Connect with us

Jamiyat

«Ўзгидромет» тезкор ахборот эълон қилди

Published

on


«Ўзгидромет» тезкор ахборот билан чиқди. 

2026 йил 12-13-январ кунлари кутилаётган ёғингарчилик ҳамда ҳаво ҳароратининг ўзгариши сабабли огоҳлантириш эълон қилинди. 

Жумладан, Тошкент вилоятида Бўстонлиқ, Оҳангарон ва Паркент туманларининг (Чотқол тизмасининг тоғлари) тоғли ҳудудларда денгиз сатҳидан 2000 м баландликда, қор кўчиш хавфи эълон қилинади. 

Тоғли ҳудудларда истиқомат қилувчи фуқаролар, дам олувчилар ҳамда тоғли ҳудудларда ҳаракатланувчи ҳайдовчилардан эҳтиёткорлик чораларини кўришларини сўралган. 

Таъкидлаш керакки, «Ўзгидромет» 15 январдан бошлаб, ҳарорат пасайиб, ҳудудларда ёғингарчилик бўлишини прогноз қилмоқда. 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Texnikum o‘qituvchilari 200 foizgacha ustama olishi mumkin

Published

on


Texnikum o‘qituvchilari va xodimlariga 200 foizgacha ustama to‘lanadi. Hukumatning 2026-yil 11-fevraldagi VMQ-51-son qarori bilan xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar xodimlarining mehnatiga haq to‘lashning yangi tartibi tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq quyidagi yangiliklar joriy etildi.

100 foizlik ustama:

Xalqaro ta’lim dasturlariga jalb qilingan direktorlar, bosh buxgalterlar, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga har oylik majburiy 100 foizlik ustama belgilandi.

Rag‘batlantirish jamg‘armasi:

Texnikumlarda mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 50 foizi miqdorida maxsus rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

Natijaga qarab mukofot:

Yuqori reyting ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan pedagog xodimlarga bazaviy stavkasiga nisbatan 200 foizgacha qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lanadi.

Texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlarini o‘qitishga jalb etilgan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga rag‘batlantirish miqdorini belgilash bo‘yicha texnikumda doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh tuziladi.

Ishchi guruhlarning qarori ochiq ovoz berish orqali ishchi guruhlar yig‘ilishlarida ishtirok etayotgan a’zolarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va ishchi guruhlar rahbarlari tomonidan tasdiqlangan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

«Novza» bekati yaqinidagi majmuada yong‘in yuz berdi

Published

on


«Novza» metrosi yaqinidagi savdo majmuasida yong‘in kuzatildi.Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi. 

Toshkent shahar «Novza» metro yaqinidagi savdo majmuasining tom qismida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida poytaxt FVBga xabar qilingan. 

Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga yetib borib, binodan barcha fuqarolar evakuatsiya qilingan va yong‘in soat 18:19 da o‘chirilgan. Hodisa sabab jarohatlanganlar yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni «Aviator» majmuasida ham yong‘in sodir bo‘lgandi. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkent elektr sohasida 17 rahbar lavozimiga noloyiq deb topildi

Published

on


Toshkent shahar hududiy elektr tarmoqlari korxonalarida 16 nafar rahbar lavozimiga loyiq, 22 nafari qayta attestatsiya sharti bilan loyiq, 17 nafari esa lavozimiga noloyiq deb topildi. 

Energetika vazirligi hamda mutasaddi idora va tashkilotlar ishtirokida «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MChJ hamda «Energosavdo» filialining Toshkent shahri hamda uning tuman bo‘linmalari rahbar xodimlari attestatsiyadan o‘tkazildi. 

Mazkur attestatsiya rahbar kadrlarning kasbiy malakasi va amaliy ko‘nikmalarini baholash, shuningdek, ularning egallab turgan lavozimiga muvofiqligini aniqlash maqsadida tashkil etildi. 

Attestatsiya jarayonlari, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilib, 55 nafar rahbar xodimning kasbiy bilimi, shaxsiy va kasbiy kompetensiyasi, boshqaruv qobiliyati, strategik fikrlashi, umumiy dunyoqarashi hamda qonunchilik va sohaga oid me’yoriy hujjatlarni bilish darajasi atroflicha baholandi. 

 Ma’lumot uchun: 2025 yilda Energetika vazirligi va Yoqilg‘i-energetika sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamkorligida Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonalarining rahbar, o‘rinbosar hamda bosh muhandislari uchun malaka oshirish o‘quv-kurslari tashkil etilgan. 

Natijaga ko‘ra, 16 nafar rahbar xodim (29 foiz) lavozimiga loyiq deb topildi, 22 nafari (40 foiz) 6 oydan so‘ng qayta attestatsiyadan o‘tish sharti bilan lavozimiga loyiq deb hisoblandi. Shuningdek, 17 nafar rahbar xodim (31 foiz) egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilib, ularning o‘rniga yuqori salohiyatga, yetarli bilim va zamonaviy boshqaruv qobiliyatiga ega bo‘lgan eng munosib kadrlarni tanlab olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. 

 Attestatsiya komissiyasi takliflariga asosan, rahbar xodimlar malakasini oshirish uchun asosiy yo‘nalishlar qayta ko‘rib chiqildi. Jumladan, soha uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish, shuningdek, har bir rahbar nomzod uchun alohida shaxsiy rivojlanish rejalarini ishlab chiqish asosiy vazifalar sifatida belgilandi. 

Mazkur chora-tadbirlar elektr ta’minoti sohasida samarali boshqaruvni ta’minlash, xizmat sifati va ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yuk ko‘tarish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilandi

Published

on


Yuk ko‘tarish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilandi. 

Hukumat qarori (53-son, 11.02.2026-y.) bilan «Yuk ko‘tarish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Ushbu Nizom yuk ko‘tarish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi mazkur sohada vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Nizomga ko‘ra, yangi o‘rnatilgan, modernizatsiya (rekonstruksiya) qilingan yoki mukammal ta’mirlangan yuk ko‘tarish qurilmalari foydalanishga topshirilgunga qadar to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi shart.

Foydalanishda bo‘lgan yuk ko‘tarish qurilmalari 1 yilda kamida 1 marta qisman texnik ko‘rikdan va 3 yilda 1 marta to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak.

Yuk ko‘tarish qurilmalarining texnik ko‘rigi mulkdorning yozma yoki elektron tarzdagi murojaatiga asosan, ixtisoslashgan tashkilot tomonidan o‘tkaziladi.

Yuk ko‘tarish qurilmalari dastlabki, davriy va navbatdan tashqari texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Texnik ko‘riklar mulkdorning yozma yoki elektron tarzdagi murojaati asosida ixtisoslashgan tashkilot tomonidan mulkdor bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq o‘tkaziladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

“MUSOFIR ShOU” hayotni o‘zgartirish imkonini beradi

Published

on


O‘zbekistonda xorijda mehnat qilayotgan migrantlar uchun yangi media-loyiha — «Musofir Show» Kapital-shousi start oldi. Loyiha xorijda yashab ishlayotgan odamlarning haqiqiy hayotiy hikoyalarini jamlaydi hamda ularga ko‘mak olish va o‘z hayotini o‘zgartirish imkoniyatini taqdim etadi.

So‘nggi yillarda mehnat muhojirligi minglab o‘zbek oilalari hayotining ajralmas qismiga aylandi. Kimdir bir necha oyga ketadi, kimdir esa yillab xorijda qoladi. O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yilgan mazkur loyiha aynan shu insonlarga — vatanidan uzoqda yashab mehnat qilayotganlarga bag‘ishlangan.

Loyiha nimasi bilan qiziqish uyg‘otmoqda?

Shouning asosiy farqli jihati — uning ochiq va qulay ekanligida. Tarixda birinchi bor ushbu loyihada dunyoning istalgan mamlakatida turib, onlayn ishtirok etish yoki kuzatib borish mumkin. Bundan tashqari, loyiha mehnat muhojirligi haqida stereotiplarsiz, O‘zbekistondagi ko‘plab oilalar uchun xos bo‘lgan insoniy hikoyalar yordamida so‘zlaydi.

Shou turli mamlakatlarda yashab ishlayotgan bo‘lsada, uyi va oilasi bilan turli rishtalar orqali bog‘langan insonlarni o‘z saflarida birlashtiradi. Ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi, xorijdagi hayot haqida so‘zlab beradi va eng muhimi tegishli yordam hamda hayotiy shart-sharoitlarini ijobiy tomonga o‘zgartirish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Loyiha qanday qiyofaga ega?

Shou formati mehnat muhojirlarining haqiqiy hayotiy hikoyalariga — ularning xorijdagi yo‘li, moslashishdagi qiyinchiliklari, hayotiy sinovlari va shaxsiy yutuqlariga asoslanadi.

Tashkilotchilar bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat tashqarisida mehnat qilayotgan muhojirlar yoki ularning oila a’zolari shou ishtirokchisiga aylanishi mumkin.

Loyiha ishtirokchilarga amaliy ko‘mak berishni, shuningdek, qimmatbaho sovg‘alar — pul mablag‘lari, maishiy texnika va avtomobil yutuqlarini nazarda tutgan.

Loyiha nima beradi?

Loyiha yaratuvchilari quyidagi asosiy maqsadlarni o‘z oldilariga qo‘yishgan:

— oilalarni birlashtiruvchi noyob format yaratish;

— hayotiy hikoyalar ijobiy o‘zgarishlar uchun asosga aylanadigan maydonni shakllantirish;

— ko‘ngilochar format va sovg‘alar yutish imkoniyatini hayotga tatbiq etish.

Loyihaning ahamiyatli jihati nimada?

Kuzatuvchilar fikricha, bunday shouning yo‘lga qo‘yilishi – mehnat muhojirlarining hayotiy hikoyalari va haqiqiy tajribasiga bo‘lgan e’tiborni ifoda qiladi.

Ularning ko‘pchiligi uchun bu loyiha ekrandagi oddiy tomosha emas, balki yillar davomida kutilgan imkoniyatga aylanishi mumkin.

Qanday qilib batafsil ma’lumot olish va ishtirok etish mumkin?

Loyihada ishtirok etish yoki tanish insonni qo‘llab-quvvatlash tartibi haqida Kapital-shouning quyidagi rasmiy manbalari orqali ma’lumot mumkin:

sayt: www.musofir.asia

telegram-bot: t.me/musofir_shou_bot

telegram-kanal: t.me/musofir_shou

instagram: instagram.com/musofir_shou

YouTube: www.youtube.com/@Musofir_Shou

TikTok: tiktok.com/@musofir_shou

operator: +998 88 785 1797





Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.