Siyosat
O‘zbekiston prezidenti ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 sentyabr kuni Tyanszin shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin raisligida o‘tgan tadbirda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, shuningdek, ShHT bosh kotibi Nurlan Yermekbayev va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ularbek Sharsheyev qatnashdi.
Kun tartibiga muvofiq, ShHT doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirish istiqbollari muhokama qilindi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ochiq fikr almashildi.
Xitoy Raisi Si Szinpin davlatimiz rahbariga so‘z berar ekan, mamlakatimiz yetakchisi va xalqini Mustaqillik kuni bilan qutladi hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston yuksak sur’atda rivojlanib, mamlakatda hayot yaxshilangani va Xitoy tomoni bundan juda mamnunligini alohida ta’kidladi.
Prezidentimiz uchrashuv ishtirokchilarini qutlab, Xitoyning ShHTga raisligini yuksak baholadi va Ikkinchi jahon urushidagi Buyuk G‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi, shuningdek, ShHTga a’zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan bildirgan samimiy tabriklari va ezgu tilaklari uchun minnatdorlik izhor etdi.
Mamlakatimiz yetakchisi ushbu sammit global noaniqlik sharoitida o‘tayotganini qayd etdi.
Ishonchning tizimli inqirozi, mojarolarning kengayib borayotgani, ko‘p tomonlama institutlarning zaiflashishi va jahon savdo tizimining parchalanishi xalqaro xavfsizlik va barqarorlik arxitekturasi asoslariga putur yetkazmoqda.
— Bunday sharoitda ShHT davlatlarining bir-birini o‘zaro tushunishi va birdamligi — bu faqat qimmatli boylik emas, balki bizning bepoyon mintaqamizda tinchlikni saqlashning kalitidir, — dedi O‘zbekiston yetakchisi.
ShHT doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida davlatimiz rahbari quyidagi masalalarga e’tibor qaratdi.
Eng avvalo, tashkilotning samaradorligini oshirish, uning institutlari va qarorlarni amalga oshirish mexanizmlarini mustahkamlash zarurligi qayd etildi. Tashkilotni transformatsiya qilish bo‘yicha Samarqand sammitida boshlangan jarayonlar ushbu muhim vazifalarni hal etishga yordam berishiga ishonch bildirildi.
Davlatimiz rahbari ShHTni izchil kengaytirish, uning muloqot bo‘yicha sheriklari tarkibiga yangi a’zolarni, jumladan, boshqa mintaqa davlatlarini qo‘shish zarurligini, bu tashkilotni Global Janub mamlakatlari bilan hamkorlik platformasiga aylantirishga yordam berishini ta’kidladi.
Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik ShHTning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
— Bugungi kunda kelishilgan yondashuvlarga hamda ishonch va xavfsizlikni ta’minlashning yangi mexanizmlariga talab kuchayib bormoqda, — dedi O‘zbekiston Prezidenti.
Shu ma’noda, davlatimiz rahbari Yadro xavfsizligi yo‘lida ko‘p tomonlama sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha ShHT deklaratsiyasini qabul qilishga chaqirdi. Ushbu deklaratsiya tinchlik yo‘lidagi atomni rivojlantirish va favqulodda holatlarga javob qaytarishning mustahkam asosiga aylanadi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligidagi tarqatmaslik global rejimiga munosib hissa bo‘ladi.
Transchegaraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish maqsadida Ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlari kengashi ishini qayta tiklash, Jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni qayta ko‘rib chiqish, Giyohvandlikka qaram bo‘lib qolishga qarshi kurashishning 2030-yilga qadar mo‘ljallangan dasturini ishlab chiqish taklif qilindi.
O‘zbekiston yetakchisi «ShHT — Afg‘oniston» muloqot guruhi faoliyati qayta tiklanishini qo‘llab-quvvatladi. Konstruktiv muloqotlarni rivojlantirish va Afg‘onistondagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish uning asosiy vazifalaridan biri bo‘lishi mumkin.
Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan hozirgi tendensiyalarni hisobga olib, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
— Biz keng mintaqamizda iqtisodiy hamkorlikning barqaror modellarini shakllantirish tarafdorimiz, — dedi davlatimiz rahbari.
Savdoni soddalashtirish tartib-taomillari to‘g‘risidagi bitimni imzolash hamda mintaqaviy sanoat va infratuzilma loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali vositalarini tezroq joriy etish muhimligi qayd etildi.
Ishonchli ishlab chiqarish-logistika zanjirlarini rivojlantirish va o‘zaro sarmoyalarni rag‘batlantirish maqsadida ShHT doirasida Strategik materiallar bo‘yicha mintaqaviy markaz, Energetika konsorsiumi, startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilgari surish uchun Venchur kompaniyalari va jamg‘armalari tarmog‘i, biznes bo‘yicha muloqotlarni yo‘lga qo‘yish va investitsiyalarni ilgari surish uchun Maxsus elektron portal kabi bir qator yangi ko‘p tomonlama tuzilmalar va kooperatsiyani qo‘llab-quvvatlash vositalarini joriy etish taklif qilindi.
Davlatimiz rahbari Shimol – Janub va Sharq – G‘arb yo‘nalishlari bo‘yicha transport-tranzit salohiyatini to‘liq ishga solish, Markaziy Osiyo orqali Fors ko‘rfazi va Hind okeani portlariga chiqadigan janubiy yo‘nalishdagi yo‘laklarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi.
«ShHT yagona transport makoni»ni shakllantirish va uni «Bir makon, bir yo‘l» strategik tashabbusi bilan bog‘lash bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi. Yangi multimodal tarmoqlar, raqamli platformalar va «yashil» yo‘laklar yaratishni nazarda tutuvchi konsepsiyani ishlab chiqish taklif etildi.
ShHTning «yashil» transformatsiya sohasidagi hamkorligini kengaytirish borasida iqlim o‘zgarishiga moslashish, havoga zaharli gazlarni chiqarishni kamaytirish, ekologik xavf-xatarlarni bashorat qilish uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalari bo‘yicha mintaqaviy platformani ishga tushirish zarurligi qayd etildi.
— Madaniy aloqalarni yanada chuqurlashtirish va xalq diplomatiyasi institutini kuchaytirish ShHT doirasidagi uzoq muddatli sheriklikning muhim omili hisoblanadi, — dedi O‘zbekiston Prezidenti.
Xalq ijodiyoti xalqaro festivallarini o‘tkazish, «ShHT universiteti» sheriklik tarmog‘ining onlayn kampusini yaratish, innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha har yili talabalar va yosh mutaxassislar o‘rtasida tanlov va olimpiadalar tashkil etish gumanitar almashuvlarni rivojlantirish hamda xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga kuchli turtki berishi ta’kidlandi.
«Sayyohlik yo‘lagi» va ShHT tibbiyot turizmi alyansini ishga tushirish kabi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish taklif qilindi.
So‘zining yakunida davlatimiz rahbari Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislikni qabul qilgani bilan tabrikladi.
Xitoy Raisi Si Szinpin davlatimiz rahbariga ilgari surilgan muhim tashabbuslar uchun minnatdorlik bildirib, ularni birgalikda amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.
Majlis yakunida hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. Xususan, Tyanszin deklaratsiyasi, ShHTni 2035 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi hamda hamkorlikning turli sohalarida sheriklikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim ko‘p tomonlama hujjatlar to‘plami qabul qilindi.
Siyosat
Abdulla Abduqodirov Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
Abdulla Abduqodirov Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan:
Abdulla Mamasaatovich Abduqodirov Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
Tohirjon Baxodirovich Safarov Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi.
Siyosat
O‘zbekiston fuqarolar uchun vizasiz sayohatni kengaytirishni maqsad qilgan
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolarining vizasiz sayohat qilish imkoniyatlarini kengaytirish va viza tartiblarini soddalashtirish bo‘yicha xorijiy hukumatlar bilan muzokaralarni faollashtiradi.
Ushbu tashabbus “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlar doirasida amalga oshirilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazirlik bir oylik kampaniyani boshlab yubordi, uning davomida O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari va konsulliklari viza siyosati sohasida yangi kelishuvlarni ilgari surish bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari va konsullik muassasalari xalqaro hamkorlar bilan vizasiz sayohat imkoniyatlarini kengaytirish, vizaga murojaat qilish tartib-taomillarini soddalashtirish hamda zamonaviy va qulay viza mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha muzokaralarni faollashtiradi, deb xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi.
Yangi vizasiz bitimlar tuzish va elektron vizalardan foydalanishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Vazirlikning bildirishicha, mazkur tashabbus O‘zbekiston fuqarolari uchun xorijga sayohat qilishni yanada qulay qilish, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan yanada kengroq va ochiq hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Siyosat
Prezident Toskana viloyati bilan hamkorlik salohiyatini yuqori baholadi
Bugun, 14-iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Italiyaning Toskana viloyati gubernatori Eujenio Jani boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ayniqsa savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, hududlararo aloqalarni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi.
Tomonlar keyingi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanayotganini ta’kidladi. Joriy yil boshidan o‘zaro savdo aylanmasi 25 foizga oshgani qayd etildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Italiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida metallurgiya, energetika, qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoati va boshqa tarmoqlarda qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Toskanani ko‘p asrlik tarixiy hamda madaniy aloqalar bog‘lab turishi alohida ta’kidlandi. Buyuk Ipak yo‘li davrida Florensiya bilan Samarqand va Buxoro kabi shaharlar o‘rtasida faol savdo munosabatlari yo‘lga qo‘yilgan, florensiyalik savdogar va diplomatlar Amir Temur saroyida qabul qilingan.
Hozirda Toshkent shahrida Piza universiteti filiali faoliyat yuritmoqda va joriy yilda uning ilk bitiruvchilari mehnat bozoriga kirib keladi. Shuningdek, Prato shahrida O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari savdo uyi ishlamoqda. 2024-yilda esa Florensiyadagi mashhur Uffitsi galereyasida o‘zbek avangard san’ati namunalari ko‘rgazmasi tashkil etilgan.
Prezident Toskana viloyati bilan to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat va zargarlik sanoati, qurilish, ta’lim, madaniyat hamda turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.
Muzokaralarda Toskana va Buxoro viloyati o‘rtasida sheriklik munosabatlari rivojlanayotgani hamda hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangani ijobiy baholandi.
Uchrashuv yakunida Toskana viloyati va O‘zbekiston hududlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy aloqalarni yanada kengaytirishga qaratilgan qo‘shma «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish va qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Siyosat
Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunladi
Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Manfred Xyutterer diplomatik missiyasini yakunladi va ikki davlat o‘rtasida yaqinroq siyosiy muloqot va hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan vakolat muddatini yakunladi.
Foto: Telegram/baxtiyor_saidov
Seshanba kuni tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov janob Xutera bilan xayrlashuv uchrashuvi o‘tkazdi va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
Saidov oʻzining Telegram-kanalida eʼlon qilgan xabarida har ikki davlat Xutera faoliyati davomida Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasida oliy darajadagi muzokaralar muvaffaqiyatli oʻtkazilgani, tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik mustahkamlangani va koʻp qirrali sheriklik munosabatlari yangi bosqichga koʻtarilgani taʼkidlanganini taʼkidladi.
“Biz mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Janobi Oliylari Manfred Xyutterer bilan xayrlashuv matbuot anjumani o‘tkazdik”, — deb yozadi Saidov. – Uning elchi sifatidagi faoliyati davomida oliy darajadagi uchrashuvlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani, ikki tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi yaqin muloqot mustahkamlangani, ko‘p qirrali hamkorligimiz sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini alohida ta’kidladik.
Tashqi ishlar vaziri, shuningdek, elchiga O‘zbekiston-Germaniya munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Janob Xutera 2024-yil 20-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini topshirdi.U 2021-2024-yillarda Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lib ishlagan Tilo Klinner o‘rnini egalladi
Siyosat
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida axborot xavfsizligi va diplomatik hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida siyosiy muloqotni mustahkamlash, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, xalqaro axborot xavfsizligi bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Foto: Telegram/baxtiyor_saidov
Hujjat Ashxobodda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashuvdan so‘ng imzolandi.
Saidov ikki davlat oʻrtasida Oʻzbekiston va Turkmaniston hukumatlari oʻrtasida xalqaro axborot xavfsizligini taʼminlashda hamkorlik toʻgʻrisida bitim va ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2027-2028-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi imzolanganini aytdi.
“Muzokaralardan so‘ng biz ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlarni imzoladik”, — deb yozdi Saidov o‘zining Telegram’dagi kanalida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, kelishuv siyosiy muloqotni yanada institutsional rivojlantirish, ikki tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi mazmunli hamkorlikni kengaytirish va zamonaviy xalqaro xavfsizlik sohasida hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
-
Siyosat4 days ago
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdi
-
Jamiyat4 days agoToshkent metrosiga yana 3 ta zamonaviy poyezd qo‘shildi
-
Dunyodan3 days agoMahmud Ahmadinejod atrofidagi sirli o’yin: “Mossad bilan hamkorlik”
-
Dunyodan4 days ago
Anqarada NATO sammiti boshlandi
-
Iqtisodiyot3 days agotadbirkor va davlat organlari o‘rtasida huquqiy bahs yuzaga keldi
-
Iqtisodiyot2 days agoMarkaziy bank huzurida Islomiy moliya kengashi tashkil etildi
-
Sport4 days agoIspaniyada Fransiya milliy jamoasi haqidagi bayonot ortidan siyosiy mojaro avj oldi
-
Iqtisodiyot4 days ago
Andijonda Belarus texnologiyasi asosida qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqariladi
