Connect with us

Sport

Son ham, sifat ham yetarli. Legionerlar muhim o‘yinlarga qanday holatda yetib keldi?

Published

on


Bugun O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z tarixidagi eng muhim o‘yinlardan birida maydonga tushadi. BAA vakillariga qarshi o‘yindagi ijobiy natija (g‘alaba yoki durang) O‘zbekistonni shu kuniyoq rasman JCh-2026 ishtirokchilari safiga qo‘shishi mumkin.

Temur Kapadze navbatdagi o‘yinlarga jalb qilgan futbolchilar ma’lum va ularning faoliyati muntazam kuzatuvimiz ostida. Albatta, legionerlarning holati va ayni paytdagi o‘yin amaliyoti ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiyki, Superligada maydonga tushayotgan futbolchilardan ko‘nglimiz to‘q, zero agar yetarli sport formada bo‘lmasa murabbiy tomonidan jalb qilinmasligini ham bilamiz. Shuning uchun quyida asosan xorijda to‘p surayotgan futbolchilarimizning klubdagi faoliyatiga to‘xtalib o‘tilgan.

O‘tkir Yusupov («Fulad», Eron)

Darvozabon Eron chempionati peshqadamlaridan biri, ayni damda 4-o‘rinda borayotgan «Fulad» safida asosiy tarkibda tushishda davom etmoqda. Milliy jamoadagi so‘nggi yig‘inlardan so‘ng u klubida 6 uchrashuvda darvozani qo‘riqladi va 5 gol o‘tkazib yubordi. Yusupov o‘z sport formasini o‘yin amaliyoti bilan saqlab kelmoqda va kuzgi o‘yinlar qahramoni hal qiluvchi pallalarda ham o‘z vazifasini a’lo darajada bajaradi, deb umid qilamiz.

Eldor Shomurodov («Roma», Italiya)

Aytish mumkinki, so‘nggi yig‘inlardan keyingi davrni eng yaxshi o‘tkazgan futbolchimiz Eldor bo‘ldi. Mavsumning ikkinchi davrasida  u «Roma»ning asosiy tarkib futbolchisiga aylanib oldi va bir qator muhim uchrashuvlarda hal qiluvchi rollarni ijro etdi. Jumladan «Verona» darvozasiga g‘alaba goli, «Yuventus»ga qarshi mag‘lubiyatdan qutqaruvchi golni urganini eslash mumkin. «Inter» va «Fiorentina» bilan o‘yinlarda aynan Shomurodov uzatgan paslar golga aylanib, 1:0 hisobidagi g‘alabalar qayd etildi.

Eldor 2024/25 yillar mavsumini 7 gol va 5 assist bilan yakunlab, Yevropa maydonlaridagi eng yaxshi natijasini yangiladi. Bundan oldin u «Roma»dagi ilk mavsumida (2021/22) 5 gol va 6 assist qilishga muvaffaq bo‘lgandi. Sardorimizning yaxshi sport formasi va kayfiyati muhim bahslarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etsa ajab emas.

Abbosbek Fayzullayev (TsSKA, Rossiya)

Fayzullayev TsSKA safida muntazam o‘ynab kelmoqda – so‘nggi ikki oyda u 5 o‘yinda ilk daqiqalardan harakat qilgan bo‘lsa, 3 o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi. Fayzullayev «Nijniy Novgorod» qarshi kechgan o‘yinning oxirgi 14 daqiqasida o‘ynagan bo‘lishiga qaramay, bir assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Umuman olganda, Fayzullayev bu mavsum TsSKA tarkibida 39 o‘yinda qatnashib, 3 gol va 5 assist amalga oshirgan va armiyachilarning bronza medali uchun o‘z hissasini qo‘shdi.

Darvoqe, uch kun oldin TsSKA Rossiya kubogi finalida «Rostov»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etgach, Fayzullayev Rossiyadagi o‘zining ilk sovrinini yutib oldi. Ushbu uchrashuvda hamyurtimiz 73-daqiqadan maydonda harakat qilgan. Moskvaliklar jamoasida 4 o‘yinni gol yoki assissiz o‘tkazgan Abbosbek o‘z gollarini BAA va Qatarga qarshi o‘yinlarga olib qo‘ygan, deb umid qilamiz.

Abduqodir Husanov («Manchester Siti», Angliya)

Husanov Erondagi uchrashuvdan so‘ng Manchesterga borgach, faqat bir o‘yinda maydonga tushdi. Jamoaning tanaffusdan keyingi ilk uchrashuvi Angliya kubogi doirasida «Bornmut»ga qarshi kechdi va tanaffusda almashtirildi. Shundan so‘ng bir qator o‘yinlarda Abduqodir uchrashuv qaydnomasidan joy olgan bo‘lsa-da, maydonga tushirilmadi. Bu mavzu haqida juda ko‘p yozildi, ortiqcha to‘xtalish shart emas, ammo shuni ta’kidlash kerakki, Pep Gvardiola jamoasida qaydnomadan o‘rin olish uchun ham katta raqobat bor, demak Husanov so‘nggi ikki oy o‘yin amaliyotisiz qolib ketgan bo‘lsa-da, BAAga qarshi o‘yin uchun yetarli darajada tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak.

Otabek Shukurov («Al Fayha», Saudiya Arabistoni)

Otabek Saudiya Arabistonining «Al Fayha» jamoasi safida muntazam ravishda asosiy tarkibda tushib kelmoqda. U deyarli barcha o‘yinlarda mutaxassislar tomonidan yuqori bahoga loyiq ko‘rilmoqda va e’tiborli tomoni, «Al Ittihod», «Al Shabob» va «Al Ahli» kabi kuchli jamoalarga qarshi mag‘lubiyatga uchralgan o‘yinlarda Otabek Shukurov jamoasi tarkibida eng ko‘p ball olgan futbolchi bo‘ldi. Shuningdek, «Al Ahdud»ga qarshi g‘alaba qozonilgan uchrashuvda (2:0) eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘ldi – o‘sha o‘yinda uning paslari aniqligi 99 foizni tashkil etgan. BAA bilan to‘p nazorati va xotirjamlik muhim sanalishini e’tiborga olsak, tajribali futbolchining yaxshi formada ekani xursand qiladi.

Rustam Ashurmatov («Rubin», Rossiya)

Yana bir markaziy himoyachimiz o‘z klubida ko‘p vaqtni zaxirada o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. Rustam o‘tgan yil oxirida «Rubin»da deyarli asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanib qolgandi, ammo bahorda hammasi o‘zgardi. 30 mart kuni «Zenit»ga qarshi bahsda Rashid Rahimov uni 63-daqiqada, «Rubin» maydonda o‘n kishi qolgach, maydonga tushirdi. Sababi, boshqa bir markaziy himoyachi Aleksey Gritsanenko qizil kartochka olgandi va jamoada bu pozitsiyani to‘ldirishga ehtiyoj paydo bo‘lgandi. Shundan so‘ng «Lokomotiv» va «Krilya Sovetov» jamoalariga qarshi o‘yinlarda Rustam faqat so‘nggi daqiqada tushirilgan bo‘lsa, so‘nggi turda «Orenburg»ga qarshi 18 daqiqa o‘ynash imkoniga ega bo‘ldi.

Oston O‘runov («Persepolis», Eron)

Oston jarohatlar sabab milliy jamoaning oxirgi 5 o‘yinini o‘tkazib yuborgandi. Uning to‘liq tiklanib safga qaytgani va «Persepolis» tarkibida gollar ura boshlagani yaxshi xabar. U may oyida avval «Xeybar» darvozasiga so‘nggi daqiqalarda gol urib jamoasiga g‘alaba olib kelgan bo‘lsa, keyingi turda «Xavodar» bilan o‘yinda ham hisobni ochdi. Bu gol ham yakunda jamoasining g‘alabasiga sabab bo‘ldi.

Ostonning xalqaro maydondagi tajribasi va hujumda nostandart harakatlar bilan raqiblarni shoshirib qo‘yish qobiliyati – oxirgi ikki o‘yinda ham bizga kerak bo‘ladi.

Hojimat Erkinov («Al Vahda», BAA)

BAA klubi «Al Vahda»da to‘p suradigan vakilimiz Hojimat Erkinov asosan zaxiradan maydonga tushib turibdi. So‘nggi 4 uchrashuvda unda o‘zini ko‘rsatish uchun 15-20 daqiqa bo‘lgan. Mavsumning birinchi yarmida u jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lgan va ancha sermahsul (4 assist) harakat qilgandi. Mart oyidagi yig‘inlarda avval Kapadze uni tarkibga qo‘shmagach, futbolchida jarohat bo‘lishi mumkinligi haqida ham mish-mishlar tarqalgandi.

Erkinov Eronga qarshi o‘yinda kutilmaganda asosiy tarkibda paydo bo‘lib hisobni ochgandi. Kapadze qo‘lida o‘ziga xos «joker»ga aylangan Hojimat milliy jamoada klubdagi holatidan qat’i nazar o‘zini ko‘rsatishiga umid qilamiz.

Husniddin Aliqulov («Rizaspor», Turkiya)

Aliqulov so‘nggi turda «Beshiktosh»ga qarshi hisob 1:1 ekanida himoyani kuchaytirish uchun tushirildi, ammo u maydonga tushganidan keyin aksincha, «Rizaspor» g‘alaba golini urdi. Umuman olganda, Aliqulov jamoa tarkibida deyarli hamma o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushib kelmoqda – 6 o‘yin to‘liq, ikki marta zaxiradan tarkibga qo‘shilgan.

Jaloliddin Masharipov (Istiqlol, Eron)

Jaloliddin Masharipov ham mavsumni ko‘tarinki ruhda yakunlab, may oyi oxirida Eron kubogi sohibi bo‘ldi.

Jaloliddin shunday futbolchiki, klubdagi holati, qayerda, nima qilib yurganidan qat’i nazar milliy jamoada yetakchimizga aylanadi. Masharipov Eron chempionatida 4 o‘yinda asosiy tarkibda harakat qildi, ikki marta zaxiradan tushirildi. Oxirgi ikki uchrashuvda esa maydonga tushmadi. Lekin u milliy jamoaga kelgach, boshqa futbolchiga aylanadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Published

on


Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi tarixiy medalga sazovor bo‘ldi.

Yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftlik dasturida (LM2x) Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev dueti oltin medal sohibi bo‘ldi. Bu o‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilarning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘lga kiritgan birinchi oltin medalidir.

Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medali esa AQSh sportchilariga nasib etdi.



Source link

Continue Reading

Sport

EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi

Published

on


UEFA Chempionlar ligasi 2026/2027-yilgi mavsumi umumiy bosqichi to‘liq taqvimni e’lon qildi.

Bu bosqichda har bir jamoa 8 ta o‘yin o‘tkazadi: 4 tasi o‘z maydonida, 4 tasi safarda.

Joriy mavsumdan e’tiboran bir jamoa bir raqib bilan ketma-ket uch mavsum davomida o‘z maydonida o‘ynashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Umumiy bosqichning 1-turi uch kun — seshanba, chorshanba va payshanba (8-9-10-sentyabr) kunlariga taqsimlanadi. Qolgan turlar ikki kun davomida o‘tkaziladi. So‘nggi turda esa barcha uchrashuvlar bir vaqtda boshlanadi.

1-turni Abduqodir Husanov va «Manchester Siti» safarda «Portu»ga qarshi o‘tkazadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 9 sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:01 da.

Umarali Rahmonaliyev va «Sabah» esa Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi debyutida «Manchester Yunayted» maydonida sinovdan o‘tadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 11-sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da.

Manba: UEFA



Source link

Continue Reading

Sport

Rossiyalik shaxmatchilar O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Olimpiadada qatnashmaydi

Published

on


Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Prezident kengashi rossiyalik shaxmatchilarni Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. Bu haqda Rossiya shaxmat federatsiyasi ijrochi direktori Aleksandr Tkachyov TASS agentligiga ma’lum qildi.

«Jahon shaxmat Olimpiadasida terma jamoalarimiz qatnashmaydi. Kengash ushbu qarorni FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi janob Vishvanatan Anandning tashabbusi bilan qabul qildi», — dedi Tkachyov.

Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 16–27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

2025 yilning dekabrida Xalqaro shaxmat federatsiyasi Bosh assambleyasi rossiyalik sportchilarga nisbatan cheklovlarni to‘liq va qisman bekor qilish uchun ovoz bergan edi. Rossiyalik shaxmatchilarning qaytishiga 61 delegat ovoz bergan, 51 delegat qarshi chiqqan.

Biroq 2026 yil yanvarda Buyuk Britaniya, Germaniya, Norvegiya, Estoniya va Ukraina shaxmat federatsiyalari FIDEning rossiyalik shaxmatchilarga nisbatan sanksiyalarni to‘liq bekor qilish haqidagi qaroriga e’tiroz bildirish niyatida ekani xabar qilindi. Shundan so‘ng, 2026 yil iyun oyida sanksiyalar qayta joriy etildi.

Avvalroq mazkur Olimpiadani Magnus Karlsen va yana bir qator shaxmat yulduzlari ham o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.



Source link

Continue Reading

Sport

Krishtianu Ronaldu mavsum nihoyasida futbol bilan xayrlashishi mumkin

Published

on


Krishtianu Ronaldu joriy mavsum nihoyasida professional futboldagi faoliyatiga yakun yasashi mumkin. Bu haqda u Vogue jurnaliga intervyusida ma’lum qildi.

«Ehtimol, bu futboldagi so‘nggi yilim bo‘lishi mumkin, o‘zimdan ulkan meros qoldirishni istayman», — dedi Ronaldu.

Besh karra «Oltin to‘p» egasi ta’kidlashicha, bo‘sh vaqtini hordiq va sayohatlarga ajratmoqchi.

Krishtianu Ronaldu professional futbolga kirib kelganiga 25 yil bo‘ldi. Birinchi katta o‘yinini 2002-yil 14-avgustda Lissabonning «Sporting» klubi safida Milanning «Inter»iga qarshi o‘tkazgan.



Source link

Continue Reading

Sport

«Arsenal» «Manchester Siti»ni yirik hisobda yengib, Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi

Published

on


Londonning «Arsenal» klubi o‘z tarixida 18-marta Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa Kardiffda «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

O‘yinning 23-soniyasida Rikkardo Kalafiori hisobni ochdi. One Football nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, bu 1968 yildan beri superkubok o‘yinining birinchi daqiqasida urilgan birinchi va kubok tarixidagi eng tezkor gol bo‘ldi.

London jamoasi safida yana Kay Xaverts (28) va Martin Edegor (48) gol urishdi.

O‘tgan mavsumda «Arsenal» Premer ligada g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, manchesterliklar Angliya kubogini qo‘lga kiritdi. 

«Shaharliklar» safida Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi. 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.