Jamiyat
13-noyabr — Butunjahon ko‘zi ojizlar huquqlarini himoya qilish kuni
O‘zbekistonda 2025-yil 1-noyabr holatiga respublika bo‘yicha jami ko‘zi ojiz bo‘lgan shaxslar soni 25 558 nafarni tashkil qiladi.
Ularning 3 171 nafari 17 ta maxsus maktablarda tahsil olmoqda.
2025-yilning o‘tgan 10 oyi davomida ko‘z bo‘yicha jami 7 756 nafar muhtoj shaxslar quyidagi reabilitatsiya vosilalari bilan imtiyozli ta’minlangan:
ko‘z olmasi protezi (115 ta);
ko‘zi ojizlar xassasi (4 835 ta);
brayl alifbosi (101 ta);
brayl alifbosi uchun yozuv moslamasi (111 ta);
ovozli tonometr (3 588 ta);
ovozli termometr (3 243 ta);
ovozli glyukometr (162 ta).
Shuningdek, ko‘z bo‘yicha nogironligi bo‘lgan 13472 nafar fuqaro adaptiv sportning shaxmat, shashka, golbol, 5×5 futbol va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanib kelishmoqda.
Bundan tashqari, 340 ta ijtimoiy, aholiga xizmat ko‘rsatish va tijorat obektlarida to‘siqsiz muhit yaratilib, taktil qoplamalar o‘rnatildi.
Barcha hududlarda 18 ta gavjum chorraxalarda hamda qo‘shimcha 753 ta svetoforlar ovozli signal qurilmalari bilan jihozlandi.
Jamiyat
Ag‘nagan devor, suv bosgan hovli: Rapqondan fotoreportaj
May oyining birinchi kuni kuchli yomg‘ir yog‘di, buning oqibatida Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Rapqon qishlog‘ining Vorux Dasht, Yangiqo‘rg‘on mahallalaridagi 90 dan ortiq xonadonlarni suv bosdi. Ayrim xonadonlarning yerto‘la va uy ichigacha suv kirdi. Hozirda tegishli tashkilotlar ko‘magida toshqin talafotlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilyapti. Kun.uz muxbiri Rapqon qishlog‘ida bo‘lib, hodisa joyidan fotoreportaj tayyorladi.
Jamiyat
Gaz ishlab chiqarish 1-chorakda 1,7 mlrd kub metrga kamaydi – stistika
2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekiston sanoatida ishlab chiqaradigan tarmoq asosiy ulushni egallab, 246,1 trln so‘m (85,1foiz)ni tashkil etdi. Biroq energiya resurslari, xususan, tabiiy gaz ishlab chiqarishda pasayish kuzatildi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur davrda respublikada 9,6 mlrd kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamayganini anglatadi (2024–2025 yillarda 11 mlrd kub metrdan ortiq bo‘lgan).
Gaz bilan birga boshqa ko‘rsatkichlarda ham o‘zgarishlar bor:
– neft – 157,3 ming tonna (2025-yil 1-chorakda 160,8 ming tonna atrofida);
– ko‘mir – 1,1 mln tonna (2025-yil 1-chorakda 1,2 mln tonna);
– gaz kondensati – 242,3 ming tonna (2025-yil 1-chorakda 296,6 ming tonna).
Shu bilan birga, ayrim qayta ishlangan mahsulotlarda o‘sish kuzatildi:
– avtomobil benzini – 313,2 ming tonna;
– dizel yoqilg‘isi – 280,9 ming tonna;
– portlandsement – 4,1 mln tonna.
Jamiyat
Baliqlarni nobud qilgan korxonaga 90 mln so‘mdan ortiq kompensatsiya hisoblandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumani Achchisoy kanalida baliqlar nobud bo‘layotgani aks etgan video tarqaldi. Holat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) tomonidan o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida Zangiota tumani «Ittifoqchi» mahallasida faoliyat yuritib kelayotgan “Damachi baliq” MChJga qarashli baliqchilik ko‘lida suv sathi pasaytirilgani sababli baliqlarda kislorod yetishmasligi yuzaga kelib, 200-300 grammli baliqlar nobud bo‘lganligi aniqlandi. Nobud bo‘lgan baliqlar jamiyat ishchisi tomonidan tozalanib, tuman hududidan oqib o‘tgan Achchisoy kanaliga oqizib yuborilgan.
Jamiyat faoliyati natijasida hosil bo‘layotgan oqova suvlardan belgilangan tartibda laboratoriya tahlillari uchun namunalar olinib, atrof-muhitga ta’sirini aniqlash maqsadida chuqur o‘rganildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, bir qator muhim ko‘rsatkichlar bo‘yicha me’yoriy talablardan sezilarli darajada oshish holatlari qayd etildi.
Xususan, azot ammoniy miqdori belgilangan me’yordan 1,7 barobar, azot nitrit 1,95 barobar, quruq qoldiq 1,28 barobar hamda umumiy fosfor 1,8 barobar ortiq ekanligi aniqlandi. Mazkur holatlar oqova suvlar yetarli darajada tozalanmasdan tashlanayotgani hamda suv obyektlarining ifloslanishi, ekologik muvozanatning buzilishi va bioxilma-xillikka salbiy ta’sir ko‘rsatganini ko‘rsatdi.
Holat bo‘yicha korxonaga 92 mln so‘m miqdorida kompensatsiya hisoblandi, mas’ullarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, holat qayta takrorlanmasligi bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, kanal nobud bo‘lgan baliqlardan tozalandi.
Jamiyat
Navoiydagi YTHda haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi
Joriy yilning 2-may kuni soat 07:20larda Konimex tumani «Karak-ata» OFY hududidan o‘tuvchi A-379 «Navoiy-Uchquduq» xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘lining 142-143 km.lar oralig‘ida haydovchi N.J. boshqaruvida bo‘lgan «Nexia-3» rusumli avtomobil «Zarafshon-Navoiy» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelib, tezlikni oshirishi natijasida yo‘lning xavfli burilish joyida rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi tomonga chiqib ketib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan fuqaro M.A. boshqaruvida bo‘lgan «SKANIA 114L» rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
Natijada «Nexia-3» rusumli avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari sabab vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, voqea tafsilotlarini o‘rganish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tadigan OTB yig‘ilishida ishtirok etadi
3-4 may kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishi tadbirlarida ishtirok etadi.
Davlatimiz rahbari tadbirning ochilish marosimida nutq so‘zlaydi hamda xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Yig‘ilishning bosh mavzusi – «Taraqqiyot chorrahalari: mintaqaning o‘zaro bog‘liq kelajagini ilgari surish». Forum global va mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun muhim xalqaro platforma bo‘ladi.
Ishtirokchilar asosiy e’tiborini «yashil» transformatsiya, energetik o‘tish, raqamlashtirish, investitsiyalarni jalb qilish, oziq-ovqat xavfsizligi, sanoatda yetkazib berish zanjirlarining barqarorligi va boshqa masalalarga qaratadilar.
Besh kunlik sammitda 100 dan ortiq mamlakat delegatsiyalari, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va boshqa institutlar rahbarlari va xodimlari hamda xorijiy hukumatlarning 2 ming nafarga yaqin vakillari, yetakchi kompaniyalar va banklar, transmilliy korporatsiyalar top-menejerlari hamda nufuzli ekspertlar ishtirok etadi. Jami 4 mingdan ziyod delegat qatnashishi kutilmoqda.
O‘zbekiston 1995-yildan buyon Osiyo taraqqiyot bankining a’zosi bo‘lib, uning eng yirik hamkorlaridan biri hisoblanadi: loyihalar portfelining umumiy hajmi qariyb 16 milliard dollarni tashkil etmoqda. Mamlakatimiz bankning yillik yig‘ilishiga ikkinchi bor mezbonlik qilmoqda.
-
Siyosat4 days agoPrezident Mirziyoyev energiya tejash vositasi sifatida kommunal xizmatlarni oʻchirishni taqiqlovchi farmonni imzoladi
-
Turk dunyosi4 days agoKurd jangari rasmiysining aytishicha, Turkiya islohotlarning yoʻqligi tufayli tinchlik muzokaralarini toʻxtatib qoʻymoqda
-
Iqtisodiyot5 days ago«Kursga sun’iy ta’sir o‘tkazish tarafdori emasmiz»
-
Jamiyat4 days agoBuxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
-
Jamiyat4 days ago
Sud jarayonlarini OAVda yoritishni takomillashtirish bo‘yicha dastur boshlandi
-
Jamiyat5 days ago
Elchining tarixiy xotiralari chop etildi
-
Jamiyat3 days ago
Jurnalistika uchun dolzarb bo‘lgan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
-
Siyosat3 days agoOʻzbekistonda yil oxiriga qadar 13 ta GES qurish rejalashtirilmoqda, tarmoqni kengaytirish koʻzda tutilmoqda
