Jamiyat

Zangiotada “opiy”ning yirik miqdordagi partiyasi ashyoviy dalil sifatida olindi

Published

on


Toshkent viloyati Zangiota tumanida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qariyb 5 kilogramm “opiy” moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ichki ishlar va bojxona organlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Toshkent katta halqa avtomobil yo‘liga yaqin, Zangiota tumani hududida joylashgan xufiya joydan muqaddam narkokurerlar tomonidan qoldirib ketilgan jami 10 dona o‘ramdagi 4 kg 956 gr “opiy” aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olindi.

Ma’lumotga ko‘ra, mazkur moddalar mamlakat hududiga xorijdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan bo‘lishi mumkin. Holat bo‘yicha tegishli protsessual harakatlar amalga oshirilmoqda, moddalarning kelib chiqishi va aloqador shaxslarning shaxsi aniqlanmoqda.

Tergovga qadar tekshiruv natijalariga asosan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatma: giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi uchun qonunchilikda qat’iy javobgarlik nazarda tutilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version