Connect with us

Jamiyat

2025 yilda voyaga yetmaganlar tomonidan 15 ta qotillik jinoyati sodir etildi

Published

on


O‘zbekistonda 2025 yilda voyaga yetmaganlar 3 266 ta jinoyatga qo‘l urgan. Ularning katta qismi o‘g‘rilik jinoyati. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 65,5 foizi 5 ta hudud – Toshkent shahri, Farg‘ona, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2025 yilda O‘zbekistonda qotillik jinoyatlarining 15 tasi voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Kriminologiya tadqiqot instituti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yilda respublikada voyaga yetmaganlar 3 266 ta jinoyatga qo‘l urgan. Bu jami jinoyatlarning 2,1 foizini tashkil etgan. Shundan 2 554 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan, 321 tasi aniqlangan, 391 tasi axborot texnologiyalari yordamida sodir etilgan jinoyatlar.

Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 65,5 foizi 5 ta hudud hissasiga to‘g‘ri kelgan: Toshkent shahrida 634 ta, Farg‘onada 482 ta, Namanganda 371 ta, Toshkent viloyatida 345 ta va Samarqandda 308 ta.

Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning har ikkinchisi (1 313 ta) o‘g‘rilik ekani aniqlangan. Shuningdek, voyaga yetmaganlar tomonidan 84 ta firibgarlik, 193 ta bezorilik, 68 ta og‘ir tan jarohati yetkazish, 68 ta transport vositasini olib qochish, 36 ta nomusga tegish, 17 ta bosqinchilik hamda 15 ta qotillik jinoyatlari sodir etilgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Mundial uchun O‘FAga berilgan imtiyozli chiptalar karrasiga qimmat narxda pullanganmi?

Published

on


O‘zbekiston milliy jamoasi mundialdagi ishtirokini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. Uchala o‘yindagi mag‘lubiyat atrofidagi qizg‘in muhokamalar to‘xtayotgan bir paytda, tarmoqlarda yangi mojaro bo‘y ko‘rsatdi. Amerikada yashayotgan vatandoshlar iddaosicha, FIFA tomonidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga ajratilgan imtiyozli chiptalar muxlislarga asl narxidan bir necha barobar qimmatga pullangan.

Tanqidga qolayotgan blogerlar Abdurahmon Fozilov va Otabek Jo‘rayev fan-klubga ajratilgan chiptalarning sotilishiga aloqasi yo‘qligini aytib chiqishdi. O‘FA esa holatga hozircha munosabat bildirmadi.

Instagram’ning Ikromjon Abdullayev ismli foydalanuvchisiga ko‘ra, O‘FAga imtiyozli ravishda taqdim etilgan chiptani unga 450 dollardan, ikkitasini 900 dollarga sotishgan.

Shuningdek, Ikromjon Abdullayev iwash brendi bilan tanilgan Otabek Jo‘rayevning o‘ziga tegishli chiptani sotib, “fan-klub bilan qo‘shilib kiraman” degan gaplaridan ham jig‘ibiyron bo‘lgan.

Instagram’dagi evilwox yuzerneymi egasi Shoxruh Azizovning aytishicha, 200, 300, 400 dollarlik chiptalar 900 dollardan 1500 dollargacha narxlarda sotilgan. Narxlar qimmatligi sabab yuzlab muxlislar stadionga kira olmay, tashqarida qolib ketgan.

AQShda yashovchi yana bir hamyurtimiz Nizomiddin Ahmadjonov ham holat yuzasidan keskin fikr bildirib, arzon chiptalar berilganda ko‘plab o‘zbekistonliklar o‘yinlarga borishi mumkin bo‘lganiga urg‘u berdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlar fonida Abdurahmon Fozilov ham videomurojaat bilan chiqdi va na liboslar, na chipta bilan bog‘liq vaziyatga aralashmaganini bildirdi.

“Futbolka, bilet, mehmonxona, umuman Amerikadagi tashkiliy ishlarning birortasiga men aralashganim yo‘q. Barchasiga javobgar mutasaddi vakillar bor. Men bilaman, “Asr market” original futbolkalarni sotdi va iltimos qilishganiga reklama qilib berdim. Biletga kelsak, fan-klubning 700 ta chiptasini Abdurahmon Fozilov 1000-1500 dollardan sotibdi, emish. Azizlar, 700 ta bilet 1000 dollardan bo‘lsa, 700 ming dollar bo‘ladi. Birorta ham fan-klubning biletiga men aralashganim yo‘q. Chiptalarni vakolatli shaxslar fan-klubga berdi, qolganini kimga tarqatdi, mening ishim emas”, dedi Fozilov.

Otabek Jo‘rayev esa unga homiylari tomonidan bir nechta chipta sovg‘a qilingani, o‘z ehtiyojlaridan oshiqchasini sotganini aytdi. Ammo u “fan-klub tarkibiga kirib olaman”, degan gapiga izoh bermagan.

“Amerikada yashaydigan vatandoshlarimiz bilet mojarasiga duch kelib, qiyin ahvolga tushib qolishibdi. Ya’ni biletni vaqtida olishmagan, vaqtliroq harakat qilishmagan, ko‘chaga chiqib olaman desa, narxlar oshib ketgan. Saytda ham chipta qolmagan, kassaga borib ololmaydi, chunki masofalar juda uzoq. Lichkamga rosa yozishadi, aka, bilet topib bering, deb. Homiylar tomonidan 2-3 ta kompaniya menga ikkitadan bilet sovg‘a qilgan. Menda bilet bor, kerakmas dedim. Bittasi Xitoydan keldi, bittasini Amerikadagi akamiz sovg‘a qildi. Endi biletni tekinga bervorish yoki sovg‘a qilish mening qo‘limda. U narsa noto‘g‘ri hisoblanmaydi. Harom ham bo‘lib qolmaydi. Yonimda o‘g‘lim bor edi, unga berdim. Yaqinlarim so‘radi, ularga berdim. Qolganini sotdim. Qanaqa sotdim, bozor qanaqa narx talab qilsa, shunaqa narxda sotdim. Buni har qanday biznesmen tushunadi”, deydi Otabek Jo‘rayev.

Imtiyozli chiptalar

FIFA 2026 yilgi Jahon chempionatida milliy futbol federatsiyalari va ularning rasmiy fan-klublariga tekin chiptalar bermagan, lekin avvalgi mundiallarda bo‘lgani kabi, aynan sodiq muxlislar uchun mo‘ljallangan maxsus arzonlashtirilgan chiptalar kvotasi mavjud. Bu toifadagi chiptalar narxi barcha o‘yinlar uchun qat’iy – 60 dollar etib belgilangan.

Qoidalarga ko‘ra, har bir ishtirokchi federatsiyaga o‘z o‘yinlari uchun stadion sig‘imining 8 foiz qismi kafolatlangan holda ajratiladi. Ushbu 8 foiz kvotaning 10 foiz qismi aynan 60 dollarlik arzon chiptalardan iborat bo‘ladi. Bunday chiptalar ochiq savdolarda sotilmaydi, ularni kimga va qanday taqsimlashni federatsiyalarning o‘zi hal qiladi.

O‘zbekiston misolida oladigan bo‘lsak, Kolumbiya qarshi “Atsteka” stadionidagi o‘yin uchun O‘FAga 6640 ta chipta taqdim etilgan, shundan 664 tasi imtiyozli 60 dollarlik chiptalar bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich Hyustondagi Portugaliyaga qarshi o‘yinda mos ravishda 5465 taga 546 tani, Atlantadagi Kongo DRga qarshi uchrashuvda esa 5459 taga 546 tani tashkil etgan.

Reglament bo‘yicha, guruh bosqichidagi uchta o‘yin uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga bevosita fan klub a’zolariga tarqatish uchun jami 1750 dan ortiq kafolatlangan arzonlashtirilgan chiptalar taqdim etilgan bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, O‘FA ixtiyorida 17,5 mingta standart toifadagi chiptalar ham bo‘lgan va ular FIFA tomonidan belgilangan narxlarda o‘zbekistonlik muxlislarga sotilishi nazarda tutilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Zo‘ravonlik qurbonlariga qo‘shimcha huquqiy kafolatlar berildi

Published

on


O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish tizimi yanada kuchaytirildi. Yangi qonun bilan jabrlanuvchilarning huquqlarini sudda himoya qilish, ularga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish hamda bolalarning eng ustun manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qator o‘zgartishlar kiritildi.

2026 yil 1 iyulda qabul qilingan O‘RQ–1156-sonli qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonunga muvofiq, milliy qonunchilikka «bolaning eng ustun manfaatlari» tushunchasi hamda uni ta’minlash kafolatlari kiritildi. Ushbu tushuncha bolaning oila muhitida tarbiyalanishi, xavfsizligi, sog‘lig‘i, ta’lim olishi, har tomonlama kamol topishi, shaxsiy daxlsizligi, sha’ni va qadr-qimmati, shuningdek, uning fikrini inobatga olgan holda belgilanadigan boshqa manfaatlarni qamrab oladi.

Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlar, jumladan, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlar manfaatlarini ko‘zlab davlat boji to‘lamasdan sudlarga da’vo arizalari kiritish hamda sud majlislarida ularning vakili sifatida ishtirok etish vakolati berildi.

Qonun bilan yana bir muhim yangilik joriy etildi. Endi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs maxsus markazga joylashtirilgan taqdirda, bu holat unga bir oygacha bo‘lgan muddatga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.

Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirdi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Davlat arxiv hujjatlari elektron shaklda saqlanadi

Published

on


O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlarining arxiv hujjatlarini Yagona milliy arxiv axborot tizimida elektron shaklda saqlash va yuritish tartibi belgilandi. Tegishli nizom hukumat qarori bilan tasdiqlandi.

Hukumatning 2026 yil 30 iyundagi 352-son qarori bilan «Davlat organlari va tashkilotlarining arxiv hujjatlarini Yagona milliy arxiv axborot tizimida elektron shaklda saqlash tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizom respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa davlat tashkilotlarining arxiv hujjatlarini elektron shaklda shakllantirish, yuritish va saqlash, shuningdek, Yagona milliy arxiv axborot tizimidan foydalanish tartibini belgilaydi.

Nizomga muvofiq, arxiv axborot tizimidan davlat organlari va tashkilotlari hamda operator o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida foydalaniladi.

Tizimga ulanish uchun davlat organlari va tashkilotlari maxsus elektron oyna orqali operatorga ariza yuboradi. Operator ariza kelib tushgan kundan e’tiboran ikki ish kuni ichida uni ko‘rib chiqadi.

Agar ariza nizom talablariga muvofiq deb topilsa, operator davlat organi yoki tashkilotga elektron shaklda shartnoma yuboradi.

Shartnoma imzolanib, unda nazarda tutilgan to‘lovlar amalga oshirilganidan keyin operator foydalanuvchini ikki ish kuni ichida Yagona milliy arxiv axborot tizimiga ulash choralarini ko‘radi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

1,4 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan guruh fosh etildi

Published

on


Jamiyat | 08:49

3296

1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida tijorat banki mas’ullari, mahalladagi hokim yordamchilari va boshqa shaxslar o‘zaro til biriktirib, 37 nafar fuqaro nomidan 1,4 milliard so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Beruniy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tijorat bankining bank xizmatlari markazi mas’ul shaxslari, 7 ta mahalladagi hokim yordamchilari hamda boshqa shaxslar jinoiy til biriktirgan holda harakat qilgani ma’lum bo‘ldi.

Tekshiruv davomida ular 37 nafar fuqaro nomiga ajratilgan imtiyozli mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan jami 1,4 milliard so‘mni talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda Malibu qahvaxonaga borib urildi

Published

on


Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yuqori tezlikda harakatlangan Malibu rusumli yengil avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qahvaxona binosiga borib urildi. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi 2 iyul kuni soat 05:40 larda Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Malibu rusumli transport vositasi haydovchisi katta tezlikda harakatlanayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda avtomobil Caffelito qahvaxonasi binosiga borib urilgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilarni belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilishga hamda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqirdi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.