Dunyodan

Yevroparlament Ukrainaga 90 milliard yevro miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi

Published

on


Yevroparlament Ukrainaga 2026-2027-yillarda 90 milliard yevro miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi.

AFP axborot agentligi xabariga ko‘ra, Yevroparlamentning 458 deputati yoqlab, 140 nafari qarshi ovoz bergan. Yevroparlamentdagi ovoz berish kreditni ma’qullashning yakuniy bosqichi bo‘ldi.

Yevropa Ittifoqi (YeI) yetakchilari 2025-yil dekabr oyida Ukrainaga foizsiz kreditlar berishga kelishib oldilar. Kredit dastlab taklif qilinganidek Rossiya aktivlaridan foydalanish o‘rniga Yevropa Ittifoqi kapital bozorlaridan qarz olish va Yevropa Ittifoqi byudjeti tomonidan kafolatlangan holda moliyalashtiriladi.

Kredit Rossiya Ukrainaga kompensatsiya to‘laganidan keyin qaytarilishi kutilmoqda. Ajratilgan mablag‘lar ikki qismga bo‘linadi: 60 milliard yevro harbiy xaridlarga, 30 milliard yevro esa davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Kiyevga birinchi to‘lov 2026 yilning ikkinchi choragi boshiga mo‘ljallangan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version