Jamiyat
Nima uchun IB – bu kelajak ta’limi: Invento UIS tajribasi
Bugungi kunda kasblar deyarli har kuni yo‘qolib, yangilari paydo bo‘layotgan, axborot biz o‘zlashtirishga ulgurganimizdan ham tezroq ko‘payib borayotgan bir paytda, ota-onalar tobora ko‘proq o‘yga tolmoqda: qanday ta’lim farzandimizni hayotga chindan ham tayyorlaydi? Qaysi tillar kerak bo‘ladi? 10–15 yildan keyin qaysi ko‘nikmalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi? Shunday sharoitda Xalqaro Bakalavriat — IB (International Baccalaureate) haqida tobora ko‘proq so‘z yuritilmoqda.
Ushbu maqolada Invento the Uzbek International School asoschisi va bosh direktori Zulfiya Obidova bilan birgalikda Xalqaro Bakalavriat nima ekanligi, uni nega dunyoning yetakchi universitetlari — Oksforddan Garvardgacha, Stenforddan — Sorbonnagacha tan olishi va nega uni tobora ko‘proq kelajak ta’limi deb atashayotgani haqida suhbatlashamiz.
IB nima o‘zi?
IB dasturi yarim asrdan ziyod vaqt oldin Shveytsariyada paydo bo‘lgan va bugungi kunda 125 mamlakatda faoliyat yuritmoqda. Uning o‘ziga xosligi shundaki, u milliy dastur emas, balki global va mahalliy jihatlarni uyg‘unlashtiruvchi universal tizimdir. IB maktabida o‘quvchi o‘z madaniyatini e’zozlashni va ayni paytda boshqalar madaniyatini tushunishni, o‘zini katta dunyoning bir bo‘lagi sifatida his qilishni o‘rganadi.
Foto manbasi: ibo.org
«IB’ning asosiy jihati — bu bolaning fikr erkinligidir, — deb ta’kidlaydi Zulfiya Obidova. — Bu yerda o‘quvchi savol berish, shubhalanish, o‘z yo‘lini izlash huquqiga ega. Bu shaxsni rivojlantiradigan ta’limdir».
IB’ning uch bosqichi: 2 yoshdan bitiruvchi sinfgacha
IB — bu bog‘chadan o‘rta maktabgacha bo‘lgan yaxlit tizimdir:
· PYP (Primary Years Programme): 3–12 yosh. Asosiy yondashuv — tadqiqotchilik: bola paragraflarnigina ko‘chirib yozish o‘rniga savollar beradi, tajribalar o‘tkazadi, javoblar izlaydi.
· MYP (Middle Years Programme): 11–16 yosh. Ta’lim jarayoni matematika, gumanitar va tabiiy fanlarni birlashtirgan fanlararo loyihalarga asoslanadi.
· DP (Diploma Programme): 16–18 yosh. Yuqori sinf o‘quvchilari oltita fanni tanlaydilar, tadqiqot ishi yozadilar, bilish nazariyasini o‘rganadilar va CAS (ijodkorlik, sport, ijtimoiy faoliyat) kursini o‘tadilar. Natijada dunyoning eng nufuzli universitetlariga yo‘l ochadigan diplom oladilar.
O‘zbekiston tajribasi
Yurtimizda IB hali yangilik hisoblanadi. Xalqaro maqomga ega bo‘lgan dastlabki maktablardan biri Invento the Uzbek International School bo‘ldi. Bugun bu yerda 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 500 dan ortiq bola ta’lim olmoqda.
Invento’da IB falsafasi hatto eng quyi sinflarda ham sezilib turadi: birinchi sinf o‘quvchisi o‘z tadqiqotini ishonch bilan taqdim etadi, yuqori sinf o‘quvchisi “barqaror shahar” loyihasini himoya qiladi, sakkizinchi sinf jamoasi suvni tejash bo‘yicha g‘oyalar taklif qiladi. Bularning barchasi mustaqil izlanish va tahlil natijasidir.
«Bola o‘zini xavfsiz his qilmasa, u to‘laqonli ta’lim ola olmaydi, — deydi Zulfiya. — Shu sababli men uchun barining asosi — xavfsizlik: jismoniy va ruhiy. Bolani hurmat qiladigan va tinglaydigan muhitdagina haqiqiy ta’lim shakllanadi».
Obidova Zulfiya – Invento the Uzbek International School asoschisi va Bosh direktori
Haqiqiy hayotga tayyorlaydigan ta’lim
IB yagona to‘g‘ri javob bo‘lmagan hayotga tayyorlaydi. Bitiruvchilar maktabni nafaqat akademik bilimlar, balki universitetlar va ish beruvchilar qadrlaydigan fazilatlar: savol bera olish, jamoada ishlash, boshqalar fikrini hurmat qilish va loyihalarni natijaga yetkaza olish qobiliyati bilan tugatadi.
Natijalar o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi. Britaniyaning HESA agentligi tadqiqotiga ko‘ra, IB bitiruvchilari Buyuk Britaniyaning eng yaxshi 20 ta universitetiga an’anaviy A-Level tizimidagi tengdoshlariga qaraganda 57% ko‘proq kiradi. Ota-onalar uchun bu shuni anglatadiki, IB diplomi farzandlarining dunyoning eng yaxshi universitetlariga — Garvard va Oksforddan tortib Sorbonna va Osiyo universitetlarigacha kirish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi.
«Invento men uchun farzandlarimiz kelajagi yo‘lida yaratilgan muqaddas loyihadir, — deb e’tirof etadi Zulfiya. — Men bitiruvchilar bu yerdan o‘zlarini topganlaridan mamnun bo‘lib, dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirish istagi bilan ketishlarini xohlayman».
Yaqin vaqtgacha IB faqat Yevropada yoki Amerikada erishsa bo‘ladigan narsa deb tuyulardi. Bugun bu imkoniyat O‘zbekistonda ham bor.
Biz sizni IB dasturi qanday ishlashini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish va bolalar quvonch bilan o‘qiydigan hamda muvaffaqiyatli kelajakka tayyorlanadigan maktab muhitini his qilish uchun Invento the Uzbek International School’ga taklif etamiz.
Telefon: (+998) 71-210-99-99
E-mail | Veb-sayt | Instagram | Facebook | Telegram:
Reklama huquqi asosida
Jamiyat
«zakladka» ortidagi hayot haqida hikoya
O‘zbekistonda psixotrop moddalar savdosi tobora xavfli tus olmoqda. Qo‘lga tushayotganlar – asosan “kurer”lar, katta zanjir egalari esa soyada qolmoqda. Kun.uz 27 yoshli mahkum Bekzod Kerimov va farzandi bu illatga chalingan ota hikoyasi orqali muammoning ichkarisiga nazar tashlaydi.
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti va Kun.uz taqdim etadi. Qamoq devorlari ortida singan taqdirlar, kechikkan pushaymon va “oson pul”ning asl bahosi haqida hikoya.
Bekzod Kerimov, 27 yoshda. Jazo muddatini o‘tamoqda.
«2009 yilda adam xuddi shu joyda o‘tib qoldi. Esimda bor, uyga tobuti yopilgan holda kelgan edi. Balki psixikam o‘sha paytda buzilgandir, shundan keyin yomon bolalar bilan ko‘chada yurganman, maktabgayam bormaganman deyarli. O‘shanda, 10 yoshimda mana shu tatuirovkalarni chizganman.
Oxiri mana shu yer bo‘ldi, shu yerga tushib odam ko‘p narsani qadriga yetadi. Birinchi navbatda ota-ona, uyidagilarning qadriga yetadi. Ko‘chada yurganimizda shu narsalarni tushunmasdik. Shu kamerada 6 oy o‘tirganman, to‘rt devorda kun bo‘yi o‘zingiz bilan o‘zingiz bo‘lasiz. Osonmas…
Menda hamma narsam – mashinam, uyim hammasi bor edi. To‘qchilikdan kirganman bu yo‘lga. 251-modda menga qo‘yilgan sanksiya, kuchli psixotrop moddalar. Bu narkotikmas – psixotrop».
Bekzod o‘zining 3 mingdan ortiq obunachisi bor yopiq telegram kanali orqali psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullangan. Uning aytishicha, bu kabi kanallar o‘nlab bo‘lib, haligacha faol. So‘nggi 5 yilda musodara qilingan sintetik narkotiklar hajmi 80 baravarga oshgani qayd etilmoqda. Ammo bu – muammoning faqat ko‘rinayotgan qismi.
“Faqat kurer, “peshka”lar tushadi bu yerga”
“Mushukning ovqati bor – viskas. Masalan bir tonna mushukning ovqati kirayotgan bo‘lsa, ichida 2-3 kg psixotrop bo‘ladi. Ovqat bitta qadoqda 950 gramm bo‘ladi, poroshok turadi, keyin polietilen paket, falgaga o‘raladi. Bojxonada falgada ko‘rinmaydi. Keyin atrofiga mushukning ovqati solinadi. Bemalol o‘tadi bojxonada. Oldin Qirg‘izdan kirardi, hozir eng asosiy yetkazib beruvchi Xitoydan kirib keladi.
2019 yildan bunaqa moddalarni sotish rasman taqiqlandi. Keyin 2020 yilda birinchi bo‘lib psixotroplarni olib kirgan telegram kanal juda taniqli va haliyam ishlayapti. “Toshturma”ni o‘zida minimum 200-300 ta odam o‘tiribdi o‘sha kanaldan. Katta kanallar shunaqa, faqat kurer, “peshka”lar tushadi bu yerga. Kattalar Rossiyada, Shveytsariyada. Chunki kiberxavfsizlik urmaydi. Lokatsiya chiqmaydi. Ularni qanday ushlaydi – faqat kameradan, mashinadan kurerlarni qo‘lga olishadi. Bitta kurerni tutishadi, kamida 10 yil berishadi. Lekin bir soatda kanalga e’lon beriladi, kurer kerakligi haqida. Bo‘ldi, 1 soat o‘tib boshqa odam kanalni ishlatadi.
Ko‘chada yurganimda bagaj to‘la “narsalar” bilan yurardim. Qo‘rqmaganman, chunki pulim bor, istagan paytda vaziyatdan chiqib ketaman deb o‘ylardim. Yo‘q, qancha pulingiz bo‘lsayam bir kun kelarkan, baribir shu yerga tushasiz. Kuniga 400-500 ta tabletka ketardi. Kuniga shunaqa pul keladi, hech narsa qilmaysiz, kafeda o‘tirasiz, tog‘ga chiqasiz. Shu yerga tushib tushundim – bu harom pul. Kuniga 2 ming dollar qo‘limda ushlaganman, kuniga kelardi. Shunaqa ketardi, o‘zim tushunmasdim qayerga ketganini. Hozir ko‘chada oyiga bir million topishga roziman, chunki halol pul bo‘ladi. Shu narsani tushundim. Bu joylarni dushmanimgayam ravo ko‘rmayman.
Ota-onalarning qarg‘ishidan qo‘rqaman, pul odamni jinni qiladi. O‘sha paytda tushunmasdim, ko‘zlarim yopiq edi. Mana shu yerga kelib, kamerada o‘tirib o‘ylab, tushunyapman. Balki mening tabletkalarimni ichib kimdir o‘g‘rilik qilgan, kimdir birovning qiziga zo‘ravonlik qilgan. Hamma narsa bo‘lishi mumkin”.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyoda taxminan 600 ming odam narkotik va psixotrop moddalar oqibatida hayotdan ko‘z yumadi. Eng xavflisi – iste’molchilar orasida voyaga yetmaganlar ulushi ortib bormoqda. Bu raqamlar ortida esa minglab oilalarning parchalangan taqdiri bor.
«Na orzusi bor, na kelajagini o‘ylaydi»
Farzandi shu illatga giriftor bo‘lgan ota hikoyasi:
“Boshida sezganday bo‘ldim, lekin o‘g‘limga ishonganim uchun ahamiyat bermabman.
Orada o‘qituvchilari ko‘p shikoyat qiladigan bo‘lib qoldi. O‘tib ketadi deb o‘yladim. Keyin asta-sekin o‘zgarganini o‘zimam sezdim. Juda passivlashib qoldi, doim jim yuradi, oilaviy suhbatlardan o‘zini opqochadi, bir gap so‘rasam yerga qarab ha-yo‘qdan boshqa narsani bilmaydi. Kuni bilan xonasidan chiqmaydi. Kechga yaqin palonchi o‘rtog‘imdan kitob olishim kerak, pistonchidan narsa olishim kerak desa ishonibman. Maktabdan ko‘p dars qoldiradigan bo‘lib qoldi, uxlab qolibman deydi so‘rasam. Bir kuni xonasiga tasodifan kirsam shu o‘zim eshitgan tabletkani ko‘rdim.
Butun umrim ko‘z oldimdan o‘tdi. Bitta bolani 15 yoshga kirgizish osonmas. Shu bolangiz ko‘z oldingizda hayoti tugab botqoqqa botib borayotganini ko‘rish bu dahshat. Dushmanimgayam ravo ko‘rmayman buni. O‘rtog‘imniki qolib ketgan dedi. Ishonmadim, poylab kuzatishni boshladim. Orqasidan borsam «dom»ning pod’yezdiga borib, hamma yoqni ko‘zdan kechirdi. Keyin o‘sha yerdagi «ogorod»ni kavlashni boshladi. Onasi bilan ne umidda katta qilgan bolamiz o‘zini bilmagan holda tuproq kavlayotganini ko‘rish juda og‘ir edi. Oyog‘idan o‘t chaqnaydigan bolamning ko‘z oldimda so‘lishiga guvoh bo‘lyapman. Na bir orzusi bor, na kelajagini o‘ylaydi.
Bu narsaning orqasidan non yeydiganlar ko‘payib ketdi. Shu narsani olib kirayotganlar, tarqatayotganlar kimligini xalq bilsin. O‘g‘limning aytishicha, tarqatadiganlarning ko‘pchiligi yosh yigitlar, orasida ayollar ham bor ekan. Qorniga narsa bog‘lab, kolyaskaga qo‘g‘irchoq qo‘yib shahar aylanib tarqatib yurisharkan».
Bekzod hikoyasi: «Onamga nimadir bo‘lsa men o‘zimni kechira olmayman»
«Mana shu yerga kelib tushundim ko‘p narsani. Uydan xat kelganda, sud jarayonida uydagilarimni ko‘rganimda hamma yig‘ladi, menam yig‘ladim. Bu yerda har qanday erkak yig‘laydi. Ko‘chada men zo‘rman deganlar ham o‘tirib yig‘laydi bu yerda. Qanchasini ko‘rganman. Aynan shu joyda erkak kishi chin dildan yig‘laydi. Bu yerdaligida onasi vafot etganlar bor. Onamning yoshi katta, qon bosimi kasalligi bor. Agar unga nimadir bo‘lsa men o‘zimni kechira olmayman. U uchun chidayapman hammasiga. Hozir aytib beryapman, badanimga chumoli o‘rmalaganday bo‘ldi. 2 yildan beri qamoqdaman. Balki uylanardim, balki bola-chaqam bo‘lardi shu paytgacha…»
Jamiyat
Samarqandda 2 gektar yerni 490 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Samarqand shahrida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan shaxs yer uchastkasini noqonuniy sotishga urinishda qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, u Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi, 1983-yilda tug‘ilgan fuqaro bilan til biriktirgan. Ular mazkur fuqaroning turmush o‘rtog‘iga issiqxona tashkil qilish uchun ajratilgan 2 gektar yer maydonini sotishni rejalashtirgan.
Shaxs xaridorga ushbu yerni 490 ming AQSh dollariga sotishini, shuningdek mansabdor tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 50 ming dollar talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ichki ishlar organlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda 1993-yilda tug‘ilgan shaxs 50 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur ikki fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta’kidlanishicha, yer uchastkalarini ajratish va sotish faqat qonun doirasida amalga oshirilishi kerak. Xususan, barcha jarayonlar faqat «E-AUKSION» elektron savdo platformasi orqali shaffof va rasmiy tarzda o‘tkaziladi.
Jamiyat
Andijonda attraksion quladi: kamida 7 kishi jarohatlangan
Yakshanba kuni «Bog‘ishamol» dam olish majmuasida ichida odamlar bo‘lgan attraksion qulab tushdi. Guvohlar kamida 7 kishi jarohatlanganini aytmoqda. Andijon viloyat FVB hodisani tasdiqladi va 2 kishiga yordam ko‘rsatilganini ma’lum qildi.
Andijon viloyatida joylashgan Z.M.Bobur nomidagi istirohat bog‘ida (“Bog‘ishamol“) zanjir uzilib ketishi natijasida, ichida odamlar bo‘lgan attraksion qulab tushdi.
Ijtimoiy tarmoqlar hodisadan keyin attraksionni qismlari yerda sochilib yotgani aks etgan videolar tarqaldi. Guvohlarning Kun.uzʼga xabar qilishicha, baxtsiz hodisa natijasida kamida 7 kishi jarohatlangan.
Shuningdek, tarmoqlarda «attraksionlarga chiqishda hushyorlikka chaqirib, ularning ko‘plari tekshiruvdan o‘tkazilmagani» aytiladi.
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi 26 aprel kuni ushbu bog‘ hududida attraksionlarning birining temir konstruksiyasi singanini tasdiqladi. Rasmiylarga ko‘ra, hodisa oqibatida «2 fuqaro yengil tan jarohati olgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan».
Andijon viloyati FVB baxtsiz hodisa sabablari haqida ma’lumot bermagan.
Jamiyat
Tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan mansabdor qo‘lga olindi
Toshkent viloyatida favqulodda vaziyatlar tizimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs tadbirkordan katta miqdorda pul talab qilgani aniqlandi. U tuman hududidan oqib o‘tuvchi uchta soy qirg‘oqlarini mustahkamlash va beton plitali yo‘l o‘tkazgichlari qurishga oid umumiy qiymati 5,04 mlrd so‘mlik shartnomalarni olib berganini ro‘kach qilgan.
Mazkur shartnomalarni go‘yoki vazirlikdagi hamkasblari orqali mahalliy mas’uliyati cheklangan jamiyatga rasmiylashtirib berganini aytgan mansabdor, korxona rahbaridan 63 ming AQSh dollari miqdorida «ulush» talab qilgan.
2026-yilning mart-aprel oylarida u ushbu mablag‘ning 24 ming dollarini olgani ham ma’lum bo‘ldi. Keyinchalik esa tadbirkordan qolgan 39 ming dollarni ham berishni talab qilishda davom etgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda mansabdor talab qilingan pulning navbatdagi qismi — 25 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Holat uning «Tracker» rusumli xizmat avtomashinasida sodir bo‘lgani qayd etildi.
Tezkor tadbir davomida u ashyoviy dalillar bilan ushlangani rasman tasdiqlandi. Bu holatda pul mablag‘larining aynan talab qilingani va olingani hujjatlashtirildi.
Hozirda mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov organlari tomonidan barcha holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Unga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgani ma’lum qilindi.
Jamiyat
Samarqandda ikki qizga zo‘ravonlik qilgan vaqtinchalik vasiy ayolga chora ko‘rildi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video ortidan Samarqandda ikki nafar qizga nisbatan zo‘ravonlik holati fosh etildi. Voqea Bolalar ombudsmani nazoratiga olindi.
Samarqand viloyatining Toyloq tumanida voyaga yetmagan ikki nafar qizga nisbatan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik holati aniqlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 21-aprel kuni fuqaro M.S. o‘zining vaqtincha vasiyligida bo‘lgan 2019-yilda tug‘ilgan B.D. va 2017-yilda tug‘ilgan B.M.ga nisbatan turli shaklda tazyiq o‘tkazgan. U bolalarning xorijda bo‘lgan onasi D.M.dan pul undirish maqsadida zo‘ravonlik qilgani va bu holatni videoga olgani qayd etilgan.
Holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi. Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakil joyiga chiqib, vaziyatni o‘rgandi va bolalarni himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rdi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Tuman vasiylik organi — «Inson» markazi mas’ullari tomonidan M.S. vasiylik vazifasidan chetlatildi. Bu qaror bolalar manfaatlarini himoya qilish maqsadida qabul qilingan.
Shuningdek, bolalarga yetkazilgan tan jarohatlari darajasini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Bu jarayonda barcha holatlarga huquqiy baho berilishi kutilmoqda.
Zo‘ravonlikdan jabrlangan qizlarning ruhiy holatini barqarorlashtirish maqsadida psixolog jalb qilingan. Hozirda ular tumandagi oilaviy bolalar uyiga joylashtirildi. Shu bilan birga, yashash hududiga yaqin maktab va maktabgacha ta’lim muassasalariga rasmiylashtirilib, ta’lim olish huquqlari tiklandi.
Ayni paytda xorijda bo‘lgan onaning o‘z ota-onalik majburiyatlarini qay darajada bajarayotgani ham o‘rganilmoqda. Bolalar ombudsmani mazkur ish bo‘yicha kuzatuvni davom ettirmoqda.
-
Siyosat5 days agoPrezident Mirziyoyev mintaqaviy sammitda yashil savdo yoʻlaklari va yagona iqlim investitsiya strategiyasini taklif qildi
-
Jamiyat5 days ago
Giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qilishning milliy tizimi takomillashtiriladi
-
Jamiyat5 days agoShavkat Mirziyoyev Ostonaga yetib bordi
-
Iqtisodiyot4 days ago“QQSni oson qaytarib olish ta’minlanmasa, stavkani 6 foizga tushirishni taklif qilamiz” – Davron Vahobov
-
Iqtisodiyot4 days ago
Markaziy bank: 24-aprelda dollar pasayadi
-
Dunyodan4 days ago
Buyuk Britaniyada “chekmaydigan avlod” dunyoga keldi
-
Iqtisodiyot4 days agoQirg‘iziston ilk marta Yevropa Ittifoqining sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashish mexanizmiga tushdi
-
Dunyodan3 days ago
Eron oliy rahbari yuzi va oyog‘idan jiddiy jarohat oldi
