Connect with us

Jamiyat

To‘g‘ri savdolashish va narxni tushirishga oid maslahatlar

Published

on


Narx bo‘yicha ikki tomonning rozi bo‘lishi savdodagi eng muhim masaladir va bu jarayonda eng muhim omil savdolashishdir. Savdolashish oson emas: ba’zida bizga erish tuyuladi va ko‘p hollarda esa sotuvchilarni xafa qiladi. Shu sababdan biz ko‘pchillikka manfaatli bo‘lishini niyat qilib, samarali savdolashish va bu orqali mablag‘larni tejab qolishning 5 ta qoidasi haqida fikr yuritamiz.

1-qoida. Chegirma so‘rang, qalbingizda g‘ashlik qolmasin!

Ba’zan xaridorlarda savdodan so‘ng “Qimmatga olib qo‘ydim, chegirma so‘rasam bo‘lar ekan” degan hayol o‘tadi. Ko‘p vaziyatlarda narxni tushirish uchun shunchaki so‘rashning o‘zi kifoya. Agar chegirma berish sotuvchi ixtiyorida bo‘lsa, u mamnuniyat bilan bunga rozi bo‘ladi.

Chegirma so‘rashdan hech qachon uyalmaslik kerak – bozorda, do‘konda, biror xizmatdan foydalanganda, hatto restoranda ham so‘rashingiz mumkin. Buni o‘yin deb tasavvur qilib “yutqazsangiz” ham, shunchaki odatdagi narxda to‘lov qilasiz xolos.

Chegirmani noodatiy tarzda so‘rang, masalan:

“Sizlarda chegirma bormi?” o‘rniga “Sizlarda doimiy mijozlar uchun qanday chegirmalar bor?” deb ko‘ring. Yoki “Arzonroq bo‘ladimi?” o‘rniga “Narxini ozroq yumshatish mumkinmi?” jumlasidan foydalaning.

2-qoida. Qo‘shimcha qiymat oling

Savdolashish faqat narxni tushirish emas. Ba’zan qo‘shimcha qiymat olish (bepul yetkazib berish, kafolat muddatini uzaytirish yoki boshqa) ham foydali. Agar sotuvchi narxni pasaytirishga ikkilanayotgani yoki vakolati yo‘qligini sezsangiz qo‘shimcha imtiyoz so‘rash uchun ideal payt bo‘ladi.

Misol uchun: “Agar aytayotgan narxingizga bepul yetkazib berishni qo‘shsangiz, so‘zsiz rozi bo‘lardim!”

3-qoida. Menejyer bilan gaplashing

Yana bir muhim holat, ko‘pincha sotuvchilarning chegirma qilmasliklari ularning shunchaki hohlamaganliklaridan emas, balki unga ruxsatlari yo‘qligidan bo‘ladi. Shuning uchun bunday vaziyatlarda qaror qabul qiluvchi odam bilan gaplashishga harakat qiling.

Biroq sotuvchilar rahbarlarini bezovta qilishni va o‘zlari ham “bezovtalanish”ni xohlamaydilar. Shuning uchun vaziyatdan chiqishga urinadilar.

Sizning vazifangiz ularni o‘zingizning ittifoqdoshingizga aylantirish. Masalan:

“Agar rahbaringizni telefon raqamini bersangiz juda katta foydangiz tegardi” deb aytishning o‘zi kifoya.

4-qoida. Chegirmani naqd orqali oling

Ko‘plab savdo jarayonlarida naqd pul hali ham qadrlanadi. Chunki naqd to‘lov biznes uchun tezroq aylanma mablag‘ va barqarorlikni ta’minlaydi. Agar siz xaridor sifatida “naqd uchun narx”ni so‘rasangiz, ko‘pincha chegirma olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu har ikki tomon uchun foydali: siz arzonroq olasiz, ular esa darhol pul oladi.

Misol: “Naqd to‘lasam, narxi qanday bo‘ladi?”

5-qoida. Sotuvchini asabiylashtirmang, samimiy bo‘ling

Bunda birinchi navbatda sotuvchini xotirjam qilish kerak. Buning eng oson yo‘li – unga samimiy, ochiq munosabatda bo‘lish.

Masalan, siz “OLX”dan texnika sotib olmoqchisiz. Siz sotuvchi bilan suxbat davomida “Agar sizga chegirma berish foydasiz bo‘lsa, mayli bermang. Lekin men bu narxda ololmayman. Agar rozi bo‘lganizda bugunoq olib ketardim” deb o‘z manfaatlaringizni himoya qiling, lekin ikkinchi tomonni asabiylashtirmang.

Asosiy qoida shuki: “Hech kim hech kimga hech narsa majbur emas”, Siz sotib olishga majbur emassiz va sizga chegirma berishga ham majbur emaslar. Ammo agar o‘zaro kelishsangiz – bu ikkala tomonga ham foyda.

6-qoida. Ketishga tayyor bo‘ling

Har qanday muzokarada bo‘lgani kabi, savdolashishda ham tovarga haddan tashqari muhtoj bo‘lish yaramaydi.

Agar sotuvchi sizning bu narsani juda xohlashingizni sezsa, u narxni tushirishi u yoqda tursin balki ortiqcha narsalarni ham “tiqishtirib” qo‘yadi.

Siz shunchaki narxga munosabatingizni bildiring:

“Hammasi yoqdi, lekin narx men uchun biroz qimmat. Boshqa variantlarni ko‘rib chiqishimga to‘g‘ri keladi”.

7-qoida. Munosabatni saqlang

Bazida tanish odam bilan “munosabat buzilmasin” deb har qanday narxga rozi bo‘lamiz. Lekin bu xato, chunki siz o‘zingizning manfaatlaringizni himoya qilmayapsiz.

Masalan, siz kvartirani qarindoshingizdan uzoq muddatga ijaraga olmoqchisiz:

“Pochcha, men sizga bosim o‘tkazmoqchi emasman, to‘g‘risi. Lekin 600$ menga qimmatli qiladi. 400$ bersam va kommunal to‘lovlarni o‘zim to‘lasam, siz uchun qulay bo‘ladimi? Agar noqulay bo‘lsa, boshqa variantlarni ko‘raman”.

Xulosa shuki, chegirma olish uchun shunchaki so‘rab ko‘ring va sotib olayotganingizda ham, sotayotganingizda ham doim bag‘rikeng bo‘lishga intiling!



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Published

on


Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. 

Jamshid Sharopov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

​Jamshid Sharopov 1984-yil 27-yanvarda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Buxoro davlat universiteti, 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi-iqtisodchi.

​Mehnat faoliyatini 2002-yilda AT “Paxta Bank”ning Buxoro viloyati boshqarmasi bank jarayonlari bo‘limi iqtisodiy bo‘linmasi mutaxassisi sifatida boshlab, ATB “Agrobank” Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i (2014-2020), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i (2020-2021), Shofirkon tumani hokimi (2021-2023), ATB “Agrobank” agrosanoat majmuasi korxonalarini moliyalashtirish departamenti direktori o‘rinbosari (2023-2026) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

​Ayni paytga qadar u ATB “Agrobank” muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz mukofotlandi

Published

on


«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoni e’lon qilindi.

Mukofotlanganlar ro‘yxati:

“Do‘stlik” ordeni bilan

Ivan Sao – “BYD Auto” kompaniyasining Yevropa sotuv bo‘limi bosh direktori o‘rinbosari

Klod Imoven – Fransiyaning “MEDEF International” harakatining O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi

Masayoshi Fujimoto – “Sojitz” kompaniyasi direktori

Sabine Maxl – BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori

Turaman Sinan – Shayxontohur tumanidagi “Outdoor Factory Toshkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Qahorova Nilufar Hamroyevna – AQShning Garvard universiteti huzuridagi Boston bolalar shifoxonasi loyiha menejeri 

Yuldasheva Nodira Muxamedovna – Kanadaning Toronto shahridagi Kanadadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi asoschisi, “Sog‘lom yo‘l” tibbiy va diagnostik markazi rahbari 

“Shuhrat” medali bilan

Abdullayeva Shahlo Abdirashidovna – Koreya Respublikasining Kvangju shahridagi Migrant ayollar huquqlarini himoya qilish va ta’lim berish markazi rahbari.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Published

on


Podpolkovnik Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichida tahsil olgan.

Tayinlov Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining jamoat xavfsizligi va kriminogen vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.

Sessiyada viloyatdagi jinoyatchilik holati ham tahlil qilindi. Joriy yilning hisobot davrida hududdagi 723 ta mahallaning 528 tasida (73 foiz) bironta ham jinoyat sodir etilmagan. Ichki ishlar xodimlarining tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar soni 40 foizga yaxshilangan.

Shu bilan birga, 28 ta mahalla «qizil» toifada qolayotgani qayd etildi.

Yangi IIB boshlig‘iga jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, har bir mahallada xavfsizlikni ta’minlash, aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash vazifalari yuklatildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Raqobat qo‘mitasi «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Published

on


Yangi o‘quv yili arafasida O‘zbekiston hududidagi umumta’lim maktablari, dehqon bozorlari va savdo majmualarida mavsumiy «Maktab bozorlari» tashkil etilmoqda.

Raqobat qo‘mitasi mavsumiy savdo jarayonlarida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, raqobat muhitini ta’minlash hamda aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Qo‘mita ota-onalar va o‘quvchilarga xarid vaqtida mahsulotning sifati, ishlab chiqaruvchisi, narxi va boshqa muhim ma’lumotlarga e’tibor qaratishni tavsiya qildi.

Tadbirkorlarga esa «Maktab bozorlari»da sotilayotgan mahsulotlar sifati va narxlarining asosliligini ta’minlash, iste’molchilarga zarur axborotlarni taqdim etish hamda ularning huquqlariga rioya qilish majburiyati eslatildi.

Raqobat qo‘mitasi maktab bozorlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni darsliklar, maktab formalari, o‘quv-yozuv qurollari va boshqa anjomlar narxlarini asossiz oshirmaslikka hamda qonunchilik talablariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.

Fuqarolar «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirish holatlariga duch kelsa, Raqobat qo‘mitasining 1159 ishonch telefoni orqali murojaat qilishi mumkin.

Qo‘mita tomonidan maktab bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida monitoring ishlari olib borilishi ma’lum qilindi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda endi uylarni «rassrochka»ga olib bo‘lmaydimi?

Published

on


Prezidentning 2026-yil 14-avgustdagi PQ–294-son qarori bilan 2027-yil 1-yanvardan muddatli to‘lov xizmati operatorlari faoliyati tartibga solinadi.

Ma’lum qilinishicha, muddatli to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator hisoblanadi. Ular iste’molchiga tovar yoki xizmatni muddatli to‘lov asosida olish imkoniyatini vositachi sifatida taqdim etadi.

Qarorning 3-bandi «d» kichik bandiga ko‘ra, ko‘chmas mulk operator ko‘rsatadigan muddatli to‘lov xizmatining obyekti bo‘la olmaydi. Shu sababli vositachi operator orqali uy-joyni «rassrochka»ga olish imkoniyati nazarda tutilmagan.

Biroq bu qoida uy-joyni bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida sotishni umumiy tarzda taqiqlamaydi.

Qarorning 3-bandi «a» kichik bandida sotuvchi tomonidan iste’molchiga tovarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish holatlari muddatli to‘lov xizmati tushunchasidan mustasno qilingan.

Shunga ko‘ra, quruvchi o‘zining qurgan uy-joyini xaridorga bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishi mumkin. Ya’ni yangi tartib quruvchi va xaridor o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdoni taqiqlamayapti.

Demak, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «endi uyni rassrochkaga olib bo‘lmaydi» degan talqin to‘liq to‘g‘ri emas. Cheklov aynan muddatli to‘lov operatorlari orqali ko‘chmas mulkni moliyalashtirishga taalluqli.

Yangi tartibga ko‘ra, muddatli to‘lov operatorlari maxsus reyestrga kiritiladi va ularning faoliyati Markaziy bank nazorati ostida bo‘ladi. Shuningdek, operatorlar bilan tuziladigan shartnomalar, ustama va komissiyalarga nisbatan aniq talablar belgilanadi.

Shunday qilib, 2027-yildan operator orqali uy-joyni «rassrochka»ga olish cheklanadi, ammo quruvchining xaridorga uyni bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishi saqlanib qoladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.