Jamiyat
48 jabrlanuvchiga 12,5 mlrd so‘m zarar – “Bilol’s motors” avtosaloni rahbari 9 yilga qamaldi
Avtomobillar chakana savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Toshkent shahridagi “Bilol’s electric motors” MChJ rahbari Bilol Mamajonov uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. U va sheriklari mashina olib berish aldovi bilan 50 nafarga yaqin fuqaroning pulini o‘zlashtirib, shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Sud uni juda ko‘p miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir qilganlikda aybli deb topdi.
JIB Yakkasaroy tuman sudida “Bilol’s motors” avtosaloni rahbari Bilol Mamajonovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, hukm o‘qildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.
1989 yilda tug‘ilgan Bilol Mamajonov Toshkent shahrida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Bilol’s electric motors” MChJning ta’sischisi va rahbari bo‘lgan. MChJ avtomobillar va yengil motorli transport vositalari chakana savdosi bilan shug‘ullanib kelgan. Bilol Mamajonovga nisbatan firigarlik aybi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u 2024 yil dekabr oyida qamoqqa olingan.
Sud hukmida keltirilishicha, Bilol Mamajonov sheriklari bilan (jinoyat ishining ularga oid qismi alohida ish yurituviga olingan) til biriktirib, mashina olib berish aldovi asosida fuqarolar pulini o‘zlashtirgan. Ammo va’dasini bajarmasdan, mashina uchun to‘lov qilingan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Jumladan, Bilol Mamajonov jabrlanuvchi F.S.ga “30 ish kuni, ko‘pi bilan 80 kun mobaynida BYD song plus Champion rusumli avtomashina sotib olib berishi haqida”gi yolg‘on ma’lumot berib, uni aldagan. Avtosalon rahbariga ishongan fuqaro 2024 yil 17 avgustda shartnomani tuzib, jami 328 mln so‘m to‘lagan. Ammo Bilol Mamajonov bergan va’dasini bajarmasdan, to‘langan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflagan.
Shu tariqa Bilol Mamajonov va uning sheriklari 48 ta holatda Xitoydan BYD song plus Champion, BYD yuan Up, BYD sea Lion, BYD E2, Lepmotor C16, Hongqi E-QM5, Lixiang L9 kabi mashinalarni keltirib berish aldovi bilan jabrlanuvchilarni qariyb 13 mlrd so‘mga chuv tushirgan.
Bilol Mamajonov sudda aybiga iqror bo‘lmagan va pullarni Xitoydan mashina olib kelish uchun Vang ismli shaxsga berganini aytgan.
“Jamiyat hisobraqamiga to‘langan pullarni moddiy yordam ko‘rinishida o‘zimga tegishli bo‘lgan bank plastik kartasiga tushirgan holda naqdlashtirib olganman hamda barchasini avtomashina olib kelib berishi uchun xitoylik Vang ismli shaxsga berib yuborganman. Pullarni Vangga berganimni tasdiqlovchi dalillarim mavjud emas.
Vang bilan 2024 yil boshida tanishganman. U men rahbarlik qilib kelgan “Bilol’s electric motors” MChJ ofisiga kelib turgan. Menga arzon narxlarda avtomashina olib kelishini aytgan. Men mijozlarga mashinalarni 80 yoki 85 ish kunida olib kelishimni aytib, shartnomani tuzganman. Ushbu holat shartnomada ham o‘z aksini topgan. Jamiyatimda 1 nafar xodim ishlagan. Mijozlardan pulni o‘zim olganman. Ayrim holda Kamila ismli xodimim naqd ko‘rinishda olgan, biroq men undan ushbu pullarni olganman. Xodimlarimning ushbu pullarga umuman aloqasi yo‘q.
Avtomashina olib kelib topshirilgandan so‘ng mijoz qolgan pullarni to‘lashi lozim bo‘lgan. Meni 2024 yil 12 dekabr kuni qamab qo‘yishdi. Mijozlarga buyurtma berilgan avtomashinalar 2024 yil dekabr oyi oxirida kelishi kerak edi. Men qamalganimdan keyin nima holat bo‘lganini bilmayman. Vang ismli shaxsga 2024 yil iyul oyidan pul berishni boshlaganman. U tomonidan menga hali avtomashina yuborilmagan”, degan Bilol Mamajonov suddagi ko‘rsatmasida.
Shuningdek, avtosalon rahbari ushbu holatlarning barchasi iqtisodiy yoki fuqarolik munosabatlari ekanini aytib, suddan adolatli hukm chiqarishni so‘ragan.
Jinoyat ishining Vang ismli shaxsga hamda boshqalarga oid qismi alohida ish yurituviga olingan.
Sud hukmi bilan Bilol Mamajonov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Bilol Mamajonovdan 46 nafar jabrlanuvchi va bitta fuqaroviy da’vogar foydasiga qariyb 12,5 mlrd so‘m undirish belgilangan. “Bilol’s electric motors” MChJ nomiga rasmiylashtirilgan, 170 mln so‘mga baholangan Volkswagen E Bora mashinasi sotuvga qo‘yilishi, avtomobil sotuvidan tushgan pul jabrlanuvchilar foydasiga qaratilishi belgilangan.
Avvalroq “Bilol’s motors” avtosaloni rahbari ustidan sud boshlangani xabar qilingandi. Jabrlanuvchilardan biri sudda qatnashgan Kun.uz jurnalistiga o‘g‘li bilan 3-4 yil Rossiya sovug‘ida qiyinchilik ko‘rib, 4-5 so‘m pul topganini, keyin mashina olish maqsadida “Bilol’s motors”ga to‘lov qilib, aldanib qolganini aytgandi.
Jamiyat
Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi.
Jamshid Sharopov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Jamshid Sharopov 1984-yil 27-yanvarda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Buxoro davlat universiteti, 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi-iqtisodchi.
Mehnat faoliyatini 2002-yilda AT “Paxta Bank”ning Buxoro viloyati boshqarmasi bank jarayonlari bo‘limi iqtisodiy bo‘linmasi mutaxassisi sifatida boshlab, ATB “Agrobank” Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i (2014-2020), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i (2020-2021), Shofirkon tumani hokimi (2021-2023), ATB “Agrobank” agrosanoat majmuasi korxonalarini moliyalashtirish departamenti direktori o‘rinbosari (2023-2026) lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Ayni paytga qadar u ATB “Agrobank” muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Jamiyat
Chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz mukofotlandi
«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoni e’lon qilindi.
Mukofotlanganlar ro‘yxati:
“Do‘stlik” ordeni bilan
Ivan Sao – “BYD Auto” kompaniyasining Yevropa sotuv bo‘limi bosh direktori o‘rinbosari
Klod Imoven – Fransiyaning “MEDEF International” harakatining O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi
Masayoshi Fujimoto – “Sojitz” kompaniyasi direktori
Sabine Maxl – BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori
Turaman Sinan – Shayxontohur tumanidagi “Outdoor Factory Toshkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Qahorova Nilufar Hamroyevna – AQShning Garvard universiteti huzuridagi Boston bolalar shifoxonasi loyiha menejeri
Yuldasheva Nodira Muxamedovna – Kanadaning Toronto shahridagi Kanadadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi asoschisi, “Sog‘lom yo‘l” tibbiy va diagnostik markazi rahbari
“Shuhrat” medali bilan
Abdullayeva Shahlo Abdirashidovna – Koreya Respublikasining Kvangju shahridagi Migrant ayollar huquqlarini himoya qilish va ta’lim berish markazi rahbari.
Jamiyat
Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi
Podpolkovnik Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichida tahsil olgan.
Tayinlov Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining jamoat xavfsizligi va kriminogen vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.
Sessiyada viloyatdagi jinoyatchilik holati ham tahlil qilindi. Joriy yilning hisobot davrida hududdagi 723 ta mahallaning 528 tasida (73 foiz) bironta ham jinoyat sodir etilmagan. Ichki ishlar xodimlarining tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar soni 40 foizga yaxshilangan.
Shu bilan birga, 28 ta mahalla «qizil» toifada qolayotgani qayd etildi.
Yangi IIB boshlig‘iga jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, har bir mahallada xavfsizlikni ta’minlash, aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash vazifalari yuklatildi.
Jamiyat
Raqobat qo‘mitasi «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi
Yangi o‘quv yili arafasida O‘zbekiston hududidagi umumta’lim maktablari, dehqon bozorlari va savdo majmualarida mavsumiy «Maktab bozorlari» tashkil etilmoqda.
Raqobat qo‘mitasi mavsumiy savdo jarayonlarida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, raqobat muhitini ta’minlash hamda aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
Qo‘mita ota-onalar va o‘quvchilarga xarid vaqtida mahsulotning sifati, ishlab chiqaruvchisi, narxi va boshqa muhim ma’lumotlarga e’tibor qaratishni tavsiya qildi.
Tadbirkorlarga esa «Maktab bozorlari»da sotilayotgan mahsulotlar sifati va narxlarining asosliligini ta’minlash, iste’molchilarga zarur axborotlarni taqdim etish hamda ularning huquqlariga rioya qilish majburiyati eslatildi.
Raqobat qo‘mitasi maktab bozorlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni darsliklar, maktab formalari, o‘quv-yozuv qurollari va boshqa anjomlar narxlarini asossiz oshirmaslikka hamda qonunchilik talablariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.
Fuqarolar «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirish holatlariga duch kelsa, Raqobat qo‘mitasining 1159 ishonch telefoni orqali murojaat qilishi mumkin.
Qo‘mita tomonidan maktab bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida monitoring ishlari olib borilishi ma’lum qilindi.
Jamiyat
O‘zbekistonda endi uylarni «rassrochka»ga olib bo‘lmaydimi?
Prezidentning 2026-yil 14-avgustdagi PQ–294-son qarori bilan 2027-yil 1-yanvardan muddatli to‘lov xizmati operatorlari faoliyati tartibga solinadi.
Ma’lum qilinishicha, muddatli to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator hisoblanadi. Ular iste’molchiga tovar yoki xizmatni muddatli to‘lov asosida olish imkoniyatini vositachi sifatida taqdim etadi.
Qarorning 3-bandi «d» kichik bandiga ko‘ra, ko‘chmas mulk operator ko‘rsatadigan muddatli to‘lov xizmatining obyekti bo‘la olmaydi. Shu sababli vositachi operator orqali uy-joyni «rassrochka»ga olish imkoniyati nazarda tutilmagan.
Biroq bu qoida uy-joyni bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida sotishni umumiy tarzda taqiqlamaydi.
Qarorning 3-bandi «a» kichik bandida sotuvchi tomonidan iste’molchiga tovarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish holatlari muddatli to‘lov xizmati tushunchasidan mustasno qilingan.
Shunga ko‘ra, quruvchi o‘zining qurgan uy-joyini xaridorga bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishi mumkin. Ya’ni yangi tartib quruvchi va xaridor o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdoni taqiqlamayapti.
Demak, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «endi uyni rassrochkaga olib bo‘lmaydi» degan talqin to‘liq to‘g‘ri emas. Cheklov aynan muddatli to‘lov operatorlari orqali ko‘chmas mulkni moliyalashtirishga taalluqli.
Yangi tartibga ko‘ra, muddatli to‘lov operatorlari maxsus reyestrga kiritiladi va ularning faoliyati Markaziy bank nazorati ostida bo‘ladi. Shuningdek, operatorlar bilan tuziladigan shartnomalar, ustama va komissiyalarga nisbatan aniq talablar belgilanadi.
Shunday qilib, 2027-yildan operator orqali uy-joyni «rassrochka»ga olish cheklanadi, ammo quruvchining xaridorga uyni bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishi saqlanib qoladi.
-
Siyosat4 days ago
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida Abadiy do‘stlik shartnomasi imzolandi
-
Siyosat4 days ago
Shavkat Mirziyoyev «Haydar Aliyev» ordeni bilan taqdirlandi
-
Siyosat4 days ago
To‘qayev prezidentlikka qayta nomzod qo‘yishi haqidagi savolga javob berdi
-
Siyosat4 days ago
Илҳом Алиев Тошкентда тантанали кутиб олинди
-
Siyosat3 days ago
Ўзбекистон ва Озарбайжон раҳбарлари Бухоронинг машҳур обидаларини зиёрат қилдилар (фото)
-
Iqtisodiyot5 days ago
O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?
-
Siyosat2 days ago
«Milliy manfaatlarni himoya qilish dunyodan yopilish degani emas» — Sherzod Asadov
-
Siyosat3 days ago
Shavkat Mirziyoyev AQSh kongressmenlari delegatsiyasini qabul qildi
