Iqtisodiyot
2025 yilning I choragida O‘zbekistonning davlat qarzi 2,2 mlrd dollarga ko‘paydi
2025 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonning davlat qarzi 42,4 mlrd dollarga yetdi. Davlat qarzining 35,5 mlrd dollari – tashqi qarz, 6,9 mlrd dollari esa – ichki qarz. Davlat qarzi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,1 mlrd dollarga yoki 20 foizga oshgan.
2025 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonning davlat qarzi 42 mlrd 431 mln dollarni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Davlat qarzining 35,55 mlrd dollarini – tashqi qarz, 6,87 mlrd dollarini esa – ichki qarz tashkil etgan.
Davlat qarzi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7 mlrd 82 mln dollarga ko‘paygan. YaIMga nisbatan ulushi ham 1,8 foizga oshib, 31,7 foizdan 33,5 foizga yetgan.
Taqqoslash uchun, 2024 yilning 1 aprel holatiga davlat qarzi 35 mlrd 349 mln dollarni tashkil etgan. Bir yil ichida ushbu ko‘rsatkich 20 foizga oshgan.
Jalb qilingan qarz mablag‘lari nimaga ishlatilgan?
2024 yil yakuniga ko‘ra, jami davlat tashqi qarzining 45 foizi (15 mlrd 291 mln dollar) budjetni qo‘llab-quvvatlashga, 17 foizi (5,74 mlrd dollar) yoqilg‘i-energetika sohasiga, 8 foizi (2,8 mlrd dollar) transport va transport infratuzilmasiga, 9 foizi qishloq va suv xo‘jaligiga (2,9 mlrd dollar) yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston kimlardan qarz olgan?
Joriy yil 1 yanvar holatiga davlat tashqi qarzining kreditorlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha:
Jahon banki — 7,6 mlrd dollar;
Osiyo taraqqiyot banki — 7,4 mlrd dollar;
Xalqaro investorlar (xalqaro yevrobondlar) — 4,1 mlrd dollar;
Xitoy moliya tashkilotlari – 3,8 mlrd dollar;
Yaponiya moliya tashkilotlari — 2,9 mlrd dollar;
Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki — 1,6 mlrd dollar;
Islom taraqqiyot banki — 944 mln dollar;
Fransiya moliya tashkilotlari – 977 mln dollar;
Koreya moliya tashkilotlari — 740 mln dollar;
Xalqaro valuta jamg‘armasi — 669 mln dollar;
Germaniya davlat banki — 415 mln dollar;
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki — 341 mln dollar;
Boshqa moliyaviy tashkilotlar — 1,9 mlrd dollar.
Avvalroq 2024 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 64,1 mlrd dollarni tashkil qilgani xabar berilgandi. Shundan korporativ tashqi qarz hajmi 30,2 mlrd dollarga teng bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda jalb qilinadigan tashqi qarzning cheklangan hajmi 5,5 mlrd dollar bo‘lishi kutilyapti. Shundan 3 mlrd dollari davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun, qolgan qismi esa investitsiya loyihalariga yo‘naltiriladi.
Iqtisodiyot
Uchta davlat tashkilotining 23 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi davlat xaridlarida qoidabuzarliklar aniqlandi
Yoshlar ishlari agentligining 9,1 mlrd so‘mlik 6 ta, Innovatsion rivojlanish agentligining 8 mlrd so‘mlik 6 ta, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 6,7 mlrd so‘mlik 10 ta davlat xaridlari qonunga xilof tarzda amalga oshirilgan. Ushbu savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlandi.
Qiymati 23 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi, deya xabar berdi Raqobat qo‘mitasi.
Olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra:
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan jami qiymati 9,1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 6 ta;
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkazilgan jami qiymati 8 mlrd so‘mga yaqin bo‘lgan 6 ta;
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan jami 6,7 mlrd so‘mga yaqin bo‘lgan 10 ta tanlov savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablariga rioya qilinmagani, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan bajarilishi majburiy ko‘rsatmalar berilgan.
Shuningdek, buyurtmachi tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari belgilanib, tegishli sud organlariga ma’lumotlar yuborilgan.
Iqtisodiyot
Qurilish vazirligi binosini «Hamkorbank» sotib oldi
15-may kuni «E-auksion» platformasida Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi binosini sotish bo‘yicha takroriy auksion savdolari o‘tkazildi. Savdolarda «Hamkorbank» g‘olib deb topildi.
Bank obyekt uchun 196,6 milliard so‘m taklif qildi. Bu lotning 187,23 milliard so‘mlik boshlang‘ich narxidan qariyb 5 foizga yuqori hisoblanadi.
Savdolar 10 daqiqadan sal ortiq vaqt ichida yakunlangan. Ma’lum qilinishicha, g‘oliblikni ta’minlagan taklif auksion boshlanganidan 10 soniya o‘tib kiritilgan. Endi tomonlar o‘rtasida bitim bo‘yicha shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, sotilgan yetti qavatli ma’muriy bino Abdulla Qodiriy va Abay ko‘chalari kesishmasida, «O‘rda» dahasi yaqinida joylashgan. Obyekt – «Turonbank» ofisi hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi binosiga tutash hududda. Obyekt joylashgan yer uchastkasi maydoni 0,5 gektardan oshmaydi. Bino va inshootlarning umumiy maydoni esa 11,7 ming kvadrat metrni tashkil etadi.
Shuningdek, obyekt suv, gaz, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari bilan to‘liq ta’minlangan. Bu esa uning tijorat qiymatini oshiruvchi asosiy omillardan biri sifatida baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur obyekt davlat idoralari binolarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi hukumat qarori asosida 2025-yil noyabr oyida ilk bor savdoga qo‘yilgan edi.
2025-yil dekabr oyida o‘tkazilgan birinchi auksionda «O‘zshahar Qurilish Invest» kompaniyasi 182,47 milliard so‘mlik taklif bilan g‘olib chiqqan. Biroq keyinchalik bitim yakunlanmagani sababli obyekt takroran savdoga chiqarildi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda uy-joy qurilishi qariyb 7 foizga oshdi
2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda 3,3 million kvadrat metr turar-joy foydalanishga topshirildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan 6,6 foizga oshgan.
Qurilish hajmi bo‘yicha eng yuqori natija Toshkent viloyatida qayd etildi. Hududda uch oy davomida 458,3 ming kvadrat metr turar-joy foydalanishga topshirilgan.
Keyingi o‘rinlarda Xorazm viloyati — 330,4 ming kvadrat metr, Buxoro viloyati — 313,2 ming kvadrat metr va Farg‘ona viloyati — 309,2 ming kvadrat metrlik ko‘rsatkich bilan qayd etilgan.
Toshkent shahrida esa 296,7 ming kvadrat metr yangi uy-joy foydalanishga topshirilgan. Surxondaryo viloyatida 301,3 ming kvadrat metr, Namangan viloyatida 280,2 ming kvadrat metr turar-joy qurilishi yakunlangan.
Qashqadaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 239,2 ming kvadrat metrni tashkil etgan bo‘lsa, Navoiy viloyatida 170,7 ming kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 165,3 ming kvadrat metr, Jizzax viloyatida 156,1 ming kvadrat metr, Andijon viloyatida esa 146,8 ming kvadrat metr turar-joy qurilgan.
Samarqand viloyatida 114,3 ming kvadrat metrlik ko‘rsatkich qayd etilgan. Eng past natija Sirdaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelib, hududda 40,4 ming kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirilgan.
Iqtisodiyot
Turizm loyiha boshqaruvi tizimiga o‘tkazilmoqda – A.Aqqulov
O‘zbekistonda turizm rivoji uchun bir qator tadbirlar rejalashtirilgan. Bu haqda Turizm qo‘mitasi raisi A.Aqqulov OAV xodimlari bilan bo‘lgan uchrashuvda ma’lum qilib o‘tdi.
“Endilikda har bir hududda “jozibador manzil – loyiha – infratuzilma – tadbirkor – targ‘ibot – sayyoh” zanjiri asosida tizimli ishlash yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali 34 ta yirik turizm obyekti bo‘yicha master rejalar ishlab chiqilib, 31 ta turizm obyekti tashkil etiladi va rivojlantiriladi. Misol uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumanida “Qipchoq baliqchilar ovuli” maskani loyiha boshqaruvi asosida rivojlantiriladi” – dedi A.Aqqulov.
Ma’lum qilinishicha, turizm maskanlarini alohida reja asosida faoliyatini rivojlantirish va tashkil qilish ishlarini olib borish maqsadida Qo‘mita huzurida “Turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi” DM tashkil qilinmoqda.
Hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun qo‘shimcha 450 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilmoqda. Umumiy hisobda joriy yilda 950 mlrd. so‘m mablag‘lar turizm infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Iqtisodiyot
Soliq qarzi ko‘p bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari ma’lum qilindi
2026-yil 1-may holatiga ko‘ra, soliq qarzi 100 million so‘mdan yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari soni 955 tani tashkil qildi. Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning umumiy qarzdorligi 1 trillion 487,8 milliard so‘mga yetgan.
Shundan 562,2 milliard so‘mi, ya’ni umumiy qarzning 37,8 foizi soliq qarzi eng yuqori bo‘lgan 10 ta korxona hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Hududlar kesimida eng yuqori soliq qarzi Farg‘ona viloyatida qayd etilgan — 328,3 milliard so‘m. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati 295 milliard va Andijon viloyati 191,9 milliard so‘m bilan joylashgan.
Shuningdek, Toshkent shahridagi ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzi 73,7 milliard, Namanganda 75 milliard, Surxondaryoda 65,7 milliard va Samarqand viloyatida 61,6 milliard so‘mni tashkil etgan.
Yirik qarzdorlar
Soliq qarzi eng yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari ro‘yxatida Farg‘ona viloyatida faoliyat yurituvchi «Shaffof Metan Sanoati» MChJ birinchi o‘rinni egallagan. Korxonaning qarzi 187,1 milliard so‘m deb ko‘rsatilgan.
Ikkinchi o‘rinda Toshkent viloyatidagi «Silikon Color» MChJ bo‘lib, uning qarzi 74,8 milliard so‘mga yetgan. Uchinchi o‘rinni esa Farg‘ona viloyatidagi «Granula Plast Sifat» MChJ egallab, qarz miqdori 68,8 milliard so‘mni tashkil qilgan.
Ro‘yxatdan shuningdek, «Metalicom Impex» MChJ — 56,6 milliard, «Fargona Neftni Qayta Ishlash Zavodi» MChJ — 45,7 milliard va «Bronzepeak Enterprises» MChJ — 34,1 milliard so‘m qarz bilan o‘rin olgan.
Qolgan korxonalar qatorida «Sherobod Sement Zavodi» MChJ — 27,8 milliard, «So‘nmas-Plast» MChJ — 25,1 milliard, «Urban Lyuks» MChJ — 21,8 milliard va «Petromaruz Uzbekistan» MChJ — 20,4 milliard so‘m soliq qarzi bilan qayd etilgan.
Statistikaga ko‘ra, ayrim hududlarda qarzdor korxonalar soni yuqori bo‘lsa-da, umumiy qarz miqdori nisbatan past qolmoqda. Masalan, Toshkent viloyatida 140 ta, Andijonda 101 ta, Toshkent shahrida 96 ta shunday korxona bor. Farg‘ona viloyatida esa qarzdor korxonalar soni 94 ta bo‘lishiga qaramay, umumiy qarz hajmi respublikada eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan.
-
Siyosat4 days agoPrezident Mirziyoyev Toshkent metropolitenini 2035 yilgacha kengaytirishni maʼqulladi
-
Dunyodan4 days ago
Qamchibek Tashievning ishi sudga yetib bordi
-
Dunyodan4 days ago
AQShda ichki xavfsizlik departamentining sobiq rahbariga nisbatan tergov boshlandi.
-
Iqtisodiyot5 days ago
Barcha viloyatlarda xususiy veterinariya klinikalari va laboratoriyalar ochiladi
-
Iqtisodiyot4 days ago«Bunyodkor» – Rivaldo mojarosi. Vaziyat jiddiylashdi
-
Dunyodan2 days ago
Boshqa davlatlar Eronga yashirincha hujum qiladi
-
Jamiyat4 days agoRossiyada qurilishda baxtsiz hodisa: o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
-
Siyosat2 days agoQonun chiqaruvchi yuan “Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda maʼqulladi
