Connect with us

Jamiyat

Yangilangan Kia K8 sedani O‘zbekiston bozoriga chiqishga tayyorlanmoqda

Published

on


Kia avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi yangilangan Kia K8 yaqin kelajakda mamlakat bozoriga chiqishini e’lon qiladi. Zamonaviy flagman chiroyli dizayn, ilg‘or texnologiyalar va yuqori darajadagi qulaylikni o‘zida mujassam etgan.

Dizayn

Biznes-klass flagman sedani Kia’ning “Qarama-qarshiliklar birligi” falsafasiga asoslangan nafis, zamonaviy dizaynni taklif etadi.

Yangilangan tashqi ko‘rinishi Kia EV9 elektrokrossoveriga hamohang: vertikal chiroqlar, kuzovning butun kengligi bo‘ylab yorug‘lik chizig‘i va ifodali bamperlar ishonchli va futuristik qiyofani yaratadi. Ko‘rkam ko‘rinish va dinamik diskalar modelning nufuzini belgilaydi.

Gabarit o‘lchamlari: 5050 × 1875 × 1465 mm, g‘ildirak bazasi — 2895 mm.

Interer

Kia K8 saloni shinam launj-maydonni eslatadi. Bu yerda premium darajadagi sifat nozik uslub hissi va yuqori texnologiyali yechimlar bilan uyg‘unlashgan. Keng salonda flagman biznes-sedanning bejirim uslubi shakllarning chiroyli jozibasi va nafis, zamonaviy elementlar bilan ajralib turadi.

Intererning asosiy elementlaridan biri — raqamli qurilmalar paneli va axborot-ko‘ngilochar tizim ekrani birlashtirilgan katta yoysimon panoramali displey. Kia modellari orasida birinchi marta isitiladigan ikki tabaqali markaziy tirsak qo‘ygich (o‘rindiq isitishi bilan bir vaqtda ishlaydi) va ultrabinafsha sterilizatsiya funksiyasiga ega ichki bo‘lim joylashgan.

Pnevmatik yostiqchaga ega Ergo Motion haydovchi o‘rindig‘i mukammal o‘tirib joylashish va tayanishni ta’minlaydi; barcha o‘rindiklar isitish tizimiga ega. To‘plamga qarab, ventilyatsiya faqat oldingi o‘rindiklar yoki old va orqa o‘rindiklar uchun ham mavjud.

Multimedia tizimi multimedia va iqlimni intuitiv ravishda boshqarish imkonini beradi, 14 dona dinamikka ega Meridian audio tizimi esa keng hajmli tovush chiqarish imkoniyatini ta’minlaydi. Ikkinchi qatordagi yo‘lovchilar uchun alohida iqlim hududi va quyoshdan himoya qiluvchi pardachalar mavjud.

Qulaylik va texnologiyalar

O‘zbekistonda Kia K8 3,5 litrli Smarstream benzin dvigateli (300 ot kuchi, 359 N·m) va 8 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan taklif etiladi.

Muxim yangilik — K8 endilikda to‘liq uzatma tizimi bilan jihozlangan. Bu har qanday ob-havo sharoitida barqarorlik va boshqaruvchanlikni oshiradi.

ECS elektron boshqaruvli moslashuvchan podveska real vaqtda amortizatorlarning ravon va ishonchli ishlashini ta’minlaydi.

Xavfsizlik

Passiv xavfsizlikning yuqori darajasi konstruksiyada yuqori mustahkamlikdan keng foydalanish va Kia K8’ning o‘nta xavfsizlik yostiqchalari bilan jihozlangani hisobiga ta’minlanadi.

Jumladan, haydovchi va yo‘lovchi boshlarining to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaydigan markaziy frontal yostiq o‘rnatilgan.

Zamonaviy texnologiyalar harakatlanishning barcha bosqichlarida — dvigatelni ishga tushirishdan to safar yakunigacha kompleks himoyani ta’minlaydi.

Yangilangan flagman sedan xususiyatlari bilan kia.uz saytida tanishish mumkin.

Telefon: (+998) 55−500−83−33

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube

Kia avtomobillari ADM Jizzakh — O‘zbekistonda mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlar sertifikatiga ega bo‘lgan birinchi avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodda ishlab chiqariladi. Sertifikatlar Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 28 oktyabrdagi 712-son qaroriga muvofiq berilgan bo‘lib, mahalliylashtirish darajasining yuqoriligi va milliy standartlarga muvofiqligini tasdiqlaydi.

Ushbu sertifikatlarni olish — oddiy jarayon emas, ko‘plab tekshiruv va audit bosqichlarini talab qiladi. Bu yutuq katta jamoaviy mehnat natijasi bo‘lib, ADM Jizzakh ishlab chiqarishi belgilangan talablarga javob berishini tasdiqlaydi. Endilikda rasmiy sertifikatning mavjudligi davlat kompaniyalari va tashkilotlariga mahalliy ishlab chiqarish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq ADM Jizzakh avtomobillarini xarid qilish imkonini beradi.

Reklama huquqi asosida





Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Milliy bog‘ ko‘chasida «Makro Yangi Zamon» ochilmoqda

Published

on


7 may kuni soat 15:00 da «Makro Yangi Zamon» filialining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tadi.

Dasturda DJ, boshlovchi va blogerlar ishtirokida ko‘ngilochar tadbirlar, sovg‘ali o‘yinlar, qimmatbaho sovg‘alar hamda bepul tatib ko‘rish imkoniyati mavjud. 150 000 so‘mdan ortiq xarid qilganlar sovg‘ali o‘yin ishtirokchisiga aylanadi.

Manzil: Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Milliy bog‘ ko‘chasi 9-uy (Uchxoz).

Reklama huquqi asosida



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ekologiya qonunbuzarliklari uchun jarimalar keskin oshirildi

Published

on


Ekologiya sohasidagi ayrim huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar joriy etildi. Yangi qonunga ko‘ra, jarimalar endi tabiatga yetkazilgan zarar hajmiga bog‘liq tarzda hisoblanadi.

Jumladan:


daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash tartibini buzgan yuridik shaxslarga – zararning 3 baravari miqdorida;
daraxtlarni muhofaza qilish choralarini ko‘rmaganlik uchun – 5 baravari miqdorida;
suvlarni ifloslantirish yoki oqova suvlarni noqonuniy oqizish uchun – 10 baravari miqdorida jarima qo‘llaniladi.

Qonun rasman e’lon qilinganidan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Ta’kidlanishicha, avvalgi tartibda jarimalar yetkazilgan zararga mutanosib emasligi sabab ayrim korxonalar uchun jarima to‘lab, faoliyatni davom ettirish osonroq bo‘lib qolgani tanqid qilingan edi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Jizzaxda poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan bolani tok urdi

Published

on


Hodisa Marjonbuloq temir yo‘l bekatida sodir bo‘lgan. Vagon ustiga chiqqan 7-sinf o‘quvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urgan.

Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida 24 aprel kuni vagon ustiga chiqib, suratga tushmoqchi bo‘lgan maktab o‘quvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urdi. Bu haqda “Millar” ko‘rsatuvida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa Marjonbuloq temir yo‘l bekatida sodir bo‘lgan. Bekatda turgan vagon ustiga chiqqan 7-sinf o‘quvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urgan.

Jabrlanuvchi 2012 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan bola, hodisadan so‘ng tez tibbiy yordam orqali G‘allaorol tumani tibbiyot muassasasiga olib borilib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Tibbiy xulosaga ko‘ra, bolaga tana yuzasining 35–40 foizini qamrab olgan ikkinchi va uchinchi darajali kuyish tashxisi qo‘yilgan.

Holat yuzasidan Jizzax viloyati transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Meningit bilan bog‘liq vaziyat barqaror, ammo ehtiyot choralari muhim – Sanepidqo‘mita

Published

on


So‘nggi kunlarda aholi orasida meningokokk infeksiyasi (meningit) bilan bog‘liq holatlar yuzasidan murojaatlar ko‘paygani kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologik qo‘mita vaziyat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, meningokokk infeksiyasi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham mavsumiy xususiyatga ega. Kasallanish holatlari, odatda, kuz va bahor oylarida, ayniqsa fevral-mart davrida ko‘proq qayd etiladi.

Sanepidqo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, epidemiologik vaziyat ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan. Barqarorlikni ta’minlash maqsadida profilaktik va sanitariya tadbirlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Jumladan, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar to‘liq emlash bilan qamrab olingan bo‘lib, ular orasida kasallanish holatlari qayd etilmagan. Tibbiy qarshi ko‘rsatmasi bo‘lgan shaxslar esa shifokorlar nazoratida kimyoviy profilaktika tadbirlari bilan ta’minlanmoqda.

Mutaxassislar kasallikning asosiy belgilariga e’tibor qaratish muhimligini ta’kidlamoqda. Ular orasida yuqori harorat, kuchli bosh og‘rig‘i, bo‘yin qotishi, ko‘ngil aynishi yoki qusish, yorug‘likka sezgirlik, xolsizlik va ayrim hollarda tanada toshma paydo bo‘lishi bor. Bolalarda esa tinmay yig‘lash, ovqat yemaclik, ortiqcha uyquchanlik yoki bezovtalik kuzatilishi mumkin.

Shu kabi alomatlar kuzatilgan taqdirda, fuqarolarga oilaviy shifokorlik punktlari, poliklinikalar yoki yuqumli kasalliklar shifoxonalariga zudlik bilan murojaat qilish tavsiya etiladi.

Kasallikning oldini olish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish, jamoat joylarida ehtiyot choralarini ko‘rish, ixtiyoriy emlanishdan o‘tish muhim. Shuningdek, haj va umra safariga chiqishdan oldin emlanish va safardan qaytgach ommaviy tadbirlarda ishtirokni vaqtincha cheklash tavsiya etiladi.

Ayni paytda respublika bo‘ylab barcha hududlarda vaksinatsiya markazlari faoliyat yuritmoqda va aholini meningokokk infeksiyasiga qarshi emlash uchun yetarli zaxiralar yaratilgan (ixtiyoriy emlash punktlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin)

Mutaxassislar aholini ortiqcha xavotirga tushmaslikka, vaziyat barqarorligini inobatga olgan holda faqat ishonchli va rasmiy manbalarga tayanishga chaqirmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

OTM bitiruvchilaridan «diplom himoyasi»gi kirishda bandligini ko‘rsatishga oid talab yo‘q – vazirlik

Published

on


Ijtimoiy tarmoqlarda davlat oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilaridan diplom himoyasidan oldin turli hujjatlar — jumladan, o‘zini o‘zi band qilgani to‘g‘risida ma’lumot, rasmiy ish joyidan ma’lumotnoma yoki uch tomonlama shartnoma talab qilinayotgani haqidagi murojaatlar tarqaldi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur holat yuzasidan munosabatini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, amaldagi tartibda bitiruvchilardan bitiruv malakaviy ishiga kiritish yoki diplom berish jarayonida ish bilan bandligiga oid har qanday qo‘shimcha hujjatlarni  talab qilish belgilanmagan. Bitiruv malakaviy ishi himoyasiga qo‘yish faqatgina o‘quv jarayoni bilan bog‘liq talablar asosida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, bitiruvchilar bandligini tahlil qilish va ularning mehnat bozoriga chiqish jarayonini kuzatib borish maqsadida Soliq qo‘mitasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimlari o‘zaro integratsiya qilingan holda monitoring ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonlar raqamli platformalar orqali avtomatik tarzda olib boriladi va talabalardan qo‘shimcha tasdiqlovchi hujjatlarni majburiy tarzda talab qilishni nazarda tutmaydi.

«Vazirlik tomonidan barcha oliy ta’lim tashkilotlariga bitiruvchilar bilan ishlashda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, ularga nisbatan ortiqcha byurokratik talablar qo‘ymaslik hamda har qanday ma’lumotlarni yig‘ishda ixtiyoriylik tamoyiliga amal qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilgan», – deyiladi rasmiy munosabatda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.