Connect with us

Iqtisodiyot

​​​​​​​2,8 mln so‘mdan 22,3 mln so‘mgacha. O‘zbekistonda sohalar kesimida oyliklar qancha?

Published

on


2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi o‘rtacha ish haqi 6 mln 376 ming so‘mni tashkil etdi. Eng katta oyliklar Toshkent shahri (10,7 mln so‘m) va Navoiyda (7,8 mln so‘m), eng kami esa Qashqadaryo (4,5 mln so‘m) va Surxondaryoda (4,5 mln so‘m). Sohalar bo‘yicha eng baland o‘rtacha ish haqi sug‘urta sohasida (22,3 mln so‘m), eng kami esa maktabgacha ta’limda (2,8 mln so‘m).

2025 yilda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6 mln 376 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,9 foizga o‘sdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Hududlar kesimida o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori miqdori Toshkent shahri (10 mln 753 ming), Navoiy (7 mln 871 ming) va Toshkent viloyatida (5 mln 967 ming), eng kam miqdori esa Qashqadaryo (4 mln 476 ming), Surxondaryo (4 mln 481 ming) va Farg‘ona (4 mln 730 ming) viloyatlarida qayd etilgan.

Oylik maoshlarning eng yuqori o‘sishi Namangan (+22,8 foiz), Sirdaryo (+20,8 foiz) va Jizzax (+20,7 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

Hisobot davrida faqatgina ikkita ma’muriy hududda (Toshkent shahri va Navoiy viloyati) nominal ish haqi respublikadagi o‘rtacha darajadan yuqori bo‘lib, qolgan barcha hududlarda bu ko‘rsatkich respublika darajasidan turli miqdorda past shakllangan.

Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi ish haqi farqi kattaligicha qolyapti. Xususan, eng yuqori (Toshkent) va eng past (Qashqadaryo) ish haqi o‘rtasidagi tafovut 2,4 barobar bo‘lgan.

2020-2024 yillarda eng ko‘p va eng kam o‘rtacha oylik to‘lanuvchi hududlardagi tafovutlar:


2020 yilda: (Toshkent/Qashqadaryo). Farq – 96 foiz;
2021 yilda: (Toshkent/Surxondaryo). Farq – 2,03 barobar;
2022 yilda: (Toshkent/Samarqand). Farq – 2,17 barobar;
2023 yilda: (Toshkent/Namangan). Farq – 2,25 barobar;
2024 yilda: (Toshkent/Qashqadaryo). Farq – 2,5 barobar.

Hisobot yakunlariga ko‘ra, sohalar kesimida o‘rtacha oylik ish haqi miqdori:


bank, sug‘urta, lizing va kredit vositachilik faoliyatida – 17 mln 597 ming so‘m;
 axborot va aloqa sohasida – 15 mln 298 ming so‘m;
tashish va saqlash sohasida – 9 mln 659 ming so‘m;
sanoat sohasida – 7 mln 525 ming so‘m;
savdo sohasida – 6 mln 961 ming so‘m;
qurilish sohasida – 6 mln 548 ming so‘m;
san’at, ko‘ngil ochish va dam olish sohasida – 5 mln 448 ming so‘m;
yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida – 5 mln 90 ming so‘m;
ta’lim sohasida – 4 mln 372 ming so‘m;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 3 mln 909 ming so‘m.

O‘qituvchi va shifokorlar ish haqi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan (mos ravishda 31,5 foiz va 38,7 foizga) pastligicha qolyapti.

Sanoat sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln 525 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, uning tarkibi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdori tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sohasida 9 mln 863 ming so‘m, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sohasida 9 mln 218 ming so‘m, ishlab chiqarish sanoati sohasida 7 mln 214 ming so‘m, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sohasida 4 mln 854 ming so‘m bo‘lgan.

Axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 15 mln 298 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, uning ayrim sohalari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlar sohasida 19 mln 674 ming so‘mni, axborot xizmati ko‘rsatish sohasida 18 mln 886 ming so‘mni, aloqa sohasida 12 mln 184 ming so‘mni tashkil etgan.

Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 17 mln 597 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, uning tarkibi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi majburiy ijtimoiy sug‘urtalashdan tashqari, qayta sug‘urtalash va nafaqa jamg‘armalari sohasida 22 mln 296 ming so‘m, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish va sug‘urtalash bo‘yicha yordamchi faoliyat sohasida 19 mln 123 ming so‘m, sug‘urtalash va nafaqa ta’minotidan tashqari moliyaviy xizmatlar sohasida 17 mln 179 ming so‘m bo‘lgan.

Ta’lim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4 mln 372 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, uning tarkibi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi oliy ta’lim sohasida 10 mln 159 ming so‘mni, texnik va professional ta’lim sohasida 4 mln 422 ming so‘mni, umumiy o‘rta ta’lim sohasida 4 mln 278 ming so‘mni, maktabgacha ta’lim sohasida esa 2 mln 868 ming so‘mni tashkil etgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda savdo xizmatlari hajmi 75 trln so‘mdan oshdi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida mamlakatda savdo xizmatlari hajmi 75,1 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,4 foizga ko‘pdir.

Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxtda uch oy davomida 28,4 trillion so‘mlik savdo xizmatlari ko‘rsatilgan. Bu mamlakat umumiy hajmining salmoqli qismini tashkil qiladi.

Ikkinchi o‘rinda Toshkent viloyati — 6,7 trillion so‘m, keyingi o‘rinlarda esa Farg‘ona viloyati — 5,8 trillion so‘m va Samarqand viloyati — 5,6 trillion so‘m bilan qayd etildi.

Namangan viloyatida savdo xizmatlari hajmi 4,2 trillion so‘mni tashkil etgan. Andijon viloyatida bu ko‘rsatkich 4 trillion so‘mga yetgan.

Qashqadaryo viloyatida 3,7 trillion so‘mlik, Buxoro viloyatida 3,6 trillion so‘mlik savdo xizmatlari ko‘rsatilgan. Surxondaryo viloyatida esa hajm 3,2 trillion so‘m bo‘lgan.

Xorazm viloyatida 2,5 trillion so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyatida 2,3 trillion so‘mlik savdo xizmatlari qayd etilgan.

Navoiy viloyatida mazkur ko‘rsatkich 1,7 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, Sirdaryo viloyatida 945,7 milliard so‘mlik savdo xizmatlari ko‘rsatilgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda qaysi fintex ilovalar ko‘p yuklab olinmoqda?

Published

on


2026-yil 1-may holatiga ko‘ra, «Soliq» mobil ilovasidan foydalanish ko‘rsatkichlari O‘zbekistondagi fintex platformalar orasida eng yuqori natijalardan birini qayd etdi.

Ushbu ilova foydalanuvchilari soni 16,9 milliondan oshgan. Shundan 15,8 million nafar foydalanuvchi faol hisoblanadi. Shaxsi tasdiqlangan foydalanuvchilar soni esa 12,3 million nafarga yetgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil aprel oyi holatida to‘lov va moliyaviy xizmatlar bozoridagi reytingda «Soliq» ilovasi 60,3 foiz ulush bilan birinchi o‘rinni egallagan. Bu yo‘nalishda keyingi o‘rinlardan «Alif», «Xazna», «Uzum Bank» va «Payme» platformalari joy olgan.

39,7 foizlik ikkinchi segmentda esa «Paynet» birinchi o‘rinni qayd etgan. Keyingi pog‘onalarda «Payme», «Click SuperApp», «Uzum Bank» va «Hamkor» ilovalari joylashgan.

Shuningdek, reytingda «TBC UZ», «Anorbank», «AVO» va «Ipak yo‘li Mobile» platformalari ham qayd etilgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Eskrou orqali tuzilgan bitimlar soni 40 mingdan oshdi

Published

on



Eskrou orqali tuzilgan bitimlar soni 40 mingdan oshdi



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana oshdi

Published

on


O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari aprel oyida yana o‘sib, qariyb 71 milliard dollarga yetdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1-may holatida mamlakatning xalqaro aktivlari 70,89 milliard dollarni tashkil etgan. Bu mart oyiga nisbatan 1,9 milliard dollarga yoki 2,76 foizga ko‘pdir.

Asosiy ulush yana oltin hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Regulyator omborlaridagi oltin qiymati aprel davomida 743,6 million dollarga oshib, 61,59 milliard dollarga yetgan. Shu bilan birga, oltinning jismoniy hajmi qisqarib, 13,3 million troy unsiyasi yoki taxminan 413,7 tonnani tashkil etdi.

Markaziy bank 2025-yil sentyabridan beri ilk bor tashqi bozorda oltin sotgani qayd etildi. Aprel oyida zaxiralar qariyb 0,1 million unsiyaga, ya’ni 3,1 tonnaga kamaygan. Bu davrda jahon bozorida oltin narxi yuqori darajada saqlangani fond aktivlari qiymatining o‘sishiga ta’sir qildi.

Aprel oyida mamlakatning valyuta zaxiralari ham sezilarli ko‘paydi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, valyuta aktivlari 1,15 milliard dollarga yoki 15,2 foizga oshib, 8,72 milliard dollarga yetgan.

Xususan, xorijiy markaziy banklar va Xalqaro valyuta jamg‘armasida saqlanayotgan mablag‘lar 1,24 milliard dollargacha ko‘tarilgan. Xorijiy banklardagi valyuta mablag‘lari esa 5,92 milliard dollarni tashkil etgan.

Markaziy bankning xorijiy qimmatli qog‘ozlarga kiritgan investitsiyalari ham oshdi. Qimmatli qog‘ozlar portfeli qiymati 1,549 milliard dollarga yetgan bo‘lsa-da, ularning umumiy zaxiralardagi ulushi 2,2 foizgacha pasaygan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi

Published

on


Amaldagi tartibga ko‘ra, ushbu summa 100 AQSh dollarini tashkil etadi.

Bankdan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz 500 dollargacha naqd chet el valutasini olishga ruxsat beriladi. Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan bu haqdagi idoraviy hujjat 2026 yil 8 mayda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Qayd qilinishicha, endi mijozlar bankdan 500 AQSh dollarigacha bo‘lgan naqd chet el valutasini pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatlarsiz olishi mumkin. Amaldagi tartibga ko‘ra, ushbu summa 100 AQSh dollarini tashkil etadi.

Mazkur tartib 3 oydan keyin kuchga kiradi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.