Connect with us

Iqtisodiyot

Men payme’da bir sirni topdim va endi oyiga deyarli 100 ming tejayapman

Published

on


Maoshim barqaror bo‘lishiga qaramay, baribir pul doim yetmaydigandek tuyuladi. Har oy o‘tkazmalar, musiqa va kino obunalari uchun o‘n minglab pul ketardi. Ularni o‘chirib tashlab bo‘lmaydi, chunki butun oilamiz foydalanadi.

O‘zimda bir qancha kartalar, qarindoshlarimda ham boshqa bank kartalari mavjud. Hammasi bitta joyda bo‘lgani qulay, shu sababli komissiyalar yuqoriligiga qaramay payme’dan foydalanishda davom etdim. Hisob-kitobimga qaraganda, endi payme’ni asta-sekin “zarar ko‘rishga” majbur qilayotganga o‘xshayman. Bunga qanday erishganimni sizlarga gapirib beraman.

O‘tkazmalarga komissiya to‘lamayman

Har oy oilamga 3–4 mln so‘m o‘tkazaman: Samarqanddagi singlimga va shaxsiy xarajatlar uchun onamga. Bu o‘tkazmalar uchun odatda 40 ming so‘m atrofida komissiya ketar edi.

Shunda men payme plus obunasini uladim, chunki unda 5 mln so‘mgacha bo‘lgan o‘tkazmalarga komissiya yo‘q. Bu birinchi yoqimli sovg‘a bo‘ldi: hech narsani o‘zgartirmasdan, kamroq sarflash mumkin.

Oyiga ≈ 40 000 so‘m tejaladi

Servislar uchun alohida to‘lamayman

Oldin ikkita asosiy obunaga to‘lardim: Yandex Plus — butun oilamiz bilan film ko‘ramiz, musiqa tinglaymiz, kitob o‘qiymiz va ba’zan ovqat yoki taksi buyurtma qilamiz. Va Setanta Sport — futbol va boksni o‘zim miriqib tomosha qilaman.

Alohida sotib olsa, har biriga 16–17 ming so‘m, oyiga 33 minggacha ketardi.

payme plus’da esa bu ikki servis obuna ichiga kiritilgan, alohida to‘lash shart emas.

Oyiga ≈ 33 000 so‘m tejaladi.

Turli xaridlar uchun kamroq to‘layman

Qo‘shimchasiga, ilova orqali qilgan har qanday to‘lovimdan 1% keshbek olyapman. Bunga kommunal to‘lovlar, bog‘cha, mobil aloqa, chiptalar, do‘kondagi mahsulotlar kabi har oy to‘lanishi kerak bo‘lgan narsalar.

Men bunday to‘lovlar uchun oyiga 5 mln so‘mdan ortiq sarflayman. Shunda menga 50 ming atrofida keshbek qaytadi. Obuna narxi esa atigi 29 990.

Ya’ni, keshbek sabab obuna menga amalda bepulga tushyapti, hatto payme menga qo‘shimcha pul qaytaryapti.

Oyiga ≈ 50 000 − 29 900 = 20 100 so‘m tejaladi.

Xulosa: men payme’ga atigi 29 990 to‘layman, u esa menga oyiga ≈ 123 000 so‘m qaytaradi.

Hisoblashimcha:

≈ 40 000 so‘m — o‘tkazma komissiyalari uchun;

≈ 50 000 so‘m — keshbek sifatida;

≈ 33 000 so‘m — Yandex Plus va Setanta Sport obunalari uchun payme mening o‘rnimga to‘laydi.

Men esa payme plus uchun faqat 29 990 so‘m to‘layman. Natijada oyiga taxminan 93 000 so‘m, yiliga esa 1 mlndan ko‘proq so‘m tejayman.

Ehtimol, payme kompaniyasida iqtisod noto‘g‘ri hisoblangandir, chunki har bir foydalanuvchiga bunday xarajat ularga qanday foyda keltirishini tushunmayapman. Lekin hozircha shunday ishlayapti ekan — foydalanib qoling!

Sanjar Ibragimov, foydalanuvchi



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi

Published

on


Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.

2025 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61,23 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.

Oltinning fizik hajmi ketma-ket ikkinchi oy oshdi. Noyabrda u 310 ming troya unsiyaga (9,64 tonna) oshib, 12,23 million unsiyaga (380,4 tonna) yetdi.

Oltin zaxiralarining qiymati 3 milliard dollarga oshib, 50,86 milliard dollarga yetdi.

Zaxiralarning valuta qismi esa 1,1 milliard dollarga kamayib, 9,8 milliard dollarni tashkil etdi.

Qimmatli qog‘ozlar hajmi avvalgi oyga nisbatan 503,3 million dollarga ko‘payib, 1,53 milliard dollarni tashkil etdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlashga qariyb 17 trln so‘m sarfladi

Published

on


O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar uchun 10 oyda 16,5 trln so‘m sarflagan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 16,5 trln so‘mga yetdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 15,4 % ga oshgan. Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 2 % ni tashkil etgan.

Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi:

Toshkent shahri – 7,7 trln so‘m

Toshkent viloyati – 1,6 trln so‘m

Samarqand viloyati – 1,2 trln so‘m

Farg‘ona viloyati – 1,1 trln so‘m

Namangan viloyati – 747,7 mlrd so‘m

Andijon viloyati – 739 mlrd so‘m

Buxoro viloyati – 640,1 mlrd so‘m

Qashqadaryo viloyati – 612,8 mlrd so‘m

Xorazm viloyati – 557,8 mlrd so‘m

Surxondaryo viloyati – 416,8 mlrd so‘m

Jizzax viloyati – 398,8 mlrd so‘m

Sirdaryo viloyati – 293,1 mlrd so‘m

Qoraqalpog‘iston Resp. – 285,6 mlrd so‘m

Navoiy viloyati – 269 mlrd so‘m. 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda

Published

on


Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.

Jizzax viloyatida 2,5 million tonna volfram zaxirasiga ega Qo‘ytosh koni ishga tushish arafasida, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, xitoylik investorlar yil oxirigacha konni tozalash ishlarini tugallaydi. Kelasi yilda esa ruda qazib olish jarayonlari boshlanadi. 

Kon hududida volframni ajratib olish bo‘yicha zamonaviy qayta ishlash zavodi barpo etiladi.

Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.

Loyihaning birinchi bosqichida 100 nafarga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlanadi va yiliga 150 ming tonna ruda qazib olinadi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 61,23 mlrd dollarga yetdi

Published

on


O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari, 1-dekabr holatiga, 61,23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

Zaxiralar noyabrda 1,9 mlrd dollarga (+3,2 foiz) o‘sdi, yil boshidan esa 20 mlrd dollarga (+48,7 foiz) oshdi. Bu avvalo oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.

Qolaversa, Markaziy bank sotib olgan qimmatli qog‘ozlar qiymati ham sezilarli darajada oshgan — noyabrda 503 mln dollarga ko‘payib, $1,52 mlrdga yetgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklarni Koreyaga ishga jo‘natishga tayyorlaydigan maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi

Published

on


Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi. O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Koreyaga ishga jo‘natiladi.

Foto: Migratsiya agentligi

Janubiy Koreyaning “KIA Auto” kompaniyasi rahbariyati Migratsiya agentligida bo‘ldi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, 2026 yil boshidan Migratsiya agentligi tomonidan KIA AUTO standartlariga mos maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi. Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi.

O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar E-7 vizasi (malakali ishchi) bilan Koreyaga ishga joylashtiriladi. E-7 vizasining asosiy talabi — koreys tilini TOPIK 1 darajasida bilish.

“Koreya Adliya vazirligi 2025 yildan boshlab avtomobil kuzovini bo‘yash yo‘nalishiga xorijlik mutaxassislarni jalb qilishga ruxsat berdi. Shu vaqtga qadar faqat mahalliy aholi ishlagan. O‘zbekiston ushbu loyihaga birinchi bo‘lib jalb etilmoqda”, deyiladi Migratsiya agentligi xabarida.

KIA Auto — Koreyaning yetakchi avtomobillarga xizmat ko‘rsatish tarmog‘i bo‘lib, mamlakat bo‘ylab 600 ga yaqin servis markazi bor. Yiliga 1 milliondan ortiq avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatadi va malakali kadrlarga ehtiyoj yuqori.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.