Iqtisodiyot

Yil boshidan beri qancha fuqaroga ijtimoiy to‘lov tayinlangani aytildi

Published

on


O‘zbekistonda 2025 yil I yarim yilligida 48 771 nafar fuqaroga ijtimoiy to‘lovlar tayinlandi. 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qilishicha, agentlik tomonidan 2025 yil I yarim yilligida pensiya tayinlash uchun ish stajiga ega bo‘lmagan 48 771 nafar fuqaroga nafaqa, moddiy yordam va kompensatsiya pul to‘lovlari tayinlab berildi. 

Jumladan:


6 811 nafar fuqaroga — yoshga doir nafaqa;
16 014 nafar fuqaroga — nogironlik nafaqasi;
3 770 nafar oilaga — boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
14 115 nafar fuqaroga — nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;
6 144 nafar fuqaroga — parvarishlash nafaqasi;
1 252 nafar fuqaroga — o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy yordam;
612 nafar fuqaroga — uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlari tayinlab berildi;

Shuningdek:


parvarishi va ta’minoti uchun to‘lov bilan qamrab olingan oilaga tarbiya (patronat)ga berilgan tutingan bolalar — 42 nafar;
oilaviy bolalar uyi tutingan bolalar — 11 nafar.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version