Jamiyat
tajriba, narxlar, tayyorgarlik va u nima uchun kerak?
Shu yilning may oyida Toshkentdagi IDP markazida IELTS imtihonini topshirdim va 7.0 ball oldim. Bu mening ilk tajribam bo‘lib, u kutganimdan ko‘ra qiyinroq bo‘ldi. Tayyorgarlik jarayonida bu nafaqat ingliz tili bo‘yicha, balki rejalashtirish, intizom va xarajatlar bo‘yicha ham imtihon ekanligini tushundim.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda ta’lim, immigratsiya yoki kasbiy o‘sish maqsadida IELTS imtihonini topshiruvchilar soni tobora ortib bormoqda. Lekin ko‘pchilik hali ham nimadan boshlashni, modulni qanday tanlashni va natija haqiqatan ham foydali bo‘lishi uchun nimalar kerakligini bilmaydi.
Ushbu maqolada men IELTS nima uchun kerakligi, uni qayerda topshirish mumkinligi, tayyorgarlik qanchaga tushishi, imtihon qanday o‘tishi va unga vaqt hamda pulni yo‘qotmasdan qanday tayyorgarlik ko‘rish haqida aytib o‘taman.
IELTS sertifikati ikki yil amal qiladi. Uning natijalari dunyo bo‘ylab 150 dan ortiq mamlakatda tan olinadi.
IELTS nima uchun kerak?
IELTS — xorijiy universitetlarga o‘qishga kirishdagi asosiy vositalardan biri bo‘lib qolmoqda. Sertifikat 150 dan ziyod mamlakatda, jumladan, Britaniya, Kanada, Janubiy Koreya, Malayziya, Vengriya, Turkiya va BAAda qabul qilinadi.
Aksariyat o‘zbekistonliklar IELTS imtihonini aynan xorijda o‘qish uchun — bakalavriat, magistratura yoki stipendiya dasturlariga kirish maqsadida topshiradilar. IELTS ko‘plab talabalar uchun xalqaro stipendiya dasturlarida qatnashish kaliti hisoblanadi.
Ularning eng mashhurlari – Chevening (Buyuk Britaniya), Erasmus+ (Yevropa Ittifoqi), Fulbright (AQSh) va MEXT (Yaponiya). Bu dasturlar ta’lim, yashash va parvoz xarajatlarini qoplaydi, qabul komissiyasi esa amaldagii IELTS yoki boshqa xalqaro ingliz tili imtihoni sertifikatini talab qiladi.
Academic Module akademik maqsadlar uchun mo‘ljallangan: u o‘qishda zarur bo‘lgan esse yozish, matnni tahlil qilish va ma’ruzalarni tushunish kabi ko‘nikmalarni baholaydi.
Misol:
Odatda, Yevropa va Osiyo universitetlari talabalarni 6.0 ballik natijadan boshlab qabul qiladi; magistratura va doktorlik dasturlari uchun esa ko‘pincha 6.5–7.0 va undan yuqori ball talab qilinadi.
O‘qish uchun IELTS
Ingliz tilini bilish va IELTS sertifikatiga ega bo‘lish nafaqat xorijda, balki O‘zbekistonning o‘zida ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Bu orqali xalqaro universitetlarda o‘qishdan tortib, kasbiy o‘sish dasturlarida qatnashishgacha kabi imkoniyatlar kengaymoqda.
IELTS sertifikati mamlakat ichida quyidagilar uchun ko‘proq kerak:
Xalqaro dasturlarga ega oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun (WIUT, MDIS, TEAM, Amity, Akfa University);
WIUT yoki Tashkent University of Management and Development universitetlariga kirish uchun kamida 6.0 ball, magistratura uchun esa 6.5 ball kerak bo‘ladi.
Toshkentdagi Vestminster universiteti (WUIT) ga kirish shartlari
Toshkentdagi Singapur universiteti (MDIS) ga kirish shartlari
davlat grantlari va stajirovkalarda qatnashish uchun
El-Yurt Umidi davlat dasturida qatnashish uchun amaldagi IELTS yoki boshqa xalqaro ingliz tili sertifikati talab etiladi.
Oliy ta’lim muassasalariga kirishda xorijiy til bo‘yicha B2 (5.5–6.5 ball) yoki undan yuqori darajadagi davlat namunasidagi sertifikatga ega abituriyentlar afzallikka ega bo‘ladilar. Batafsil bu yerda – Kun.uz
El-Yurt Umidi jamg‘armasi shartlari haqida O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali
Ish uchun IELTS
IELTS nafaqat xorijda o‘qish, balki immigratsiya uchun ham kerak. Masalan, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyada kundalik va professional muhitda ingliz tilini bilishni baholaydigan General Training moduli talab etiladi,
Misol:
Kanadaga ish vizasi (Express Entry) CLB shkalasi bo‘yicha umumiy ball 6.0dan boshlanadi, ammo talablar provinsiya va kasbga qarab farq qilishi mumkin.
O‘zbekistonda tobora ko‘proq mutaxassislar IELTSni kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va xalqaro mehnat bozoriga chiqish uchun qadam sifatida ko‘rmoqdalar. Sertifikat nafaqat immigratsiyada, balki xorijiy tashkilotlar va xorijiy hamkorlar bilan ishlaydigan kompaniyalarga ishga joylashishda ham yordam beradi.
IELTS uchun pulni qaytarib olish mumkinmi?
Davlat ingliz tilini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zbekistonda IELTS imtihoni uchun xarajatlarni qoplash dasturi amal qiladi, agar ishtirokchi 7.0 va undan yuqori ball olgan bo‘lsa.
Ma’qullangan taqdirda, kompensatsiya ishtirokchining hisob raqamiga Xazna ilovasi orqali o‘tkaziladi — bu davlatning elektron to‘lovlar platformasi. Odatda jarayon tizimning yuklamasi va taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligiga qarab 2–3 haftagacha davom etadi.
Muhim: Ariza bir marta — faqat so‘nggi amaldagi sertifikat uchun beriladi. Kompensatsiya qayta topshirishlar yoki qisman natijalarga tatbiq etilmaydi.
Batafsil bu yerda – Kun.uz
O‘zbekistonda IELTSni qayerda va qanday topshirish mumkin?
O‘zbekistonda IELTS faqat imtihonni xalqaro standartlar bo‘yicha o‘tkazadigan rasmiy markazlar orqali topshiriladi.
Rasmiy saytlar:
British Council — rasmiy sayt: https://www.britishcouncil.uz/en
IDP IELTS Uzbekistan — rasmiy sayt: https://iels.idp.com/uzbekistan
Formatlar va joylashuvlar
Ro‘yxatdan o‘tishda IELTS on computer yoki IELTS on paper formatini tanlash kerak. Ikkala variant ham bir xil shkala bo‘yicha baholanadi va bir xil sharoitlarda o‘tkaziladi, faqat topshiriqlarni bajarish usuli farq qiladi.
IELTS on computer (kompyuterda)
Imtihon rasmiy markazlarning kompyuter auditoriyalarida o‘tkaziladi
Javoblar klaviatura orqali kiritiladi, natijalar esa tezroq — odatda 3–5 kun ichida chiqadi
Speaking (og‘zaki qism) har doim qog‘o formatdagi kabi shaxsan imtihon oluvchi bilan o‘tkaziladi
Bu format tez yozadigan va zamonaviy interfeysni afzal ko‘ruvchilar uchun qulay
IELTS on paper (qog‘ozda)
Vazifalar qo‘lda bajariladi, javoblar maxsus blanklarga yoziladi
Tekshirish uzoqroq vaqtni oladi: natijalar taxminan 13 kundan so‘ng e’lon qilinadi
Qog‘oz variantini ko‘proq matn bilan qog‘ozda ishlashga odatlanganlar va yozuvda kamroq xato qiladiganlar tanlaydi
Muhim: Hozir O‘zbekistonda faqat IELTS on computer formati mavjud, ammo struktura va baholash mezonlari qog‘oz varianti bilan bir xil.
Batafsil bu yerda – Kun.uz
IELTS markazlari joylashgan shaharlar: Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona va boshqalar.
IELTS imtihonining narxi
British Council ma’lumotiga ko‘ra, imtihon narxi (Academic yoki General Training) — 2 639 000 UZS.
British Council va IDP orqali ro‘yxatdan o‘tish va to‘lov qilish
Imtihonga ro‘yxatdan o‘tish onlayn tarzda — IDP Uzbekistan yoki British Council Uzbekistan saytlari orqali amalga oshiriladi.
Avvalo qo‘lingizda pasport va to‘lov uchun bank kartasi bo‘lishiga ishonch hosil qiling.
British Council — testni bron qilish sahifasi.
IDP Uzbekistan — imtihon sanasini tanlash formasi
1. Modulni tanlash
Academic — universitetlarga kirish, xorijda o‘qish va akademik maqsadlar uchun
General Training — immigratsiya, ishga joylashish va kasbiy tayyorgarlik dasturlari uchun
General Training va Academic reading baholashdagi farq
Har ikki modul to‘rt qismdan iborat (Listening, Reading, Writing, Speaking), biroq Reading va Writing topshiriqlari biroz farq qiladi.
2. Imtihon formati
O‘zbekistonda faqat IELTS on computer formati mavjud
Imtihon IDP va British Council rasmiy markazlarida o‘tkaziladi, natijalar 3–5 kun ichida chiqadi
3. Shahar va sanani tanlash
Ro‘yxatdan o‘tish formacida shaharni tanlang (Toshkent, Samarqand yoki vaqtincha ochiq markazlar)
Tizim sizga mavjud sanalar va imtihon boshlanish vaqtini ko‘rsatadi
Ommabop sanalar, ayniqsa dam olish kunlari tez to‘lib qoladi, shu bois 3–4 hafta oldin bron qilgan ma’qul
4. To‘lov
To‘lov onlayn, ro‘yxatdan o‘tish paytida, banka kartasi orqali amalga oshiriladi (UZCARD, HUMO yoki xalqaro Visa/MasterCard)
Muvaffaqiyatli to‘lovdan so‘ng elektron pochtaga imtihon sanasi, vaqti va markaz manzili ko‘rsatilgan tasdiqnoma keladi
To‘lovsiz ro‘yxatdan o‘tish to‘liq deb hisoblanmaydi
5. Tasdiqlash
Imtihondan 1–2 kun oldin elektron pochta va SMS orqali eslatma keladi
Imtihonga pasport bilan borish shart, usiz qatnashish mumkin emas
IELTSga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin nimalarni bilish kerak?
Format va imtihon sanasini 1–2 oy oldin tanlagan ma’qul, chunki taniqli joylar tez to‘lib qoladi, ayniqsa dam olish kunlari va universitetlarga hujjat topshirish muddati yakunlanishidan oldin.
IELTS sertifikati berilganidan boshlab 2 yil davomida amal qiladi, shuning uchun sanani tanlashda universitet yoki grant dasturiga hujjat topshirish muddatini hisobga olish zarur.
Imtihon kuni ro‘yxatdan va hujjat tekshiruvidan bemalol o‘tish uchun markazga ertaroq, taxminan 30 daqiqa oldin yetib borish kerak. Yoningizda pasport bo‘lishi shart, usiz imtihonga kirishning imkoni yo‘q.
Maslahat: Imtihon sanasini shunday tanlangki, sizda tayyorgarlik uchun kamida 3 oy vaqt qolsin. Bu natijani hech bo‘lmaganda 1 ballga oshirish uchun yetarli vaqtdir.
Imtihon qanday o‘tadi va unga qanday tayyorlanish kerak?
Imtihon to‘rt qismdan iborat: Listening, Reading, Writing va Speaking (eshitib tushunish, o‘qish, yozish va so‘zlashish).
IELTS nafaqat ingliz tilini bilishni, balki test formati bilan ishlash ko‘nikmasini ham baholaydi. Hatto ingliz tilini bilish darajasi yuqori bo‘lsa ham, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash yoki topshiriqlar qanday bo‘lishini bilmaslik natijani pasaytirishi mumkin.
Reading va Writing da matn strukturasini tez anglash va asosiy detallarni ajratib olish muhim. Listening da diqqatni detallarga qaratish kerak, chunki audioyozuv faqat bir marta eshittiriladi. Speaking da nafaqat mukammal gapirish, balki javoblarni ishonch bilan va mantiqiy shaklda bayon qilish muhim.
Barcha qismlar 9 balli shkala bo‘yicha baholanadi. Yakuniy natija — bu to‘rtta bahoning 0,5 ballga yaqinlashtirilgan holdagi o‘rtacha balli.
Imtihonning tuzilishi
Imtihon to‘rt qismdan iborat bo‘lib, har birida alohida ko‘nikma tekshiriladi va 2,5–3 soat davom etadi.
Listening (eshitish) – 40ta savol, 30 daqiqa
Reading (o‘qish) – 3ta matn, 40ta savol, 60 daqiqa
Writing (yozuv) – 2ta topshiriq, 60 daqiqa
Speaking (gapirish) – imtihon oluvchi bilan og‘zaki intervyu (10–15 daqiqa), yozma imtihon kuni yoki uning ertasiga o‘tkazilishi mumkin
Listening – eshitish
Bir qarashda Listening qismi oddiydek ko‘rinsa ham, amalda aynan shu qism eng ko‘p diqqatni talab qiladi: bir vaqtning o‘zida yozuvni eshitish va javoblarni yozuvni qayta eshitish imkoniyatisiz yozish kerak bo‘ladi.
Maslahatlar:
Diqqatni kuchaytiring: BBC Learning English podkastlarini tinglang
iels.org saytidagi namuna yozuvlar bilan ishlang, u yerdan real namunalarni ko‘chirib olish mumkin
Imloga e’tiborli bo‘ling: agar so‘z xato yozilsa, vazifani to‘g‘ri tushunganingizga qaramasdan javob noto‘g‘ri hisoblanadi
IELTS birinchi topshirig‘i namunasi
O‘z tajribamdan:
Menga ingliz tilidagi filmlarni tomosha qilayotganimda eshitgan ism va raqamlarni yozish odati yordam berdi. Bu mashq diqqatni va ayniqsa, Listening uchun muhim bo‘lgan – eshitilgan ma’lumotni tez aniqlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Imtihonda audioyozuv faqat bir marta eshittiriladi, shu bois nafaqat umumiy ma’noni tushunish, balki aniq detallar – (raqamlar, manzillar, familiyalar)ni ilg‘ab olish kerak. Listening qismida “ikkinchi imkoniyat” yo‘q: javobni to‘g‘rilab bo‘lmaydi.
Muntazam mashqlar miyaga inglizcha nutqni avtomatik ravishda “tutib olish”ga yordam beradi. Buning uchun qisqa videolar, podkastlar yoki yangiliklar mos keladi — asosiysi, doim qo‘lda ruchka bilan tinglash. Muhim so‘zlar, sanalar va ismlarni yozib qo‘yish, so‘ngra subtitrlar orqali tekshirish mumkin.
Reading – o‘qish
Bu qismda nafaqat butun matnni tushunish, balki kerakli ma’lumotni tez topish muhim. Topshiriqlar ma’noni tushunishdan ko‘ra, vaqt bosimi ostida matn bilan ishlash, kalit so‘zlarni ajratish, detallarga e’tibor berish va ularni savollar bilan solishtirish qobiliyatini tekshiradi.
Eng keng tarqalgan xatolardan biri, har bir jumlani tarjima qilishga urinish. Bu vaqtni oladi va matn strukturasini ko‘rishga xalaqit beradi.
Maslahatlar:
“Skanerlash” usulidan foydalaning: har bir jumlani tushunishga harakat qilmang, matndan savolga mos keladigan kalit so‘z, sana, ism va terminlarni izlang. Bu kerakli parchani topish va vaqtni tejashga yordam beradi.
Vaqtni taqsimlang. Har bir topshiriqqa taxminan 20 daqiqa beriladi. Qiyin savollarda turib qolmang: ularni o‘tkazib yuboring va oxirida qayting. Asosiysi, ayrimlarida ikkilansangiz ham barcha 40ta savolga javob berish.
Topshiriq turlarini o‘rganing. IELTS da True/False/Not Given, Matching Headings, Gap Fill va boshqa formatlar uchraydi. Ularning mantig‘ini tushunish strategiyani oldindan tanlashga: javobni qayerdan izlash, qancha ma’lumot kerakligi va o‘xshash javoblarda chalg‘ib qolmaslikka yordam beradi.
Cambridge English — IELTS testlari turkumi
IELTS o‘qish qismidagi topshiriq namunasi
Writing — yozish
Ko‘pchilik uchun imtihonning eng qiyin qismi. Bu yerda nafaqat bexato yozish, balki matnning mantiqiy va ishonchli tuzilishi ham muhim.
Maslahatlar:
Esse tuzilishini o‘rganing. Introduction – Body – Conclusion shablonini avvaldan o‘rganing. Birinchi abzatsda mavzu va pozitsiyani belgilang, asosiyda misollar bilan ikkita argument keltiring, xulosada esa natijani qisqacha bayon eting. Aniq tuzilma imtihon oluvchiga matn mantig‘ini ko‘rishga yordam beradi.
Grammatika va ifodalarga e’tibor bering. Gap tuzish, artikl va zamonlardagi xatolar ballni pasaytiradi. Murakkab konstruksiyaga ishonchingiz to‘liq bo‘lmasa, soddaroq yozing. IELTS “iboralarning chiroyli” yozilishini emas, aniqligini baholaydi.
Vaqtni taqsimlashni mashq qiling. Task 1 (diagramma yoki xatni ifodalash)ga 20 daqiqa, Task 2 (esse)ga — 40 daqiqa beriladi. Imtihonda nafaqat yozish, balki mayda xatolarni to‘g‘rilash uchun matnni qayta o‘qib chiqish ham muhim.
O‘z tajribamdan:
Men har kuni taymerni 40 daqiqaga qo‘yib bittadan esse yozardim. Bu cheklangan vaqtga ko‘nikish va avtomatizmga o‘rgatdi: mavzuni ko‘rishing bilan darhol uning tuzilishi va argumentlar haqida o‘ylaysan.
Writing qismi bo‘yicha gid
IELTS Writing qismi bo‘yicha ikkinchi topshiriq namunasi
Speaking — so‘zlashish
Intervyu 10–15 daqiqa davom etadi va uch bosqichdan iborat: o‘zingiz haqingizda qisqa savollar, kartochka bo‘yicha monolog va abstrakt mavzuda dialog. Imtihon oluvchi ideal talaffuzni emas, balki so‘zlash tezligi, mantiq va turli grammatik shakllarni qo‘llash ko‘nikmasini baholaydi.
Maslahatlar:
Ishonchli, lekin shoshmasdan gapiring. Imtihon oluvchi sizning tez gapirishingizni baholamaydi, muhimi, javoblar mantiqiy va uzun pauzalarsiz bo‘lishi kerak.
Pauza qilish — xato emas. “Eee” yoki “you know”dan ko‘ra qisqa pauzalar yaxshiroq.
Sodda, lekin aniq ifodalardan foydalaning. So‘z boyligingizni ko‘rsatishga harakat qiling, lekin gaplarni haddan tashqari murakkablashtirmang. Murakkab, lekin xato gapirgandan ko‘ra oddiy va to‘g‘ri gapirgan yaxshi.
O‘z tajribamdan:
Speaking qismida menga fotosuratlar to‘g‘risida savol tushdi: oxirgi marta qachon suratga tushdim, kim suratga oldi va qanday sabab bilan? Men Past – Present – Future strategiyasini qo‘lladim: dastlab bu qachon va qayerda bo‘lganini, keyin hozirda bu fotosuratlarga qanday yondashishimni va ular men uchun nega muhimligini aytdim.
Bu usul mantiqiy javob tuzish, fikrni yo‘qotmaslik va turli grammatik shakllarni egallaganlikni ko‘rsatishda yordam beradi. Uni har qanday mavzu — “sevimli joyingiz”dan tortib “siz hayotda usiz yasholmaydigan narsa”gacha qo‘llash mumkin.
Speaking uchun kartochkalar namunasi
Qanday qilib samarali tayyorlanish mumkin?
IELTS ga tayyorgarlik faqat ingliz tilini o‘rganish emas, balki strategiya mashg‘uloti hamdir. Imtihon oluvchi nafaqat bilimni, balki topshiriqlarni formatga muvofiq hal qilishni ham baholaydi, shu sababli jarayonga tizimli yondashish va mashg‘ulotlar jadvalini tuzish muhim.
Maslahatlar:
Sinov testdan boshlang. Bu sizning hozirgi darajangizni aniqlash va qaysi qismlar ko‘proq e’tibor talab qilayotganini ko‘rsatishga yordam beradi. Bepul sinov testidan IELTS.org yoki British Council saytida o‘tish mumkin — formati haqiqiy testga to‘liq mos keladi.
Maqsadni aniqlang. O‘qish uchun 6.5 va immigratsiya uchun 7.0 ball o‘rtasidagi farq kichikka o‘xshaydi, lekin amalda bu qo‘shimcha soatlarni talab qiladi. Maqsad mos kurs, ustoz va mashg‘ulotlar sur’atini tanlashga yordam beradi.
Tayyorgarlik kundaligini yuriting. Qanday topshiriqlar qiyinchilik tug‘dirishini yozib boring va o‘sishni qayd eting. Kundalikni ko‘rib chiqish orqali qanday xatolar qayta takrorlanayotganini aniqlash mumkin – bu natijaga erishishni tezlashtiradi.
Onlayn-resurslardan foydalaning. YouTube da sobiq imtihon oluvchilar tushunchalar va real misollar bergan ko‘plab bepul kanallar mavjud. IELTS Liz, E2 English, AcademicEnglishHelp dan foydalaning, ularda har bir qism bo‘yicha amaliy videolar bor.
Agar budjetingiz ko‘tarsa, o‘qituvchi toping. U darajangiz Intermediate dan yuqori bo‘lganida tipik xatolarning oldini olish va strategiyani to‘g‘rilashga yordam beradi.
O‘z tajribamdan
Men tayyorgarlikni ikki oycha oldin boshladim. Birinchi haftada kuniga bir soatdan shug‘ullandim, keyin uch soatga oshirdim. Bir oydan keyin nafaqat so‘zlarni, balki topshiriq formatini: qismlar o‘rtasida qanday o‘tish, kerakli ma’lumotni qanday izlash va vaqtni qanday taqsimlashni ham tushuna boshlaganimni sezdim.
Imtihon strukturasi bilan tanishganingizda ingliz tili boshqacha, darsdagidek emas, balki barchasi mantiqqa va tafsilotlarga bo‘ysungan tizim sifatida qabul qila boshlaysiz.
Natijalar qachon chiqadi va sertifikatni qanday olish mumkin?
Imtihondan keyin natijalar chiqishini hayajon bilan kuta boshlaysiz. Yaxshi xabar: O‘zbekistonda sertifikat olish jarayoni yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Tekshirish muddatlari
Tezlik tanlangan imtihon formatiga bog‘liq:
IELTS on computer — natijalar 3–5 kundan so‘ng chiqadi
IELTS on paper — tekshiruv 13 kalendar kunni tashkil etadi
Holatni quyidagi rasmiy saytlarda ko‘rish mumkin:
Muhim:
Saytlar ba’zida tunda yangilanishi mumkin, natijalar kun davomida e’lon qilinadi.
Qog‘oz sertifikatini qanday olish mumkin?
IELTS qog‘oz sertifikati (Test Report Form, TRF) imtihon topshirilgan markazda beriladi.
IDP Uzbekistan — sertifikatni ofisda shaxsan olish mumkin
British Council Uzbekistan — markazda yoki pochta orqali olish mumkin
O‘z tajribamdan:
Men IDP Uzbekistan markazida IELTS (on paper) topshirdim. Imtihondan 13 kun o‘tgach, natijalar tayyor bo‘lgani haqida elektron pochtamga xat va SMS xabarnoma keldi. Maktubda barcha qismlar bo‘yicha natijalarni tekshirish uchun rasmiy saytga havola bor edi. Mening umumiy natijam 7.0 ballga teng bo‘ldi.
Natijalar e’lon qilinganining ertasi kuni IDP ofisida qog‘oz sertifikatni oldim. Sertifikatni olish uchun pasport bilan shaxsan borish lozim, jarayonga besh daqiqadan kamroq vaqt ketadi.
Sertifikatning amal qilish muddati
IELTS sertifikati imtihon sanasidan boshlab 2 yil davomida amal qiladi. Ushbu muddat tugagach, sertifikat uzaytirilmaydi — qayta imtihon topshirish talab etiladi.
Natijaga rozi bo‘lmasangiz nima qilish kerak?
Ba’zida qatnashchilar o‘z ballari, ayniqsa Writing yoki Speaking qismlarida pasaytirilgan degan fikrda bo‘lishadi. Bunday hollarda baholashni qayta ko‘rib chiqish — Enquiry on Resuls (EOR) uchun so‘rov yuborish mumkin.
Bu qanday ishlaydi:
Ariza IDP Uzbekistan yoki British Council orqali onlayn yoki imtihon markazida beriladi.
Qayta tekshiruv ushbu markazga aloqasi bo‘lmagan mustaqil imtihon oluvchi tomonidan o‘tkaziladi.
Agar baho haqiqatan o‘zgarsa, to‘langan mablag‘ qaytarib beriladi.
Arizani ko‘rib chiqish ariza berilgan vaqtdan boshlab olti haftagacha muddatni tashkil qiladi.
Maslahat:
Apellyatsiya berishdan oldin xato ehtimolini diqqat bilan baholang. Agar faqat bitta qism shubha tug‘dirayotgan bo‘lsa va farq kichik – atigi 0,5 ball atrofida bo‘lsa, natijani oshirish imkoniyati bor, lekin bunga aniq kafolat yo‘q.
the Enquiry on Resuls Request Form.
O‘zbekistonda IELTSga tayyorgarlik ko‘rish va imtihon topshirish uchun necha pul ketadi?
Imtihon formati va sanasini tanlanganidan so‘ng asosiy — tayyorgarlik va imtihon uchun qancha pul ketishi haqidagi savol paydo bo‘ladi.
Shuni alohida e’tiborga olish lozimki, oddiy ingliz tili kurslari IELTS maxsus tayyorgarlik kurslaridan arzonroq, chunki ular imtihon formatiga emas, umumiy til o‘rgatishga mo‘ljallangan.
Yakun
Repetitor va kurslar narxi o‘qituvchining darajasi, mashg‘ulotlar soni va hududga bog‘liq. Kursni tanlashdan oldin takliflarni solishtirish va narxlarni til markazining o‘zida aniqlab olish kerak. Mustaqil tayyorlanish va imtihon topshirish uchun kamida 3 mln so‘m ketadi, repetitor bilan to‘liq dastur esa 12 mln so‘mgacha tushadi. Lekin eng qimmat kurslar ham yuqori natijani kafolatlamaydi. Barchasini muntazam mashg‘ulotlar, shaxsiy motivatsiya va amaliyot uchun qancha vaqt sarflanishi hal qiladi. Repetitor yo‘nalish berishi mumkin, lekin asosiy ish sizning zimmangizda bo‘ladi.
Agar natija kutilganidek bo‘lmasa, imtihonni qayta topshirish mumkin. Xar bir yangi tajriba formatni tushunish va ballni oshirishga yordam beradi.
Nimalarni yodda tutish kerak?
IELTS ni IDP yoki British Council Uzbekistan orqali topshirish mumkin
Sertifikat 2 yil amal qiladi
Format: Academic — o‘qish uchun, General — ishlash va immigratsiya uchun
7.0 va undan yuqori ball —my.gov.uz orqali xarajatlarni qaytarish imkonini beradi
Natijalarni tekshirish: on computer — 3–5 kun, on paper — 13 kun
Sertifikat markazda beriladi yoki pochta orqali yuboriladi
Tayyorgarlik=strategiya: yodlamang, balki vazifalarni format bo‘yicha yechishni o‘rganing
Qayta topshirishdan qo‘rqmang — ikkinchi urinishdayoq o‘sish ko‘zga tashlanadi
Jamiyat
Prezident 7 milliy dastur haqida e’lon qildi
Prezident o‘z nutqida 7 milliy dastur haqida e’lon qildi.
Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi.
Bolalarning 6 yoshli tayyorlov guruhlariga qamrov qisqa muddatda 100 foizga olib chiqiladi. Xususiy bog‘cha tashkil qilish bo‘yicha mavjud imtiyozlar saqlab qolinadi.
Barcha maktablar xalqaro baholash dasturlari bilan to‘liq qamrab olinadi.
Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlarini joriy etiladi. Ularda yoshlarimizni yuqori daromadli kasblarga o‘qitishni yo‘lga qo‘yib, qamrovni 1 millionga yetkaziladi. Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmaydi.
Ikkinchi milliy dastur xalqimizning sog‘lom bo‘lishi va uzoq umr ko‘rishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shu maqsadda aholi salomatligi bilan bog‘liq davlat xarajatlarini kelgusi besh yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5 foizga yetkaziladi.
Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tiladi. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi
Ixtisoslashgan tibbiyotda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida dunyoning eng nufuzli kamida 5 ta klinikasi olib kelinadi.
Uchinchi milliy dastur – iqtisodiyotimizni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga o‘tkazish.
Buning uchun kelgusi o‘n yilda 450 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinadi. Iqtisodiyotda yuqori o‘sish sur’atini saqlagan holda, 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi, sanoatda 2 millionta yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi.
Yoshlarimizning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishda startap, venchur va sun’iy intellektni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishga aylanadi.
Shuningdek, kichik biznes – o‘rta biznesga, o‘rta korxonalar esa yirik kompaniya va korporatsiyalarga aylanishi uchun yaxlit ekotizimni yo‘lga qo‘yamiz. Bularning hisobiga kelgusi o‘n yilda jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 10 ming dollarlik marradan oshadi.
Global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va ekologiya masalalari yanada dolzarb bo‘lib bormoqda.
Shu bois, to‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi.
Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalar qamrovini 100 foizga olib chiqiladi. Bu – umummilliy marraga aylanadi.
Adolat qaror topgan joyda iqtisodiy o‘sish ham, ijtimoiy ishonch ham yuksaladi.
Bu borada beshinchi milliy dastur – sud mustaqilligini kuchaytirish va qonun ustuvorligini ta’minlashni umumiy qadriyatga aylantirishdan iborat.
“Buning uchun huquqiy tarbiyani maktabdan boshlab aniq tizim asosida yo‘lga qo‘yamiz. Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz. Kiberjinoyatchilik, giyohvandlik va odam savdosining oldini olish bo‘yicha choralarni yanada kuchaytiramiz.
“Yashirin iqtisodiyot”, uyushgan jinoyatchilik, ayollar va bolalar huquqini kamsitishga qarshi kurashni yangi bosqichga ko‘taramiz.
Odamlarimizning kayfiyati, oilalarning farovonligi, yoshlarning orzu-istagi, tadbirkorlarning tashabbuskorligi, eng avvalo, mahallada namoyon bo‘ladi.
Shuning uchun oltinchi milliy dastur mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirishga yo‘naltiriladi.
Endi davlat dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yondashuv butkul o‘zgaradi. Tuman budjeti, investitsiya dasturi hamda infratuzilma loyihalari mahalla buyurtmasi asosida ishlab chiqiladi. Bunda fuqarolarning talab va ehtiyoji, mahallaning farovonligi – eng asosiy mezon sifatida belgilanadi”, dedi Prezident.
Yettinchi milliy dastur – O‘zbekistonning tinchlik va do‘stlik diyori, bag‘rikeng o‘lka sifatidagi nufuzini har tomonlama yuksaltirishdan iborat.
Bizning ochiq, pragmatik va tinchlikparvar siyosatimiz uzoq muddatli taraqqiyotimizni ta’minlashga qaratilgan.
Jamiyat
Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi!
Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqi, bayram ssenariysi va sahnadagi chiqishlarga foydalanuvchilardan juda katta, samimiy va kuchli reaksiya bo‘ldi.
Izohlarni o‘qib, bir narsa yaqqol ko‘rinadi: odamlar bayramni shunchaki tomosha qilmagan — his qilgan.
“Juda zo‘r!”, “Boshqacha bo‘ldi!”, “Ta’sirli!”, “Gap yo‘q!”, “Sahnadagi energiya va jonli ijro odamni lol qoldirdi, haqiqiy bayram kayfiyati!”, “Harbiylarning safdagi kelishgan va qat’iy qadamlari qalbimizni g‘ururga to‘ldiradi”, “Juda go‘zal bayram, betakror bayram”… — ijtimoiy tarmoqlardagi minglab fikrlarda bir xil kayfiyat.
Ayniqsa, Prezident nutqidagi fikrlar alohida muhokama qilindi. Vatan tarixi, bugungi islohotlar va kelajakka ishonch uyg‘unlashgan nutq ko‘pchilikda kuchli taassurot qoldirdi.
Bu yilgi Mustaqillik bayrami sahnada o‘zgacha bo‘ldi — ijtimoiy tarmoqlardagi reaksiya esa bundan ham kuchli!
Bu shunchaki izohlar emas. Bu — xalqning bayramga bo‘lgan kayfiyati.
Jamiyat
BYD CHAZOR UzPride – O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan maxsus taklif
BYD Central Asia mahalliy ishlab chiqarilayotgan BYD CHAZOR UzPride modelining rasmiy sotuvi boshlanganini e’lon qiladi. Mahalliylashtirish darajasi yuqori bo‘lgani tufayli 55 KM Luxe jamlanmasi 255 900 000 so‘m narxda taklif etilmoqda.
Modelning nomi uning mazmun-mohiyatini aks ettiradi: brend mahalliy bozorda izchil rivojlanib, texnik mutaxassislarni tayyorlash va mamlakat avtomobilsozlik sanoatini zamonaviylashtirishga ko‘maklashmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalarni aholining tobora keng qatlamlari uchun qulay va hamyonbop qilmoqda. Shu sababli yangi talqin O‘zbekiston va uning xalqiga chuqur hurmat ramzi sifatida UzPride nomini oldi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xaridorlar uchun maxsus moliyalashtirish dasturi tayyorlandi:
– boshlang‘ich to‘lov – 35%;
– bo‘lib to‘lash muddati – 35 oy;
– foiz stavkasi – 0%;
– moliyalashtirishni rasmiylashtirish – faqat OFB hamkor banki orqali.
Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan moliyalashtirish dasturi shartlari 2026 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha amal qiladi.
Dastur shartlari qutlug‘ sana bilan ramziy tarzda uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, yangi supergibrid sedanni O‘zbekiston bo‘ylab xaridorlar uchun yanada qulayroq shartlarda sotib olish imkonini beradi.
BYD CHAZOR UzPride haqida
BYD CHAZOR UzPride DM-i supergibrid tizimi bilan jihozlangan. Unda elektr yuritmaning afzalliklari 1,5 litr hajmli yuqori samarali benzin dvigatelining imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirilgan.
132 kVt quvvatga ega elektr dvigatelining eng yuqori burovchi kuchi 316 N·m ni tashkil etadi. Avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka 7,9 soniyada chiqadi. NEDC o‘lchov tartibi bo‘yicha faqat elektr quvvatida yurish masofasi 55 kilometrgacha yetadi. Akkumulyator quvvati past bo‘lganda yoqilg‘i sarfining eng kam ko‘rsatkichi 100 kilometrga 3,8 litrni tashkil etadi.
55 KM Luxe jamlanmasiga aylantiriladigan 12,8 dyuymli multimedia ekrani, 8,8 dyuymli displeyga ega raqamli ko‘rsatkichlar paneli, o‘zbek tilidagi aqlli ovozli boshqaruv tizimi, 4G va Bluetooth ulanishi, shuningdek, OTA orqali masofadan yangilash imkoniyati kiradi.
Haydovchiga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida avtomobil kalitsiz kirish tizimi, NFC-karta, masofadan ishga tushirish, o‘rindiqni elektr yordamida sozlash, elektr yuritmali tom tuynugi hamda orqa o‘rindiq yo‘lovchilari uchun havo yo‘naltirgichlarga ega iqlim tizimi bilan jihozlangan.
360° atrofni ko‘rsatuvchi panoramali HD-kamera hamda old va orqa to‘xtash datchiklari avtomobilni boshqarish va tor joylarda harakatlanishni osonlashtiradi.
Xavfsizlik tizimlari qatoriga tezlikni bir maromda saqlash tizimi, yo‘nalish barqarorligini nazorat qilish, g‘ildiraklarning sirpanishiga qarshi tizim, shinalardagi bosimni kuzatish, qiyalikda harakatni boshlashga ko‘maklashish, avtomobilni avtomatik ushlab turish, old va yon xavfsizlik yostiqchalari, shuningdek, parda turidagi xavfsizlik yostiqchalari kiradi.
BYD CHAZOR UzPride modelining mahalliy ishlab chiqarilishi yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi zamonaviy avtomobillar tanlovini kengaytiradi hamda mamlakat avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
BYD Central Asia kompaniyasining mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan dasturi – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi avtomobil boshqaruvida kutib olish uchun ajoyib imkoniyatdir.
*Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan moliyalashtirish dasturi 2026 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha, 1 sentyabr kuni ham, amal qiladi. Dastur doirasidagi moliyalashtirish faqat OFB hamkor banki orqali rasmiylashtiriladi. Dastur bo‘yicha taklif etiladigan avtomobillar soni cheklangan. Texnik ko‘rsatkichlar ma’lumot berish maqsadida keltirilgan bo‘lib, yo‘l va ob-havo sharoiti, avtomobilning yuklanish darajasi hamda haydash uslubiga qarab farq qilishi mumkin. Avtomobilni sotib olish shartlari va jamlanmasi haqidagi batafsil ma’lumotni BYD kompaniyasining rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin.
BYD kompaniyasining O‘zbekistondagi aloqa ma’lumotlari
Rasmiy ishonch telefoni: 1811
Rasmiy veb-sayt: bydauto.uz
Instagram: @bydauto.uz
Telegram: t.me/bydautouz
Jamiyat
Yangi o‘quv yilida 806 mingdan ziyod 6 yoshli bola maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olinadi
E-qaror tizimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorlash va bolalarni qabul qilish jarayonini samarali tashkil etishga oid buyrug‘i e’lon qilindi. Hujjatning ilovalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 18-avgustdagi 299-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
Hujjatga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilida respublika bo‘yicha 811 ming 586 nafar 6 yoshli bola hisobga olingan. Ularning 806 ming 290 nafarini maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olish rejalashtirilgan. Natijada qamrov darajasi 99,3 foizga yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda.
Maktabga tayyorlov guruhlari bilan qamrab olinmagan 6 yoshli bolalar uchun 485 ta bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhi tashkil etiladi. Ularda jami 13 ming 104 nafar bolani qamrab olish rejalashtirilgan.
Shundan:
— umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 413 ta guruh tashkil etilib, 11 ming 163 nafar bola;
— davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 65 ta guruh ochilib, 1 ming 766 nafar bola;
— boshqa mos binolarda 7 ta guruh tashkil qilinib, 175 nafar bola qamrab olinadi.
Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, avval hududlardagi 6 yoshli bolalar xatlovdan o‘tkaziladi. Xatlov natijasida tayyorlov bilan qamrab olinmagan bolalar mavjud bo‘sh guruh va o‘rinlarga joylashtiriladi.
Shundan keyin ham qamrovdan tashqarida qolgan bolalar uchun umumta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, «Kelajak markazlari» va boshqa obyektlarning bo‘sh xonalarida yangi tayyorlov guruhlari tashkil etiladi. Ularni sentyabr–oktyabr oylarida ishga tushirish belgilangan.
Jamiyat
Qonunchilikdagi noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi
Prezident farmonida tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan «tadbirkorlik subyektining haqlilik prezumpsiyasi» belgilandi.
Unga ko‘ra, davlat organi tomonidan aksi isbotlanmaguncha tadbirkorlik subyekti va uning mansabdor shaxsi qonunchilikka muvofiq harakat qilgan hamda o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan deb hisoblanadi.
Sudda tadbirkorga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi qo‘llash uchun uning asosli, qonuniy va mutanosib ekanini, shuningdek, huquqbuzarlik faktini isbotlash majburiyati davlat organiga yuklanadi.
Qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar, noaniqlik va tushunmovchiliklar, shuningdek, dalillar yetarli emasligi tufayli yuzaga keladigan shubhalar tadbirkorlik subyekti foydasiga talqin qilinadi.
-
Siyosat3 days ago
Шавкат Мирзиёев Бишкекда кутиб олинди
-
Mahalliy3 days ago
«Enamdan qolgan dalalar» (Esse)
-
Siyosat5 days ago
Saida Mirziyoyeva Pekinda Va I bilan muloqot o‘tkazdi
-
Jamiyat5 days ago
Qonunchilikdagi noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi
-
Jamiyat4 days ago
BYD CHAZOR UzPride – O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan maxsus taklif
-
Jamiyat3 days ago
Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi!
-
Sport4 days ago
«Beradigan boshqa narsam qolmadi» — Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
-
Iqtisodiyot2 days agoPrezidentning bojxona xizmatiga oid farmoni qabul qilindi
