Connect with us

Iqtisodiyot

Deputatlar qonundan tashqari ishlatilgan 41 trln so‘m xarajatni “yashirincha” tasdiqlab bergan

Published

on


Davlat organlari va tashkilotlarining 2025 yilgi xarajatlari qonunda ko‘rsatilganidan qariyb 41 trln so‘mga yoki 14,5 foizga oshib ketgan. Bu xarajatlarni postfaktum qonunga kiritib qo‘yish yuzasidan Qonunchilik palatasining yig‘ilishi jonli efirsiz o‘tib ketgani ma’lum bo‘ldi. Senatda ham qo‘shimcha xarajatlarning 26 trln so‘mga yaqin qismi nimaga ishlatilgani aytildi, qolgan 15 trln qanday taqsimlangani esa aniqlashtirilmadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi dekabr oyi boshida 2025 yilga mo‘ljallangan davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunga davlat xarajatlarini sezilarli darajada oshirishni nazarda tutuvchi tuzatishlarni ma’qullagan, deya yozdi Gazeta.uz.

Tuzatishlar ko‘rib chiqilgani va qabul qilingani haqidagi ma’lumotlar parlament quyi palatasining rasmiy manbalarida e’lon qilinmagan, ushbu masala yuzasidan majlislar translatsiyasi ham bo‘lmagan.

Hujjat 2026 yilga mo‘ljallangan davlat budjeti va soliq siyosati to‘g‘risidagi qonun ko‘rib chiqilib, qabul qilingan kunlarda — 3 va 5 dekabr kunlari muhokama etilgan.

2025 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlar qabul qilingani haqida 18 dekabr kuni Senatda ular ko‘rib chiqilayotgan paytda ma’lum qilingan. Belgilangan tartibga ko‘ra, qonun loyihalari avvalo Qonunchilik palatasida uch o‘qishda ko‘rib chiqiladi, shundan so‘ng parlamentning yuqori palatasi — Senatga yuboriladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi yil davomida budjet xarajatlarini oshirish bo‘yicha tashabbuslarni parlament muhokamasiga chiqarmagan, shuningdek, qo‘shimcha xarajatlar zaruriyatiga oid asoslovchi materiallarni deputatlarga taqdim etmagan. Davlat budjetiga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi yil oxirida Qonunchilik palatasiga kiritilgan.

2024 yilning yakunida ham davlat organlari va tashkilotlarining 2024 yildagi xarajatlari qonunda yozilganidan 10 trillion so‘mga oshib ketgandi. Qonunchilik palatasi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni hukumat so‘raganidek qilib 9 daqiqa ichida uchta o‘qishdan o‘tkazib bergandi. Birorta deputat qarshi ovoz bermagandi.

2023 yilda ham yil yakuniga 15 kun qolganda davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun o‘zgartirilgandi. Deputatlar konsolidatsiyalangan budjet taqchilligi limitini YaIMga nisbatan 3 foizdan 5,5 foizgacha, yillik tashqi qarz limitini 4,5 mlrd dollardan 5,5 mlrd dollargacha ko‘paytirishni 20 daqiqa ichida tasdiqlab berishgandi.

2022 yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunda ham defitsit bo‘yicha 3 foizlik limit ko‘rsatilgan, lekin davlat xarajatlari daromadlardan keskin ortib ketishi ortidan, budjet qonuniga o‘zgartirish kiritilib, limit 4 foizga ko‘tarilgandi.

41 trln so‘m miqdoridagi qo‘shimcha xarajatlar

Senatning budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev 2025 yilda qo‘shimcha xarajatlar hajmi 40,9 trln so‘mni tashkil etishini ma’lum qildi. Bu Jahon iqtisodiyoti o‘sishining sekinlashuvi, oziq-ovqat va energoresurslar narxlarining o‘sishi, jahon moliya bozorlarida foiz stavkalarining ko‘tarilishi tashqi xatarlarni kuchaytirib, davlat budjetiga qo‘shimcha yuklamalarning oshishiga sabab bo‘lgani bilan izohlangan.

Kiritilgan tuzatishlar natijasida respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga (vazirlik va idoralar) ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari avval tasdiqlangan 281,6 trln so‘mdan 322,5 trln so‘mgacha ko‘paytirildi.

Erkin Gadoyevning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shimcha xarajatlarning salmoqli qismi aholi turmush darajasini oshirish bilan bog‘liq. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun 5,8 trln so‘m nazarda tutilgan bo‘lib, shundan 5,3 trln so‘m 2025 yil 1 iyuldan pensiya va nafaqalarni 10 foizga, 1 avgustdan esa budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalarni 10 foizga oshirishni qoplashga yo‘naltirilgan. Budjet parametrlarida pensiya va nafaqalar miqdorini 1 sentabrdan, ish haqi miqdorini 1 oktyabrdan 7 foizga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lgan.

Ayrim sohalar xodimlarining ish haqini oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘lar ham nazarda tutilgan:


79 mlrd so‘m — bolalar musiqa va san’at maktablari xodimlarining ish haqi oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga;
298 mlrd so‘m — davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshirilishi munosabati bilan qo‘shimcha xarajatlarga;
76 mlrd so‘m — Milliy statistika qo‘mitasi xodimlarining mehnatga haq to‘lash shartlari o‘zgarganligi bilan bog‘liq xarajatlarga.

Issiqlik ta’minoti tizimini isloh qilish doirasida ijtimoiy soha muassasalari va ko‘p kvartirali uylarning energiya samaradorligini oshirish uchun 2,7 trln so‘m mablag‘ ajratish nazarda tutilgan.

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar doirasida aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash tadbirlari uchun qo‘shimcha 435 mlrd so‘m, sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida qo‘l yuvish joylarini zarur sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlash uchun qo‘shimcha 311 mlrd so‘m jami 1,9 trln so‘m ajratilgan.

 Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralariga, jumladan tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarini sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlashga 1,9 trln so‘m ajratish nazarda tutilgan. Shu jumladan:


435 mlrd so‘m — aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash tadbirlariga;
311 mlrd so‘m — sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida qo‘l yuvish joylarini zarur sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlashga.

«Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi doirasida 2025 yil uchun rejalashtirilgan 3,2 trln so‘mga qo‘shimcha ravishda yana 1,6 trln so‘m ajratilgan.

Milliy futbol markazini tashkil etish va sohani raqamlashtirishga 458 mlrd so‘m yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Qishloq va suv xo‘jaligida islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun jami 3,6 trln so‘m ajratish ko‘zda tutilgan. Jumladan, paxta-xomashyoga subsidiyalar, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va yaylovlarni tiklash ishlari moliyalashtiriladi. Shundan:


3 trln so‘m — klasterlarga birja savdolari orqali sotilgan har bir tonna paxta xomashyosi uchun bir million so‘mdan subsidiya ajratishga;
308 mlrd so‘m — suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada qo‘llab-quvvatlashga;
112 mlrd so‘m — yaylovlarni tiklash hamda ularda sug‘orish inshootlarini barpo etishga.

Bundan tashqari, markazlashgan investitsiya loyihalari va hududlar infratuzilmalarini rivojlantirish xarajatlari uchun qo‘shimcha 5,8 trln so‘m mablag‘ ajratish nazarda tutilgan. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratilgan mablag‘larning cheklangan (59,2 trln so‘m) miqdori 737 mlrd so‘mga oshirilgan holda 59 trln 901 mlrd so‘m, Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ajratilgan mablag‘larning cheklangan (1,8 trln so‘m) miqdori 222,6 mlrd so‘mga oshirilib, 2 trln 21 mlrd so‘m miqdorida belgilangan yoki 12,4 foizga ko‘paygan. Shundan, maktabgacha ta’lim va umumta’lim maktablarini qurish va jihozlash uchun qo‘shimcha 191,7 mlrd so‘m ajratilgan. Davlat maqsadli jamg‘armalariga davlat budjetidan ajratilayotgan transfertlarni 4,1 trln so‘mga va ularning xarajatlarini 7,7 trln so‘mga oshirish ko‘zda tutilgan.

Senator tomonidan qo‘shimcha xarajatlarning qariyb 26 trln so‘mga teng yo‘nalishlari aytilgan bo‘lsa-da, qolgan bir qismi umumlashtirilgan shaklda taqdim etildi. Ya’ni 15 trln so‘m nimaga ishlatilganiga aniqlik kiritilmadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘uzor tumanida «Qashqadaryo Jingu» korxonasi tomonidan Shinjon usulida paxta yetishtirilayotgan dalada bo‘ldi.

Davlatimiz rahbariga chigit ekish, g‘o‘zani sug‘orish va parvarishlashda qo‘llanayotgan texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Bu yerda 2,2 ming gektar maydonga chigit plyonka ostiga qo‘sh qatorlab ekilgan, tomchilatib sug‘orish to‘liq joriy qilingan.

Plyonka tuproqdagi namlik va haroratni saqlab, chigitning erta hamda bir tekis unib chiqishiga yordam beradi. Suv va o‘g‘it esa tomchilatib sug‘orish tizimi orqali bevosita g‘o‘za ildiziga yetkaziladi. Natijada suv sarfi 30-40 foizga, o‘g‘it sarfi qariyb 30 foizga kamayadi. Hosil an’anaviy maydonlarga nisbatan 10-15 kun oldin pishib yetiladi.

Prezidentimiz paxtazorda yetishtirilgan hosil va agrotexnik tadbirlarni tashkil etish jarayoni bilan tanishdi. An’anaviy usulda gektaridan 30-35 sentner paxta olinsa, Shinjon texnologiyasida bu ko‘rsatkich 60-70 sentnergacha yetishi mumkin. Korxona dalalarida hosildorlik gektariga 55 sentnerni, yalpi hosil esa 12,3 ming tonnani tashkil etmoqda.

Dala ishlarida agrodronlardan ham foydalanilmoqda. Bu ayrim agrotexnik tadbirlarni tezroq bajarish, yonilg‘i sarfini kamaytirish imkonini bermoqda.

Xitoy sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan «Qashqadaryo Jingu» agroklasteri Koson, Nishon, G‘uzor, Ko‘kdala va Mirishkor tumanlarida jami 18,3 ming gektar maydonda faoliyat yuritadi. Ushbu yerlarning katta qismi ilgari foydalanilmagan cho‘l va qarovsiz maydonlar bo‘lgan. Loyihaga 128 million dollar investitsiya kiritilib, 50 ta ish o‘rni yaratilgan. Eksport hajmi esa 8,5 million dollarni tashkil etadi.

Shu yerda davlatimiz rahbariga viloyat qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham axborot berildi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.

«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.