Connect with us

Sport

«Bu qiyin emas» – Kannavaro Italiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini ehtimoli haqida

Published

on


U bir oy oldin kelganida hazil tariqasida ishlashga tayyorligini aytgani, bu esa chindan ham amalga oshgani, bu safar velosipedini ham olib kelgani, odamlar orasida ko‘proq bo‘lmoqchiligi haqida ham gapirgan. Shuningdek, rahbariyatdan Timur Kapadzeni murabbiylar shtabida olib qolishni shaxsan iltimos qilganini aytib o‘tgan.

O‘zbekiston milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish ehtimoli haqidagi savolga javoban Osiyo jamoalari saviyalari o‘sib borayotganini inobatga olgan holda bu ish qiyin emasligini aytib o‘tdi.

«Birinchi navbatda O‘zbekiston mundial ishtirokchisi, Italiya esa hali yo‘llanma olmadi. Mamalakatim uchun afsusdaman, futbol faqat Yevropada emas, butun dunyoda jumladan, Osiyoda shiddat bilan rivojlanmoqda. Osiyo terma jamoalarining saviyasi oshib borayotgani sabab Italiyaga qarshi o‘yin o‘tkazish qiyin emas. Futbol rahbariyati bolalar futboliga e’tibor qaratgan, tizimli rivojlanish uchun mana shunday Milliy futbol markazi qurildi.

Men 8 yoshimdan beri futboldaman, u men biladigan yagona soha. Umid qilamanki, vaqt o‘tib bundan-da rivojlanamiz.

Bir oy avval bu yerga tashrif buyurdim. O‘shanda hazil tariqasida ishlashga tayyorligimni aytgandim, bu esa amalga oshdi. Albatta, futbolchilarni ham kuzatdim, lekin mashg‘ulotlarda bu yaqqol namoyon bo‘ladi. Bugun futbolchilar bilan ko‘rishdik, ular orasida italyanchada so‘zlashadiganlari ham bor. Murabbiy va futbolchilar kommunikatsiyasi juda muhim. Timur Kapadze bilan ham yig‘inga chaqirilgan futbolchilar borasida gaplashdik. Mahalliy mutaxassislar shtabda bo‘lishi tarafdoriman, bu men uchun juda katta yordam beradi. Futbolchilar mentaliteti, mamlakat madaniyatini tez o‘zlashtirish zarur, shu sabab Ravshan Irmatovdan bu haqda o‘zim ham iltimos qildim.

Superliga o‘yinlarini ham kuzatib boraman, aytib o‘tganimdek, futbolchilarni maydonda kuzatish eng yaxshi taassurotni beradi.

Men juda ko‘p chemodan bilan keldim. Maqsadim bu yerda ko‘proq bo‘lish, hatto velosipedimni ham olib keldim, uni haydashga vaqtim bo‘ladimi, yo‘qmi bilmadim, lekin ko‘proq odamlar orasida bo‘lishni yoqtiraman. Katta ishtiyoq bilan keldim, yoshlar va o‘smirlar jamoalarining o‘yinlarini ham kuzatib boraman, katta ishtiyoq bilan keldim», – Fabio Kannavaroning so‘zlarini keltirmoqda O‘FA matbuot xizmati.

U O‘zbekiston chempionati saviyasini oshirish ustida ham ishlamoqchi. 

«Superliga intensivligini oshirish kerak, bu borada rahbariyat bilan gaplashamiz. O‘yin davomida yuqori temp bilan qancha ko‘p harakat qilsak, natijalar yaxshilana boshlaydi. Futbolchilar tiklanishlari ham juda muhim. Klublardagi murabbiylardan ham iltimos qilardik, futbolchilarning kunlik, haftalik yoki oylik ko‘rsatkichlarini yuborishsa, shunda bizda ularning natijalari o‘syaptimi yoki aksincha bilish imkoni bo‘ladi. Jahon chempionatidagi temp umuman boshqa daraja, buni ishonch bilan ayta olaman.

Menga 7-8 ta joydan taklif bor edi. Avvalo jamoa mundialga chiqqani, bu yerdagi loyihaning jiddiyligi meni taklifni qabul qilishga undadi. Jahon chempionatida o‘ynash qiyinmi, ha, juda qiyin, biroq harakat qilamiz. Agar 8 oyda ham jamoa bilan kommunikatsiya o‘rnata olmasam, demak menda muammo bor, deb hisoblash mumkin.

Noyabr oyida milliy jamoa Dubaydagi xalqaro turnirda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Biroq shartnoma imzolanmaguncha bu haqda bu haqda rasman ayta olmaymiz», – degan Kannavaro.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

«Paxtakor» futbolchisi Muhammadrasul Abdumajidov Fransiya jamoasiga o‘tadi

Published

on


«Paxtakor» bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida himoyachi Muhammadrasul Abdumajidovning Fransiya jamoasiga o‘tishini tasdiqladi.

«Abdumajidov 1 yanvardan e’tiboran “Brest” a’zosiga aylanadi, shartnoma imzolangan. Shunchaki Muhammadrasulning o‘zi jamoada qolib, yordam berishni istadi.

Agar ular oldinroq xat jo‘natishganida, balki, uni Fransiyaga jo‘natar edik. O‘tgan yili Muhammadali O‘rinboyevni Belgiya jamoasiga bergandik», — dedi Tojiyev.

Avvalroq tarmoqda «Paxtakor» rahbariyati futbolchining Fransiya klubiga o‘tishiga ruxsat bermagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shundan so‘ng klub Fransiyadan taklif kech yetib kelgani va O‘zbekistonda transfer davri yopilganini ma’lum qildi. Shu tufayli mazkur transfer bo‘yicha taklif qishda ko‘rib chiqilishi aytilgan.



Source link

Continue Reading

Sport

Husan Botirov Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi

Published

on


Bugun «Vatanparvar» tashkiloti Markaziy kengashida O‘zbekiston Biatlon federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda federatsiyaning yangi rahbariyati saylandi.

Konferensiya yakuniga ko‘ra, Husan Botirov O‘zbekiston Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi. Mansur Mamadaminov birinchi o‘rinbosar, Anvar Kurbaniyazov esa rais o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Yangi rahbariyat federatsiya oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilab, O‘zbekiston biatlonini yanada rivojlantirish, sportchilarning xalqaro musobaqalardagi natijalarini yaxshilash va yuqori darajadagi musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratishini ma’lum qildi.

Xususan, 2027-yilgi Jahon chempionati hamda 2030-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik federatsiya faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi ta’kidlandi.

Yangi rahbariyat oldida biatlon infratuzilmasini rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni saralash va tayyorlash hamda O‘zbekiston biatlonining xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlash kabi vazifalar turibdi.



Source link

Continue Reading

Sport

«Beradigan boshqa narsam qolmadi» — Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Published

on


Afsonaviy futbolchi Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi. Leo ijtimoiy tarmoqlarda bu haqdagi maktubni e’lon qildi.

«Finaldan keyingi voqealar va uzoq o‘ylanishlardan so‘ng barchaga milliy terma jamoadagi faoliyatimni yakunlayotganimni ma’lum qilmoqchiman. Bu og‘riqli qaror bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Biroq hozir buning uchun eng munosib vaqt ekanini tushunyapman.

Qasam ichaman, men nafaqat so‘nggi yillarda, barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan davrimizda, balki undan oldin ham doimo bor kuchimni berib keldim. Har doim kurashdim va sizlarga quvonch ulashish, futbol orqali argentinalik ekaningizdan faxrlanishingiz uchun ushbu kiyim sharafi uchun borimni berdim.

Vaqt oz qoldi. Yangi boblar ochilmoqda, ammo bu bob menga chuqur og‘riq bermoqda. Men milliy terma jamoada bo‘lishni sevdim, sevaman va har doim sevib qolaman. Bor kuchimni berdim. Endi beradigan boshqa narsam qolmadi.

Bundan tashqari, ortimdan juda iste’dodli yosh futbolchilar kelmoqda va ular terma jamoada bo‘lishga loyiq. 20 yil davomidagi mehringiz uchun rahmat», — deb yozdi Messi.

Messi Argentina terma jamoasida 2005 yildan buyon o‘ynab kelgan. U jami 207 ta uchrashuvda maydonga tushib, 125 ta gol urgan va 68 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Messi Argentina bilan 2022 yilgi jahon chempionati, 2021 va 2024 yillardagi Amerika kubogi, 2022 yilgi Finalissimada g‘olib bo‘lgan, shuningdek, 2008 yilgi Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Leo bilan Argentina 2014 va 2026 yilgi jahon chempionatlarida finalga chiqqan. Jamoa 2007, 2015 va 2016 yillardagi Amerika kubogida ham kumush medallarni qo‘lga kiritgan.



Source link

Continue Reading

Sport

Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Published

on


Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi tarixiy medalga sazovor bo‘ldi.

Yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftlik dasturida (LM2x) Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev dueti oltin medal sohibi bo‘ldi. Bu o‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilarning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘lga kiritgan birinchi oltin medalidir.

Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medali esa AQSh sportchilariga nasib etdi.



Source link

Continue Reading

Sport

EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi

Published

on


UEFA Chempionlar ligasi 2026/2027-yilgi mavsumi umumiy bosqichi to‘liq taqvimni e’lon qildi.

Bu bosqichda har bir jamoa 8 ta o‘yin o‘tkazadi: 4 tasi o‘z maydonida, 4 tasi safarda.

Joriy mavsumdan e’tiboran bir jamoa bir raqib bilan ketma-ket uch mavsum davomida o‘z maydonida o‘ynashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Umumiy bosqichning 1-turi uch kun — seshanba, chorshanba va payshanba (8-9-10-sentyabr) kunlariga taqsimlanadi. Qolgan turlar ikki kun davomida o‘tkaziladi. So‘nggi turda esa barcha uchrashuvlar bir vaqtda boshlanadi.

1-turni Abduqodir Husanov va «Manchester Siti» safarda «Portu»ga qarshi o‘tkazadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 9 sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:01 da.

Umarali Rahmonaliyev va «Sabah» esa Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi debyutida «Manchester Yunayted» maydonida sinovdan o‘tadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 11-sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da.

Manba: UEFA



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.