Sport

Yevropa ligasida 16 jamoa kurashni davom ettiradi — bugun qur’a tashlanadi

Published

on


Yevropa ligasining 2025/2026-yilgi mavsumi hal qiluvchi pallaga kirdi. 26-fevral sanasida nimchorak finalning so‘nggi ishtirokchilarini aniqlab bergan javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Yevropa ligasi. Barcha javob o‘yinlarining natijalari:


Shtutgart — Seltik 0:1 (umumiy hisob 4:2)
Srvena Zvezda — Lill 0:2 (umumiy hisob 1:2)
Viktoriya Plzen — Panatinaikos 1:1 (umumiy hisob 3:3, penaltilar bo‘yicha «Viktoriya» g‘alaba qozondi).
Ferensvarosh — Ludogorets 2:0 (umumiy hisob 3:2)
Selta — PAOK 1:0 (umumiy hisob 3:1)
Bolonya — Brann 1:0 (umumiy hisob 2:0)
Nottingem Forest — Fenerbahche 1:2 (umumiy hisob 4:2)
Genk — Dinamo Zagreb 3:3 (umumiy hisob 6:4)

Pley-off bosqichidan o‘tgan 8 ta jamoa guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olgan 8 ta jamoaga qo‘shildi. Endi musobaqada quyidagi 16 jamoa kurashni davom ettiradi:

To‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqqanlar: «Lion», «Aston Villa», «Mityulland», «Real Betis», «Portu», «Braga», «Frayburg», «Roma».

Pley-off orqali chiqqanlar: «Shtutgart», «Lill», «Ferensvarosh», «Viktoriya Plzen», «Bolonya», «Selta», «Genk», «Nottingem Forest».

Bugun, 27-fevral kuni Nyon shahrida (Shveysariya) nimchorak final juftliklarini aniqlash uchun qur’a tashlanadi. O‘yinlar 12 va 19-mart kunlariga belgilangan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version