Connect with us

Jamiyat

100 nafar tozalik posboni farzandlarining kontrakt to‘lovi to‘lab berildi

Published

on


Foto: Ekologiya va iqlim vazirligi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan mahallalar, ko‘chalarni toza-ozoda va obod saqlovchi respublika bo‘yicha jami 100 nafar «Tabiat uyg‘unligi himoyachilari»ga farzandlarining umumiy qiymati 916 mln 718 ming so‘m miqdoridagi kontrakt to‘lovlari qoplab berildi.

Shu munosabat bilan, 30 dekabr kuni qo‘mita raisi maslahatchisi hamda agentlik direktori Sharifbek Hasanov ishtirokida Toshkent shahridagi tanlov g‘oliblari xonadonida bo‘lib, maxsus sertifikatlar topshirildi.

Avvalroq hududlardagi sanitar tozalash korxonalari hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalik posbonlarini moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Tabiat uyg‘unligi himoyachisi» tanlovi o‘tkazilishi haqida e’lon berilgandi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 avgustdagi «„Tabiat uyg‘unligi himoyachisi“» tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 514-sonli qarorida belgilab qo‘yilgan.

«Tabiat uyg‘unligi himoyachisi» tanlovida sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi ko‘p yillar davomida sadoqatli mehnat qilgan xodimlari qatnashishdi.

Tanlovda qatnashish uchun Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligiga [email protected] elektron pochta manzili hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi agentligi hamda Toshkent shahri va viloyatlardagi boshqarmalari orqali jami 182 ariza kelib tushgan. Shundan so‘ng, arizalar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri)ning tegishli buyrug‘i bilan tuzilgan komissiya ishtirokida nizom talablari asosida shaffof va adolatli ko‘rib chiqilib, baholangan va 100 nafar munosiblari saralab olingan. Yangi yil bayrami arafasida g‘oliblarning davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan farzandlariga agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi.

Bular:

– Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 19 nafar xodimga jami 157 493 mln so‘m miqdorida;

– Andijon viloyatidan 6 nafar xodimga jami 61 951 mln so‘m miqdorida;

– Buxoro viloyatidan 7 nafar xodimga jami 65 809 mln so‘m miqdorida;

– Jizzax viloyatidan 8 nafar xodimga jami 77 603 mln so‘m miqdorida;

– Qashqadaryo viloyatidan 8 nafar xodimga jami 73 828,5 mln so‘m miqdorida;

– Navoiy viloyatidan 9 nafar xodimga jami 81 912,5 mln so‘m miqdorida;

– Namangan viloyatidan 5 nafar xodimga jami 44 750 mln so‘m miqdorida;

– Samarqand viloyatidan 2 nafar xodimga jami 20 983 mln so‘m miqdorida;

– Sirdaryo viloyatidan 1 nafar xodimga jami 8 623 mln so‘m miqdorida;

– Surxondaryo viloyatidan 3 nafar xodimga jami 23 910 mln so‘m miqdorida;

– Toshkent viloyatidan 5 nafar xodimga jami 39 946 mln so‘m miqdorida;

– Farg‘ona viloyatidan 3 nafar xodimga jami 24 173 mln so‘m miqdorida;

– Xorazm viloyatidan 2 nafar xodimga jami 20 888,4 mln so‘m miqdorida;

– Toshkent shahridan 22 nafar xodimga jami 215 347,4 mln so‘m miqdoridani tashkil etadi.

«Bu kabi tanlovlardan ko‘zlangan maqsad avvalo inson qadrini yanada ulug‘lashdir. Shu bilan birga, uzoq yillar davomida tozalik va obodonchilik yo‘lida fidokorona xizmat qilib kelayotgan soha xodimlarini e’zozlash, ularning oila a’zolari uchun qulay imkoniyatlar yaratish barobarida farzandlarining Vatan ravnaqi yo‘lida munosib xizmat qiladigan ilmli, ziyoli kadr bo‘lib yetishishiga zamin yaratish orqali „Ijtimoiy lift“ tamoyilini qo‘llab-quvvatlashdan iborat», deyiladi Ekologiya va iqlim o‘zgarishlari vazirligi xabarida.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi

Published

on


Andijon viloyatidagi «Do‘stlik» chegara bojxona postida qo‘shni davlatga yo‘l olgan fuqaro do‘ppisi ichiga yashirilgan 35,6 ming AQSh dollari bilan ushlandi. Bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan valuta protsessual tartibda olib qo‘yildi.

Foto: Bojxona qo‘mitasi

Holat Andijon viloyati bojxona boshqarmasining «Do‘stlik» chegara bojxona postida aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan 51 yoshli fuqaro boshidagi do‘ppining ichiga 35,6 ming AQSh dollarini yashirgan holda mamlakat hududidan olib chiqishga uringan.

Bojxona nazorati davomida yo‘lovchining deklaratsiyasi tekshirilgan va og‘zaki so‘rov o‘tkazilgan. Natijada deklaratsiyada ko‘rsatilmagan hamda ma’lum qilinmagan naqd xorijiy valuta aniqlanib, belgilangan tartibda olib qo‘yilgan.

Bojxona qo‘mitasi eslatishicha, amaldagi qonunchilikka muvofiq, O‘zbekiston rezidentlari mamlakat hududidan 100 million so‘m ekvivalentigacha bo‘lgan miqdordagi naqd xorijiy valutani olib chiqish huquqiga ega.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qamchiqda yonilg‘i tashuvchi maxsus avtomobil YTHga uchradi

Published

on


Qamchiq dovonida harakatlanayotgan yonilg‘i tashishga mo‘ljallangan maxsus yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lni ajratuvchi temir to‘siqqa urilib, harakatni davom ettira olmay qolgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, hodisa 30 iyun kuni soat 13:59 da A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotga ko‘ra, yonilg‘i tashishga mo‘ljallangan maxsus yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi yo‘lni ajratuvchi temir to‘siqqa urilib, harakatdan to‘xtagan.

Xabar kelib tushgach, «Qamchiq» maxsus qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borgan. Maxsus texnikalar yordamida avtomobil xavfsiz hududga olib chiqilgan.

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Gaz ta’minoti va kadastr tizimida korrupsion jinoyatlar aniqlandi

Published

on


Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida gaz ta’minoti hamda kadastr tizimida sodir etilgan korrupsion jinoyatlar fosh etildi. Har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida korrupsiya bilan bog‘liq ikki holatga chek qo‘yildi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyatidagi «Urguttumangaz» gaz ta’minoti bo‘limining mansabdor xodimi hamda ushbu tashkilotning sobiq xodimi mahalliy MChJga qarashli ishlab chiqarish sexiga yangi tabiiy gaz taqsimlash uskunasini o‘rnatish uchun loyiha hujjatlarini rasmiylashtirish va texnik shart ruxsatnomasini olib berish evaziga 2 ming AQSh dollari talab qilgan. Ular so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qashqadaryo viloyatida esa Kadastr agentligining tuman bo‘limi boshlig‘i mahalliy fuqaroga issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 sotix sug‘oriladigan yer maydonini boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, buning uchun muqaddam 11 600 AQSh dollari olgani aniqlangan.

Tergovga qadar tekshiruvda mansabdor shaxs olgan mablag‘ining bir qismini — 49,7 mln so‘mni qaytarib bergan vaqtida uning noqonuniy harakatlari fosh etilgan. Keyinchalik qolgan 89,5 mln so‘m ham jabrlanuvchiga qaytarilgan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

DXX fuqarolarga murojaat qilib, kundalik hayotda korrupsiya va boshqa qonunbuzilish holatlariga duch kelganda, idoraning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishni so‘radi. Qayd etilishicha, murojaat etuvchilarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Navoiyda 7 yoshli bolaga yuk mashinasi boshqaruvini bergan shaxsga chora ko‘rildi

Published

on


Bolaga Howo yuk mashinasi boshqaruvini ammasining o‘g‘li ishonib topshirgan. “Mashina boshqarishni o‘rgatmoqchi edim”, degan u. Mashina jarima maydoniga joylashtirilgan, huquqbuzarlarga esa ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Navoiyda Howo yuk mashinasi boshqaruvini 7 yoshli bolaga ishonib topshirgan shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh bola yuk mashinasini boshqarib borayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Qoidabuzarlik yuzasidan tezkorlik bilan surishtiruv harakatlari olib borilgan. Jarayonda voqea 2025 yil sentabr oyida bo‘lgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, bolaga boshqaruvchi uning ammasini o‘g‘li ishonib topshirgan. “Akam menga katta mashinasini berdi. Men uni boshqardim. Endi qaytib qilmayman”, degan bola.

Huquqbuzar qilgan ishidan afsusda ekanini aytib, jiyaniga mashina boshqarishni o‘rgatmoqchi bo‘lganini bildirgan.

Karmanalik ushbu shaxsning xatti-harakati va ota-onaning farzandini nazoratsiz qoldirgani yuzasidan MJtKning tegishli bandlari bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Yuk mashinasi esa jarima maydoniga joylashtirilgan.

Avvalroq Farg‘onada voyaga yetmagan shaxs Malibu’da uchta bolani urib ketgan edi. Ulardan biri vafot etgandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Deputatlarga «Tashabbusli budjet» loyihalari bo‘yicha yangi imkoniyatlar berildi

Published

on


«Tashabbusli budjet jarayonlari doirasida mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda xalq vakillari va jamoatchilik uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Sun’iy intellekt yaratgan surat

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 avgustdan tashabbusli budjet jarayonida deputatlar tomonidan loyihalarni qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilish uchun imkoniyatlar yanada kengaytiriladi.

Bunda:


har bir deputat tomonidan «Ochiq budjet» axborot portalida (portal) bir mavsum uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida bir yoki bir nechta loyihalar tanlanib, qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilinadi;



deputat vakolati muddatidan ilgari tugatilgan hollarda «Tashabbusli budjet» jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha komissiya qaroriga ko‘ra boshqa deputatlar tomonidan tashabbusli budjet jarayonlarining tegishli saylov okrugidagi qo‘shimcha g‘oliblari aniqlanadi.


2027 yil 1 yanvardan sheriklik loyihalarini qo‘shimcha ravishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, to‘lov tashkilotlari va tijorat banklarining mobil ilovalari orqali moliyalashtirish imkoniyatlari yaratiladi.

Mobil ilovalarda portal bilan integratsiya ta’minlangan holda barcha sheriklik loyihalarining ro‘yxati va tashabbusli budjet jarayonining onlayn statistikasi aks ettiriladi.

Qiymati BHM 2000 baravarigacha (taxminan 824 mln so‘m) bo‘lgan ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha sheriklik loyihalarini tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshirish tartibi joriy etiladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.