Jamiyat
transport vositalari tashlamalarini tartibga solishga doir yangi tartib va muhim qoidalar
Atmosfera havosini muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va fuqarolar salomatligini asrash maqsadida mamlakatimizda avtotransport vositalaridan chiqariladigan zararli moddalarni nazorat qilish borasida “Ekologik transport” tizimi joriy etilmoqda.
Shu munosabat bilan transport vositalarini ekologik toifa va sinflarga ajratish hamda ular asosida ekologik stikerlar berish tartibi belgilandi. Eko-stiker mutlaqo bepul hisoblanadi.
Ekologik stiker nima?
Ekologik stiker — bu transport vositasining ekologik toifasini tasdiqlovchi elektron ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yorliq hisoblanadi.
Stikerlar uch xil rangdan iborat bo‘ladi:
• 🟢 Yashil — “toza” ekologik daraja;
• 🟡 Sariq — “o‘rtacha” ekologik daraja;
• 🔴 Qizil — “zararli” ekologik daraja.
Eko-stiker qaysi transport vositalariga tatbiq etilmaydi?
Mazkur Nizom talablari quyidagi transport vositalariga nisbatan qo‘llanilmaydi:
• tranzit orqali harakatlanayotgan transportlar;
• O‘zbekistonda 90 kungacha vaqtincha bo‘lib turgan transport vositalari;
• elektromobillar va elektromototsikllar;
• mototsikl, skuter, moped va uch g‘ildirakli transportlar;
• tezkor va maxsus xizmat transportlari;
• jamoat transporti (taksi va yo‘nalishli taksidan tashqari);
• qishloq xo‘jaligi texnikalari;
•“nogironligi bo‘lgan shaxs” belgisi o‘rnatilgan transport vositalari.
Ekologik toifa qanday aniqlanadi?
Transport vositasining ekologik toifasi:
• ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan ekologik sinf (“Yevro” standartlari) asosida;
• ekologik sinfi aniqlanmagan holatlarda esa diagnostika tekshiruvlari natijalariga ko‘ra belgilanadi.
Diagnostika tekshiruvlari Ichki ishlar vazirligi huzuridagi maxsus ekologik operatorlar tomonidan o‘tkazilib, barcha ma’lumotlar “Avtomototransport hisobi” yagona elektron tizimida qayd etiladi.
“Yevro” standartlariga ko‘ra taqsimlash
Benzin va gazda ishlovchi transportlar:
• 🟢 “Yevro-2” va undan yuqori — toza;
• 🟡 “Yevro-0” va “Yevro-1” — o‘rta.
Dizel yoqilg‘ili transportlar:
• 🟢 “Yevro-4” va undan yuqori — toza;
• 🟡 “Yevro-3” — o‘rta;
• 🔴 “Yevro-0”, “Yevro-1”, “Yevro-2” — zararli;
Gibrid va 3 yildan oshmagan transportlar avtomatik ravishda toza toifaga kiritiladi.
Eko-stiker qayerda va qanday beriladi?
• Foydalanishda bo‘lgan transportlar uchun stiker ixtiyoriy murojaat asosida rasmiylashtiriladi.
• Transport vositasini ro‘yxatga olish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida ekologik stiker bepul beriladi.
• Stiker old oynaning pastki o‘ng burchagiga, ichki tomondan yopishtiriladi.
Ekologik stikerlar muddatsiz beriladi. Biroq quyidagi holatlarda u qayta rasmiylashtiriladi:
• transport egasi yoki davlat raqami o‘zgarganda;
• old oyna almashtirilganda;
• stiker shikastlanganda yoki o‘chib ketganda.
Qayta diagnostika va to‘lov masalasi
Transport vositasi egasi:
• yiliga bir marta bepul qayta diagnostika o‘tkazib, ekologik toifani yaxshilash huquqiga ega;
• undan ortiq qayta tekshiruvlar bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari asosida to‘lovli amalga oshiriladi.
Mazkur tartib aholi punktlarining ekologik xavfsizligini ta’minlash, xususan transport vositalaridan chiqadigan zararli moddalarni kamaytirish va shaharlarimiz havosini tozalashga qaratilgan muhim tadbirdir. Eko-stiker tizimi orqali har bir fuqaro o‘z transport vositasining atrof-muhitga ta’siri haqida aniq ma’lumotga ega bo‘ladi va bu borada mustaqil nazoratni amalga oshiradi.
Jamiyat
Mirziyoyev Namanganda raqamlashtirish, bandlik va investitsiya bo‘yicha yangi vazifalarni belgiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatidagi vaziyatlar markazida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda Namanganda tashkil etilgan «aqlli» vaziyatlar markazi va Yangi Namangan mahallasidagi «Mahalla axborot va xizmat markazi» loyihasi taqdim etildi. Markaz orqali 8 ta mahallada yashovchi 27 mingdan ortiq aholiga qariyb 980 turdagi xizmatlarni «yagona darcha» tamoyili asosida ko‘rsatish rejalashtirilgan.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda viloyat sanoati hajmi 4,6 trillion so‘mdan 40 trillion so‘mga yetgan. Joriy yilda yalpi hududiy mahsulotni 9,2 foizga oshirish vazifasi belgilangan.
Prezident hududlarni rivojlantirishda ilmiy yondashuvni kuchaytirish maqsadida 14 ta «aql markazi»ni yangi ish uslubiga o‘tkazishni topshirdi. Ular har bir tuman va shaharning iqtisodiy salohiyatini o‘rganib, qo‘shimcha o‘sish manbalarini aniqlaydi.
Yig‘ilishda bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Joriy yil yakuniga qadar viloyatda 80 ming aholini doimiy ish bilan ta’minlash, 21 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi qo‘yilgan.
Investitsiya sohasida Namanganga bu yil 5 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish va eksport hajmini 1,2 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida viloyat bo‘yicha 3 milliard dollarlik 43 ta kelishuvga erishilgani qayd etildi.
Shuningdek, jamoat transportini rivojlantirish uchun 1-sentyabrgacha 90 ta avtobus, 50 ta elektrobus va 30 ta mikroavtobus olib kelish, ichimlik suvi hamda kanalizatsiya tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Yig‘ilishda sog‘liqni saqlash, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, eksport infratuzilmasini rivojlantirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va jinoyatchilik profilaktikasi masalalari ham muhokama qilindi.
Jamiyat
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
Toshkent shahrining Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatilmoqda.
Bugun, 28 iyun soat 20:45 da Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida nosozlik bo‘ldi.
Buning oqibatida Toshkent shahrining Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatilmoqda.
Hozirgi vaqtda energetiklar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish hamda iste’molchilarning elektr ta’minotini qayta tiklash choralari ko‘rilmoqda.
Jamiyat
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
Avvalroq Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida yuz bergan nosozlik sababli poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish sodir bo‘lgani xabar qilingandi.
Bugun, 28 iyun kuni Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shohko‘chasida joylashgan Dream Park istirohat bog‘idagi «Charxpalak» attraksionida fuqarolar qolib ketganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan va hozirda barcha fuqarolar charxpalakdan xavfsiz joyga tushirib olingan.
“Vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q”, deyiladi FVV xabarida.
Avvalroq Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida yuz bergan nosozlik sababli poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish sodir bo‘lgani xabar qilingandi.
Jamiyat
Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi
Energetiklar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va barcha iste’molchilarning elektr ta’minotini bosqichma-bosqich qayta tiklash ishlari davom ettirilmoqda.
Foto: Energetika vazirligi
Bugun, 28 iyun soat 20:45 da Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida nosozlik yuz berishi oqibatida poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kelib chiqqani xabar qilingandi.
FVV xabariga ko‘ra, “svet” o‘chishi oqibatida Chilonzor tumanida joylashgan Dream Park istirohat bog‘idagi «Charxpalak» attraksionida qolib ketgan fuqarolar xavfsiz joyga tushirib olingan.
Xabar qilinishicha, ayni paytda Energetika vazirligi hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati podstansiyada bo‘lib, ular tomonidan nosozlikni tiklash ishlari nazoratga olingan.
Energetiklar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va barcha iste’molchilarning elektr ta’minotini bosqichma-bosqich qayta tiklash ishlari davom ettirilmoqda.
Jamiyat
Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
Aviareyslarda kechikish va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskin vaziyat sababli oila mamlakatni tark eta olmagan. Shuningdek, vizasiz yurish muddati tugagani uchun ular jarimaga tortilgan.
BAAda og‘ir vaziyatga tushib qolgan oila O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi ko‘magida vatanga qaytarildi.
Qayd etilishicha, P.G. va uning farzandi A.Z. 2025 yilda mavsumiy ishlash maqsadida BAAning Dubay shahriga borgan.
Biroq moliyaviy qiyinchiliklar sababli 2026 yil yanvarida O‘zbekistonga qaytish uchun aviachiptalar xarid qilgan. Aviareyslarda kechikish va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskin vaziyat tufayli ular mamlakatni tark eta olmagan.
Shuningdek, vizasiz yurish muddati tugagani uchun oila vakillari jarimaga tortilgan.
O‘zbekistonning BAAdagi Bosh konsulxonasi tomonidan Dubay immigratsiya xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ularning mamlakatni jarimasiz tark etishiga ruxsat olindi.
Ushbu oila a’zolari uchun 26 iyun kuni “Dubay–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar xarid qilindi hamda ularning O‘zbekistonga qaytishi ta’minlandi.
-
Jamiyat4 days ago«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
-
Sport3 days agoYaponiya futbolining buyuk sabog‘i: mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarish
-
Dunyodan2 days agoQirgʻiziston va Oʻzbekiston chegarani delimitatsiya qilish doirasida hudud almashadilar
-
Jamiyat2 days agoVatanparvar jurnalistlarni o‘zimga do‘st va maslakdosh deb bilaman
-
Dunyodan5 days ago
BAAda 15 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlangan
-
Iqtisodiyot4 days ago
O‘zbekiston banklari aktivlari 962,8 trln so‘mga yetdi
-
Dunyodan4 days agoQirg‘izistonda navbatdagi prezidentlik saylovlari qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
-
Siyosat5 days agoAshraf Xo‘jayev O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi etib tayinlandi.
