Connect with us

Jamiyat

Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi

Published

on


Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida G‘ijduvon tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, chet elda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 34 050 dona KETO COFFEE MIX SLIM COFFEE, 2790 dona SLT SLIM LUX COFFEE, 3000 dona HOODIA CACTUS SLIMMING COFFEE, 720 dona SLIM GREEN COFFEE, 5280 dona NATURE COMPLEX LK FAT BURNING, 1000 dona “LAO SE LON”, 12 132 dona FIT90 FAT BURNER, 13 392 dona “ReDUKSIN LAYT”, 23 292 dona “TsYNZIShOU PLUS” va boshqa turdagi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM xulosasiga ko‘ra, mazkur dori vositalari tarkibida “sibutramin” moddasi mavjud bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining 2019 yildagi “O‘zbekistonda kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risida”gi 818-sonli qaroriga ko‘ra “sibutramin” kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 251-1 moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Olib borilayotgan tergov harakatlari doirasida ushbu dori vositalarining xorijdan olib kelinishi bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Turkiyaning Hatay viloyati delegatsiyasi Andijonda

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 29 yanvar kuni Turkiyaga rasmiy tashrifi doirasida Hatay viloyatining Arsuz tumanida «O‘zbekiston» turar-joy majmuasining ochilish marosimi o‘tkazilgan edi. Tashrif davomida Hatay aholisi vakillari Navro‘z bayramida O‘zbekistonga taklif etilib, Andijon-Samarqand-Buxoro-Xiva yo‘nalishi bo‘ylab sayohat tashkil etish taklifi bildirilgandi.

Joriy yilning 20 mart kuni Turkiyaning Hatay viloyati va tumani xokimlari boshchiligida jami 170 ga yaqin kishi Andijon xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S.Tadjiyev hamda Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari I.Ismanov tomonidan tantanali kutib olindi.

Tashrif dasturi doirasida mehmonlar Andijon shahrida hududning madaniyati, tarixi, va urf-odatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida «Bog‘i Bobur» madaniyat va istirohat bog‘i va «Registon» maydoniga tashriflari rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida Turkiyaning Hatay viloyati delegatsiyasi, shuningdek, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlariga tarif buyuradilar.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Bugun havo harorati 20 darajagacha ko‘tariladi

Published

on


Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15–20° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 18–20° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5–10° iliq bo‘ladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Chilonzorda Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi yopiladi

Published

on


Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar sabab Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi vaqtincha transport harakati uchun yopiladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Ma’lum qilinishicha, Chilonzor tumanidagi 24/7 Al-Xorazmiy yangi sayr va gastro turizm ko‘chasida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Xalq sayli” tadbiri tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan Al-Xorazmiy aylanma yo‘li qismidan 2-Qatortol ko‘chasigacha bo‘lgan hudud 20 mart kuni soat 15:00 dan 21 mart kuni soat 24:00 gacha transport harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Mutasaddilar haydovchilar va yo‘lovchilardan harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishni hamda muqobil yo‘llardan foydalanishni so‘ramoqda.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda bayram kunlari jamoat transporti uchun maxsus jadval joriy etildi

Published

on


Ramazon hayiti va Navro‘z bayramlari munosabati bilan Toshkent shahrida jamoat transporti harakati vaqtinchalik maxsus jadval asosida tashkil etildi.

Foto: Transport vazirligi

«Toshshahartransxizmat» AJ ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil 20–23 mart kunlari poytaxt avtobus yo‘nalishlari maxsus tartibda ishlaydi.

Jumladan, 20, 21 va 22 mart kunlari avtobuslar yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi. 23 mart kuni esa avtobuslar shanba kungi jadval bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, Ramazon hayiti kuni — 20 martda avtobuslar harakati ertalab soat 04:00 dan boshlangan.

Mazkur qaror fuqarolarga qulaylik yaratish, yo‘llarda tirbandliklarni kamaytirish hamda bayram kunlari xavfsiz va sifatli jamoat transporti xizmatini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Mutasaddilar bayram kunlari transport oqimi ortishini inobatga olgan holda, fuqarolarni shaxsiy avtomobildan ko‘ra jamoat transportidan foydalanishga chaqirmoqda.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Coca-Cola O‘zbekistonda Ramazon oyida bir qator xayriya tashabbuslarini amalga oshirdi

Published

on


Muqaddas Ramazon oyida O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasi “Made by – barcha yaxshiliklar o‘zimiz tomonimizdan yaratiladi” umumiy g‘oyasi ostida birlashgan bir qator keng ko‘lamli ijtimoiy tashabbuslarni o‘tkazdi. Tashabbuslar mahalliy hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash va bayramona muhit yaratishga qaratildi.

Tashabbus doirasida Coca-Cola mamlakatimizning to‘qqizta oliy o‘quv yurti bilan hamkorlikda talabalar uchun tadbirlar tashkil qildi. Maydonchalarda boshlovchilar va didjyeylar ishlashdi, talabalar esa estafeta, tanlovlar va shopperlarga rasm chizish bo‘yicha mahorat darslarida ishtirok etishdi. Shuningdek, “Besh Qozon” oshpazlari bilan hamkorlikda palov va turli taomlar tayyorlanib, talabalar hamda o‘qituvchilar bir dasturxon atrofida yig‘ilishdi.

Ramazon oyida mahalliy hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Toshkent shahrining oltita mahallasida xayriya iftorliklari tashkil etildi. Har bir mahallaga “Besh Qozon”ning afsonaviy oshpazlari taklif qilindi; ular tayyorlagan palov uzunligi 60 metrgacha yetadigan dasturxonlarning asosiy taomiga aylanib, oilalar, qo‘shnilar va do‘stlarni bir dasturxon atrofida birlashtirdi. Bunday xayriya iftorliklari O‘zbekistonning Samarqand, Nukus, Xiva, Jizzax, Andijon va Namangan kabi bir qator shaharlarida ham o‘tkazildi.

O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasi “Coca-Cola Ichimligi O‘zbekiston” hamda “ONA” jamoat fondi bilan hamkorlikda mamlakatning yetti shahri — Toshkent, Samarqand, Nukus, Xiva, Jizzax, Andijon va Namangandagi 1 000 ta ehtiyojmand oilaga yordam ko‘rsatdi. Oilalarga har biri 1 000 000 so‘mlik 1 000 ta oziq-ovqat vaucheri, shuningdek, Coca-Cola ichimliklari hamda The Coca-Cola Foundation ko‘magida amalga oshirilayotgan Coozin loyihasi ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan an’anaviy chak-chak taomi topshirildi.

“Ramazon oyida bir-birini qo‘llab-quvvatlash va g‘amxo‘rlikka muhtojlarga yordam berish ayniqsa muhim. Maqsadimiz — bu kunlarda juda ahamiyatli bo‘lgan mehr-oqibat, hamjihatlik va o‘zaro yordam muhitini yaratishga o‘z hissamizni qo‘shish. Eslatib o‘tmoqchimizki, yaxshilik o‘z qo‘llarimiz bilan yaratiladi — xuddi o‘zbek oshpazlari tayyorlagan palov va shu yerda, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Coca-Cola mahsulotlari kabi. Coca-Cola o‘zi faoliyat yuritayotgan jamiyatning bir qismi bo‘lishga intiladi: biz uchun nafaqat biznesni rivojlantirish, balki hamjamiyatlar hayoti sifatini yaxshilashga hissa qo‘shish ham muhimdir”, – deya ta’kidladi Nazi Aripjanova, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistondagi Coca-Cola kompaniyasining hukumat bilan aloqalar, kommunikatsiyalar va barqaror rivojlanish bo‘yicha direktori.

Tez orada biz bahor bayrami — Navro‘zni nishonlaymiz va Coca-Cola uni birgalikda kutib olishga taklif qiladi. 21–22 mart kunlari kompaniya Markaz-1 gastronomik ko‘chasida yarmarka uyushtiradi, shuningdek, “Navro‘z” bog‘ida, Tashkent City va Seoul Mun gastro-ko‘chasida bayram tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mehmonlarni musiqa, taomlar va oilaviy mashg‘ulotlarga boy ajoyib tadbir kutmoqda — yorqin taassurotlar kafolatlangan.

21 mart kuni: Namangandagi “Afsonalar vodiysi” va “Bobur” bog‘larida, Andijondagi “Navro‘z” savdo-ko‘ngilochar markazida hamda Samarqanddagi “Samarkand Silk Road” majmuasi hududida an’anaviy taomlar, osh va sumalak tortiladigan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

22 mart kuni: Gulbozor mahallasining sayyohlik ko‘chasida Navro‘z bayrami o‘tkaziladi: mehmonlarni sumalak, osh va ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar kutmoqda.

Reklama huquqi asosida



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.