Connect with us

Jamiyat

16:20 “Qo‘ng‘izimdan voz kecholmayman” – “Zaporojyets”ning marg‘ilonlik ishqibozi

Published

on

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Bekobodda mashinada odam urib o‘ldirib, jasadni kanalga oqizib yuborgan “oper” 7 yilga qamaldi

Published

on


IIB xodimi mashinani mast holda boshqargan. U 43 yoshli erkakni urib yuborib, o‘limiga sabab bo‘lgan. So‘ngra jasadni hodisa joyidan uzoqroqqa olib borib, suvga oqizib yuborgan. Marhumning murdasi 80 kundan so‘ng Do‘stlik kanalidan topilgan.

JIB Bekobod tuman sudida mashinada odam urib ketib, jasadni suvga oqizib yuborgan IIB xodimiga hukm o‘qildi. Bu haqda Zamon dasturida xabar berildi.

1989 yilda tug‘ilgan D.N. Bekobod shahar IIB jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili vazifasida ishlagan. U sudda piyodani ko‘rgandan so‘ng tormozni bosganini, ammo to‘qnashuvning oldini olish imkoni bo‘lmaganini ma’lum qilgan.

Xabarda haydovchi Nexia mashinasini mast holda boshqargani aytilgan. YTHdan so‘ng u yo‘lovchini mashinasiga mindirib, shifoxonaga yo‘l olgan. Ammo yo‘lda fikridan qaytib, jinoyatni yashirish payiga tushgan.

Sobiq xodim sud tergovida piyoda nafas olmayotganini ko‘rgach, shok holatida qo‘rquvda kanalga tashlaganini, voqeadan keyin Bekobod tumani IIBga o‘zi kelib, jinoyat haqida xabar berganini aytgan. U qilmishiga pushaymonlik bildirib, jazoni o‘tab qaytgach, marhumning yaqinlariga yordam berishini ta’kidlagan va suddan yengillik so‘ragan.

Sud hukmi bilan sobiq xodim Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi va 134-moddasida (qabrni tahqirlash) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilishda aybli deb topilgan. Unga 3 yil muddatga mashina boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 11 dekabr kuni Bo‘ka—Bekobod avtomobil yo‘lida Nexia mashinasida harakatlanib ketayotgan IIB xodimi 43 yoshli fuqaroni urib yuborgan. So‘ngra voqeani yashirish uchun turmush o‘rtog‘ining yordamida jasadni taxminan 35-40 km uzoqlikdagi Farhod kanaliga oqizib yuborgandi. Marhumning jasadi 80 kunda topilgandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi

Published

on


Yashnobod tumanida Cobalt va Nexia-3 haydovchilari yo‘l talashib, janjallashib qoldi. Internetda tarqalgan videoda ulardan biri ikkinchisiga uzun tayoq bilan hujum qilganini ko‘rish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan kadr

Voqea 12 iyun kuni Maxtumquli ko‘chasida ro‘y bergan.

IIBB xabariga ko‘ra, Cobalt haydovchisi 1992 y.t. D.D. hamda Nexia-3 haydovchisi 1998 y.t. Sh.A. yo‘l talashish oqibatida o‘zaro tortishib qolgan.

“Ular avtomobildan tushib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, yo‘lning qatnov qismida jamoat tartibini buzib o‘zaro urishishgan”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Holat yuzasidan har ikkala haydovchiga nisbatan mayda bezorilik moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga taqdim etilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

16−18 iyun kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kiritilmaydi

Published

on


Shu kunlarda Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtning ayrim ko‘chalarida transport harakati ham vaqti-vaqti bilan cheklanadi.

16−18 iyun kunlari poytaxtda beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi. Forum davomida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida shaharning ayrim ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Quyidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi: 


· Islom Karimov va Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov va Furqat ko‘chalari chorrahasigacha;


· Maxtumquli, Temur Malik va Yangi O‘zbekiston ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prikdan Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab Yangi O‘zbekiston va Istiqlol ko‘chalari chorrahasigacha;


· Islom sivilizatsiyasi markazi atrofidagi hududlarda, jumladan, Sharof Rashidov va Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasidan Abdulla Qodiriy hamda Qorasaroy ko‘chalari bo‘ylab Qorasaroy va Nurafshon ko‘chalari chorrahasigacha.

Yo‘l harakati ishtirokchilari uchun aylanma yo‘llar tashkil etiladi. Tezkor xizmatlarning maxsus avtotransport vositalari harakati bundan mustasno.

Shuningdek, tadbir kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kirishi ham cheklanadi. Ularning harakati Toshkent viloyatidagi aylanma yo‘llar orqali tashkil etiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yakkasaroyda ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi

Published

on


Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosining tashqi qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa joyiga tezkorlik bilan yetib borgan qutqaruvchilar tomonidan yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lum qilishicha, bugun, 13 iyun kuni soat 10:21 da Yakkasaroy tumani, Nukus ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tashqi qismi (fasadi) yonayotgani haqida shahar FVBBga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan qutqaruv bo‘linmalari soat 10:23 da voqea joyiga yetib borgan va hozirda yong‘inni o‘chirish ishlarini amalga oshirmoqda.

Shuningdek, xavfsizlik choralari doirasida ko‘p qavatli uydagi barcha fuqarolarni evakuatsiya qilish ishlari tashkil etilgan.

Ma’lum qilinishicha, vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda nitrat miqdori yuqori bo‘lgan qovunlar aniqlandi

Published

on


Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan Farhod dehqon bozorida o‘tkazilgan sanitariya nazorati davomida nitrat miqdori me’yordan yuqori bo‘lgan 21 kilogramm qovun mahsuloti aniqlandi. Mahsulotlarning sotuvga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Farhod dehqon bozorida navbatdagi sanitariya-epidemiologik nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Nazorat ishlarida Veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi xodimlari ham ishtirok etdi.

O‘rganishlar davomida bozorda sotilayotgan poliz mahsulotlaridan namunalar olinib, laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazildi. Natijada 21 kilogramm qovunda nitrat miqdori amaldagi gigiyenik me’yorlardan yuqori ekani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan sanitariya qonunchiligi talablari asosida tegishli choralar ko‘rilib, iste’molchilar salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar savdodan olib tashlandi va brakeraj qilindi.

Shuningdek, tadbirkorlar va sotuvchilarga oziq-ovqat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.