Iqtisodiyot
Zargarlik sohasidagi tadbirkorlar yanada qo‘llab-quvvatlanadi
“Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarordan ko‘zlangan maqsad, zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga har tomonlama ko‘maklashish hamda aholining yuqori sifatli mahalliy zargarlik buyumlariga bo‘lgan talabini qondirish etib belgilandi.
O‘zbekiston prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi PQ–452-son qarorining 2-bandiga muvofiq qimmatbaho metallarni birja savdolari hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali sotishda beriladigan chegirmalarning amal qilish muddati 2029 yil 1 fevralga qadar uzaytirildi.
2026 yil 1 fevraldan boshlab chegirmalardan foydalanadigan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlarining ro‘yxatini shakllantirishda quyidagi qo‘shimcha mezonlar inobatga olinadi:
▪️ yaratilgan yangi ish o‘rinlariga ishga qabul qilingan zargarlar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzilgani va ularga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining to‘rt baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblangani hamda ushbu holat soliq organlari tomonidan tasdiqlangani;
▪️ zargarlik markazlarida kamida bir oy davomida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’yekti bo‘lishi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi
Markaziy bank 2026-yil 27-apreldan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 4,52 so‘mga oshib, 12 020,48 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 3,13 so‘mga tushdi va 14 048,33 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 207,21 so‘m bo‘ldi (-15,54).
Rossiya rubli 158,77 so‘m etib belgilandi (-1,53).
Iqtisodiyot
Ilk bor 2,4 mlrd dollarlik davlat aktivlarining 30 foizi xalqaro bozorga chiqadi – Prezident
Bugun, 24-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida iqtisodiy ko‘rsatkichlar va yangi tashabbuslar muhokama qilinmoqda.
Davlat rahbariga ko‘ra, may oyida 2 milliard 400 million dollarlik davlat aktivlarining 30 foizi ilk bor xalqaro fond bozorlariga chiqariladi.
«Bu Milliy investitsiya jamg‘armasini tashkil qilib, 13 ta strategik korxona boshqaruvini nufuzli «Franklin Templeton» kompaniyasiga berganimiz uchun bo‘lyapti», – dedi Prezident.
Yig‘ilishda birinchi chorak natijalari ham ma’lum qilindi. YaIM 8,7 foizga, sanoat 8 foizga, xizmatlar 16,1 foizga o‘sgan. Eksport hajmi 5,8 milliard dollarga, xorijiy investitsiyalar 13,7 milliard dollarga yetgan. Inflyasiya esa yillik hisobda ilk bor 7,1 foizgacha pasaygan.
Shu bilan birga, budjet daromadlari 35 foizga o‘sib, 103 trillion so‘mni tashkil etgan. Mahalliy budjetlarda qo‘shimcha 2,2 trillion so‘m shakllangan bo‘lib, uning 1,4 trillioni tuman va shaharlar ixtiyorida qolgan.
Prezident so‘zlariga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyoti xalqaro darajada ham ijobiy baholanmoqda. Xususan, Xalqaro valyuta jamg‘armasi hisobotida O‘zbekiston yuqori iqtisodiy faollik orqali barqaror o‘sishni saqlab qolayotgani qayd etilgan.
Shuningdek, mamlakat ilk bor «Iqtisodiy erkinlik indeksi»da «iqtisodiyoti mo‘tadil erkin» davlatlar qatoriga kirdi. Prezident ayrim sohalarda samaradorlik pastligini tanqid qilib, «ayrimlar hali ham uyg‘onmagan»ini ta’kidladi.
Iqtisodiyot
Birinchi chorakda O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari 13 foizga oshdi
2026 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qariyb 3,8 mlrd dollar pul o‘tkazmalari amalga oshirildi. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 1 mlrd 283 mln dollarga yoki 52,2 foizga, 2025 yilning mos davriga nisbatan esa 433 mln dollarga yoki 13 foizga ko‘p. O‘z navbatida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali O‘zbekistondan 604 mln dollar chiqib ketgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 39 mln dollarga kam.
Foto: Patrick T. Fallon / Bloomberg
2026 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 3,79 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Xususan, o‘tkazmalar miqdori joriy yilning dastlabki 3 oyida quyidagicha bo‘lgan:
yanvar: 1,23 mlrd dollar;
fevral: 1,23 mlrd dollar;
mart: 1,33 mlrd dollar.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari miqdori 2024 yilning mos davriga nisbatan 1 mlrd 283 mln dollarga yoki 52,2 foizga, 2025 yilning mos davriga nisbatan esa 433 mln dollarga yoki 13 foizga ko‘p.
O‘z navbatida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali O‘zbekistondan 604 mln dollar chiqib ketgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 39 mln dollarga kam.
«Xorijiy valutaga bo‘lgan taklifning ortishi asosan eksport tushumlari, banklar tomonidan jalb qilingan tashqi qarzlar va xalqaro pul o‘tkazmalari hissasiga to‘g‘ri keldi. Ayniqsa, aholi tomonidan valuta sotuvining yuqori sur’atlarda o‘sishi bozorda qo‘shimcha taklif bo‘lib xizmat qildi», deyiladi Markaziy bank sharhida.
2017-2025 yillar oralig‘ida O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari dinamikasining o‘zgarishi:
2020-2025 yillar oralig‘ida mamlakatga yuborilgan o‘tkazmalar miqdori 3 barobarga, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 8,6 foizdan 12,8 foizgacha ko‘paydi.
Iqtisodiyot
Yevroittifoq O‘zbekistonning ikkita korxonasiga sanksiya kiritdi
O‘zbekistonning paxta sellyulozasi ishlab chiqaruvchi ikkita kompaniyasi: Farg‘ona kimyo zavodi va Jizzaxdagi Raw Materials Cellulose korxonasi Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketiga kiritildi.
Foto: REUTERS/Yves Herman
Bu ikki korxona Rossiya harbiy sanoati uchun paxta sellyulozasi yetkazib berganlikda gumon qilingan.
Sanksiya izohida keltirilishicha, Farg‘ona Kimyo Zavodi – Perm va Qozondagi porox zavodlarini, Raw Materials Cellulose esa Tambovdagi porox zavodini xomashyo bilan ta’minlagan.
Bu korxonalarga Yevropa Ittifoqi sub’yektlari tomonidan mablag‘ va iqtisodiy resurslar ajratish taqiqlangan. YeI yurisdiksiyasida aktivlari bo‘lgan taqdirda, ular muzlatiladi.
Ushbu ikki korxona, shuningdek, “Mercury Renaissance” MChJga o‘tgan yili Ukraina ham sanksiya qo‘llagan edi.
Farg‘ona kimyo zavodi – 2012 yilda tashkil etilgan. Ta’sischisi – Mercury Renaissance. Bu korxonaga 2023 yilda Rustam Rahimjonovich Mo‘minov (60%) va Gluxov Mixail Aleksandrovich (40%) egalik qilgan, keyinroq Gluxovning ulushi Shahriyor Saxiyorovich Tojiyevga, Mo‘minovning ulushi esa Olga Yurevna Shagiyevaga o‘tgan.
Shahriyor Tojiyev 2022 yilda tugatilgan Qwerty Up’da ulushdor bo‘lgan. Olga Shagiyeva esa Aloqainvest, Breegs, Atrium Tashkent, Geo Profi Mombasa Finance, Aloqa Klimkontrol, Visata Group, Fortress Invest, Pod Klyuch, Professional Legion va boshqa firmalarda ham ulushlarga ega.
Raw Materials Cellulose – 2017 yilda Jizzax shahrida ro‘yxatga olingan. 2024 yil yanvar holatiga, korxona yagona ta’sischi Larisa Mixaylovna Utkina egaligida bo‘lgan. Keyinroq uning ulushi 76 foizgacha qisqarib, Larisa Rahimjonova Bikova 24 foizlik ulushdorga aylangan. Bugungi kunda ta’sischilar tarkibi quyidagicha: Larisa Rahimjonovna Bikova (25,1%), Bobur Lutfullayevich Qobulniyozov (24,97%), Azamjon Nurillayevich Valixonov (24,97%), Ma’murjon Mahmudjon o‘g‘li Alimov (24,96%).
Larisa Bikova – Aloqa Klimkontrol va Vinder Invest’da, Mahmudjon Alimov – Velcor va Voltria’da, Bobur Qobulniyozov – Business Standart, Complex Technical Centre Asia va Fiber Expo kompaniyalarida hissadorlar qatorida turadi.
Azamjon Valixonov esa Chirchiq transformator zavodi, “O‘zbekkimyomash” zavodi, Quytosh koni, Universal Rent Tashkent, Maxwell Service, Glory Project, Fiber Expo va boshqa korxonalarda ulushdor sifatida ko‘rsatilgan.
Iqtisodiyot
Ikki oyda xorijga 466,6 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari sotildi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2026-yilning yanvar-fevral oylarida xorijga 466,6 mln AQSh dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilgan.
Ushbu ko‘rsatkich umumiy eksportning 13,2 foizini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,5 foizga oshgan.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibi quyidagicha:
Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari — 52 foiz
Ip-kalava — 30 foiz
Trikotaj mato — 8 foiz
Gazlamalar — 7 foiz
Paypoq mahsulotlari — 2 foiz
Gilamlar — 1 foiz
-
Jamiyat5 days ago
Самарқандда МЧЖ раҳбарларининг кирдикорлари ошкор бўлди: тафсилотлар
-
Siyosat3 days agoSaida Mirziyoyeva xalqaro forumda Prezident murojaatini o‘qib eshittirdi
-
Dunyodan4 days agoEron Hurmuz boʻgʻozini bloklagani sababli muzokaralarni rad etmoqda
-
Siyosat4 days ago“Oʻzbekneftgaz” va Xitoyning CNPC hamkori uglevodorodlarning oʻta chuqur zahiralarini oʻrganish boʻyicha
-
Siyosat4 days agoSamarqandda narkotiklarning transmilliy tahdidlariga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda
-
Siyosat3 days agoHukumat mehnat muhojirlariga til oʻrgatish va malaka olish xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlashi kerak
-
Siyosat3 days agoPrezident Shavkat Mirziyoyev JSST bosh direktorini qabul qildi
-
Siyosat4 days agoGiyohvand moddalar savdosini moliyaviy tomirlarni kesish orqali to’xtatish mumkin.
