Connect with us

Sport

Murodjon Ahmadaliyev Yaponiyada mag‘lubiyatga uchradi

Published

on


Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inouega mag‘lub bo‘ldi. 

Nagoya shahrida joylashgan IG Arena majmuasida professional boks oqshomi nihoyasiga yetdi.

Musobaqaning asosiy bahsida ikkinchi eng yengil vazn toifasida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue ushbu vazn toifasida WBA yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik chempionlik kamari sohibi, hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev bilan to‘qnash keldi.

12 raundlik chempionlik jangi to‘liq davom etdi. Uchrashuv yakunida hakamlar bir ovozdan yapon bokschisining g‘alabasini qayd etishdi. Inoue chempionlik kamarlarini o‘zida saqlab qoldi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

Angliya Liga Kubogini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbek futbolchisi

Published

on


Londondagi «Uembli» stadionida Angliya Liga Kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bosh sovrin uchun bahsda «Manchester Siti» va «Arsenal» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi.

Uchrashuv «Manchester Siti» ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yin taqdirini ikkinchi bo‘limda Niko O‘Rayli tomonidan kiritilgan ikkita gol (60 va 64-daqiqalar) hal qildi. Ushbu muvaffaqiyat evaziga «Manchester Siti» o‘z tarixida 9-marta Angliya Liga Kubogi sohibiga aylandi. Endilikda  ular mazkur turnirda eng ko‘p zafar quchgan «Liverpul» (10 ta sovrin) rekordiga yaqinlashib oldi — ular orasidagi farq atigi bitta kubokni tashkil etmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «Manchester Siti» tarkibida maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. U uchrashuvning 32-daqiqasida Viktor Dyokereshga ishlatilgan qo‘pollik uchun sariq kartochka oldi.

Ushbu g‘alaba orqali Husanov Angliya Liga Kubogini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik futbolchi sifatida tarixga kirdi. Bu sovrin himoyachi uchun Angliyadagi birinchi oltin medal hisoblanadi.



Source link

Continue Reading

Sport

Madrid derbisida “Real” ustun keldi, “Barselona” minimal hisobda g‘alaba qozondi

Published

on


Kecha, 22 mart kuni Ispaniya La Ligasida bir qator markaziy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Turning eng asosiy bahsi Madrid derbisiga to‘g‘ri keldi. Unda “Real Madrid” prinsipial raqibi “Atletiko Madrid”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. “Barselona” esa “Rayo Valekano” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ispaniya chempionatining kechagi turi qiziqarli va kurashlarga boy o‘yinlarga boy bo‘ldi. 

Turning markaziy uchrashuvida “Real Madrid” o‘z maydonida “Atletiko Madrid”ni qabul qildi. Shiddatli va murosasiz kechgan bahsda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv davomida har ikki jamoa ham faol hujumlar tashkil etdi, ammo yakunlovchi daqiqalarda “Real” ustunroq harakat qildi.

Yana bir muhim o‘yinda “Barselona” o‘z maydonida “Rayo Valekano”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Kataloniya klubi qiyin kechgan bahsda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalidagi pozitsiyasini mustahkamlashga harakat qildi.

Shuningdek, qiziqarli o‘yinlardan birida “Alaves” mehmonda “Selta”ni 4:3 hisobida yengdi. Bu bahs turning eng dramatik to‘qnashuvlaridan biriga aylandi. “Atletik Bilbao” esa o‘z uyida “Betis”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, navbatdagi muhim g‘alabani rasmiylashtirdi.

22 mart kungi o‘yinlardan so‘ng La Liga jadvalida “Barselona” 73 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. “Real Madrid” 69 ochko bilan ikkinchi, “Vilyarreal” 58 ochko bilan uchinchi, “Atletiko Madrid” 57 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi pog‘onalarda “Betis” 44 ochko, “Selta” 41 ochko bilan joylashgan. Shu tariqa, chempionlik uchun asosiy kurash hozircha “Barselona” va “Real Madrid” o‘rtasida kechmoqda, Yevropa kuboklari yo‘llanmalari uchun raqobat esa yanada keskinlashgan.



Source link

Continue Reading

Sport

Ovechkin MHLdagi 1000-golini urdi

Published

on


Rossiyalik hokkeychi liga tarixida Ueyn Gretskidan keyin bu marrani zabt etgan ikkinchi o‘yinchi bo‘ldi.

«Vashington Kepitalz»ning rossiyalik hujumchisi Aleksandr Ovechkin MHL muntazam chempionatining «Kolorado Evelansh»ga qarshi uchrashuvida gol urdi va pley-offlarni ham hisobga olgan holda liga tarixida 1000 ta gollik ko‘rsatkichga erishdi.

40 yoshli Ovechkin hisobida muntazam chempionatlarda 923 ta va pley-offda 77 ta gol bo‘ldi. U jami 1723 ta o‘yin o‘tkazgan (muntazam chempionatda 1562 ta va pley-offda 161 ta).

Bu borada MHL rekordchisi kanadalik Ueyn Gretski hisoblanadi — u 1694 ta (1487+207) o‘yinda 1016 ta (894+122) gol urgan.

Aleksandr Ovechkin muntazam chempionatlarda urilgan gollar soni bo‘yicha MHL rekordchisi bo‘lib, o‘tgan mavsumda Gretskining rekordini yangilagan edi.

«Kolorado»ga qarshi o‘yindan so‘ng «Vashington»da muntazam chempionatda yana 11 ta o‘yin qoladi. Hozir jamoa Sharqiy konferensiyada 12-o‘rinda bormoqda va pley-off hududidan tashqarida joylashgan.



Source link

Continue Reading

Sport

Abduqodir Husanov Angliyadagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi

Published

on


“Manchester Siti” to‘qqizinchi bor Angliya Liga kubogi sohibi bo‘ldi. O’Rayli “Arsenal” darvozasiga to‘rt daqiqa ichida ikkita gol kiritib, dubl muallifiga aylandi.

Londondagi “Uembli” stadionida “Arsenal” va “Manchester Siti” jamoalari Angliya Liga kubogi final bahsi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi.

O’Rayli 60-daqiqada “Manchester Siti”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 64-daqiqada “Arsenal” darvozasiga ikkinchi golini kiritdi.

“Shaharliklar”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq harakat qildi. U 32-daqiqada Yokeresga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun sariq kartochka oldi.

“Arsenal”ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan “Manchester Siti” to‘qqizinchi bor Angliya Liga kubogi sohibi bo‘ldi.



Source link

Continue Reading

Sport

Masharipov va Fayzullayev jarohat sabab xalqaro turnirda qatnashmaydi

Published

on


O‘zbekiston milliy terma jamoasi 22-martdan Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshlaydi.

Fabio Kannavaro FIFA Series uchun jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. 

Kengaytirilgan ro‘yxatdan o‘rin olgan futbolchilarimiz — Jaloliddin Masharipov, Husniddin Aliqulov, Abbosbek Fayzullayev, Dilshod Komilov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Abdulla Abdullayev, Alibek Davronov va Husayn Norchayev jarohati tufayli yig‘inni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, milliy jamoa FIFA Series doirasida 27 mart kuni Gabon, 30 mart kuni esa Venesuyealaga qarshi maydonga tushadi. O‘yinlar «Bunyodkor» stadionida soat 19:00 da start oladi. 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.