guvohlarining aytishicha, o‘g‘lim Yusufjon Malibu’ning tagiga qisilib qolgan ekan. Mashina uni 100 metrgacha sudrab borgan. Bechora o‘g‘limning orqa miyasi ochilib, ichki a’zolari tashqariga chiqib ketibdi.

Malibu haydovchisini ichkariga olib kirib qo‘yishdi. Lekin u bilan birga poyga o‘ynab kelgan BMW haydovchisi ozodlikda yuribdi. Unga kim chora ko‘radi? Onam va o‘g‘lim o‘limiga sababchi bo‘lgan BMW va Malibu haydovchisiga qat’iy chora ko‘rilishini talab qilaman.

“Dahshatli voqeadan keyingina o‘sha joyga svetofor qo‘yishdi. Inson qadri shunchalik arzonmi?”

Dilmurod Soliyev, marhumaning turmush o‘rtog‘i:

— Malibu’ni 1997 yilda tug‘ilgan bola boshqarib kelgan ekan. Sud med ekspertizasiga kirib turmush o‘rtog‘imni ko‘rib dahshatga tushdim. Chap miya, bosh suyagi yorilib ketgan. Ko‘zi yopilmay turibdi, suyak itarib turibdi etini. Nevaramning chap yelkasini ham sindirib yuborgan. Qo‘llari, oyoqlari bukilib ketgan, shunaqangi azob bilan, qiyinchilik bilan jon bergan bechora turmush o‘rtog‘im va nevaram. Buni til bilan aytib bo‘lmaydi…


Dilmurod Soliyev, marhum Saodat Soliyevaning turmush o‘rtog‘i

Odamning xavfsizligi, hayoti hech kimning himoyasida emas ekan. Endi mana dahshatli voqeadan keyingina o‘sha joyga svetofor qo‘yishdi. Inson qadri shunchalik arzonmi?

Voqea guvohlari o‘sha kuni 60 Y 017 KB raqamli BMW avtomashinasi Malibu bilan poyga o‘ynab kelgani va buning oqibatida mudhish hodisa yuz berganini aytib berishdi. Bu haqda tergovchiga aytganimdan keyin ko‘p o‘tmay BMW haydovchisi uyimga kelib, aybi yo‘qligini aytdi. Unda kim aybdor?! Poygani kim o‘ynagan? Barchasiga qat’iy jazo berilishini so‘rayman.

Tergov ketmoqda

Kun.uz suhbatlashgan voqea guvohlariga ko‘ra, YTH sodir bo‘lgan paytda nevaralarini piyodalar yo‘lagidan olib o‘tayotgan buvi hayot bo‘lgan. Voqea joyiga chaqirilgan tez tibbiy yordam mashinasi o‘z vaqtida kelmagani aytilyapti.

Ayni paytda YTH sodir bo‘lgan piyodalar yo‘lagi panjara bilan to‘sib qo‘yilgan. Uning yaqiniga esa svetofor qo‘yilgan.


YTH sodir bo‘lgan piyodalar yo‘lagi

 

Bolalar jarrohlik bo‘limi boshlig‘i Shavkat Usmonovga ko‘ra, YTHdan omon qolgan Muhammad Ismoil Soliyevning qoratalog‘ida yorilish holati aniqlangan va jarrohlik amaliyotini o‘tagan. Bolakay reanimatsiya bo‘limidan maxsus xonaga olib o‘tilgan.


Muhammad Ismoil Soliyev

Holat bo‘yicha Andijon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Malibu haydovchisi qamoqqa olingan.

IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Pochta jo‘natmasidan 1,8 kg «Pregabalin» musodara qilindi

Published

on


Toshkent shahrida Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Hindistondan yuborilgan pochta jo‘natmasidan 1,8 kg «Pregabalin» kuchli ta’sir qiluvchi moddasi aniqlanib, musodara qilindi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona organlari xodimlari hamkorligida poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan pochta bo‘limida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan shaxs Hindistondan yuborilgan pochta jo‘natmasini qabul qilib olganidan so‘ng to‘xtatilib, belgilangan tartibda tekshirildi.

Tekshiruv natijasida jo‘natma ichida tarkibida jami 1,8 kilogramm «Pregabalin» kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjud bo‘lgan 6000 dona kapsula borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati fuqarolarni kuchli ta’sir qiluvchi vositalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq holatlarga duch kelganda yoki bu haqda ma’lumotga ega bo‘lganda, DXXning 1520 qisqa raqami orqali xabar berishga chaqirdi. Qayd etilishicha, murojaat etuvchilarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Navoiyda 35 mlrd so‘mlik soxta «keshbek» sxemasi fosh etildi

Published

on


Navoiy shahrida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda soxta elektron hisob-fakturalar va xarid cheklari orqali qariyb 35 milliard so‘mlik «keshbek» mablag‘lari noqonuniy hisoblanib, o‘zlashtirilgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Navoiy shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda 13 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) mas’ul shaxslari va boshqa shaxslar o‘zaro til biriktirib harakat qilgani aniqlangan.

Tergov materiallariga ko‘ra, ular 4,5 trillion so‘mlik mahsulotlar yetkazib berilgani haqida soxta elektron hisob-fakturalarni rasmiylashtirgan. Shuningdek, go‘yoki savdodan tushgan mablag‘lar nazorat-kassa mashinalari orqali kirim qilinib, fuqarolarga mahsulot sotilgani haqida soxta xarid cheklari rasmiylashtirilgan.

Natijada 105 ming 524 nafar fuqaro nomiga Soliq Mobile ilovasi orqali jami 34,8 milliard so‘m miqdorida «keshbek» hisoblanib, ushbu mablag‘lar noqonuniy o‘zlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.