Connect with us

Jamiyat

16:26 šŸ”“ LIVE: Zoā€˜ravonlikning eng ogā€˜ir soyasi: nega odamlar buni tanlaydi?

Published

on

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi

Published

on


Energetiklar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va barcha iste’molchilarning elektr ta’minotini bosqichma-bosqich qayta tiklash ishlari davom ettirilmoqda.

Foto: Energetika vazirligi

Bugun, 28 iyun soat 20:45 da Toshkent shahridagi Ā«YuksakĀ» podstansiyasida nosozlik yuz berishi oqibatida poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kelib chiqqani xabar qilingandi.

FVV xabariga koā€˜ra, ā€œsvetā€ oā€˜chishi oqibatida Chilonzor tumanida joylashgan Dream Park istirohat bogā€˜idagi Ā«CharxpalakĀ» attraksionida qolib ketgan fuqarolar xavfsiz joyga tushirib olingan.

Xabar qilinishicha, ayni paytda Energetika vazirligi hamda ā€œOā€˜zbekiston milliy elektr tarmoqlariā€ AJ rahbariyati podstansiyada boā€˜lib, ular tomonidan nosozlikni tiklash ishlari nazoratga olingan.

Energetiklar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va barcha iste’molchilarning elektr ta’minotini bosqichma-bosqich qayta tiklash ishlari davom ettirilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Dubayda ogā€˜ir ahvolga tushib qolgan oila Oā€˜zbekistonga qaytarildi

Published

on


Aviareyslarda kechikish va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskin vaziyat sababli oila mamlakatni tark eta olmagan. Shuningdek, vizasiz yurish muddati tugagani uchun ular jarimaga tortilgan.

BAAda ogā€˜ir vaziyatga tushib qolgan oila Oā€˜zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi koā€˜magida vatanga qaytarildi.

Qayd etilishicha, P.G. va uning farzandi A.Z. 2025 yilda mavsumiy ishlash maqsadida BAAning Dubay shahriga borgan.

Biroq moliyaviy qiyinchiliklar sababli 2026 yil yanvarida Oā€˜zbekistonga qaytish uchun aviachiptalar xarid qilgan. Aviareyslarda kechikish va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskin vaziyat tufayli ular mamlakatni tark eta olmagan.

Shuningdek, vizasiz yurish muddati tugagani uchun oila vakillari jarimaga tortilgan.

Oā€˜zbekistonning BAAdagi Bosh konsulxonasi tomonidan Dubay immigratsiya xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ularning mamlakatni jarimasiz tark etishiga ruxsat olindi.

Ushbu oila a’zolari uchun 26 iyun kuni ā€œDubay–Toshkentā€ yoā€˜nalishi boā€˜yicha aviachiptalar xarid qilindi hamda ularning Oā€˜zbekistonga qaytishi ta’minlandi.

Ā 

Ā 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yongā€˜in sodir boā€˜ldi

Published

on


Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoā€˜q.

Bugun, 28 iyun kuni Toshkent davlat agrar universitetida yongā€˜in sodir boā€˜ldi.

Xabar qilinishicha, soat 15:17 da Ā«112Ā» tizimidan Toshkent viloyati FVBBga Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksi binosining tom qismi yonayotganligi toā€˜gā€˜risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, qutqaruv boā€˜linmalari voqea joyiga yetib borgan. Yongā€˜in soat 15:59 da qurshab olingan hamda soat 16:15 da toā€˜liq bartaraf etilgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoā€˜q.

Yongā€˜in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Ā 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Boysundagi dor yoā€˜li attraksionida nosozlik roā€˜y berdi

Published

on


Dor yoā€˜lining poā€˜lat arqonlari belgilangan texnik me’yorlar asosida yetarli darajada tarang tortilmagani hamda qiyalik burchagi talab darajasida ta’minlanmagani oqibatida fuqaro harakat yoā€˜nalishining oā€˜rtasida toā€˜xtab qolgan.

27 iyun kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumani Omonxona mahallasi hududida joylashgan qarashli dor yoā€˜li (ziplayn) attraksionida noxush hodisa qayd etildi.

Dastlabki ma’lumotlarga koā€˜ra, mazkur dor yoā€˜li attraksioni texnik jihatdan toā€˜liq ishga tushirilmagan, davlat roā€˜yxatidan oā€˜tkazilmagan hamda undan foydalanish uchun tegishli ruxsatnoma olinmagan boā€˜lishiga qaramasdan, fuqaro undan foydalanishga harakat qilgan.

Dor yoā€˜lining poā€˜lat arqonlari belgilangan texnik me’yorlar asosida yetarli darajada tarang tortilmagani hamda qiyalik burchagi talab darajasida ta’minlanmagani oqibatida fuqaro harakat yoā€˜nalishining oā€˜rta qismida toā€˜xtab qolgan.

Tashkilot xodimlari tomonidan fuqaro xavfsiz tarzda attraksiondan tushirib olingan.

Hodisa oqibatida fuqaro tan jarohati olmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoā€˜mitasi tomonidan oā€˜rganish ishlari olib borilmoqda.

Ā 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Audiosi tarqalgan Muzrabot tumani hokimi jazoga tortildi

Published

on


Muzrabot tumani hokimiga jazo berildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.Ā 

Ijtimoiy tarmoqlarda Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulovning fermerlarni haqorat qilgani aks etgan audiosi tarqalib, keng muhokamalarga sabab boā€˜lgan edi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ushbu holat yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimligiga xizmat tekshiruvi oā€˜tkazish boā€˜yicha taqdimnoma kiritdi.

Oā€˜rganishlar davomida mazkur holatda davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalari talablariga zid xatti-harakatlarga yoā€˜l qoā€˜yilgani aniqlandi.Ā 

Qonunchilikka muvofiq, davlat fuqarolik xizmatchilari xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi, davlat organlari va tashkilotlarining obroā€˜-e’tiboriga putur yetkazishi mumkin boā€˜lgan xatti-harakatlardan tiyilishi, shuningdek, fuqarolar bilan munosabatlarda xushmuomalalik, hurmat va professionallik tamoyillariga qat’iy rioya qilishi shart, deyiladi agentlik xabarida.

Davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalarini buzgani uchun Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulovga nisbatan Ā«hayfsanĀ» intizomiy jazosi qoā€˜llanildi.

Agentlik davlat xizmatida axloqiy standartlar buzilishiga qarshi choralarni davom ettirishini ma’lum qildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright Ā© 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.