Connect with us

Iqtisodiyot

O‘zbekiston avgust oyida 2 tonna oltin xarid qildi – Jahon oltin kengashi

Published

on


Avgust oyida 7 markaziy bank oltin zaxiralarini kamida 1 tonnaga oshirdi – ular orasida O‘zbekiston ham bor. Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyidagi 2 tonna oltin xarididan keyin O‘zbekistonning umumiy oltin zaxirasi 366 tonnaga yetgan – bu 2024 yil oxiriga nisbatan 17 tonnaga kam.

Markaziy banklar avgust oyida jahon oltin zaxiralariga sof 15 tonna oltin qo‘shdi, deya xabar bermoqda Jahon oltin kengashi (World Gold Counsil – WCG)

Bu ko‘rsatkich mart–iyun oylaridagi oylik sof xaridlar bilan mos keladi va iyul oyidagi tanaffusdan so‘ng markaziy banklar oltin xaridiga qaytganini bildiradi

1-rasm: Markaziy banklarning avgustdagi oltin xaridi. (Ma’lumotlar 2025 yil 31 avgust holatiga)

WCG hisobotiga ko‘ra, joriy yilda bir necha marta tarixiy rekord darajaga yetgan oltin narxining o‘sishi markaziy banklarning sotib olish hajmini cheklab turishi mumkin. Ba’zi markaziy banklar bu vaziyatda qisqa muddatli sotuv strategiyasini ham qo‘llashmoqda. Ammo so‘nggi oylaridagi xaridlarning sekinlashuvi markaziy banklar oltindan butunlay yuz o‘girdi, degani emas. Aksincha, ular hali ham oltin ulushini oshirishdan manfaatdor.

Avgust oyida 7 markaziy bank oltin zaxiralarini (kamida 1 tonnaga) oshirdi. Faqat ikki markaziy bank oltin zaxirasining kamaygani haqida ma’lumot bergan.

• Qozog‘iston milliy banki 8 tonna oltin sotib oldi — bu ketma-ket oltinchi oy xarid. Uning oltin zaxiralari hozirda 316 tonnani tashkil etadi, bu 2024 yil oxiriga nisbatan 32 tonnaga ko‘p.

• Bolgariya milliy banki oltin zaxirasini 2 tonnaga oshirdi — bu 1997 yil iyunidan buyon eng yirik oylik o‘sish (o‘shanda 8 tonna xarid amalga oshirilgan). Endi mamlakatning jami oltin zaxirasi 43 tonnaga yetdi.

• Turkiya markaziy banki xalqaro zaxiralariga 2 tonna oltin qo‘shdi. Shu bilan yil boshidan buyon rasmiy oltin zaxiralari 21 tonnaga oshib, 639 tonnaga yetdi.

• Xitoy Xalq banki 2 tonna oltin sotib oldi — bu ketma-ket o‘ninchi oy xarid. Endilikda Xitoyning jami oltin zaxiralari 2300 tonnadan oshdi, biroq bu umumiy xalqaro zaxiralarning atigi 7 foizini tashkil etadi.

• O‘zbekiston Markaziy banki ham avgust oyida 2 tonna oltin sotib oldi. Umumiy oltin zaxirasi hozirda 366 tonnani tashkil etmoqda — bu 2024 yil oxiriga nisbatan 17 tonnaga kam.

• Chexiya milliy banki esa 2 tonna oltin sotib olib, 30 oylik uzluksiz xarid seriyasini davom ettirdi. Uning oltin zaxiralari hozir 65 tonna. Chexiya 2028 yil oxirigacha xalqaro zaxiralari tarkibida 100 tonna oltin saqlashni maqsad qilgan.

• Gana banki 2 tonna oltin qo‘shib, yil boshidan beri jami 5 tonna xarid qildi. Uning oltin zaxirasi 36 tonnaga yetdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Markaziy banki (3 tonna) va Indoneziya banki (2 tonna) oltin sotgan yagona markaziy banklar bo‘lgan. Rossiya oltin zaxirasining kamayishi, ehtimol, mamlakatning tanga zarb qilish dasturi bilan bog‘liq.

2-rasm. Yil boshidan beri markaziy banklar tomonidan amalga oshirilgan sof xarid va sotuvlar, tonnalarda*

WCG markaziy banklarning 2025 yilning III choragidagi oltin talabi haqidagi to‘liq hisobotini 30 oktyabrda e’lon qilishi kutilmoqda.

Avvalroq, 2025 yilning 1 sentabr holatiga O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari birinchi marta 50,08 mlrd dollarga yetgani xabar qilingandi. Bu – tarixiy rekord ko‘rsatkichdir. Zaxiralarning keskin oshishi jahon bozorida oltin narxlarining qimmatlashishi fonida yuz beryapti. Zaxiralar tarkibida oltinning fizik hajmi ham 11,7 mln troya unsiyadan 11,8 mln troya unsiyaga oshgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.

«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston shokolad importining qariyb 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 davlatdan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan.

Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 123,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga ko‘p.

Import hajmi bo‘yicha Rossiya keskin ustunlik qilgan. Yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 19,5 ming tonna shokolad mahsulotlari yetkazib berilgan.

Rossiyadan kelgan shokolad mahsulotlari umumiy importning qariyb 70 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Ukraina bo‘lib, undan 2,2 ming tonna mahsulot import qilingan.

Qozog‘istondan 914 tonna, Belarusdan 805,2 tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan. Litvadan import 746,2 tonnani tashkil etgan.

Turkmaniston 715,2 tonna, Turkiya esa 569,5 tonna ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Qolgan davlatlar hisobiga 3 ming tonna mahsulot to‘g‘ri kelgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.