Jamiyat

Özbekistonda 71 mingdan ortiq sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda

Published

on


2026-yil 1-noyabr holatiga köra, Özbekistonda 71,1 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar qildi.

Korxonalarning 14,5 mingtasi yoki 20,4 foizi oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş sohasiga töğri keladi. Boşqa nometall mineral mahsulotlar işlab çiqarişda 9,9 mingta (13,9 foiz), kiyim işlab çiqarişda esa 7,6 mingta (10,7 foiz) korxona faoliyat körsatmoqda.

Tayyor metall buyumlar işlab çiqariş sohasida 5,9 mingta, mebel işlab çiqarişda 4,9 mingta, töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqarişda 4,3 mingta korxona bor. Rezina va plastmassa buyumlar işlab çiqariş sohasidagi korxonalar soni 3,2 mingtani taşkil etadi.

Taqdim etilgan statistik maʼlumotlarga köra, respublikada sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 1 kvadrillion 221 trln 390,4 mlrd sömni taşkil etgan. Fizik hajm indeksi esa 108 foizga teng bölgan.

Hududlar orasida Navoiy viloyati 251 trln 985,9 mlrd sömlik mahsulot işlab çiqariş hajmi bilan birinçi örinda. Toşkent şahrida bu körsatkiç 217 trln 39,2 mlrd sömni, Toşkent viloyatida esa 198 trln 828,5 mlrd sömni taşkil etgan.

Andijon viloyatida 97 trln 954,4 mlrd sömlik sanoat mahsulotlari işlab çiqarilgan. Samarqand viloyatida 67 trln 808,1 mlrd söm, Farğona viloyatida 61 trln 509 mlrd sömlik mahsulot tayyorlangan.

Qaşqadaryo va Buxoro viloyatlarida sanoat işlab çiqarişi hajmi mos ravişda 53 trln 827,8 mlrd va 52 trln 13,8 mlrd sömni taşkil etgan. Namangan viloyatida 45 trln 656,3 mlrd söm, Jizzax viloyatida 41 trln 971,3 mlrd sömlik mahsulot işlab çiqarilgan.

Xorazm viloyatida uşbu körsatkiç 36 trln 747,1 mlrd sömni, Qoraqalpoğiston Respublikasida 31 trln 168,9 mlrd sömni taşkil etgan. Sirdaryo viloyatida 27 trln 288,1 mlrd, Surxondaryo viloyatida esa 25 trln 11,5 mlrd sömlik sanoat mahsulotlari işlab çiqarilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version