Jamiyat
21:50 / 10.05.2026 Ohangaronda sel ko‘prikni oqizib ketdi
21:50 / 10.05.2026
Ohangaronda sel ko‘prikni oqizib ketdi
Source link
Jamiyat
O‘zbekistonda Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq korrupsion sxema fosh etildi
Migratsiya sohasidagi uyushgan jinoiy guruh Koreyaga ishga yuborish uchun rasmiy to‘lovlardan tashqari odamlardan 7-12 ming dollardan qariyb 90 mln dollar yig‘gani aniqlandi.
Sun’iy intellekt yaratgan surat
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq yirik korrupsion sxemani fosh etdi.
Tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, xususiy bandlik agentliklarining sobiq mansabdorlari va boshqa shaxslar jinoiy guruh tuzib, Koreyaga mehnat migranti sifatida yuborishni va’da qilib, kamida 35 nafar odamdan 263,5 ming dollar olgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergovda ma’lum bo‘lishicha, jinoiy guruh tomonidan Koreyaga ishga yuborish uchun rasmiy to‘lovlardan tashqari fuqarolardan 7-12 ming dollardan qariyb 90 mln dollar yig‘ilgan.
Hozirda, Koreyaga ishga yuborilmagan 600 dan ziyod fuqarodan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetkazilgan zarar miqdori aniqlanib, undirish choralari ko‘rilmoqda.
Rasmiy xabarda qo‘shimcha qilinishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, xususiy bandlik agentliklari sobiq mansabdorlari va boshqalari 230 nafar fuqaroni Koreyaga ishga yuborishlari evaziga 580 ming AQSh dollari, Koreyaga yuborilgan 1 000 nafar fuqarodan noqonuniy ravishda 5,6 mln AQSh dollari, jami 45 mln AQSh dollarini olganliklari ma’lum bo‘lgan.
Departament ushbu sxema ortidan jabr ko‘rgan fuqarolarni maxsus ishonch telefoni orqali murojaat qilishga chaqirdi: 71-233-10-07.
Jamiyat
«Men G‘olib Run» vatanparvarlik yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Bugun mamlakat bo‘ylab «Men G‘olib Run» vatanparvarlik yugurish musobaqasining bosqichlari bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasining 14 ta shahrida o‘tkazilib, unda qariyb 40 ming nafar ishtirokchi qatnashdi.
Ommaviy startlarda harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiluvchi va kuch tuzilmalari xodimlari, vazirlik va idoralar huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari kursantlari, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri hokimliklari xodimlari, professional sportchilar, yugurish ixlosmandlari hamda mamlakatning turli hududlaridan kelgan aholi vakillari ishtirok etdi. Yugurish musobaqalari qahramonlar xotirasini e’zozlash va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga bag‘ishlandi.
Tadbirda Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi jamoalari, shuningdek, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi vakillari ishtirok etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 10 kilometr masofada jamoaviy birinchilikda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi 32:52 o‘rtacha natija bilan g‘olib bo‘ldi. 10 kilometr masofada shaxsiy hisobda esa Ichki ishlar vazirligi vakili Andrey Petrov 29:15 natija bilan g‘alaba qozondi.
«Men G‘olib Run» O‘zbekistondagi eng yirik ommaviy sport-vatanparvarlik loyihalaridan biriga aylanib, minglab insonlarni xotira, kuch, birdamlik va Vatan himoyachilari jasoratiga hurmat g‘oyasi atrofida birlashtirdi.
Tadbirlar Sport vazirligining umumiy muvofiqlashtiruvi hamda O‘zbekiston Respublikasi Yengil atletika federatsiyasining faol ko‘magi bilan tashkil etildi.
Jamiyat
Rossiyada qurilishda baxtsiz hodisa: o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Rossiyaning Buryatiya respublikasida qurilayotgan ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana biri og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.
Hodisa 8 may kuni Ulan-Ude shahridagi qurilish maydonida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, minorali kran operatori ehtiyotsizlik qilib, qurilish havozasiga shikast yetkazgan. Oqibatda xavfsizlik kamarisiz ishlayotgan ikki nafar o‘zbekistonlik ishchi 7-qavat balandligidan pastga qulagan.
Jabrlanganlardan biri og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan. Ikkinchi fuqaro esa olgan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.
O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qilishicha, hodisa ortidan Buryatiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan va vaziyat alohida nazoratga olingan.
Mazkur holat bo‘yicha Rossiya Jinoyat kodeksining mehnat xavfsizligi talablarini buzish bilan bog‘liq moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayni paytda O‘zbekiston diplomatlari va Migratsiya agentligining Novosibirskdagi vakolatxonasi hamkorligida halok bo‘lgan fuqaroning jasadini O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Jamiyat
Buxoroda 40 nafar bolani olib ketayotgan mast haydovchi aniqlandi
Buxoroda 40 nafar bolani olib ketayotgan haydovchi mast ekani aniqlandi.
Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan Romitan tumanida 40 nafar bog‘cha bolalarini olib ketayotgan avtobus haydovchisi spirtli ichimlik ta’sirida ekani ma’lum bo‘lgan.
Zudlik bilan uning harakati to‘xtatilib, bolalarning xavfsizligi ta’minlandi.
O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 131-moddasi 1-qismi, 194-moddasi 1-qismi, 128 prim 8-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarliklar yuzasidan belgilangan tartibda chora ko‘rildi.
«Barcha haydovchilardan mast holda transport vositasini boshqarmasliklarini, mas’uliyatli bo‘lishlarini, ayniqsa bolalarni tashish vaqtida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘raymiz», deyiladi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabarida.
Avvalroq Navoiyda bog‘cha bolalari YTHga uchragan va bir ayol vafot etgandi.
Jamiyat
Ohangaronda kuchli yog‘in oqibatlari: FVV izoh berdi
Ohangaron tumanida kuchli yog‘ingarchilik ko‘prikka zarar yetkazdi.
Bugun, 10-may kuni soat 15:02 da Toshkent viloyati, Ohangaron tumani «Ertoshsoy» MFY hududida qisqa muddatli kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi natijasida adirliklardan yig‘ilib kelgan yomg‘ir suvlari «Ertoshsoy» soyidan to‘planib oqib o‘tgan.
Suv oqimi kuchli bo‘lganligi sababli aholi tomonidan dam oluvchilarning soy orqali harakatlanishi uchun qurilgan vaqtinchalik osma ko‘prik o‘tkazgichga zarar yetgan.
Zudlik bilan hodisa joyiga FVBB, IIB, MG, mahalliy hokimlik va boshqa FVDT xizmatlarining mas’ullari yetib borib, vaziyat nazoratga olingan va dam oluvchilar xavfsiz hududga o‘tkazilgan.
Hodisa natijasida jabrlanganlar qayd etilmadi, deyiladi FVV xabarida.
-
Jamiyat3 days agoНавоийда бир неча кун қизғин давом этган «Медиа ҳафталик» якунланди
-
Jamiyat5 days agoYer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
-
Sport3 days agoO‘zbekiston o‘smirlar futbol terma jamoasi JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
-
Sport4 days ago“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
-
Sport3 days agoDenovdagi kurash musobaqasi qotillik bilan yakunlandi: Taniqli polvon pichoqlab o‘ldirildi
-
Sport3 days ago“Barselona” ilk bor “Real”ni yengib, Ispaniya chempioni bo‘ldi
-
Siyosat4 days agoQozog‘iston prezidenti ham Moskvaga boradi
-
Dunyodan3 days ago
Mudofaa vazirligi “o‘zga sayyoraliklar” bo‘yicha fayllarni chiqarishni boshladi.
