Iqtisodiyot
Soliqchilar QQSni qaytarishda sovitkichdan olingan suvni ham puflab ichyapti
Soliq idoralarining 32 xodimi QQSni qaytarish bilan bog‘liq tarzda jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda aytgan Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev xodimlardagi ehtiyotkorlikni obrazli tarzda ifodaladi: “Sovitkichdan sovuq suvni olyapti-da, uni puflab, keyin shu suvning sovuqligi to‘g‘risida ma’lumotnoma ham so‘rab olyapti”. Qudbiyev QQSni oson qaytarib olish uchun AAA reytingini olishni tavsiya qildi.
Sherzod Qudbiyev / Savdo-sanoat palatasi YouTube kanalidagi jonli efirdan
28 iyul kuni transport-logistika sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda logistika kompaniyalaridan birining ta’sischisi fevral oyidan beri 750 mln so‘mlik QQSni soliq organidan qaytarib olomayotganidan shikoyat qildi.
Bunga javoban Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev soliqchilar QQSni qaytarish masalasida juda ehtiyotkor bo‘lib qolishganini aytdi.
“Budjetning pulini noto‘g‘ri qaytarib bersa, qamaladi. Shu tomoni ham bor-da. Bilasizmi, bu juda og‘ir masala. Mana, soliq idoralarining 32 ta xodimi jinoiy javobgarlikka tortildi, aynan shu QQSni qaytarib berishdagi ayrim joydagi xatolari, ayrim joydagi o‘zining poraxo‘rligi sababli. Shuning uchun QQSni qaytarishda [soliqchilar] suvni puflab ichyapti. Sovitkichdan sovuq suvni olyapti-da, uni puflab, keyin qo‘shnisidan ham so‘rab olyapti: “Shu suvning sovuqligi to‘g‘risida ma’lumotnoma ber” deb. Shu darajada bo‘lib qoldi”, – dedi Qudbiyev.
U qo‘mitaning QQS boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Imomovga tadbirkorning solig‘i 7 oydan beri nima uchun qaytarilmayotganini o‘rganib chiqishni topshirdi: “Yo yana bironta ahmoq pora so‘rayapti, yoki bularning o‘zida xato-kamchiligi bor. Shu ikkalasidan bittasi. O‘rganib, menga axborot beringlar”.
Sherzod Qudbiyev tadbirkorga yuzlanar ekan, QQSni oson va tez qaytarib olish uchun barqarorlik reytingini eng yuqori – AAA toifagacha ko‘tarishni tavsiya qildi.
“Reytingingizni AAAga ko‘tarib olsangiz, soliq idorasi o‘rganib ham o‘tirmasdan, QQS avtomatik qaytariladi”, – dedi u.
Foto: Savdo-sanoat palatasi
Bunga javoban tadbirkor: “AAAga tushsangiz, orqasidan kameral [tekshiruv] kelarkan”, dedi. Soliq qo‘mitasi raisi bu gapga umuman qo‘shilmasligini bildirdi.
“Men bu kinoyangizga umuman qo‘shilmadim. Siz O‘zbekiston Respublikasining normativ hujjatlari ustidan kulishga haqqingiz yo‘q. Prezidentimizning qarori bor. Kinoya qilmang, aka, men sizga kinoya qilish uchun bu masalani aytayotganim yo‘q. Xato-kamchiligim bor ekan deb o‘zingiz aytib turibsiz, keyin ketidan kinoya qilishingiz… Soliq idorasida 9300 ta odam ishlaydi. Ular bir tomondan nazorat qiluvchi organ, lekin ikkinchi tomondan, og‘ir peshona ter bilan ishlaydi. Iltimos, kinoya qilmang. Bu – birinchidan.
Ikkinchidan, prezidentimiz shunaqa imkoniyat yaratib berganlarki, reytingi AAA bo‘lgan tadbirkorlik su’bektiga nisbatan tekshirish bo‘yicha buyruq soliq organlarining dasturlarida shakllanmaydi. Shunaqa tizim o‘rnatilgan. Shuning uchun bu kinoyangizga men umuman qo‘shilolmayman. Lekin QQSingizni qaytarib berishda 7 oydan beri tadbirkorni sansalorlikka solgani bo‘yicha menga bugunoq axborotini beringlar”, – dedi Sherzod Qudbiyev.
May oyida Davlat xavfsizlik xizmati 82 mlrd so‘mlik QQS tadbirkorlarga noqonuniy qaytarilgan degan ayblov bo‘yicha jinoyat ishi ochilganini ma’lum qilgandi. DXX xabarida soliq idoralarining ayrim mansabdor shaxslari moddiy manfaatdorlik evaziga 18 ta firmaning barqarorlik reytingini soxta ma’lumotlar orqali ko‘tarishgani haqida so‘z boradi.
Bundan tashqari, 2024 yil oxirida Soliq qo‘mitasi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori va yana 29 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi chiqarilgan, bu jinoyat ishi eksport bilan bog‘liq soxta amaliyotlar tashkil etish orqali QQSning salbiy farqini davlat budjetidan qaytarish sxemasiga doir edi.
Iqtisodiyot
«O‘zmilliybank» AJ O‘zbekiston emitentlari orasida birinchi bo‘lib Xitoy kapital bozoriga 250 mln dollarlik obligatsiyalar chiqarmoqchi
2026 yil 9–10 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududiga tashrifi doirasida «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ («O‘zmilliybank» AJ) va «China International Capital Corporation» (CICC) Osiyo kapital bozorida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
«Bir makon, bir yo‘l» tashabbusining 11-sammiti doirasida tomonlar Gonkong fond birjasida Xitoy yuani va O‘zbek so‘mida umumiy qiymati 250 million AQSh dollari ekvivalentiga teng bo‘lgan xalqaro obligatsiyalarni chiqarish hamda ularni Gonkong fond birjasida listingdan o‘tkazishni nazarda tutuvchi bitimni imzoladilar.
Erishilgan kelishuv «O‘zmilliybank» AJning Osiyo kapital bozoriga ilk bor chiqishini anglatadi hamda bankning xalqaro qarz olish geografiyasini kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Mazkur kelishuvning amalga oshishi bankning moliyalashtirish manbalari va valyuta tarkibini diversifikatsiya qilish, xalqaro investorlar doirasini kengaytirish hamda O‘zbekistondagi ustuvor investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Osiyo kapital bozori resurslarini jalb qilish imkonini beradi.
Rejalashtirilayotgan mazkur emissiya «O‘zmilliybank» AJning xalqaro kapital bozorlaridagi izchil faoliyatining navbatdagi bosqichi hisoblanadi. 2020 yildan buyon bank London va Vena fond birjalarda umumiy qiymati 1,13 milliard AQSh dollarini tashkil etuvchi uchta obligatsiya emissiyasini amalga oshirgan.
Mazkur kelishuv 2026 yilga mo‘jallangan davlat investitsiya dasturini amalga oshirish doirasida imzolangan bo‘lib. Ushbu dasturga muvofiq, «O‘zmilliybank» AJ zimmasiga O‘zbekistondagi ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun yetakchi xalqaro moliya institutlaridan jami 1,5 mlrd AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘larni jalb etish vazifasi yuklatilgan.
Imzolangan kelishuv O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy hamkorlikni izchil kengaytirish borasidagi amaliy natijalardan biri bo‘lib, mazkur hamkorlik so‘nggi yillarda ikki davlat yetakshilarining uzoqni ko‘zlagan siyosati va strategik qarashlari tufayli yangi bosqichga ko‘tarildi.
Ikki tomonlama munosabatlarda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikka alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 18 milliard AQSh dollariga yaqinlashdi. Yaqin yillarda mazkur ko‘rsatkichni 30 milliard AQSh dollariga yetkazish maqsad qilib olindi. Amaldagi qo‘shma investitsiya loyihalari portfeli qariyb 60 milliard AQSh dollarini tashkil etib, O‘zbekistonda 6 mingdan ortiq qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.
Shu nuqtai nazardan, Xitoyning yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlik kengayib, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kapital jalb qilishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda. «O‘zmilliybank» AJning CICC bilan erishgan kelishuvi mazkur yo‘nalishdagi amaliy qadamlardan biri bo‘lib, O‘zbekistonning Osiyo kapital bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish hamda mamlakat iqtisodiyotiga uzoq muddatli resurslarni jalb etishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ 1991 yilda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatdagi eng yirik tizimli ahamiyatga ega bank hisoblanadi. 2025 yil yakuniga ko‘ra, bank aktivlari 12 milliard AQSh dollaridan, kredit portfeli 9 milliard AQSh dollaridan, jami kapitali esa 1,6 milliard AQSh dollaridan oshgan.
China International Capital Corporation (CICC) 1995 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Xitoyning yetakchi investitsiya banklaridan biri hisoblanadi. Kompaniya investitsiya banking, kapital bozorlari va aktivlarni boshqarish sohalarida xizmatlar ko‘rsatadi hamda Gonkong, Singapur, London va Nyu-York kabi xalqaro moliya markazlarida o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston mahsulotlarini eng ko‘p sotib oluvchi mamlakatlar ma’lum bo‘ldi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi 19,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
Mazkur davrda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan mamlakatlar (top-10):
Rossiya — 2,8 mlrd AQSh dollari;
Xitoy — 1,7 mlrd;
Afg‘oniston — 1,1 mlrd;
Qozog‘iston — 868 mln;
Fransiya — 854,9 mln;
Gonkong (Xitoy maxsus ma’muriy hududi) — 716 mln;
Turkiya — 596,2 mln;
Qirg‘iziston — 575,8 mln;
Tojikiston — 437,5 mln;
BAA — 420,8 mln.
Iqtisodiyot
Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
Source link
Iqtisodiyot
Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun bir qator yengilliklar joriy etiladi
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, bojxona sohasida bir qator yangi tartiblar belgilandi.
Jumladan, 2026 yil 1 oktyabrdan xavf darajasi past hamda QQS guvohnomasi faol bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga tovarlarni import qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, tovarlar eksportida nazorat jarayonlarining raqamlashtirilishi va takomillashtirilishi natijasida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya hamda tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar miqdori 30 foizga kamaytiriladi.
2027 yil 1 yanvardan tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish tartibi ham soddalashtiriladi. Xususan, xavf darajasi past bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari olib kirayotgan tovarlarning bojxona qiymati tovarlar erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilinadi.
Bundan tashqari, bojxona qiymatini nazorat qilish maqsadida tovarlar uchun qat’iy bojxona qiymatini belgilash taqiqlanadi. Bojxona qiymati bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilish amaliyoti joriy etiladi hamda nazorat jarayonida rasmiy diller va distribyutorlarning narx ma’lumotlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
2027 yil 1 iyundan esa jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlar bo‘yicha yagona bojxona to‘lovi miqdori to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona yig‘imlaridan kam bo‘lsa, ushbu yig‘imlar undirilmaydi.
Iqtisodiyot
Dushanba kuni ham dollar kursi pastlaydi
Markaziy bank 2026-yil 7-sentyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 9,7 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 3,01 so‘mga tushdi va 13 695,70 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 949,95 so‘mni tashkil qildi (+31,7).
Rossiya rubli 136,13 so‘m etib belgilandi (+0,33).
-
Jamiyat5 days ago
Prezidentning xususiylashtirishga oid farmoni e’lon qilindi
-
Jamiyat5 days ago
Sudyalikka nomzodlar uchun yosh senzi 30 yoshga tushirilishi mumkin
-
Sport5 days ago
Husan Botirov Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi
-
Jamiyat4 days ago
Hokim yordamchilarining 9 ta asosiy vazifasi belgilab berildi
-
Iqtisodiyot5 days agoDollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
-
Siyosat4 days ago
O‘zbekiston hukumati Suriyaga yangi elchisini jo‘natdi
-
Jamiyat4 days ago
O‘zbekistonning inklyuziv loyihasi Yevropa mukofoti finaliga chiqdi
-
Jamiyat3 days ago
2030 yilga qadar havoni ifloslantiruvchi moddalar miqdori 10,5 foizga kamaytiriladi
