Connect with us

Iqtisodiyot

O‘zbekiston JSTga a’zolik yo‘lida Shveysariya bilan ham muzokaralarini yakunladi

Published

on


21-iyul, dushanba kuni O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish borasida Shveysariya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Prezidentining Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili Azizbek Urunov ma’lum qildi.

Urunovning yozishicha, tomonlar Jenevada O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish jarayoni doirasida Shveysariya bilan bozorga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokolni imzolagan.

«Yakuniy ro‘yxatga JSTning yana bir a’zosi qo‘shildi. Yana bir nechta a’zolar qoldi!

O‘zbekiston va Shveysariya jamoalarining mashaqqatli va konstruktiv mehnatlari uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildirmoqchiman!

Uzoq ro‘yxat tugadi, ortga sanash boshlandi!» – deb yozadi Azizbek Urunov o‘zining LinkedIn’dagi sahifasida.  

Shu tariqa, Shveysariya O‘zbekiston bozorga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokolni imzolagan 25-davlat bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni yuzasidan Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlagani xabar qilingan edi.  

Shuningdek, may oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev yil oxirigacha qolgan 9 ta davlat bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash, ishchi guruhning yana ikkita yig‘ilishini o‘tkazish va uning yakuniy hisoboti loyihasini tayyorlashni yakunlash bo‘yicha topshiriq bergan edi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Yanvarda 14,9 trln so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatildi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar oyida moliyaviy xizmatlar hajmi 14,9 trln so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 20,2 foizga oshgan.

Jami moliyaviy xizmatlar tarkibi:


moliyaviy xizmatlar — 88,4 foiz
sug‘urta xizmatlari — 7,1 foiz
yordamchi moliyaviy xizmatlar — 4,5 foiz



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston 2026 yilda 167 mlrd dollarlik YaIMga erishishni rejalashtirmoqda

Published

on


2026 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini 6,6 foizga oshirish va yalpi ichki mahsulot hajmini 167 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Prezident huzurida o‘tgan yig‘ilishlarda 2026 yil uchun mamlakatning asosiy iqtisodiy ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Davlat siyosatida asosiy e’tibor aniq iqtisodiy natijalarga erishish, investitsiyalarni keng jalb qilish va tarmoqlar samaradorligini oshirishga qaratiladi.

Ma’lum qilinishicha, 2025 yilda yalpi ichki mahsulot 7,7 foizga o‘sib, 147 mlrd dollardan oshgan. Iqtisodiy o‘sishning asosiy qismi xizmatlar sohasi hisobiga ta’minlangan.

Joriy yilda 50 mlrd dollar xorijiy investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning samaradorligi va eksportga yo‘naltirilganligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi.

Sanoatni kamida 8,5 foizga oshirish, avtomobil ishlab chiqarish hajmini 510 mingtaga yetkazish va mahalliy kooperatsiyani kengaytirish vazifalari qo‘yildi.

Qurilish sohasida hajmni 400 trln so‘mga yetkazish va kamida 17 foizlik o‘sishni ta’minlash rejalashtirilgan. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish uchun budjetdan 40 trln so‘m mablag‘ ajratiladi.

Shuningdek, 2026 yilda kichik va o‘rta biznesda energiya samaradorligini oshirish, gaz va elektr energiyasi sarfini qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘riladi.

Eksportni diversifikatsiya qilish, yangi bozorlar va mahsulotlar hisobiga uni oshirish, shuningdek ichki bozorda narx-navo barqarorligini ta’minlash ham ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.

Barcha islohotlar “hujjatdan natijaga” tamoyili asosida amalga oshiriladi va ularning ijrosi qat’iy nazorat ostida bo‘ladi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda yanvar oyida qog‘oz sanoatida sezilarli o‘sish kuzatildi

Published

on


2026 yil yanvar oyida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 668,2 mlrd so‘mlik qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,8 foizga oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar oyida mamlakatda yirik korxonalar tomonidan jami 668,2 mlrd so‘mlik qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 17,8 foizga o‘sgan. Bu esa qog‘oz sanoatida ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshganini ko‘rsatadi.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda 281 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 206,1 mlrd so‘m, Andijon viloyati — 49,2 mlrd so‘m, Samarqand viloyati — 34,4 mlrd so‘m va Farg‘ona viloyati — 32,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, Xorazm viloyatida 22,1 mlrd so‘m, Namangan viloyatida 20,2 mlrd so‘m, Buxoro viloyatida 11,1 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida 4 mlrd so‘m, Sirdaryo viloyatida 3 mlrd so‘m, Navoiy viloyatida 2,1 mlrd so‘m va Qashqadaryo viloyatida 1,6 mlrd so‘mlik qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Eng past ko‘rsatkichlar esa Surxondaryo viloyatida 0,5 mlrd so‘m va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 0,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Rubl keskin «sho‘ng‘imoqda». Bayramdan keyin vaziyat qanday bo‘ladi?

Published

on



Rubl keskin «sho‘ng‘imoqda». Bayramdan keyin vaziyat qanday bo‘ladi?



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Xizmatlar bozorining qariyb 40 foizi Toshkentda — statistika

Published

on


Xizmatlar bozorining qariyb 40 foizi poytaxt Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 80,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Hududlar kesimida bozor xizmatlari hajmi quyidagicha:

Qoraqalpog‘iston Resp. – 2,5 trln so‘m

Andijon viloyati – 3,9 trln so‘m

Buxoro viloyati – 3,1 trln so‘m

Jizzax viloyati – 1,7 trln so‘m

Qashqadaryo viloyati – 3,9 trln so‘m

Navoiy viloyati – 1,9 trln so‘m

Namangan viloyati – 4,1 trln so‘m

Samarqand viloyati – 5,9 trln so‘m

Surxondaryo viloyati – 2,6 trln so‘m

Sirdaryo viloyati – 1 trln so‘m

Toshkent viloyati – 5,2 trln so‘m

Farg‘ona viloyati – 5,3 trln so‘m

Xorazm viloyati – 2,7 trln so‘m

Toshkent shahri – 32,3 trln so‘m. 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.