Connect with us

Jamiyat

4 mlndan 100 mln so‘mgacha. Humans ilovasi orqali o‘g‘irlangan pullarni kim to‘laydi? 

Published

on


Dekabr oyining boshida Humans atrofidagi mojaro yanada avj oldi. 4-8 dekabr kunlari kompaniyaning mobil ilovasiga ulangan bank kartalaridan millionlab pullar ommaviy ravishda yechib olindi. Karta hisob raqamidan pullari o‘g‘rilangan bir necha fuqarolar misqollab topgan mablag‘i qachon va kim tomonidan qaytarilishi bo‘yicha aniq javob izlamoqda.

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

So‘nggi oylarda Humans kompaniyasi bilan bog‘liq bahsli holatlar nihoyatda ko‘paydi. Xususan, 4-8 dekabr kunlari kompaniya ilovasiga ulangan yuzlab fuqarolarning plastik kartalaridan tasdiq SMS-kodisiz pul yechib olindi. Kun.uz bilan bog‘langan murojaatchilar katta miqdorda pulidan ayrilgani, na Humans vakillari, na nazorat qiluvchi tashkilotlar tomonidan ularga tayinli javob berilmayotganidan norozi bo‘lishyapti.

Jabrlanuvchi Ibragim Salaxovning ta’kidlashicha, 8 dekabr kuni tunda uning kartasidan pul yechish boshlangan.

«Dastlab 5-10 daqiqa oralig‘ida 5 mln so‘mdan 4 marta pul yechilgan. Keyin 1 mln so‘mdan yechish boshlangan. Orada 1 mln so‘m qayta kartaga kelib ham tushgan. Umumiy hisobda mendan 23 mln so‘m yechib olingan. Bu narsa tungi 24:00 dan boshlangan bo‘lsa, ertalab 08:30 gacha davom etgan», deydi u.

Boshqa bir jabrlanuvchi Xayrulla Qosimovning so‘zlariga ko‘ra, pul yechish 5 dekabrdan boshlangan. Undan 6 dekabr kuni 12:13 da 804 ming so‘m pul yechilgan.

«O‘tirgan joyimda SMS keldi. Qaraganimda hech qanaqa SMS-kod kelmagan, faqat Humans ilovasi orqali pul yechilgani ma’lum bo‘ldi. Shu joyning o‘zida 102 qildim. Kompaniyaning Instagram sahifasiga kirganimda jabrlanganlar ko‘p ekanligini ko‘rdim. Telegramda “Stop Humans” degan gruppa ochdim. 7-8 dekabr kunlari odam yig‘ilishi tezlashib ketdi”, deydi Qosimov.

Murojaatchi Ilhom Niyozqulovga ko‘ra, uning kartasida 12 mln 750 ming so‘m pul bo‘lgan. 6 dekabr kuni soat 18:23 dan boshlab 16 urinishda 12 mln 238 ming so‘m pul yechib olingan.

«6 dekabr kuni soat 18:00-19:00 lar atrofida kartamdan 700 ming so‘mga yaqin pul yechilgan. Bundan xabarim bo‘lmagan. 7 dekabrdan 8 dekabrga o‘tar kechasi 00:40’da 5 mln 24 ming so‘m, keyin 01:57 da yana 5 mln 24 ming so‘m pul yechilgan. Men uxlayotgandim, xabarim bo‘lmagan. SMS, tasdiqlash kodi kelmagan. Hech qanaqa virusli dasturlarni ham ochmaganman. Mazkur holatdan ertalab xabar topdim va 102 ga, bankka ariza berdim. Umumiy yechilgan summa 11 mln 740 ming so‘mlar atrofida», deydi yana bir jabrlanuvchi Anvar Mamadullayev.

Boshqa bir murojaatchi Jaxongir Ahmedovning ta’kidlashicha, u prokuratura va IIBga kiberjinoyat yuzasidan ariza yozgan, ammo hech kim javob bermayotganidan norozi bo‘lyapti.

«Mendan 4 mln 600 ming so‘m pul yechib olingan», deydi Ahmedov.

Avvalroq, 100 mlnga yaqin pulidan ayrilgan jabrlanuvchining Humans operatori bilan suhbat audiosida kompaniya koll-markazi «hozir bu bo‘yicha texnik ishlar olib borilyapti, ariza olib qolyapmiz. Chatga skrinshot tashlab qo‘ying. Elektron pochta va pasport seriyasi ham kerak bo‘ladi. Shuningdek, kartangiz ulangan telefon nomer, kartangizning boshidagi oltita raqam va oxiridagi 4 ta raqamni ham yozing. Ariza 7 kunda ko‘rib chiqiladi», deya javob bergandi. 

Jabrlanganlarning so‘zlariga ko‘ra, ular kartadan kartaga pul o‘tkazishda imtiyoz taqdim qilingani, shuningdek, Humans sim kartalariga pul o‘tkazish faqatgina kompaniya ilovasi orqaligina amalga oshirilgani uchun plastik kartalarini ulaganini aytishyapti.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosovning Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, jabrlangan har bir fuqaroning arizasi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib o‘g‘irlik) bilan alohida tartibda jinoyat ishlari qo‘zg‘atilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Humans kompaniyasi va Paylov to‘lov xizmati pullarning g‘oyib bo‘lishi bilan bog‘liq keysda bir-birini ayblab bayonotlar e’lon qildi. Markaziy bank esa jiddiy tekshiruv boshlanganini ma’lum qilib, jabrlanuvchilar huquq organlariga arz qilishi kerakligini bildirgandi. 

Doston Ahrorov, Kun.uz



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi

Published

on


Energetiklar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va barcha iste’molchilarning elektr ta’minotini bosqichma-bosqich qayta tiklash ishlari davom ettirilmoqda.

Foto: Energetika vazirligi

Bugun, 28 iyun soat 20:45 da Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida nosozlik yuz berishi oqibatida poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kelib chiqqani xabar qilingandi.

FVV xabariga ko‘ra, “svet” o‘chishi oqibatida Chilonzor tumanida joylashgan Dream Park istirohat bog‘idagi «Charxpalak» attraksionida qolib ketgan fuqarolar xavfsiz joyga tushirib olingan.

Xabar qilinishicha, ayni paytda Energetika vazirligi hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati podstansiyada bo‘lib, ular tomonidan nosozlikni tiklash ishlari nazoratga olingan.

Energetiklar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va barcha iste’molchilarning elektr ta’minotini bosqichma-bosqich qayta tiklash ishlari davom ettirilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

Published

on


Aviareyslarda kechikish va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskin vaziyat sababli oila mamlakatni tark eta olmagan. Shuningdek, vizasiz yurish muddati tugagani uchun ular jarimaga tortilgan.

BAAda og‘ir vaziyatga tushib qolgan oila O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi ko‘magida vatanga qaytarildi.

Qayd etilishicha, P.G. va uning farzandi A.Z. 2025 yilda mavsumiy ishlash maqsadida BAAning Dubay shahriga borgan.

Biroq moliyaviy qiyinchiliklar sababli 2026 yil yanvarida O‘zbekistonga qaytish uchun aviachiptalar xarid qilgan. Aviareyslarda kechikish va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskin vaziyat tufayli ular mamlakatni tark eta olmagan.

Shuningdek, vizasiz yurish muddati tugagani uchun oila vakillari jarimaga tortilgan.

O‘zbekistonning BAAdagi Bosh konsulxonasi tomonidan Dubay immigratsiya xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ularning mamlakatni jarimasiz tark etishiga ruxsat olindi.

Ushbu oila a’zolari uchun 26 iyun kuni “Dubay–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar xarid qilindi hamda ularning O‘zbekistonga qaytishi ta’minlandi.

 

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi

Published

on


Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Bugun, 28 iyun kuni Toshkent davlat agrar universitetida yong‘in sodir bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, soat 15:17 da «112» tizimidan Toshkent viloyati FVBBga Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksi binosining tom qismi yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 15:59 da qurshab olingan hamda soat 16:15 da to‘liq bartaraf etilgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Boysundagi dor yo‘li attraksionida nosozlik ro‘y berdi

Published

on


Dor yo‘lining po‘lat arqonlari belgilangan texnik me’yorlar asosida yetarli darajada tarang tortilmagani hamda qiyalik burchagi talab darajasida ta’minlanmagani oqibatida fuqaro harakat yo‘nalishining o‘rtasida to‘xtab qolgan.

27 iyun kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumani Omonxona mahallasi hududida joylashgan qarashli dor yo‘li (ziplayn) attraksionida noxush hodisa qayd etildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur dor yo‘li attraksioni texnik jihatdan to‘liq ishga tushirilmagan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan hamda undan foydalanish uchun tegishli ruxsatnoma olinmagan bo‘lishiga qaramasdan, fuqaro undan foydalanishga harakat qilgan.

Dor yo‘lining po‘lat arqonlari belgilangan texnik me’yorlar asosida yetarli darajada tarang tortilmagani hamda qiyalik burchagi talab darajasida ta’minlanmagani oqibatida fuqaro harakat yo‘nalishining o‘rta qismida to‘xtab qolgan.

Tashkilot xodimlari tomonidan fuqaro xavfsiz tarzda attraksiondan tushirib olingan.

Hodisa oqibatida fuqaro tan jarohati olmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Audiosi tarqalgan Muzrabot tumani hokimi jazoga tortildi

Published

on


Muzrabot tumani hokimiga jazo berildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulovning fermerlarni haqorat qilgani aks etgan audiosi tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ushbu holat yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimligiga xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha taqdimnoma kiritdi.

O‘rganishlar davomida mazkur holatda davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalari talablariga zid xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. 

Qonunchilikka muvofiq, davlat fuqarolik xizmatchilari xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi, davlat organlari va tashkilotlarining obro‘-e’tiboriga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilishi, shuningdek, fuqarolar bilan munosabatlarda xushmuomalalik, hurmat va professionallik tamoyillariga qat’iy rioya qilishi shart, deyiladi agentlik xabarida.

Davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalarini buzgani uchun Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulovga nisbatan «hayfsan» intizomiy jazosi qo‘llanildi.

Agentlik davlat xizmatida axloqiy standartlar buzilishiga qarshi choralarni davom ettirishini ma’lum qildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.