Connect with us

Iqtisodiyot

AKTdan foydalangan holda investitsiya faoliyatini amalga oshirish mexanizmi belgilandi

Published

on


Prezidentning “Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan investitsiya faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatning maqsadi:


aholidan investitsiya loyihalariga mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha ommalashib borayotgan amaliyotni huquqiy jihatdan tartibga solish;
fuqarolar huquq va manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash;
investitsiya faoliyatini AKTdan foydalangan holda amalga oshirishning shaffof va ishonchli mexanizmlarini joriy etish.

2025 yil 1 oktyabrdan 2026 yil 1 oktyabrga qadar investitsiya platformalaridan “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimida quyidagi yo‘nalishlarda foydalanishga ruxsat beriladi:


qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va sotib olishda;
venchur va pay fondlarini moliyalashtirishda;
kommandit shirkatlarga hissa kiritishda.

Maxsus huquqiy rejim doirasida:


yuridik shaxs hisoblangan tadbirkorlik sub’yektlari investitsiya jalb etishni talab etadigan loyihalarini hamda ulushga ega bo‘lish orqali tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishga oid takliflarini investitsiya platformalarida joylashtirishga haqli;
investorlar investitsiya platformalarida e’lon qilingan investitsiya loyihalarini tanlash va ularga mablag‘ kiritish orqali investitsiya faoliyatini amalga oshirish hamda shu orqali foyda olish huquqiga ega;
investitsiya platformalari orqali amalga oshiriladigan loyihalar investitsiya va boshqaruv kompaniyalari orqali ham boshqarilishi mumkin.

Bunda investitsiya platformasi orqali kiritilgan investitsiyalar raqamli elektron guvohnomalar bilan tasdiqlanadi va investitsiyalarni jalb etuvchi shaxs nomidan investitsiya platformalari orqali taqdim etiladi.

Platforma operatoriga qo‘yiladigan talablar:


rezident yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi;
vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladigan maxsus elektron reyestrga kiritilgan bo‘lishi;
shartnomalar reyestrini yuritishi.

Shu bilan birga, investitsiyalarni jalb etuvchi shaxslar investitsiya platformasiga investitsiya jalb etuvchi shaxslarda to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud emasligi hamda ular tomonidan o‘tgan moliya yili davomida soliq va buxgalteriya qonunchiligiga rioya etilgani to‘g‘risidagi auditorlik tashkilotining xulosasini ham joylashtirishi kerak.

Quyidagilar belgilandi:


kiritilgan mablag‘lar garov obekti hisoblanmaydi va boshqa maqsadlarda foydalanilmaydi, shuningdek, platforma operatorlari va uchinchi shaxslar tomonidan va ularning foydasiga undirilmaydi, bundan sud qarori asosida amalga oshiriladigan holatlar mustasno;
jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan, norezidentlarga investitsiya platformalari orqali investitsiya kiritishga ruxsat beriladi;
mablag‘lar faqat O‘zbekiston hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalariga yo‘naltiriladi;
investitsiyalar qaytarilishi va rentabelligi uchun javobgarlik investitsiyalarni jalb etuvchi shaxs zimmasiga yuklanadi;
platformalar ishtirokchilarining huquq hamda majburiyatlarini belgilash “aqlli shartnomalar” (smart contract) yordamida amalga oshirilishi mumkin.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi platforma operatorlari faoliyati sohasida tartibga solish va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Investitsiya platformalari orqali investitsiya kiritishga oid bitimlar elektron shaklda tuziladi va investitsiya platformalaridan olingan ma’lumotlar asosida qo‘shimcha hujjatlarsiz real vaqt rejimida tadbirkorlik sub’yektlari yagona davlat reyestriga tegishli yozuv kiritiladi.

https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/aktdan_foydalangan_holda_investiciya_faoliyatini_amalga_oshirish_mehanizmlari_belgilandi



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekiston mahsulotlarini eng ko‘p sotib oluvchi mamlakatlar ma’lum bo‘ldi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi 19,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.

Mazkur davrda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan mamlakatlar (top-10):


Rossiya — 2,8 mlrd AQSh dollari;
Xitoy — 1,7 mlrd;
Afg‘oniston — 1,1 mlrd;
Qozog‘iston — 868 mln;
Fransiya — 854,9 mln;
Gonkong (Xitoy maxsus ma’muriy hududi) — 716 mln;
Turkiya — 596,2 mln;
Qirg‘iziston — 575,8 mln;
Tojikiston — 437,5 mln;
BAA — 420,8 mln.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi

Published

on



Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun bir qator yengilliklar joriy etiladi

Published

on


Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, bojxona sohasida bir qator yangi tartiblar belgilandi.

Jumladan, 2026 yil 1 oktyabrdan xavf darajasi past hamda QQS guvohnomasi faol bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga tovarlarni import qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, tovarlar eksportida nazorat jarayonlarining raqamlashtirilishi va takomillashtirilishi natijasida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya hamda tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar miqdori 30 foizga kamaytiriladi.

2027 yil 1 yanvardan tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish tartibi ham soddalashtiriladi. Xususan, xavf darajasi past bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari olib kirayotgan tovarlarning bojxona qiymati tovarlar erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilinadi.

Bundan tashqari, bojxona qiymatini nazorat qilish maqsadida tovarlar uchun qat’iy bojxona qiymatini belgilash taqiqlanadi. Bojxona qiymati bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilish amaliyoti joriy etiladi hamda nazorat jarayonida rasmiy diller va distribyutorlarning narx ma’lumotlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

2027 yil 1 iyundan esa jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlar bo‘yicha yagona bojxona to‘lovi miqdori to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona yig‘imlaridan kam bo‘lsa, ushbu yig‘imlar undirilmaydi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dushanba kuni ham dollar kursi pastlaydi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 7-sentyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 9,7 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 3,01 so‘mga tushdi va 13 695,70 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 949,95 so‘mni tashkil qildi (+31,7).

Rossiya rubli 136,13 so‘m etib belgilandi (+0,33).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston mahsulotlari AQShning eng yirik savdo tarmog‘i orqali Amerika bozoriga chiqishi mumkin

Published

on


O‘zbekiston bosh konsuli Axror Burxanov «Costco Wholesale» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Muloqot avvalida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va hunarmandchilik sohalaridagi eksport salohiyati haqida ma’lumot berildi. Kompaniya vakillariga AQSh bozoriga olib kirishga ruxsat etilgan oliy navli o‘zbek mayizi va quritilgan o‘rik namunalari ham taqdim etildi.

O‘z navbatida, «Costco» vakillari o‘zbek mayizining sifati va tashqi ko‘rinishini yuqori baholab, uni savdo tarmog‘ida sotuvga chiqarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirdi.

Suhbat davomida pista, grek yong‘og‘i, bodom, golubika, gilos, uzum, anor va boshqa yangi hamda quritilgan mevalarni yetkazib berish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, uchrashuvda o‘zbekistonlik eksportchilarni AQShdagi qadoqlash va markirovkalash korxonalari bilan bog‘lash, shuningdek, kelgusi yil fevral oyida o‘tkaziladigan mahsulotlar taqdimotida ishtirok etishga ko‘maklashish masalalari ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, o‘zbek tekstili, milliy kulolchilik buyumlari, idish-tovoq va qo‘l mehnati asosida tayyorlangan dekorativ mahsulotlarni «Costco» orqali sotish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Kompaniya vakillari raqobatbardosh mahsulotlar aniqlangan taqdirda, ularni global xarid jamoalariga taqdim etishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.