Jamiyat
Buxoroda bosh hisobchi va o‘rinbosari «otkat» bilan qo‘lga tushdi
Olot tumani tibbiyot birlashmasi mas’ullari davlat mablag‘lari evaziga 40 mln so‘m «otkat» olishga uringan.
DXX xabariga ko‘ra, u Romitan tumanida kiyimdan tashqari noto‘qima mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MChJdan birlashma ehtiyojlari uchun 400 dona yotoq choyshablarini sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzgan.
Bosh hisobchi o‘zining o‘rinbosari bilan o‘zaro til biriktirib, mazkur shartnomada tovar narxini oshirib ko‘rsatish orqali, ya’ni har bir choyshabni 90 ming so‘mdan emas, balki 190 ming so‘mdan hisoblab, umumiy xarajatlar summasini 76 mln so‘m qilib ko‘rsatgan.
Natijada ortiqcha hisoblangan 40 mln so‘m “otkat”ni MChJ ish yurituvchisidan talab qilgan.
DXXning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IJQK departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular oldindan 32 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,167-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Soliqdan qarzdor fuqaroning qimmatbaho avtomashinasi xatlandi
Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar Olmazor tuman bo‘limi ish yurituviga sud va boshqa organlar qarorlariga asosan qarzdor «S.-M» MChJdan davlat foydasiga jami 6,24 mlrd so‘m davlat boji va soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan hamda ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor tomonidan yuqoridagi qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorga tegishli barcha mol-mulklarga taqiq o‘rnatilgan hamda belgilangan tartibda qidiruv e’lon qilingan.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli «LI XIANG L9» rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan.
Hozirda mazkur xatlangan avtotransport vositasi baholanib, auksion orqali qarzdorlik hisobidan sotish choralari ko‘rilmoqda.
Qarzdor tomonidan ushbu jarayon davomida qarzdorlik to‘liq qoplangan taqdirda, avtotransport vositasi mulk egasiga qaytariladi.
Jamiyat
Toshkentda 1,1 mlrd so‘mlik tibbiy buyumlarning noqonuniy saqlanganlik holati fosh etildi
«Toshkent-AERO» IBK Kontrabandaga qarshi kurashish shu’basi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar idoralari vakillari bilan hamkorlikda poytaxtimizda sifati kafolatlanmagan tibbiy buyumlarning noqonuniy realizatsiyasiga qarshi navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbirda oldindan shubha ostiga olingan shaxsning Yangihayot tumanidagi xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, bu yerda 38 nomdagi 3613 turli tibbiy buyumlar noqonuniy ravishda saqlanayotgani fosh bo‘ldi.
Ushbu holatda olib qo‘yilgan tibbiy buyumlar murakkab jarrohlik amaliyotlarida qo‘llaniladigan stent, kateter va yana boshqa turdagi buyumlar inson hayoti uchun juda muhim va shu bilan bir qator yuqori xavf guruhiga kiruvchi buyumlar hisoblanadi.
Masalan, sifati kafolatlanmagan stentning qon tomiri ichida to‘g‘ri ishlamasligi xastalikni kuchaytirishi, bemor organizmiga mos kelmasligi, allergik reaksiyalar, tromb hosil bo‘lishi yoki hatto infarktga olib kelishi mumkin.
Qolaversa, maxsus sharoitlarda tashilishi va saqlanishi talab etiladigan tibbiy buyumlarning oddiy xonadonda saqlanishini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra mazkur holatda olib qo‘yilgan tibbiy buyumlarning jami qiymati 1 mlrd 100 mln so‘mdan oshmoqda.
Holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bojxona organlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida aniqlangan 484 ta holatda qiymati 18 mlrd. so‘mlik dori vositalari va tibbiy buyumlarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasigan chek qo‘yilgan.
Jamiyat
O‘zbekistonliklar yanvar oyida «import choy» 3,8 mln dollar sarflagan
2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonga 14 ta xorijiy davlatdan qiymati 3,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 570 tonna choy import qilingan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mahsulotning mamlakatga import hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 421 tonnaga kamaygan.
2026-yilning ilk oyida O‘zbekistonga eng ko‘p choy yetkazib bergan davlatlar:
Xitoy – 2 122 tonna;
Qozog‘iston – 123 tonna;
Eron – 113,4 tonna;
Keniya – 97,6 tonna;
Indoneziya – 41,8 tonna;
Boshqa davlatlar – 72,3 tonna.
Jamiyat
Stokgolmda O‘zbekiston va Shvetsiya diniy peshvolari o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi
Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahri markazidagi «Zayd ibn Sulton al-Nahayyon» masjid-majmuasida O‘zbekiston delegatsiyasi va Shvetsiya diniy peshvolari o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Yangi O‘zbekistondagi diniy islohotlar haqida so‘zlab berdi. Ayniqsa, yurtimiz masjidlarida mo‘min-musulmonlar uchun qilingan sharoitlar, turli hududlarda Qur’on kurslari faoliyat ko‘rsatayotgani, mintaqada yagona bo‘lgan Fatvo markazi xizmat ko‘rsatishi, imomlar va qorilarning xorij safarlari shvetsiyalik soha vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Muftiy hazratlari o‘z so‘zi davomida Ramazon hayiti arafasida Davlatimiz rahbari tomonidan Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy masjid-majmuasi xalqimizga tuhfa etilganini aytish barobarida mezbon davlat vakillarini mazkur muhtasham majmualar bilan yaqindan tanishish uchun O‘zbekistonga taklif etdilar.
Muloqot davomida masjid bosh imomi Mahmud Xalfiy O‘zbekistonning tarixi buyukligi, bu diyordan yetishib chiqqan mutafakkirlar dunyo rivojiga ulkan hissa qo‘shgani, xususan, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi ulamolar diniy ilmlar rivojiga hissa qo‘shgan bo‘lsa, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek singari olimlar dunyo ilm-fani rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgani, bugun ham bu diyor taraqqiy etayotganini e’tirof etdi.
Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi maxsus vakili Kristian Kamil o‘z so‘zida O‘zbekiston va Shvetsiya davlatlarining o‘xshash jihatlari ko‘pligini ta’kidlab, ikki davlat delegatsiyalarining o‘zaro muloqoti davomida katta natijalarga erishilayotganini ta’kidladi.
Muloqot samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Jamiyat
Turkiyada ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
Ular O‘zbekistonda yirik miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan.
Foto: Istanbuldagi bosh konsulxona
Turkiyada ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Turkiyadagi Bosh konsulligi xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, 40 yoshli T.R. va 38 yoshli F.A. O‘zbekistonda yirik miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan.
Ular Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan qabul qilinib, sud oldida javobgarlikka tortilishi uchun O‘zbekistonga qaytarilgan.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. Ushbu yo‘nalishda jinoyatchilikka qarshi kurashish, xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularni javobgarlikka tortish borasida samarali natijalarga erishilmoqda.
“Hozirgi kunda ham mamlakatimiz hududida turli jinoyatlar sodir etib, Turkiya hududida yashirinib yurgan boshqa shaxslarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha tegishli tezkor-qidiruv hamda huquqiy choralar davom ettirilmoqda”, deyiladi konsullik xabarida.
-
Dunyodan4 days ago
Prezident Tramp Eronga Hormuz boʻgʻozini ochish uchun 48 soat vaqt berdi
-
Turk dunyosi5 days agoBuyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Gretsiya, Turkiya, Kipr va Dubayga sayohatlar haqidagi soʻnggi maʼlumotlarni eʼlon qildi
-
Jamiyat3 days ago
O‘zbekistonliklar qaysi mamlakatlarga eng ko‘p safar qilmoqda (top-10)
-
Jamiyat5 days agoO‘zbekistonda taksichilarni aldashning yangi firibgarlik usuli fosh etildi
-
Dunyodan2 days ago
Maskat va Toshkent oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyiladi.
-
Turk dunyosi4 days agoPrezident Trampning Eron urushini toʻxtatib qoʻyishida haqiqatda kim vositachilik qilgan? Misr, Pokiston va Turkiyaning sokin diplomatiyasi diqqat markazida
-
Dunyodan4 days ago
Eron tarixidagi eng katta banknotalar muomalaga chiqariladi
-
Iqtisodiyot3 days agoO‘zbekistonda kichik AES qurilishi Rossiya kompaniyalarini 24,7 mlrd dollargacha buyurtmalar bilan ta’minlaydi – Lixachyov
