Connect with us

Jamiyat

1 yilda qancha ko‘mir qazib olingani ma’lum qilindi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar-oktyabr oylarida 7,5 mln tonna ko‘mir qazib olingan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,2 mln tonnaga oshgan.

Mazkur davrda ayrim turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:

Avtomobil benzini – 1,1 mln tonna;

Dizel – 1,1 mln tonna;

Neft – 601,2 ming tonna;

Tabiiy gaz – 38,9 mlrd kub.m;

Gaz kondensati – 1 mln tonna;

Avtomobil dvigatellari – 227 085 dona.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Deputatlarga «Tashabbusli budjet» loyihalari bo‘yicha yangi imkoniyatlar berildi

Published

on


«Tashabbusli budjet jarayonlari doirasida mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda xalq vakillari va jamoatchilik uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Sun’iy intellekt yaratgan surat

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 avgustdan tashabbusli budjet jarayonida deputatlar tomonidan loyihalarni qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilish uchun imkoniyatlar yanada kengaytiriladi.

Bunda:


har bir deputat tomonidan «Ochiq budjet» axborot portalida (portal) bir mavsum uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida bir yoki bir nechta loyihalar tanlanib, qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilinadi;



deputat vakolati muddatidan ilgari tugatilgan hollarda «Tashabbusli budjet» jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha komissiya qaroriga ko‘ra boshqa deputatlar tomonidan tashabbusli budjet jarayonlarining tegishli saylov okrugidagi qo‘shimcha g‘oliblari aniqlanadi.


2027 yil 1 yanvardan sheriklik loyihalarini qo‘shimcha ravishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, to‘lov tashkilotlari va tijorat banklarining mobil ilovalari orqali moliyalashtirish imkoniyatlari yaratiladi.

Mobil ilovalarda portal bilan integratsiya ta’minlangan holda barcha sheriklik loyihalarining ro‘yxati va tashabbusli budjet jarayonining onlayn statistikasi aks ettiriladi.

Qiymati BHM 2000 baravarigacha (taxminan 824 mln so‘m) bo‘lgan ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha sheriklik loyihalarini tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshirish tartibi joriy etiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi

Published

on


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Kia rusumli avtomobil chorrahada katta tezlikda harakatlangani va qayrilib olayotgan Lacetti’ni urib o‘tganini ko‘rish mumkin. Jabrlanuvchilar haqida hozircha ma’lumot berilmadi.

Toshkent shahri Yunusobod tumanida Lacetti va Kia K5 rusumli avtomobillar ishtirokida ayanchli avariya ro‘y berdi.

Poytaxt YHXB matbuot xizmati ma’lum qilishicha, hodisa 30 iyun kuni soat 05:10 larda Amir Temur–Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. Lacetti Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtida, o‘zidan o‘ng tomondan harakatlanib kelgan Kia K5 rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Kia katta tezlikda harakatlanib, Lacetti’ning orqa qismini urib o‘tganini ko‘rish mumkin.

Xabarda avtomobilda bo‘lganlarning ahvoli haqida ma’lumot berilmagan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan

Published

on


Voyaga yetmagan Doniyor Turg‘unov odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatida ayblanmoqda. Jinoyat ishi Mirobod tuman sudida yopiq tarzda ko‘rib chiqilmoqda. 26 iyun kuni dastlabki sud majlisi o‘tkazilgan.

Joriy yil 25 fevral kuni Toshkent shahrida BMW mashinasida YPX inspektorini urib ketgan voyaga yetmagan Doniyor Turg‘unovga nisbatan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari yakunlanib, ish sudga oshirilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbalari ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, jinoyat ishi Mirobod tuman sudida yopiq tarzda ko‘rib chiqilmoqda (JPK talabiga ko‘ra, voyaga yetmaganlar ishtirokidagi ishlar yopiq ko‘riladi). 26 iyun kuni dastlabki sud majlisi o‘tkazilgan.

Jinoyat ishi yopiq tarzda o‘tkazilayotgani uchun sud majlislari jadvalida keltirilmagan.

Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati Kun.uz so‘roviga javoban ish jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida ko‘rilayotgani, ish sudga Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismi «d» bandi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan taqdim etilgani, sudlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi saqlanib qolgani haqida ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yil 25 fevral kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida voyaga yetmagan Doniyor Turg‘unov BMW mashinasida yo‘l-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eshnazarovni urib yuborgandi.

Inspektor og‘ir jarohatlar oqibatida vafot etgan.

Shundan so‘ng Doniyor Turg‘unov qamoqqa olingan va unga Jinoyat kodeksining 267-moddasi (avtotransport vositasini olib qochish) va 104-moddasi uchinchi qismi «d» bandi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan ayb e’lon qilingandi.

Marhum kichik serjant Hosilbek Eshnazarov prezident farmoniga ko‘ra, «Jasorat» medali bilan mukofotlandi va uning oilasiga Toshkent shahridan 3 xonali kvartira berildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida

Published

on


Malayziyaga sayohatga borgan 3 nafar o‘zbekistonlik o‘lim jazosiga hukm qilingani haqida material e’lon qilingandi. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi Omonulla Fayziyev ushbu fuqarolarning keyingi taqdiri haqida Kun.uz’ga ma’lumot berdi.

Omonulla Fayziyevning aytishicha, 2010 yil sentabr oyida O‘zbekiston fuqarolari N.S., N.D. va J.J. Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida 12 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalarini olib o‘tishga urinishda gumonlanib, Malayziya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan qo‘lga olingan.

Keyinchalik Malayziya sudi ularga nisbatan o‘lim jazosi tayinlagan.

Fuqarolarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi tomonidan 2013, 2014, 2016 va 2020 yillarda Malayziya Tashqi ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi hamda mamlakat Qiroli nomiga ularni afv etish to‘g‘risida bir necha bor rasmiy murojaatlar kiritilgan.

2018 yilda Malayziyada o‘lim jazosini ijro etishga moratoriy joriy etildi. Keyinchalik, 2024 yil 18 mart kuni kuchga kirgan “O‘lim va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazolarini olgan shaxslarning ishlarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qonun asosida Malayziya Oliy sudi mazkur uch nafar O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan chiqarilgan avvalgi o‘lim jazosini 30 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirdi.

Malayziya qonunchiligiga muvofiq, jazoni ijro etish tartibi va yaxshi xulq-atvor uchun nazarda tutilgan imtiyozlar inobatga olinganda, ushbu fuqarolarning jazo muddati 2030 yilda yakunlanishi kutilmoqda.

Hozirgi vaqtda ular Malayziyaning Selangor shtatidagi Kajang qamoqxonasida jazo muddatini o‘tamoqda. O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi tomonidan ular bilan muntazam konsullik uchrashuvlari o‘tkazilib, zarur konsullik-huquqiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli choralarni bundan buyon ham davom ettiradi, dedi Omonulla Fayziyev.

Eslatib o‘tamiz, uch o‘zbekistonlikning Malayziyaga sayohatga borishi va giyohvand moddalar aniqlanib o‘limga hukm qilinishi haqidagi hikoyani iste’fodagi DXX xodimi O‘ktam Suvonov Xavfsizlik YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib bergandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Oshadigan pensiya, yoshlarga yangi dastur va “kvartplata”dan qarzdorlarga “jazo”: 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?

Published

on


Kun.uz sayti o‘z an’anasiga muvofiq 2026 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida kuchga kiradigan ayrim normalarni eslatib o‘tadi.

Prezident farmoni bilan, 2026 yil 1 iyuldan pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 7 foizga oshiriladi.

Bunda:

· yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 983 000 so‘m;

· nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 083 000 so‘m;

· ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

– 3 yoshgacha bo‘lgan 1 ta kichik farzandi uchun – 386 000 so‘m;

– 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 1 ta farzandi uchun – 295 000 so‘m;

– oilaning 2-farzandi uchun qo‘shimcha – 177 000 so‘m;

– oilaning 3– va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 118 000 so‘m;

· ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 450 000 so‘m etib belgilandi.

2026 yil 1 iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 504 000 so‘m etib belgilandi.

Shuningdek, farmonda 2026 yil 1 sentabrdan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshirilishi nazarda tutilgan. 2026 yil 1 sentabrdan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 360 000 so‘m, bazaviy hisoblash miqdori – 440 000 so‘m bo‘ladi.

“Yettilik”ning “qo‘li uzaymoqda”

Davlat rahbarining 2026 yil 24 iyunda qabul qilingan farmoni bilan mahalla boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. Hujjatga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan mahallalar boshqaruvi tizimida qator yangiliklar joriy etiladi.

1 iyuldan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlariga mahallalardagi muammolarni tizimli tahlil qilish, mas’ul idoralar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, hududiy dasturlarni ishlab chiqish va ularning ijrosini nazorat qilishda ishtirok etish huquqi berilmoqda.

Shuningdek, mahallada birinchi marta ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni sodir etgan fuqarolarga nisbatan sud-tergov organlari yengillik qo‘llagan taqdirda, «mahalla yettiligi» ularni qayta tarbiyalash, kasbga o‘rgatish, bandligini ta’minlash va ta’limga yo‘naltirish uchun mas’ul bo‘ladi.

Agar kafillikka olingan shaxs uch yil davomida jinoyat va huquqbuzarlik sodir etmasa, uning ijobiy tarbiyasida faol ishtirok etgan «mahalla yettiligi» a’zolarini qo‘shimcha rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.

Farmon bilan, shuningdek, mahallalar uyushmasining tuman (shahar) bo‘limi boshliqlariga «mahalla yettiligi» faoliyatiga noqonuniy aralashuv yoki ularni xizmat vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilish holatlari yuzasidan tuman (shahar) hokimlariga taqdimnoma kiritish vakolati ham berildi.

Yoshlar uchun yangi dastur 

1 iyuldan davlat xizmatiga yoshlarni qabul qilish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni oshirishga qaratilgan qator yangiliklar kuchga kiradi. Bu haqda prezidentning tegishli qarorida belgilab qo‘yilgan.

Hujjatga ko‘ra, yoshlarni davlat xizmatiga qabul qilishda tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar davlat organining rasmiy veb-saytida kamida bir oy oldin e’lon qilinishi shart bo‘ladi. Bir oy oldin e’lon qilinmagan savollarni nomzodlarga berish taqiqlanadi.

Shuningdek, ichki tanlovlar o‘tkazilmaydigan hamda tanlovlarda nomzodlar uchun umumiy yoki maxsus ish staji talab etilmaydigan lavozimlar ro‘yxati tasdiqlanadi.

Bundan tashqari, ish staji talab qilinadigan lavozimlar uchun ham cheklov belgilanib, nomzodlardan ko‘pi bilan ikki yillik umumiy yoki maxsus ish staji talab qilinishi mumkin bo‘ladi.

Ushbu yangi tartib yoshlar uchun davlat xizmatiga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, tanlov jarayonlarini yanada shaffof va adolatli tashkil etishga qaratilgan.

Bundan tashqari, qaror bilan 2030 yilga qadar 20 ming nafar yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitishga mo‘ljallangan Yoshlar ishlari agentligining “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi ishga tushiriladi.

Unga ko‘ra:

· mahalliy va xorijiy ekspertlar (konsultantlar) hamda xususiy sektor bilan shartnoma asosida hamkorlik qilinadi, “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi doirasida o‘qitish uchun yoshlar saralab olinadi;

· dastur doirasida biznes loyihasini ishlab chiqish, sotuvga chiqish va bozorni kengaytirish kabi yo‘nalishlarni qamrab oluvchi tadbirkorlik asoslari bo‘yicha bilimlar berib boriladi;

· loyiha yakunida yoshlarning bilimlari sinovdan o‘tkazilib, ijobiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga erishgan eng yaxshi 1 ming nafar yoshlarga Yoshlar ishlari agentligining sertifikati beriladi;

sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarga BHMning 500 baravarigacha miqdorda Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga ssuda ajratiladi.

Davlat rahbarining tegishli farmoni bilan 1 iyuldan madaniyat, san’at va adabiyot sohalari vakillariga bir qator imtiyozlar berilmoqda. 

Hujjatga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston fuqarolariga milliy cholg‘u asboblarini sotib olish xarajatlarining 30 foiz qismi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Shuningdek, 1 iyuldan boshlab ijodiy birlashmalarning tavsiyasi asosida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi xarajatlarni qoplab berish yo‘lga qo‘yiladi:

· har yili 1 ming nafargacha davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolanish bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lmagan, biroq o‘z faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan madaniyat, san’at va adabiyot sohalari vakillariga yuqori texnologik operatsiyalarni o‘tkazish;

· har yili 2 ming nafargacha madaniyat, san’at va adabiyot sohalari vakillariga sug‘urta mukofoti bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq bo‘lmagan ixtiyoriy tibbiy sug‘urta badallari uchun xarajatlarning 50 foizini qoplab berish;

· har yili 100 nafargacha sohada kamida 10 yil ishlagan madaniyat, san’at va adabiyot sohalari vakillariga O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi sanatoriylarida bepul davolanish.

Farmonda boshqa imtiyozlar ham nazarda tutilgan.

“Raqamli komplayens” ishga tushadi

2026 yil 1 iyuldan korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida “Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksi sinov rejimida ishga tushiriladi.

Mazkur tizim korrupsiyaning oldini olish sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, korrupsiyaning oldini olish klasteri ishtirokchilari o‘rtasida tezkor axborot almashinuvini ta’minlaydi.

Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari “Raqamli komplayens” bilan integratsiya qilinib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini axborot jihatdan qo‘llab-quvvatlash imkoniyati yaratiladi. Tizim tarkibidagi E-Komplaens modulini ishga tushirish orqali esa davlat organlari va tashkilotlaridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyati to‘liq raqamlashtiriladi.

Bundan tashqari, 2026 yil 1 iyuldan boshlab davlat organlari va tashkilotlarida 2030 yilgacha bosqichma-bosqich korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etiladi.

Bunda:

· ushbu tizim birinchi navbatda Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi natijalariga ko‘ra “qoniqarsiz” deb baholangan davlat organlari va tashkilotlarida joriy etiladi;

· davlat organlari va tashkilotlarida Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimini joriy etish agentlik tomonidan tasdiqlanadigan reja-grafikka muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshiriladi;

· Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimining belgilangan muddatlarda joriy etilmagani davlat organi yoki tashkiloti rahbari va o‘rinbosarlariga tizim joriy etilgunga qadar bo‘lgan muddatda barcha rag‘batlantirish to‘lovlari to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi.

“Kvartplata”dan qarzdorlar “svet”ga pul to‘lolmaydi

2026 yil 1 iyuldan boshlab turar joy mulkdori ko‘p kvartirali uyning bank hisobvarag‘iga majburiy to‘lovni (kvartplata) oyning 15-sanasiga qadar amalga oshirmasa, uning elektr energiyasi uchun to‘lovlarini qabul qilish qarzdorlik to‘liq qoplangunga qadar to‘xtatib qo‘yiladi. Bu haqda prezidentning 5 fevraldagi ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qarorida belgilangan.

Ko‘p kvartirali uyning bank hisobvarag‘idagi mablag‘lar har oyda, birinchi navbatda, uyning elektr energiyasi to‘lovi uchun (pod’yezd, zinapoya, yo‘lakni yoritish, lift ishlashi, uy atrofidagi hududni yoritish, nasos va boshqa umumiy uy ehtiyojlari uchun) yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, mulkdor tomonidan majburiy to‘lovlar kechiktirilgan har bir kun uchun to‘lov summasidan penya (jarima) hisoblanadi. Bu yuridik shaxslar uchun 0,4 foizni, jismoniy shaxslar uchun 0,1 foiz qilib belgilangan.

Bunda penya miqdori har bir oy uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan oshib ketmasligi kerak. Hisoblangan penya mablag‘lari teng ulushlarda ko‘p kvartirali uyning bank hisobvarag‘iga hamda «Mening uyim» tizimini saqlash xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.

Ta’kidlanishicha, majburiy to‘lovlar faqat bank kartalari, elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshiriladi.

Boshqa o‘zgarishlar

2026 yil 1 iyuldan boshlab:

· Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida xarid cheklarini “Soliq” mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan fuqarolar uchun yutuqli o‘yinlar yo‘lga qo‘yiladi;   

· Fransiyaga qisqa muddatli viza uchun hujjat topshirishga navbat olishning yangi tizimi joriy etiladi;           

· Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarda xususiylashtiriladigan davlat ko‘chmas mulk obektlarini realizatsiya qilish shartlari mazkur obektlardan kelgusida foydalanish ixtisosligini belgilash maqsadida tegishli shaharlar hokimlari bilan kelishiladi;     

· 2028 yil 1 yanvarga qadar o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga — xalqaro miqyosda tan olingan kasbiy ta’limga oid sertifikatlarni, shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat asosida milliy sertifikatlarni olish uchun sarflangan mablag‘larning 50 foizi, biroq BHMning 20 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi;

· eskirgan bog‘larni yaroqsiz deb topish, ular o‘rnida sanoatlashgan bog‘lar barpo etish yoki haydaladigan yerlar turiga o‘tkazish to‘g‘risida xulosani qabul qilish vakolati Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga ham beriladi;

· obektlarni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash “bitta ariza — bir to‘lov — barcha ulanish nuqtalari” tamoyili asosida kompozit shaklda amalga oshiriladi;   

· kameral soliq tekshiruvi talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar taqdim etilganda soliq to‘lovchilarning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni faollashtirish jarayoni to‘liq avtomatlashtiriladi;

· 2030 yil 1 yanvarga qadar aholi xonadonlarida identifikatsiya qilingan sigirlardan sun’iy urug‘lantirish hamda embrionlarni ko‘chirib o‘tkazish orqali olingan har bir bosh nasldor buzoq uchun Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan davlat budjeti hisobidan subsidiya ajratiladi;   

· Sud boshqaruvchilari palatasi, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda qonunchilikda belgilangan talablarga javob beradigan boshqa ta’lim muassasalariga sud boshqaruvchilarini tayyorlash huquqi beriladi;   

· Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi” davlat muassasasi tibbiy faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha ishchi organ sifatida Sog‘liqni saqlash vazirligi nomidan litsenziya berish hamda litsenziyalash bilan bog‘liq boshqa barcha funksiyalarni amalga oshiradi;      

· nodavlat tibbiyot tashkilotlariga davlat tibbiy sug‘urtasi hamda litsenziya doirasida barcha yo‘nalishlarda bemorlarga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishga ruxsat beriladi. Bunda davolash xarajatlari davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun yagona bazaviy narxlar asosida qoplab beriladi;

· vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning yangi quriladigan, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilinadigan va mukammal ta’mirlanadigan bino va inshootlarida energiya samaradorligining “S” va undan yuqori toifasiga ega bo‘lish talabi kiritiladi;

· “G‘amxo‘rlik” markazlariga joylashtirilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni tegishli hududdagi oilaviy poliklinikalarga biriktirish hamda ularga birlamchi va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida kafolatlangan paket doirasida ko‘rsatib borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

· tajriba tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bittadan “Madaniyat mehmonxonasi” madaniy klasteri investitsiya loyihasi amalga oshiriladi;

· “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi;

· 2028 yil 1 iyulga qadar huquqiy eksperiment tariqasida rezidentlar va norezidentlar tomonidan jismoniy shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan tovarlarni maxsus elektron savdo platformalari orqali chakana sotish uchun ularni vaqtincha saqlashga mo‘ljallangan yangi turdagi erkin ombor — bond ombori faoliyati tashkil etiladi;

· muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan hamda oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagini bildirgan yoshlarga xorijiy til va fan sertifikati xarajatlarini “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan qoplab berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

· issiqxonalarni issiqlik bilan ta’minlashda issiqxonalardagi muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan hamda yonish jarayoni nazorat qilinmaydigan qozonlardan foydalanish amaliyoti bekor qilinadi;

· “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni bodi-kameralardan foydalangan holda amalga oshirish tartibi joriy etiladi;

· vositachi-broker va (yoki) dilerlarga ishlab chiqaruvchilar bilan shartnoma tuzish orqali ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni davlat xaridlarida sotish huquqi beriladi;        

· Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning vakillari bo‘lgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi bir ish kunida qaytariladi. Bunda ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash talab etilmaydi;   

· Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda avtomobil yo‘llari qurilish jarayonlari doirasida kosmik tasvirlar va dronlar yordamida qurilish hamda moliyalashtirish hajmlarini solishtirish asosida monitoring qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi;

· shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish vakolatiga ega tashkilotlar tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini shaharsozlik ekspertizasidan o‘tkazishda ularning qurilishda foydalaniladigan qurilish materiallari hajmining kamida 25 foizini ekologik toza, resurstejamkor va energosamarador qurilish materiallari tashkil etishiga oid talabni tekshirish amaliyoti joriy qilinadi;

· 31 dekabrga qadar Toshkent shahrida eksperiment tariqasida dafn etish ishlari qabriston mudiri (nazoratchisi) tomonidan vafot etgan shaxslarni dafn etishga ruxsat berish faqat elektron modul yoki uning mobil ilovasidan foydalangan holda amalga oshiriladi;

· Milliy turizm yagona platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi;

· Ekologiya qo‘mitasi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida uning xodimlariga maxsus unvonlar uchun ustama to‘lanadi;

· Toshkent shahrida ko‘p kvartirali uylarda umumiy yig‘ilish o‘tkazishni tashabbus qilish, o‘tkazish va qaror qabul qilish, shartnomalarni tuzish, boshqaruvchilar tomonidan hisobotlarni taqdim qilish, murojaatlarni qabul qilish va ularni ko‘rib chiqish faqat «Mening uyim» ABTda amalga oshiriladi. 2027 yildan boshlab mazkur tartib respublikaning barcha hududlariga tatbiq etiladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.