Connect with us

Jamiyat

Istanbulda bolalar uyiga joylashtirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Published

on


O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi, elchixona hamda Migratsiya va Ijtimoiy himoya milliy agentliklari hamkorligida onasi vafotidan so‘ng ota-ona qaramog‘isiz qolgan va Turkiyada bolalar uyiga joylashtirilgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi yurtga qaytarildi.

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi, elchixona hamda Migratsiya va Ijtimoiy himoya milliy agentliklari hamkorligida onasi vafotidan so‘ng ota-ona qaramog‘isiz qolib ketgan va Turkiyadagi bolalar uyiga joylashtirilgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Turkiyadagi vatandosh mahalliy shifoxonalardan birida farzandli bo‘lgan, biroq ko‘p o‘tmay kasallik tufayli vafot etgan. Shundan so‘ng chaqaloq bir necha yil davomida suriyalik va o‘zbekistonlik ayollar tomonidan parvarish qilingan.

Bir muddatdan keyin ota-ona qarmog‘isiz qolgan bola xolasiga topshirilgan. Ammo bolaning tug‘ilganlik bo‘yicha hech qanday hujjati bo‘lmagani sababli u davlat tomonidan majburiy ravishda Istanbul shahridagi bolalar uyiga joylashtirilgan.

Xolaning bolani vasiy sifatida o‘z qarmog‘iga olish talabi hujjatlar yo‘qligi sabab bolalar uyi ma’muriyati tomonidan rad etilgan. Keyinchalik Bosh konsulxona va Elchixona tomonidan tegishli idoralar bilan olib borilgan muzokaralar hamda advokatlar jalb etilgan holda Turkiya sudi bolani xolasi qarmog‘iga o‘tkazish bo‘yicha qaror chiqargan.

Muammoli masalalar hal etilgandan so‘ng, yurtdoshlarimiz uchun “Vatanga qaytish guvohnomasi” rasmiylashtirilib, ular O‘zbekistonga qaytarilgan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari bolaning yashashi, ta’lim-tarbiyasi va manfaatlari qonunchilik doirasida belgilangan tartibda ta’minlanishini ma’lum qildi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Oliy sud Plenumida inson huquqlari va sud amaliyotiga oid muhim qarorlar qabul qilindi

Published

on


Oliy sud Plenumi majlisida inson huquqlarini himoya qilish, sud amaliyotida qonunlarni bir xil qo‘llash hamda odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan uchta muhim qaror qabul qilindi. Mazkur hujjatlar fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, sud amaliyotida yagona huquqiy yondashuvni shakllantirish va qonunchilik normalarini to‘g‘ri qo‘llashni ta’minlashga xizmat qiladi.

3 iyul kuni Toshkentda Oliy sud Plenumi majlisi bo‘lib o‘tdi. Oliy sud raisi Robaxon Mahmudova raislik qilgan yig‘ilishda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy sud va quyi sudlarning sudyalari, Bosh prokuror, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Sudyalar assotsiatsiyasi va Advokatlar palatasi raislari, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha va Bola huquqlari bo‘yicha vakillari, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul xodimlari, huquqshunos olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Robaxon Mahmudova majlisni ochar ekan, «Bugun amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida odil sudlov izchil raqamlashtirilmoqda, sud jarayonlari ochiq, shaffof va nazoratli bo‘lib bormoqda. Prezidentimiz qayta-qayta ta’kidlaganlaridek, odamlar sudga oxirgi umid sifatida keladi va sud ostonasiga qadam qo‘ygan har bir inson Yangi O‘zbekistonda adolat hukm surayotganiga ishonch hosil qilishi kerak. Bunday ishonchni qozonish uchun sud amaliyotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda qonuniy, adolatli va asoslantirilgan qaror qabul qilinishini ta’minlash talab etiladi. Shu sababli, Oliy sud Plenumi tomonidan beriladigan tushuntirishlar katta ahamiyatga ega», dedi.

Yig‘ilishda Oliy sud Plenumining «Sudlar tomonidan fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish amaliyoti to‘g‘risida», «Fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlar tomonidan da’voni ta’minlash (dastlabki himoya) choralarini ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarorlari qabul qilindi.

Oliy sud Plenumining bugun qabul qilingan «Sudlar tomonidan fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish amaliyoti to‘g‘risida»gi Qarori bu toifadagi ishlarni ko‘rishda sudlar tomonidan qonunchilik hujjatlarini bir xil va to‘g‘ri qo‘llashni ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi. Konstitutsiyada inson huquqlari oliy qadriyat sifatida e’tirof etilgan bo‘lib, hech kim insonning huquq va erkinliklarini sud qarorisiz cheklashga yoki ulardan mahrum etishga haqli emas. Mazkur konstitutsiyaviy kafolatlar, ayniqsa, ruhiy holati tufayli o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan shaxslarning huquqlarini muhofaza qilishda alohida ahamiyatga ega. Zero, fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish yoki uning muomala layoqatini cheklash insonning eng muhim huquq va erkinliklariga bevosita daxl qiluvchi masaladir. Shu ma’noda, qabul qilingan Plenum qarori inson huquqlariga bevosita daxl qiluvchi ushbu toifadagi ishlarni ko‘rib chiqishda sudlar uchun yagona va aniq huquqiy yondashuvlarni belgilashga qaratilgan. Bu esa fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishning muhim kafolatidir. Xususan, Plenum qarorida sub’yektlar doirasi va sudga murojaat qilish tartibi, fuqaroning muomala layoqatini cheklash asoslari, voyaga yetmaganlarning muomala layoqati masalasi, shaxsning shikoyat qilish huquqi va kafolatlari hamda prokuror va vasiylik organi ishtiroki yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.

Ma’lumki, sud qarori qonuniy va adolatli bo‘lishi bilan birga uning ijrosi ta’minlanishi, shuningdek sud hujjati qabul qilinguniga qadar jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi xavfini bartaraf etilishi ham odil sudlovga erishilishining maqsadlaridan biridir. Shu nuqtai nazardan, da’voni ta’minlash (dastlabki himoya) instituti huquqiy munosabatlarda qonun ustuvorligi hamda huquqlar va qonuniy manfaatlarni ta’minlanishini, sud hujjatlarining samarali va o‘z vaqtida ijrosini kafolatlovchi muhim protsessual vosita sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, «Fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlar tomonidan da’voni ta’minlash (dastlabki himoya) choralarini ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida»gi Plenum qarori qabul qilindi. Plenum qarorida qayd etilganidek, ushbu choralar javobgar tomonidan mol-mulkni yashirish, boshqa shaxslarga o‘tkazish yoki boshqacha tarzda tasarruf etish xavfi mavjud bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.

Ma’muriy sudlov sohasida esa dastlabki himoya choralari sud qarori qabul qilinguniga qadar fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olishga xizmat qiladi. Protsessual qonunchilikka binoan da’voni ta’minlash (dastlabki himoya) choralarini ko‘rishga sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida yo‘l qo‘yiladi. Sud himoyasining samaradorligini ta’minlash va protsessning muayyan bosqichida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turlicha yondoshuvlarni bartaraf etish maqsadida qarorda bunday choralarini ko‘rishga ish yuritish to‘xtatilganda ham yo‘l qo‘yilishi, bunda protsessual qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda ariza (iltimosnoma) taraflarni xabardor qilmasdan, ish yuritish tiklanmagan holda hal qilinishi haqida tushuntirish berilmoqda. Shuningdek, qonunchilikda belgilangan soddalashtirilgan ish yuritish shakli taraflarning da’voni ta’minlash choralaridan foydalanish huquqini cheklamaganligi bois qaror loyihasida soddalashtirilgan tartibda ko‘rilayotgan ishlarda ham da’voni ta’minlash choralarini qo‘llash mumkinligi alohida ta’kidlanmoqda.

Oliy sud Plenumining «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qaroridagi o‘zgartirishlar to‘rtta yo‘nalishni qamrab oladi: atrof-muhitni muhofaza qilish  va tabiatdan foydalanish, bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq nizolarni hal qilish, kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash hamda sudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish. Ushbu Plenum qarori qonunchilikka kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlarni inobatga olgan holda amaldagi Plenum qarorlari tushuntirishlari boyitilishi samarasi o‘laroq qonunlarni to‘g‘ri va bir xilda qo‘llash, yagona sud amaliyotini shakllantirishga xizmat qiladi.

Qabul qilingan qarorlardagi tushuntirishlar kelgusida qonunchilik normalarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llashga xizmat qilib, odil sudlovni amalga oshirish, qonuniy va adolatli qarorlar qabul qilinishi bilan bir qatorda sudlar tomonidan qonun normalari bir xilda talqin qilinishi va yagona sud amaliyotini yaratishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Plenum qarorlari matnlari O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi axborotnomasi» va «Kuch – adolatda» gazetasida e’lon qilinadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Farg‘onada qalbaki xorijiy pasport tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi

Published

on


Jinoiy guruh a’zolari Turkiyaning qalbaki fuqarolik pasporti va haydovchilik guvohnomasini mijozga 4 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Farg‘onada qalbaki xorijiy davlat fuqaroligi pasportlarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

DXX xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ichki ishlar organlari hamkorligida Farg‘ona shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tezkor tadbir davomida Marg‘ilon shahrida yashovchi 31 yoshli shaxs Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi 36, 29, 27 va 23 yoshli 4 nafar tanishi bilan til biriktirib, mijozga Turkiyaning qalbaki fuqarolik pasporti hamda haydovchilik guvohnomasini 4 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Ulardan jami 11 dona mobil telefon va 2 dona noutbuk ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda qurilish tashkiloti markaziy kanalizatsiya quvurini uzib yubordi

Published

on


Holat poytaxtning Yakkasaroy tumanida sodir bo‘ldi. “Better Best” qurilish firmasi ko‘p qavatli uy qurilishida belgilangan shart asosida markaziy kanalizatsiya quvurini ko‘chirmasdan kotlovan qazigan. Oqibatda tuproq o‘pirilib, kanalizatsiya quvuri uzilib ketgan. “O‘zsuvta’minot” AJ vakili 10-12 soatda holat bartaraf qilinishini bildirdi.

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida markaziy kanalizatsiya quvuriga shikast yetdi. Kun.uz muxbiri hodisa joyidan xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, poytaxtning Shota Rustaveli ko‘chasidagi obektda “Better Best” qurilish firmasi quruvchilari markaziy kanalizatsiya quvuriga jiddiy shikast yetkazgan. Shaharning 3 ta tumanidan keladigan oqova suvlar ushbu uzilib ketgan quvur orqali “Salar” suv tozalash inshootiga quyiladigan bo‘lgan.

“O‘zsuvta’minot” AJ matbuot xizmati Kun.uz’ga holat yuzasidan ma’lumot berdi.

“Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, quvurga juda yaqin joydan kotlovan qazilgan. Aslida, bir necha bor ogohlantirishlarga qaramay shart bo‘yicha quvur ko‘chirilmagan. Ya’ni, dastlab quvurni ko‘chirib, keyin kotlovan qazilishi kerak bo‘lgan.

Tuproqning o‘pirilishi oqibatida quvur ham uzilib ketgan. Hozirda katta hajmdagi quvurdan oqova suvlari chiqyapti. Buni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rildi. Hozirda qo‘shimcha kuchlar jalb etilgan”, deydi jamiyat vakili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, holatni uzog‘i bilan 10-12 soatda bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda ayollar umr ko‘rish bo‘yicha erkaklardan oldinda

Published

on


2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yoshni tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayollar erkaklarga nisbatan o‘rtacha 4,4 yil uzoqroq umr ko‘rmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 2025 yilda mamlakatda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yoshga yetgan.

Jumladan, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 77,3 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, erkaklarniki 72,9 yosh bo‘lgan.

Shu tariqa, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ayollar erkaklarga nisbatan o‘rtacha 4,4 yil uzoqroq umr ko‘rmoqda.

Avvalroq Milliy statistika qo‘mitasi mamlakat aholisining o‘rtacha yoshiga oid ma’lumotlarni ham e’lon qilgan edi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 0–4 yoshli bolalar soni 4 million 607 ming 149 nafarni tashkil etgan. Bu eng yirik yosh guruhlaridan biri hisoblanadi.

5–9 yoshdagilar soni 3 million 859 ming 606 nafar, 10–14 yoshdagilar 3 million 406 ming 515 nafar, 15–19 yoshdagilar esa 3 million 155 ming 802 nafarni tashkil qilgan.

20–24 yosh toifasida 2 million 662 ming 250 nafar, 25–29 yoshdagilar orasida 2 million 649 ming 263 nafar, 30–34 yosh guruhida esa 3 million 167 ming 974 nafar aholi qayd etilgan.

Shuningdek, 35–39 yoshdagilar soni 3 million 90 ming 226 nafar, 40–44 yoshdagilar 2 million 687 ming 261 nafar, 45–49 yoshdagilar 2 million 242 ming 676 nafarni tashkil etgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

Published

on


Toshkentda kadastr bosh inspektori yengil konstruksiyali qurilmalarni buzmaslik va jarima qo‘llamaslik evaziga 2 ming dollar pora olayotganida ushlandi. Andijonda esa davlat zaxirasidagi 40 sotix yer uchun 160 ming dollar talab qilib, uning 80 ming dollarini olgan fuqaro qo‘lga olindi.

Toshkent shahri va Andijon viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda pora olish va davlat yerini noqonuniy sotishga urinish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holatlar fosh etildi. Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, DXXning Call-markaziga kelib tushgan murojaat asosida DXXning Toshkent shahar boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Kadastr agentligining Yashnobod tuman bo‘limi bosh inspektori uchinchi shaxs orqali 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, mahalliy fuqaro tomonidan noqonuniy o‘rnatilgan yengil konstruksiyali qurilmalarni buzdirmaslik va unga nisbatan jarima qo‘llamaslik evaziga ushbu mablag‘ni talab qilgan.

Yana bir holat Andijon shahrida qayd etilgan. 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro xaridorga Andijon tumanidagi davlat zaxirasida bo‘lgan 40 sotix yer maydonini go‘yoki E-auksion orqali yutib olganini aytib, uni kadastr tizimidagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Buning evaziga u 160 ming AQSh dollari talab qilgan. DXX, ichki ishlar va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchi oldindan 80 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.