Connect with us

Sport

YeChLning yangi mavsumi boshlanmoqda. 1-tur intrigalari

Published

on


«Liverpul» ilk turdayoq kuchli raqibga to‘qnash keladi, de Bryuyne sobiq jamoasiga qarshi, Myunxenda 2012 yilgi final remiksi, «Barselona»ni esa Angliyaga qiyin safar kutmoqda.

Bugundan klublar futbolida Yevropaning eng katta turniriga start beriladi. Ikkinchi yildirki, yangi formatda o‘tadigan musobaqaning muxlislar uchun avvalgilariga qaraganda yaxshi tomonlari ko‘p. Birinchidan, format va taqvimdan kelib chiqib, deyarli har turda biz top-darajadagi raqiblar to‘qnashuviga guvoh bo‘lamiz. Ikkinchidan, o‘yinlar endi uch kun davom etadi va har kuni ikki vaqt slotiga ega. Ya’ni bemalol har turda 6 uchrashuvni to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rish imkoniyati bo‘ladi. Quyida 1-turning asosiy intrigalari haqida.

 

Mikel Arteta yana Baskoniyada

 

Mikel Arteta Baskoniyada, San Sebastyanda tug‘ilgan. Do‘sti Habi Alonso bilan birgalikda «Real Sosiyedad» klubining asosiy tarkibida to‘p surishni orzu qilishgan. Do‘stidan farqli ravishda, Mikelning nihoyat «Sosiyedad»da o‘ynashi biroz aylanma yo‘l – «Barselona», «PSJ», «Reyndjers» orqali sodir bo‘lgandi. Arteta sevimli jamoasida uzoq qolmaydi – bir mavsum ham to‘liq o‘ynamagan futbolchi taqdiriga avval «Everton», keyin «Arsenal» yozilgan ekan.

 

Bugun Mikel Arteta endi murabbiy sifatida Baskoniyaga qaytmoqda. Ha, «Sosiyedad» emas, «Atletik», lekin basklar o‘z farzandlariga qanday munosabatda bo‘lishini juda yaxshi bilamiz. O‘tgan mavsumda Ispaniyaning to‘rtinchi jamoasi sifatida mustahkam o‘rnashib, yangi mavsumni ham shu maqomda davom ettirayotgan «Atletik» uchun ham «Arsenal» raqib sifatida juda ahamiyatli sinov. Axir klub 11 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor Chempionlar Ligasida ishtirok etyapti.

 

Yana bir muhim jihati, bu o‘yinni tomosha qilish uchun bir nechta qiziq o‘yinlar ichida tanlov qilish shart emas. Uchrashuv umumiy slotdan ikki soat avval, Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.

 

Alonso – de Dzerbi dueli

 

Roberto de Dzerbi «Brayton»da shu qadar muvaffaqiyatli ishlaganki, hatto Pep Gvardiola futbol etaloni sifatida aynan shu jamoani ko‘rsatgan edi. Italiyalik mutaxassis biror top-klubni boshqarishi aytilar, nomzodlar qatorida «Real» ham tilga olinardi. Ammo uning «Brayton»ni tark etishi biroz noto‘g‘ri vaqtga to‘g‘ri keldi – «Liverpul» Slot bilan, «Barselona» Flik bilan kelishib bo‘lgan, «MYu» Erik ten Hagga yana bir bor imkoniyat berishga qaror qilgan, «Real» esa Anchelotti bilan shartnomasini uzaytirgandi. Natijada de Dzerbi «Marsel» variantiga ko‘nishga majbur bo‘ldi.

Murabbiy Angliyadan ketgach, e’tibordan chetda qolgan bo‘lsa-da, unga baho berishda Fransiyadagi faoliyati ko‘proq ahamiyat kasb etadi, zero mamlakatning kuchli jamoalaridan biri, deyarli barcha raqiblarga qarshi birinchi raqamda to‘p surishi talab etiladi – de Dzerbini biror top-klubda tasavvur qilib, qanday futbol ko‘rsatishini taxmin qilish uchun ayni muddao. De Dzerbining ilk mavsumida «Marsel» 2-o‘rinni oldi, buni «PSJ» va boshqalar chempionati hisoblanadigan Fransiyadagi eng yuqori o‘rin desa ham bo‘ladi. Jamoa joriy mavsum startida «Lion»dan mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, qolgan ikki o‘yinni yirik hisobda o‘z foydasiga hal qildi. «PSJ» bor ligada ko‘pgina hujum ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham, to‘p nazorati bo‘yicha ham yetakchilik qilmoqda.

 

Xullas, de Dzerbini yana katta Yevropada, ayniqsa «Real»ga qarshi ko‘rish ancha qiziq bo‘ladi. O‘tgan mavsumda «Real» aynan murabbiylik jamoalariga qarshi muammolarga duch kelgan, ancha noqulay bo‘lgan. Lekin yangi mavsumdan «Real»da ham boshqa bir tizimli murabbiy Habi Alonso ish boshlagan. U ham faqat g‘alaba qozonish emas, jamoasining mukammal o‘ynashini istaydigan mutaxassislardan biri. Chempionlar Ligasi 1-turida Alonso – de Dzerbi qarama qarshiligini ko‘rish juda qiziq bo‘ladi.

 

Futbol o‘yinmi yoki jang?

 

«Nyukasl» Angliyada eng «brutal» futbol ko‘rsatadigan jamoalardan biri. Raqibga bosim qilish, podkatlar, jismoniy kurashlar «Sent Jyeyms»da shu qadar qadrlanadiki, muxlislar har bir shunday harakatni xuddi gol kabi nishonlashga tayyor turadi. Ikki yil oldin «Nyukasl»ning «PSJ»ga qarshi o‘yini turnirning eng esda qolardi bahslaridan biri bo‘lgandi.

«Barselona» esa aksincha. Tarkibning aksariyat qismi maktab bolalarini eslatib yuboradi. «Nyukasl»ga qarshi o‘yin go‘yoki biror maktabda paydo bo‘lib qolgan iste’dodli sinfning yuqori sinf o‘quvchilariga qarshi to‘qnashuvini eslatib yuborsa ajab emas. To‘g‘ri, Ispaniyada ham o‘zining qo‘polligi bilan tanilgan «Xetafe» kabi jamoalar bor, ammo «Nyukasl» farqli ravishda, qoida buzishlar orqali emas, ruxsat berilgan chegara doirasida raqib futbolchilariga bosim qilishni juda yaxshi o‘zlashtirgan. Bundan tashqari, «Nyukasl» tarkibi ijro mahorati bo‘yicha Ispaniya o‘rtamiyonalaridan ancha yuqori ekanini ham ta’kidlash kerak.

«Barselona»ning yosh futbolchilari mana shu sinovdan qanday o‘tishadi? Kurash va bosimga qarshi o‘z chiroyli futboli bilan javob bera oladimi? O‘zi umuman futbolda nima muhim – yaxshi o‘ynashmi yo qattiq kurashish? Bu uchrashuv mana shunday savollarga javob izlaydi.

 

Qo‘shnilarning eng uzoq safari

 

«Qayrat»ning o‘z tarixida ilk bor Chempionlar Ligasiga chiqishi qanday qahramonliklar evaziga sodir bo‘lgani hali esdan chiqqani yo‘q. Jamoa Qozog‘istonning «Astana»dan keyin ushbu turnir guruh bosqichiga chiqqan ikkinchi jamoasiga aylangandi. Dastlabki o‘yin esa Portugaliyada, mamlakat chempioni «Sporting»ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Lekin «Seltik»ka qarshi o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida 3 ta seyv amalga oshirib, «Qayrat»ni YeChL asosiy bosqichiga olib chiqqan darvozabon Temirlan Anarbekov bu o‘yinda jarohat tufayli qatnasha olmaydi.

 

Qozog‘istonliklar Lissabondagi uchrashuvga borish uchun salkam 7 ming km masofani bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelar ekan. Bu Chempionlar Ligasi tarixidagi eng uzoq masofa sifatida qayd etiladi.

 

De Bryuynening «Etihad»ga qaytishi

 

Manchester derbisidagi chiroyli g‘alabadan so‘ng Pep Gvardiola shogirdlari Italiya chempioniga qarshi saflanadi. «Etihad» navbatdagi raqib jamoadan ko‘ra, Kevin de Bryuynening qaytishiga alohida tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsa ajab emas.

Kevin de Bryuyne «Manchester Siti»ning uzoq yillik yetakchisi, uning jamoa muvaffaqiyatlaridagi roli faqat murabbiydan keyingi o‘rinda tursa kerak. Jamoa safida 300 ga yaqin uchrashuvda ishtirok etib, 72 gol muallifi bo‘lgan belgiyalik yarimhimoyachi bu safar ilk marta raqib libosida maydonga tushadi.

Kevin Italiyaga borib, hali uni hisobdan chiqarishga erta ekanini ko‘rsatishni boshladi – jamoasining uch g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi, ikki gol muallifi bo‘ldi. «Napoli» Konte boshchiligida Italiyani zabt etib, endi Yevropaga yuzlangani, shunga mos xaridlarni amalga oshirganini e’tiborga olsak, Manchesterdagi o‘yinga ancha jiddiy kuch sifatida tashrif buyurishini kutsa bo‘ladi.

Darvoqe, «Etihad»ga de Bryuyne bilan birga bu yerga odatda derbi o‘ynash uchun kelib o‘rgangan Skott Maktominey hamda Rasmus Hoylund ham keladi.

Kivu yana «Yoxan Kroyf Arena»da

Yana bir e’tiborli qaytish – Kristian Kivuning «Ayaks» maydoniga tashrifi bo‘ladi. Ruminiyalik murabbiy o‘z vaqtida futbolchi sifatida aynan «Ayaks» safida Yevropaga tanilgandi. Jamoa sardori sifatida yuzdan ortiq o‘yinlarda qatnashgan Kivu amsterdamliklar bilan Niderlandiya chempioni bo‘lish bilan birga YeChLda chorak finalgacha yetib borgandi. Shundan so‘ng avval «Roma»ga ketib, keyin «Inter»ning ham muhim futbolchisiga aylanadi, jamoa bilan Chempionlar Ligasini yutadi.

Kivu murabbiy sifatida «Inter»ning turli yoshdagi jamoalarini boshqarib yurdi va shu yil boshida «Parma»da ham ishladi. Indzagi kutilmaganda iste’foga chiqishi, Kivuning Parmadagi muvvafiyatli faoliyati milanliklar rahbariyatini Kivuni tanlashga undadi. «Inter» A Seriyani kutilganidek boshlamagan, uch o‘yindan ikkitasida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, Chempionlar Ligasi boshqa musobaqa. «Inter»ning finalchi degan nomi ham bor. Kristian Kivu o‘zining sevimli maskani bo‘lmish «Yoxan Kroyf Arena»ga endi raqib murabbiyi sifatida tashrif buyuradi.

Navbatdagi qasos ilinjida

Myunxendagi stadion «Chelsi» muxlislariga faqat yorqin xotiralar qoldirgani tayin. 2011/12 yillar mavsumida hammasi «Bavariya»ning o‘z maydonidagi finalni o‘z foydasiga hal qilishiga qarab ketayotganida, londonliklar qahramonlik ko‘rsatib, o‘yinni penaltilar seriyasigacha olib borgan va yakunda turnir g‘olibiga aylangandi. Shundan so‘ng «Bavariya» «Chelsi»ni qayerda uchratsa mag‘lub etyapti, 2014 yilda Yevropa Superkubogida, keyinroq 2020 yilda Chempionlar Ligasi pley-offida ikki marta yirik hisobda yengdi ham, lekin haliyam tatimayotgan bo‘lishi kerak. Navbatdagi o‘yindagi g‘alaba ham balki ko‘p narsani hal qilmas, lekin baribir, «Chelsi»ga qarshi har qanday uchrashuvda «Bavariya» yanada o‘zgacha motivatsiya bilan maydonga tushishi shubhasiz.

«Bavariya» juda yaxshi formada – yangi mavsumdagi 5 rasmiy o‘yinda raqib darvozalari 19 marta ishg‘ol qilindi. O‘tgan yilgi kuzni ham xuddi shunday sermahsul o‘tkazganini eslasak, Kompani jamoasi uchun bu odatiy holga aylanyapti. Ammo shuni ham bilamizki, «Chelsi» aynan o‘zining eng yuqori formasida bo‘lgan raqiblarni o‘z o‘rniga tushirib qo‘yishga usta. Buni o‘sha 13 yil avvalgi o‘yindan ham, mana shu oxirgi yozdagi finaldan ham juda yaxshi bilamiz.

«Atletiko» – eng yaxshi antogonist

«Liverpul» 2019 yilda Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgach, keyingi mavsumga undanda dahshatli formada kirib keldi. APLda ham, Chempionlar Ligasida istalgan raqibni yer tishlatdi, APL g‘olibligi masalasini fevraldayoq amalda hal qilib ulgurdi. Ammo YeChL pley-offda Klopp jamoasini avval hech to‘qnash kelmagan raqib kutib turardi. Madriddagi o‘yinda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishadi, ammo 8 oy oldin «Barselona»ning 3 gol ustunligini yo‘qqa chiqargan «Enfild» egalari uchun bu qo‘rqinchli ko‘rinmasdi. Birinchi bo‘limdayoq minimal vazifani bajargan «Liverpul» qo‘shimcha bo‘lim boshida ikkinchi golni ham uradi. Ammo «Atletiko»ni sindirish qiyin edi, ispanlar o‘yin oxirigacha uch gol urib mezbon muxlislar ustidan muzdek suv quyib yuborgandi.

«Liverpul» hozir ham otda, APLning yangi mavsumini g‘alabali seriya bilan boshladi. «Atletiko» esa dastlabki to‘rt o‘yinda faqat bir g‘alabaga erishdi. Lekin oldin ham bo‘lganidek bu jamoalar uchrashuvi ssenariysini oldindan taxmin qilib bo‘lmaydi.

1-TURNING BARChA UChRAShUVLARI:

16 sentabr. 21:45. Atletik – Arsenal, PSV – Yunion Sent-Jillua

16 sentabr. 23:55. Benfika – Qorabog‘, Yuventus – Borussiya D, Real – Marsel, Tottenhem – Vilyareal.

17 sentabr. 21:45. Olimpiakos – Pafos, Slaviya – Budyo/Glimt

17 sentabr. 23:55. Ayaks – Inter, Bavariya – Chelsi, Liverpul – Atletiko, PSJ – Atalanta.

18 sentabr. 21:45. Bryugge – Monako, Kopenhagen – Bayyer

18 sentabr. 23:55. Ayntraxt – Galatasaroy, Manchester Siti – Napoli, Nyukasl – Barselona, Sporting – Qayrat.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

Masharipov va Fayzullayev jarohat sabab xalqaro turnirda qatnashmaydi

Published

on


O‘zbekiston milliy terma jamoasi 22-martdan Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshlaydi.

Fabio Kannavaro FIFA Series uchun jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. 

Kengaytirilgan ro‘yxatdan o‘rin olgan futbolchilarimiz — Jaloliddin Masharipov, Husniddin Aliqulov, Abbosbek Fayzullayev, Dilshod Komilov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Abdulla Abdullayev, Alibek Davronov va Husayn Norchayev jarohati tufayli yig‘inni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, milliy jamoa FIFA Series doirasida 27 mart kuni Gabon, 30 mart kuni esa Venesuyealaga qarshi maydonga tushadi. O‘yinlar «Bunyodkor» stadionida soat 19:00 da start oladi. 



Source link

Continue Reading

Sport

FIFA Nigeriya e’tirozini rad etdi – Kongo DR O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy olish uchun kurashadi

Published

on


Afrika futbolida katta mojaro: JCh-2026 yo‘llanmalaridan biri uchun kurash maydondan tashqarida kechmoqda. FIFA Nigeriyaning Kongo Demokratik Respublikasi milliy jamoasi tarkibidagi ehtimoliy qoidabuzarliklar bo‘yicha shikoyatini rad qildi. Endi nigeriyaliklar xalqaro Sport arbitraj sudida (CAS) «adolat izlashga» urinib ko‘radi. Holat O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2026 guruh bosqichidagi ehtimoliy raqibini o‘zgartirishi mumkin.

FIFA tartib-intizom qo‘mitasi Nigeriya futbol federatsiyasining Kongo Demokratik Respublikasi milliy jamoasi ustidan bergan shikoyatini rad qildi. Bu haqda ESPN Nigeriya futbol federatsiyasiga (NFF) tayanib xabar berdi. NFF zudlik bilan apellyatsiya jarayonini boshlaganini ma’lum qildi.

Avvalroq, NFF kongoliklar tarkibidagi bir necha futbolchi fuqarolik haqidagi FIFA talablarini buzgani bo‘yicha e’tiroz bildirib, ushbu milliy jamoaga texnik mag‘lubiyat yozgan holda JCh-2026 saralash o‘yinlaridan chetlatishni talab qilgan edi.

«Biz FIFA Tartib-intizom qo‘mitasining arizamiz bo‘yicha qarorini oldik, biroq arizamiz rad etilgan qaror bizni qoniqtirmaydi», dedi NFF bosh kotibi Muhammad Sanusi. «Nigeriyaliklarni ishontirib aytamanki, NFF zudlik bilan qaror ustidan shikoyat qilish jarayonini boshladi».

Endi shikoyat Sport arbitraj sudiga (CAS) yuborilishi kutilmoqda, ammo apellyatsiya jarayoni 26 mart kuni – qit’alararo pley-off boshlangunga qadar yakunlanishi dargumon.

Kongo DR futbol federatsiyasi bu xabarga munosabat bildirmadi.

Mojaro mazmuni

2025 yil noyabr oyida Kongo DR milliy jamoasi Afrika pley-offida Nigeriyani mag‘lub etdi (asosiy vaqtda 1:1 va penaltilar seriyasida 4:3). Bu kongoliklarga JCh-2026 yo‘llanmasi uchun qit’alararo pley-off o‘yinlariga yo‘llanmani taqdim etdi. Nigeriya esa JCh-2026 yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.

Dekabrda AQSh poytaxti Vashingtonda JCh-2026 guruh bosqichiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston milliy jamoasi K guruhida Portugaliya, Kolumbiya va saralashdan o‘tadigan yana bir jamoaga (Kongo DR/Yamayka/Yangi Kaledoniya) qarshi o‘ynashi ma’lum bo‘ldi.

Nigeriya futbol federatsiyasi (NFF) Kongo DR fuqarolik va milliy mansublikni o‘zgartirish talablariga javob bermaydigan o‘yinchilardan foydalangani haqida FIFAga rasmiy shikoyat bilan chiqdi.

Shikoyat nimaga asoslangan

Nigeriya futbol federatsiyasi (NFF) Kongo DR tarkibidagi 9 nafargacha futbolchi fuqarolikni o‘zgartirish tartibini buzgan deb hisoblamoqda – ularda Yevropa pasporti bor, ammo Kongo DR qonunlariga ko‘ra ikki fuqarolikka ruxsat berilmaydi.

Nigeriyaliklarning ta’kidlashicha, bu futbolchilar Yevropa pasportidan voz kechmagan va Kongo DR futbol federatsiyasi FIFAni milliy fuqarolik hujjatlari bilan «chalg‘itgan».

FIFA futbol qoidalariga ko‘ra, futbolchidan faqat mamlakatning amaldagi pasporti talab qilinadi. Ammo Kongo DR fuqarolik qonunchiligi bo‘yicha ikki fuqarolik taqiqlangan. Ushbu holat shikoyatga sabab bo‘lgan.

Kongo DR futbol federatsiyasi barcha o‘yinchilar FIFA tomonidan ma’qullanganini va maydonga tushish huquqiga ega ekanini ta’kidlamoqda va Nigeriyani maydondagi mag‘lubiyatdan so‘ng «orqa eshikdan bostirib kirishga» urinishda ayblamoqda.

Dastlab FIFA 2025 yil dekabr oyida futbol qoidalari uchun futbolchi vakil bo‘lgan mamlakatning amaldagi pasporti bo‘lishi yetarli ekanini aytib, shikoyatni rad qilgan edi. Ammo fevral oyi o‘rtalarida bir qator ommaviy axborot vositalarida (jumladan, The African Mirror va Eye Witness News) FIFA Tartib-intizom qo‘mitasi o‘yin paytida futbol fuqaroligini o‘zgartirish jarayoni tugallanmagan «X futbolchi» uchun ishni qayta ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

FIFA qaroridan keyin, endi NFF xalqaro Sport arbitraj sudida (CAS) «adolat izlashga» urinib ko‘radi.



Source link

Continue Reading

Sport

Osiyo Kubogi-2031 ko‘chirildi – O‘zbekiston uni o‘tkazishga da’vogar edi

Published

on


Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) 2031 va 2035 yilgi Osiyo Kubogi mezbonlarini tanlash jarayonlarini bekor qildi. Musobaqalar FIFA talabiga ko‘ra juft yillarga ko‘chirildi. Endi mezbon tanlash jarayoni qaytadan boshlanadi. Avvalroq, 2031 yilgi turnir mezbonligiga O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston qo‘shma ariza topshirgan edi.

Foto: REUTERS/Ibraheem Al Omari

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) 2031 va 2035 yilgi Osiyo Kubogi mezbonlarini tanlash jarayonlari bekor qilingani haqida milliy federatsiyalarni rasman xabardor etdi, deb yozdi Reuters.

Turnir mezbonligiga O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonning qo‘shma arizasi ham da’vogarlik qilayotgan edi.

Bekor qilinishiga sabab FIFA tashabbusi bo‘lib, u qit’a turnirlari jadvalini o‘zgartirish va ularni juft yillarga ko‘chirishni taklif qilgan. Muhokamalardan so‘ng OFK bu taklifga rozi bo‘ldi.

Nima o‘zgaradi?

Asosiy oqibat – turnirlarning to‘liq ko‘chirilishi: Osiyo kubogi-2031 endi 2032 yilga rejalashtirilgan, Osiyo kubogi-2035 esa 2036 yilga ko‘chirilgan. Shunday qilib, turnirni o‘tkazishning an’anaviy tizimi buziladi va musobaqalar boshqa vaqt oralig‘ida o‘tkaziladi. Shu bilan birga, Osiyo Kubogi-2027 reja bo‘yicha o‘z muddatida bo‘lib o‘tadi.

Osiyo Kubogining juft yillarga ko‘chirilishi yana bir muammoni keltirib chiqarmoqda – boshqa konfederatsiyalarning eng yirik turnirlari bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelmoqda. Endi bir yil davomida quyidagi musobaqalar o‘tkazilishi mumkin: Yevropa chempionati (UYeFA Yevro), Amerika Kubogi (Copa America), Osiyo Kubogi.

FIFA nega tizimni o‘zgartirmoqda?

O‘zgarishlar xalqaro taqvimni markazlashgan holda boshqarish bilan bog‘liq. FIFA allaqachon 2030 yilgacha bo‘lgan global musobaqalar rejasini tasdiqlagan bo‘lib, unda milliy jamoalar o‘yinlari uchun oynalar, saralash turnirlari, final bosqichlari va o‘rtoqlik o‘yinlari aniq ko‘rsatilgan. Ushbu tizimda har bir konfederatsiya umumiy jadvalga moslashishi kerak. Osiyo Kubogi qarori – mana shu katta islohotning bir qismi.

Mezbonlikka nomzodlar bilan vaziyat qanday?

Turnirlar sanasining o‘zgarishi mezbonlikka da’vogarlarning barcha arizalarini avtomatik ravishda bekor qiladi. Bu shuni anglatadiki, mezbonlarni tanlash jarayoni qaytadan boshlanadi, hamma yangi tartibni kutishiga to‘g‘ri keladi. OFK amalda ikki turnirga tayyorgarlik siklini qaytadan boshlaydi.

2031 yilgi Osiyo Kubogi mezbonligiga Avstraliya, Hindiston, Indoneziya, Kuvayt, Janubiy Koreya, shuningdek, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston qo‘shma ariza topshirgan edi. Endi O‘zbekistonning yangi turnirlar mezbonligi uchun ariza topshirishi masalasi noma’lum. Hozircha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) vaziyatga munosabat bildirmadi.



Source link

Continue Reading

Sport

FIFA kunlari uchun O‘zbekiston milliy jamoasining tarkibi e’lon qilindi

Published

on


Fudbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda bo‘lib o‘tadigan FIFA Series xalqaro o‘rtoqlik turnirida qatnashadi. Musobaqa 27–30 mart kunlari tashkil etiladi va unda Gabon, Trinidad va Tobago hamda Venesuela jamoalari ishtirok etadi.

Mart oyining oxirida Toshkent shahri FIFA Series xalqaro o‘rtoqlik turniriga mezbonlik qiladi. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro maskur yig‘in uchun jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov («Navbahor»), Abduvohid Ne’matov («Nasaf»), Botirali Ergashev («Neftchi»).

Himoyachilar: Rustamjon Ashurmatov («Istiqlol», Eron), Umarbek Eshmurodov («Nasaf»), Abduqodir Husanov («Manchester Siti», Angliya), Muhammadrasul Abdumajidov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod Nasrullayev, Muhammadqodir Hamraliyev («Paxtakor»), Behruz Karimov («Surxon»), Jahongir O‘rozov («Dinamo»), Farruh Sayfiyev («Neftchi»).

Yarim himoyachilar: Umarali Rahmonaliyev («Sabah», Ozarbayjon), Ibrohim Ibragimov, Dostonbek Hamdamov, Akmal Mozgovoy («Paxtakor»), Alisher Odilov, Jamshid Iskanderov («Neftchi»), Otabek Shukurov («Baniyas», BAA), Azizjon G‘aniyev («Al Bataeh», BAA), Oston O‘runov («Persepolis», Eron).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov («Istanbul Bashakshehir»), Igor Sergeyev («Persepolis», Eron), Sherzod Temirov («Erbil», Iroq).

Musobaqa 27-30 mart kunlari o‘tkaziladi.

27 mart

15:00 Venesuela – Trinidad va Tobago («Paxtakor» stadioni);

19:00 O‘zbekiston – Gabon («Bunyodkor» stadioni).

30 mart

15:00 Gabon – Trinidad va Tobago («Paxtakor» stadioni);

19:00 O‘zbekiston – Venesuela («Bunyodkor» stadioni).

Ma’lumot uchun, FIFA Series 2026 turnirlari o‘rtoqlik o‘yinlari o‘rnini bosishi nazarda tutilgan va butun dunyo bo‘ylab o‘tkaziladi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarga Avstraliya, Ozarboyjon, Indoneziya, Qozog‘iston, Yangi Zelandiya, Puerto-Riko, Ruanda va O‘zbekiston mezbonlik qiladi. Ayollar o‘rtasidagi musobaqalar Braziliya, Kot-d’Ivuar va Tailandda bo‘lib o‘tadi.

Turnirda ishtirok etayotgan beshta erkaklar milliy jamoasi – Avstraliya, Kabo-Verde, Kyurasao, Yangi Zelandiya va O‘zbekiston 2026 yilgi jahon chempionati ishtirokchisi sanaladi.



Source link

Continue Reading

Sport

Superliga. «Neftchi» yo‘qotishsiz bormoqda, «Buxoro» peshqadamni quvyapti

Published

on


O‘zbekiston Superligasida 4-tur o‘yinlari o‘tkazildi. «Neftchi» mavsumda birinchi marta gol o‘tkazdi, ammo g‘alabali qadamini davom ettirdi. «Navbahor» va «Nasaf» so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchradi. Jizzaxda 6 ta gol urilgan o‘yinda «Paxtakor» uch ochkoni qo‘lga kiritdi. OKMK birinchi marta g‘alaba qozondi, bosh murabbiy Mirjalol Qosimov mobil o‘yinlar tufayli futbolchilarda ishtiyoq pasayib ketganini aytdi.

18-20 mart kunlari futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida 4-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

QIZILQUM 0:1 OKMK

Gol: Abror Karimov, 34 (0:1)

OKMK mavsumdagi birinchi g‘alabasini Navoiyda qo‘lga kiritdi. Yagona gol «Qizilqum»ni mag‘lub etish uchun yetarli bo‘ldi. Olmaliqliklar ushbu g‘alabadan keyin musobaqa jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

«Qizilqum» bosh murabbiyi Akmal Rustamov jamoa yagona xato tufayli yutqazganini aytdi. OKMK ustozi Mirjalol Qosimov futbolchilarning ishtiyoqini telefondagi o‘yinlar olib qo‘yayotganidan shikoyat qildi. «Hozir telefon chiqib ko‘plarning xayolini olyapti, telefondagi o‘yinlar maydondagi futboldan ko‘proq azart beryapti. Qaniydi maydonda ham shunday kurash kechsa. Telefondagi o‘yinlar yoshlarning miyasini buzyapti», dedi u.

QO‘QON-1912 2:1 NAVBAHOR

Gollar: Anri Chichinadze, 14 (0:1), Javohir Husanov, pen 28 (1:1), Muhammadanas Hasanov, 90+4 (2:1)

Qo‘qonda kutilmagan natija qayd etildi. G‘alaba nimaligini bilmay kelayotgan mezbonlar «Navbahor»ni irodali tarzda mag‘lub etishga erishdi. G‘alaba keltiruvchi gol so‘nggi daqiqalarda urildi.

«Qo‘qon-1912» ustozi Andrey Shipilov bugun omad kulib boqqanini tan oldi. «Navbahor» bosh murabbiyi Temur Kapadze mag‘lubiyatni boshqa narsalar qatori maydon holati bilan ham bog‘ladi. «Maydon ham og‘ir, o‘t baland ekan, bu esa raqibga qo‘l keldi. Maydonda to‘p sekin yurdi, bizga og‘irlik qildi, maydon holati bilan kurash olib bordik», dedi u.

XORAZM 1:2 BUNYoDKOR

Gollar: Nosirjon Abdusalomov, 16 (0:1), Matiya Krivokapich, 43 pen (0:2), Temur Ismailov, 54 (1:2)

Chetlatish: Sardor Rahmonov, 62 (Bunyodkor)

«Bunyodkor» Urganchdagi qiyin o‘yinda 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Toshkentliklar so‘nggi yarim soatni raqibga nisbatan kamchilikda o‘tkazdi, ammo g‘alabani ushlab qolishga erishdi.

«Xorazm» bosh murabbiyi Sergey Tokov ikkita gol o‘tkazib yuborilgan birinchi bo‘lim haqida «uyalishimiz kerak» dedi. «Bunyodkor» ustozi Ilyos Zeytullayev g‘alabadan xursandligini yashirmadi va o‘zini «o‘zbek Spalettisi» deb atalishiga xotirjam munosabatda ekanini ta’kidladi. «Men o‘zimni o‘zbek spagettisi deyman (kulib). Menga Spaletti murabbiy sifatida yoqadi, lekin men angrenlikman», dedi u.

BUXORO 3:1 DINAMO

Gollar: Ravshan Xayrullayev, 45, avtogol (0:1), Temur Mamasidiqov, 48 (1:1), Shahzodbek Ubaydullayev, 54 (2:1), Ravshan Xayrullayev, 63 (3:1)

Yana bir kutilmagan natija Buxoroda qayd etildi. Aleksandr Xomyakov qo‘l ostidagi «Buxoro» Samarqandning «Dinamo» klubini irodali tarzda mag‘lub etdi. Bu natijadan so‘ng, buxoroliklar musobaqa jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi va chempionat startidagi asosiy kashfiyot bo‘lib turibdi.

«Buxoro» bosh murabbiyi o‘yindan keyin «dastlab uyatli gol o‘tkazdik va tezkor gol urdik. Ikkinchi golda omadimiz keldi, uchinchi golimiz esa o‘yinga yakun yasab berdi», dedi. «Dinamo» ustozi Vadim Abramov maydon sifatiga e’tiroz bildirdi. «O‘ylashimcha, bu maydonda futbol o‘ynashga boshqa ruxsat berishmasa kerak», dedi u.

ANDIJON 2:0 MASh’AL

Gollar: Martin Boake, 18 (1:0), Doniyor Abdumannopov, 76 (2:0)

Chetlatish: Ibrohim G‘anixonov, 12 (Mash’al)

«Andijon» autsayder ustidan ishonchli tarzda g‘alaba qozondi. «Mash’al» o‘yin boshidayoq bir futbolchi kam bo‘lib qoldi. Ibrohim G‘anixonov «Andijon» himoyachisi Igor Golbanga tirsagi bilan zarba bergan deb topildi va maydondan chetlatildi. Vaziyat ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilindi, qoidabuzarlik yaqqol emasdek ko‘rindi. O‘yindan keyin Futbol hakamlari markazi Igor Golbanning yorilgan qoshi fotosuratini e’lon qildi. Mezbonlar tarkibdagi ustunlikni g‘alabaga aylantira oldi. «Mash’al» hali birorta gol urmadi va jadval tubiga «o‘rnashib» qoldi.

«Andijon» bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘yindan keyin tanqidiy fikr bildirdi: «Jamoam o‘yinidan to‘liq qoniqmadim. Qoniqdim degan murabbiy faoliyatini tugatib qo‘yavergani yaxshi deb o‘ylayman», dedi. «Mash’al» ustozi Igor Surov «agar bir kishi kam bo‘lib qolmaganimizda, umuman boshqacha futbol namoyish etgan bo‘lardik», dedi.

SO‘G‘DIYoNA 2:4 PAXTAKOR

Gollar: Filip Ivanovich, 2 (1:0), Flamarion, 36 (1:1), Rustam Turdimurodov, 50 (1:2), Rustam Turdimurodov, 57 pen (1:3), Hojimat Erkinov, 74 pen (1:4), Feysal Mulich, 90+5 pen (2:4)

Turning eng «quvnoq» o‘yini Jizzaxda o‘tkazildi. 6 ta gol urilgan bahsda «Paxtakor» ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Mehmonlar tarkibida Rustam Turdimurodov ikkita gol urdi. «So‘g‘diyona» uchun mavsum starti muvaffaqiyatsiz kechdi – jamoa 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinlardan birini egallab turibdi.

«So‘g‘diyona» bosh murabbiyi Ivan Boshkovich dastlabki to‘rtta o‘yinda atigi bir ochko to‘plangani haqida gapirar ekan, buni inqiroz ekanini qisman tan oldi, lekin jamoa yanada yaxshiroq harakat qilishiga ishontirdi. Moliyaviy muammolar haqidagi savolni esa javobsiz qoldirdi.

NASAF 0:1 SURXON

Gol: Tornike Dzebniauri, 90+2 (0:1)

Yana bir kutilmagan natija Samarqandda qayd etildi. «Nasaf» so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, «Surxon»ga yutqazdi. Termizliklar bundan oldin bosh murabbiy Stanislav Kudryashov bilan xayrlashib, o‘rniga Anvar G‘ofurovni tayinlagan edi. Uning debyuti muvaffaqiyatli chiqdi. «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev mag‘lubiyatni «hujumlarda yetarlicha faol bo‘lmagani» bilan izohladi. Anvar G‘ofurov g‘alabani omad bilan izohladi.

NeFTChI 3:1 LOKOMOTIV

Gollar: Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 11 (1:0), Temurxo‘ja Abduxoliqov, 36 pen (1:1), Stipe Peritsa, 65 (2:1), Alisher Odilov, 89 (3:1)

«Neftchi» navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Farg‘onaliklar 15 yilda ilk marotaba «Lokomotiv»ni o‘z maydonida yengishga muvaffaq bo‘ldi va chempionatda yo‘qotishsiz bormoqda. Bu o‘yinda ular mavsumdagi ilk golini o‘tkazdi (penaltidan), ammo yana uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. «Neftchi» bosh murabbiyi Islombek Ismoilov dastlabki o‘tkazib yuborilgan goldan ranjiganini tan oldi: «gol o‘tkazmaslik seriyasini uzoq davom ettirishni maqsad qilgandik», dedi. «Lokomotiv» ustozi Mirko Yyelichich: «Hozircha darajamiz «Neftchi» bilan bir xil emas va buni to‘g‘ri tushunish kerak», dedi.

4-tur o‘yinlaridan keyin Superliga jadvali

Superliga to‘purarlari



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.