Connect with us

Iqtisodiyot

“Biznesga birinchi qadam”ni MKBANK bilan qo‘ying!

Published

on


Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik faoliyatiga qaratilgan har qanday to‘siqlarga murosasiz bo‘lish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. 

Davlatimiz rahbarining sohaga bo‘lgan yuksak e’tibori natijasida yurtimizda “tadbirkor bo‘laman”, degan insonlar soni orta boshladi. Soha yildan yilga rivojlanishi ortidan tadbirkorlikning turli yo‘nalishlariga jadal kirib kelayotgan yurtdoshlarimiz ko‘payib boryapti. Kerak bo‘lsa, bitta mahallada o‘nlab tadbirkor ish boshlayapti. Bunda esa ularga banklar tomonidan taqdim etilayotgan kreditlar yordam bermoqdaki, o‘z biznesini boshlash istagidagi aholi uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilgan. 

Bunga “Mikrokreditbank” ATB tomonidan taqdim etilgan “Biznesga birinchi qadam” mikroqarzini misol qilib keltirish mumkin. Mikroqarz muddati 24 oydan 36 oygacha, yillik 27-28% gacha taqdim etiladi. 

Shuningdek, mazkur kredit 1-bosqichda bazaviy hisoblash miqdorning 20 barobaragicha, 2-bosqichda esa bazaviy hisoblash miqdorning 35 barobaragicha ajratiladi. 

“Biznesga birinchi qadam” mikroqarzini rasmiylashtirishda o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan muddatni tanlashingiz va zarur summani olishingiz mumkin. 

Bank tomonidan bugunga qadar 7 trln. so‘m kreditlar ajratilgan bo‘lib, shundan 266,4 mlrd. so‘mi “Biznesga birinchi qadam” mikroqarziga to‘g‘ri keladi. 

Yana bir e’tiborli jihati, “Mikrokreditbank” ATB chekka hududlarda yashovchi aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb etish maqsadida xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda. 

Bank 2025 yil davomida chet el moliya institutlaridan jami 260 mln. AQSh dollari miqdorida resurs jalb qilishni rejalashtirgan. Ushbu rejaning amaliy ifodasi sifatida Singapurning “Olam Global Agri [Treasury] Pte Ltd” kompaniyasi bilan 15,8 mln AQSh dollarlik savdoni moliyalashtirish bitimi imzolandi va mablag‘ jalb qilindi. 

Mazkur resurs hisobidan xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion tashabbuslarni moliyalashtirish ko‘zda tutilgan. 

Mikrokreditbank tomonidan 2025 yilda kichik va o‘rta biznesga 5,4 trln. so‘m va dasturlar doirasida 2,9 tlrn so‘m kredit ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan 315 mlrd. so‘mi “Biznesga birinchi qadam” doirasiga yo‘naltiriladi. 

Kredit reytingini “o‘rta” toifadan “yaxshi” toifaga o‘tkazishda bank 38,6 mingta potensial mijozlar bilan tadbirkorlikka jalb qilish yuzasidan targ‘ibot ishlari o‘tkazildi. Ushbu mijozlardan 8,1 ming nafari tadbirkorlik qilish istagini bildirishdi va ularning 1,6 mingtasiga 46,4 mlrd. so‘m kredit ajratildi. 

2025 yil sentyabr-dekabr oylarida bank tomonidan kichik va o‘rta biznesga 2,1 trln. so‘m, shundan dasturlar doirasida 1,2 trln. so‘m kredit ajratiladi. Jumladan, ulardan 108,7 mlrd. so‘mi “Biznesga birinchi qadam” mikroqarziga to‘g‘ri keladi. 

Ahamiyatlisi, mazkur mikroqarzni rasmiy daromadga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar ham olishi mumkin. 

 MKBANK bilan biznesingizni oson boshlang!



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.

«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston shokolad importining qariyb 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 davlatdan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan.

Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 123,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga ko‘p.

Import hajmi bo‘yicha Rossiya keskin ustunlik qilgan. Yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 19,5 ming tonna shokolad mahsulotlari yetkazib berilgan.

Rossiyadan kelgan shokolad mahsulotlari umumiy importning qariyb 70 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Ukraina bo‘lib, undan 2,2 ming tonna mahsulot import qilingan.

Qozog‘istondan 914 tonna, Belarusdan 805,2 tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan. Litvadan import 746,2 tonnani tashkil etgan.

Turkmaniston 715,2 tonna, Turkiya esa 569,5 tonna ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Qolgan davlatlar hisobiga 3 ming tonna mahsulot to‘g‘ri kelgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.