Jamiyat

Yunusobodda KIA va Tracker-2 o‘zaro to‘qnashdi

Published

on


Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida ma’lumot berildi.

Joriy yilning 14 oktyabr kuni soat 12:10 larda Yunusobod tumani Rixsiliy-Uch qahramon ko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, KIA va Tracker-2 rusumli avtomashinalar to‘qnashishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version