Connect with us

Iqtisodiyot

Toshkentda shifobaxsh o‘simlikdan noyob dori vositasi ishlab chiqarilishi mumkin

Published

on


Vengriyaning yetakchi iqtisodiy nashrlaridan biri – Világgazdaság saytida “Vengriya ishtirokida Toshkentda Nobel mukofoti sovrindori tomonidan kashf qilingan shifobaxsh o‘simlikdan dori vositasi ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi mumkin” sarlavhali maqola e’lon qilindi.

“Shirin shuvoq ming yillar davomida xitoyliklar va yevropaliklar tomonidan ishlatilgan o‘simliklardan biridir. 2015 yilda xitoylik tadqiqotchi Tu Yuyu bezgakni davolashda 100 foiz samaradorlikni ko‘rsatgan shirin shuvoqning faol komponentini ajratib olgani va undan bezgakka qarshi dori yaratgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Yaqinda ming yillik dorivor o‘simlik Vengriya-O‘zbekiston tadqiqot va innovatsion loyihasining asosiy elementiga aylandi. Asosiy ishlanmalar Debretsen universitetining farmatsevtika fakultetida amalga oshirilmoqda va Toshkent dori vositalari ishlab chiqarish markaziga aylanish istagini bildirdi”, – deya Debretsen universiteti dekani Ildiko Backay so‘zlaridan iqtibos keltirilgan maqolada.

Qayd etilishicha, dorivor o‘simliklardagi faol moddalarning tarkibi beqaror va ko‘plab tashqi omillarga, jumladan, iqlim va tuproqqa bog‘liq. Davom etayotgan Vengriya-O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot loyihasi ushbu omillarning ayni zavoddagi faol komponentlar tarkibiga qanday ta’sir qilishini o‘rganmoqda.

Nashrda loyihaning O‘zbekiston tomonidan ishtirokchisi Toshkent farmatsevtika instituti, sanoat hamkori esa Vengriyaning Meditop Gyógyszergyártó Kft. farmatsevtika kompaniyasi ekanligi ma’lum qilingan.

“2023 yil iyul oyida Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyarto hamda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Budapeshtda O‘zbekiston tomoni Toshkent yaqinida Vengriya farmatsevtika sanoati vakillari uchun maxsus iqtisodiy zona tashkil etish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi”, – deb ta’kidlangan maqolada.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi

Published

on


Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.

2025 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61,23 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.

Oltinning fizik hajmi ketma-ket ikkinchi oy oshdi. Noyabrda u 310 ming troya unsiyaga (9,64 tonna) oshib, 12,23 million unsiyaga (380,4 tonna) yetdi.

Oltin zaxiralarining qiymati 3 milliard dollarga oshib, 50,86 milliard dollarga yetdi.

Zaxiralarning valuta qismi esa 1,1 milliard dollarga kamayib, 9,8 milliard dollarni tashkil etdi.

Qimmatli qog‘ozlar hajmi avvalgi oyga nisbatan 503,3 million dollarga ko‘payib, 1,53 milliard dollarni tashkil etdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlashga qariyb 17 trln so‘m sarfladi

Published

on


O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar uchun 10 oyda 16,5 trln so‘m sarflagan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 16,5 trln so‘mga yetdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 15,4 % ga oshgan. Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 2 % ni tashkil etgan.

Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi:

Toshkent shahri – 7,7 trln so‘m

Toshkent viloyati – 1,6 trln so‘m

Samarqand viloyati – 1,2 trln so‘m

Farg‘ona viloyati – 1,1 trln so‘m

Namangan viloyati – 747,7 mlrd so‘m

Andijon viloyati – 739 mlrd so‘m

Buxoro viloyati – 640,1 mlrd so‘m

Qashqadaryo viloyati – 612,8 mlrd so‘m

Xorazm viloyati – 557,8 mlrd so‘m

Surxondaryo viloyati – 416,8 mlrd so‘m

Jizzax viloyati – 398,8 mlrd so‘m

Sirdaryo viloyati – 293,1 mlrd so‘m

Qoraqalpog‘iston Resp. – 285,6 mlrd so‘m

Navoiy viloyati – 269 mlrd so‘m. 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda

Published

on


Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.

Jizzax viloyatida 2,5 million tonna volfram zaxirasiga ega Qo‘ytosh koni ishga tushish arafasida, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, xitoylik investorlar yil oxirigacha konni tozalash ishlarini tugallaydi. Kelasi yilda esa ruda qazib olish jarayonlari boshlanadi. 

Kon hududida volframni ajratib olish bo‘yicha zamonaviy qayta ishlash zavodi barpo etiladi.

Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.

Loyihaning birinchi bosqichida 100 nafarga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlanadi va yiliga 150 ming tonna ruda qazib olinadi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 61,23 mlrd dollarga yetdi

Published

on


O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari, 1-dekabr holatiga, 61,23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

Zaxiralar noyabrda 1,9 mlrd dollarga (+3,2 foiz) o‘sdi, yil boshidan esa 20 mlrd dollarga (+48,7 foiz) oshdi. Bu avvalo oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.

Qolaversa, Markaziy bank sotib olgan qimmatli qog‘ozlar qiymati ham sezilarli darajada oshgan — noyabrda 503 mln dollarga ko‘payib, $1,52 mlrdga yetgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklarni Koreyaga ishga jo‘natishga tayyorlaydigan maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi

Published

on


Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi. O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Koreyaga ishga jo‘natiladi.

Foto: Migratsiya agentligi

Janubiy Koreyaning “KIA Auto” kompaniyasi rahbariyati Migratsiya agentligida bo‘ldi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, 2026 yil boshidan Migratsiya agentligi tomonidan KIA AUTO standartlariga mos maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi. Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi.

O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar E-7 vizasi (malakali ishchi) bilan Koreyaga ishga joylashtiriladi. E-7 vizasining asosiy talabi — koreys tilini TOPIK 1 darajasida bilish.

“Koreya Adliya vazirligi 2025 yildan boshlab avtomobil kuzovini bo‘yash yo‘nalishiga xorijlik mutaxassislarni jalb qilishga ruxsat berdi. Shu vaqtga qadar faqat mahalliy aholi ishlagan. O‘zbekiston ushbu loyihaga birinchi bo‘lib jalb etilmoqda”, deyiladi Migratsiya agentligi xabarida.

KIA Auto — Koreyaning yetakchi avtomobillarga xizmat ko‘rsatish tarmog‘i bo‘lib, mamlakat bo‘ylab 600 ga yaqin servis markazi bor. Yiliga 1 milliondan ortiq avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatadi va malakali kadrlarga ehtiyoj yuqori.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.